Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet14/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu

R E J A:


  1. Furqat lirikasi.

  2. Furqat – ma’rifatparvar shoir.

  3. "Bormasmiz" g'azali.


Furqat lirikasi. Furqat — lirik shoir. Shoir lirik merosining eng yuqori mavqeini asosan g'azallar egallaydi. Mutaxassislarning belgilashicha, g'azallarining umumiy adadi 200 atrofida. Furqat so'z san'atkori sifatida "Bahor ayyomida”, "Bir qamar siymoni ko'rdim", "Chiroylik", " Kokuling", "Yuzlaringdin sharm etib",. "Adashganman" kabi bir qancha go'zal, aqlni hayratga soluvchi nurafshon she'rlar yaratdi. Shoir lirikasi g'oya va mazmun jihatidan ham, badiiy jihatdan ham yuqori saviyadagi asarlar bo'lib, unda ichki kechinmalar, fikr va hislar, kishi ruhining eng nozik tuyg'ulari ifoda etiladi. Furqatning purma'noli asarlar bitishida mumtoz shoirlarimiz ijodidan yaxshigina bahramand bolganligi yordam berdi. Aytmoqchimizki, ulug' Navoiy va Fuzuliylardan saboq oldi, ularni o'ziga ustoz deb bildi. Ustozlarning merosiga muhabbat bilan qaragan Furqat bir umr ulardan oziqalandi va ilhom oldi, g'oyaviylik va badiiylikni o'rgandi. Navoiyning juda ko'p g'azallariga muxammas taxmislar, naziralar bog'laydi, o'tkir fikr va g'oyalarni ifoda qilishda Navoiyga yaqinlashadi. Tubanda shoir ijodidagi hazrat Navoiyning "Do'st" radifli g'azaliga bog'lagan muxammasning oxirgi bandini o'qiymiz:
Furqato, ich zahr ayog'i kelsa, qonma do'stdin,

Talx кот o'ldim dema, hargiz o'soruna do'stdin,

Tonimaslik qilsa ham harchand tonma do'stdin

Ey Navoiy, necha dushman bo'lsa, tonma do'stdin

Chunki bo'lmushdir senga yuz ming tamanno birla do'st
Furqat Navoiyning do'stlikni ulug'lovchi olijanob g'oyalarim tasdiqlaydi, o'z fikricha kengaytiradi, aytish mumkinki xalqchil she’rlarni yanada ommalashtiradi.

Yana shoir Furqat Ozarbayjon adabiyotining ulug' siymosi Fuzuliyning ham nozik fikrlariga jo'r bo'ladi. Furqat Fuzuliyning:
Surmadin ko'zlar qaro, allar xinodin lolarang,

Hech shohid yo'qki, bu rangi-la sansan sho'x shang, -
kabi misralaridan ilhomlanadi, bu ilhom Furqat nazmida mavzu va ohang uyg'unligi darajasiga ko'tarilib, unga ruhan tazmin bo lib yaqinlashadi:
Surmadin ko'zlar qaro, qo'llar xinodin lolarang,

G'ozadin yuzlarda tobu o'smadin qoshlar tarang.
Furqatning muhabbat lirikasi o'ziga xos chizgilarda beriladi. Undagi oshiqnmg kechinmalari, iztiroblari, rashki, sevgi qasamyodlari ham, mahbubaning nozu karashmalari-yu husn-u malohati ham boshqa shoirlarnikiga o'xshamaydigan, kutilmagan lavhalarda tasvir etiladi. Qarangki, shoir tasviridagi ma'shuqa husnda tengsiz, uninq jamolini qancha "vasf" qilsa ham, shoirlar minglab kitoblar yozsa ham, ado qilib bo'lmaydi:

Jamoli bokamoling qaysi bir vasfin ado qilg'oy,

Daqoyiq bobida shoir agar yuz ming kitob aylar.
O'shal mahbubaning chiroyu chimmatidan, nafaqat muhibu shoir, balki gulzordagi gullar ham lol-u hayron. Ular bu malohatning go'zal ynzlaridan uyalib, "har yil bahor ayyomida" bir boragina ko'rinadi, o'shanda ham o'zlarini mahbubaga fido qilib yo'llariga poyondoz" bo'ladilar:
Yuzlaringdin sharm etib gulshanda, ey ruxsor gul,

Ko'rinur har yil bahor ayyomida bir bor gul.

Vahki, solmish o'zini yo'lingg'a poyandoz etib,

Qo'y qadam, gar jon-u dildan bo'lsa minnatdor gul.
Tavsifiy uslubdagi ushbu baytlarda mahbuba jamoli kuylangan. Shoir bu go'zallikning badiiy kashfiyotini istiora, tajnis, istixroj, nido san'atlari orqali yaratadiki, bu esa she'rga oroyish va mazmun baxsh etadi. Birinchi misrada "gul" deya shoir mahbubaga ishora qilib, istiora qo'llaydi. Baytlarda bir jins va bir shakldagi "gul" so'zi ikki ma'noda, ya'ni birinchisida "mahbuba" va ikkinchisida asl gul ma'nosida qo'llangan. Shoir bu so'z o'yinini yaratish natijasida bir so'z bilan bir necha ma'noni ifodalashga erishgan. Bu o'rinda tajnisning go'zal namunasi paydo bo'lgan. Birinchi misradagi "gul" va "gulshan" o'zakdosh so'zlaridan ishtiqoq san'ati vujudga kelgan bo'lsa, yana shu misradagi go'zal yorga "ey ruxsor gul" deya murojaatidan nido san'ati hosil bo'ladi.

Shoir tavsif etgan mahbubaning go'zal raftoridan gullargina "sharm"da emas, uni ko'rgan to'lin oy ham "parishon'likdan yo'llaridan adashgusi. Shuning uchun lirik qahramon mahbubaga bir muruvvat qil, kechasi husningni ko'rsatib, o'rim sochlaringni yoyma, toki oyning xayoli parishon bo'lib, yo'ldan adashmasun, deb najot so'raydi:
Yo'l adoshib ko'kda oy holi parishon o'lmasun,

Bir muruvvat ko'rgaz-u tarqatmagisu kechalar.
Bu latif bayt tashxis (jonlantirish) san'atining noyob durdonasi hisoblanadi.

Shoir mahbubani tashqi ko'rinishini "To'kkali jallod erur ishq ahlidin qon ko'zlaring", "dilbaro, qildi meni ko'b zoru sargardon qoshing", "dilbaro, boshing uza chun toji sulton kokuling" deya alohida-alohida ta'rif-tavsif etadi. Shoir tasviridagi bu go'zal husnda qanchalik dilbar bo'lsa, nozu karashmada ham shunchalik ustamon:
Ko'z uchidin qil nigoh, ey sho'xi tannoz, ozgina,

Husn shohisen, gadoni et sarafroz ozgina.
Yorining visolini qo'msab fig'onlar chekkan oshiqning berahm ma'shuqa sitamlaridan sabri to'ldi, so'zlarida, so'roqlarida qat'iylashdi:
Ko'ngli jafog'a moyilu ko'b bag'ri toshsen,

Berahmlik qilursan tag'i, ey jon, qachongacha?
Shoirning badiiy fikri quruq va yalang'och emas. Mazkur birgina baytda tanosub ("ko'ngli jafog'a moyil", "bag'ritosh", "berahm"), istiora ("eyjon"), nido ("ey jon"), tajohul ul-orif ("qa­chongacha?") san'atlarining qo'llanishi muhib kechinmalarini badiiy inkishof etishda qo'l keladi. Oshiq qanchalar yor ishqida jafolar chekmasin, sevgida sadoqatli, sobit va sodiq:

Ko'r bo'lsun ko'zlarimkim, o'zgaga solsam nazar,

Jonga o't tushsun agar sendin bo'lak yor aylasam.

Ham ko'ngul yuz pora bo'lsun, mayl qilsam o'zgaga,

Til kesilsun o'zgag'a bir harf guftor aylasam.
E'tibor berilsa, muhabbatni nozik fahm etish va ishq tabiatini belgilashda g'oyat ohorli satrlar. Bunday kutilmagan lavha — "ishqiy ahdnoma" yoxud "sevgi qasamyodi" boshqa hech bir shoirda Furqat miqyosida berilmagan. Furqat ijodida mavzular ko'lami keng. Shoir ijodida rnuhabbat mavzui bilan bir qatorda, ijtimoiy muhitdan norozilik kayfiyatida tug'ilgan ruhiy holat-kechinmalar aks etuvchi bir qancha hasratnamo she'rlari, shuningdek, Vatan ishqida yozilgan g'urbat motividagi talaygina asarlari mayjud.
Charxi kajraftorning bir shevasidin dog'men,

Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur, —
kabi baytlarida jamiyat tartiblaridan hasrat, nolish va shikoyat kayfiyati hukm sursa,
Vatanning ishtiyoqin tortaram g'urbat g'ami birlan,

Turub erdim qutulmay g'ussa-u ranj-u inolardin, —
baytida esa shoirning Vatanga bo'lgan muhabbati va g'urbat alamlari sezilib turadi.

"Bormasmiz" g'azali. Furqatning har bir latif g'azalida sof muhabbat madhi, beqarorlik va bevafolikka nafrati, tabiatning go'zal tasviri ifodalanar ekan, undagi tagma'no jamiyat va hay-otning ko'p masalalariga borib taqaladi. Shuningdek, shoir ijo­dida insoniy qadr-qimmat, milliy g'urur va millatning yuksak sha'nini himoya qiluvchi she'rlar ham uchraydi. "Bormasmiz" radifli g'azali aynan shu masalada. Shu o'rinda ta'kidlash lozimkir mazkur g'azal musalsal g'azalning go'zal namunasidir. Ya'ni tubanda biz tahlilga tortgan she'r musalsal g'azal talablariga ko'ra, g'azal tarkibidagi lirik voqea, manzara, fikr va kechinmalar satrlar silsilasida darajama-daraja rivojlanib, o'sib boradi. G'azal shunday boshlanadi:
Biz istig'no elir qichqirmag'on mavog'a bormasmiz,

Адат chandiki xirman aylasa dunyog'a bormasmiz.
Matla'ning mazmunidan, chaqirilmagan joyga bormaymiz degan ma'noni anglaymiz. Biroq bu shunchaki gap emas, o'ziga ishongan, o'z g'ururi va sha'nini baland tutgan, izzati nafs tuyg'usi yuqori bo'lgan nazari to'q "ahli istig'no"ning taklif qilinmagan joyga mol-dunyodan xirmon yig'ilsa-da bormaslik haqidagi qat'iy qarori edi. Faqat mol-dunyogina emas:

Адат lab tashna qolsak, filmasal sahroyi olamda,

Malolat zohir etsa, mavj uran daryog'a bormasmiz.
Har agarki, olam sahrosida tashnalikdan, suvsizlikdan lablar qurib qolsa-yu oldimizdan mavj urib turgan daryo chiqsa, daryoga zarracha malol kelganimizni bilib qolsak, shu daryoga bormaymiz. Keyingi baytlarda matla'dagi g'oyaviy mazmun tadrijiy takomillashadi. 3 —4-baytlar matla'da vasf etilgan "istig'no eli" darajadagi kamolatga erishgan kishilarning yetukligini shunday dalillaydi:
Umid etgonimiz, aksar saodat bo'tai haqdin,

Agarchi mis erurmiz qimmati tillog'a bormasmiz.

Hamisha lof urarmiz xalq aro Farg'ona mulkida,

Bag'oyat tab'imiz ozoda deb, har joyg'a bormasmiz.
Ko'rinadiki, asar qahramonlari harna saodatga erishishda Haqdan o'zgaga umidvor bo'lmaydilar, o'zlari "mis" bo'lsa-da, "tilla"ning orzumandi bo'lmaydilar, ularning ta'bi nozik, har joyga-da boravermaydilar. Ayniqsa, she'rdagi "mis", "tillo" istioralari lirik qahramonning maqsadini yanada oydinlashtiradi. Navbatdagi baytda shoir zukko mushohada qiladi, shoir nazdida insonni ma'naviy kamoloti uchun tuzoq bo'lguvchi man-manlik va xudbinlik illati har qanday insoniy munosabatlarga hamisha rahna solib kelgan. Ular loyga botgan kibrlilar. Kibrlilarning turar joyi esa "maskani a'do", ya'ni "yovlar, dushmanlar maskani". Va albatta, bunday maskanda zarofat — zariflik, halimlik, xushta'blik qay ahvolda bo'lishi tayin. Shunday ekan:
Havo loyig'a botgan manmanlik do'sti xudbinkim,

O'shandog' kam zarofat maskani a dog'a bormasmiz.
Bu baytda Furqatning san'atkorligi yaqqol seziladiki, ikkala misradagi tasvir va tavsif chunonam bir-biriga esh va chambarchars bog'liq. Shoir bunda tanosub san'atining nodir imkoniyatlaridan foydalanib, sabab va oqibatning dialektik tanosubiga erishadi. Birinchi misra bayt mazmunidagi sababni ifodalasa, ikkinchi misra oqibatini anglatadi.

Shoir mazkur baytdagi zukko mushohadani quyida teran hayotiy o'git bilan davom ettiradi. Baytda shoirning o'ziga va o'zi kabilarga taskin-o'git aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Ma'lumki, tarixda Iskandar beqiyos boylik va davlat egasi bo'lgan, ammo rixlat qilar chog'ida bu dunyodan hech narsa olib ketolmagan. Demak, qissadan hissa shuki, qo'ldagi "g'araz dunyo", boylik — bular bari o'tkinchi, ammo qalb boyligi insonni abadiy rohatga eltguchidir. Tubandagi baytda shu pandnoma ta'kid yanada qat'iylashgan, yetakchi mavzu yangicha qirralarda ochilgan, shoir maqsadi sodda va samimiy berilgan:
Biz ellar — faqr elimiz, parcha nong'a sabr aylarmiz,

G'araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog'a bormasmiz.
Keltirilgan bayt Furqatning yuksak badiiy san'atiga, misraga tizilgan har bir so'z imkoniyatlarini bosh maqsad - g'oyaga to'la-to'kis xizmat ettirish mahoratiga yaqqol misol bo'la oladi. Bay­tdagi qo'llangan musajja' - ichki qofiyalar, talmih (mashhur tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, afsonalar, adabiy asarlar va ul­arning qahramonlariga ishora) va sifatlashlar konkret holatda jiddiy ma'naviy vazifani bajaradi, g'oyani ta'kidlab, holatning mohiyatini chertib ko'rsatadi, o'quvchi shoirning maqsadini, fikrini, tuyg'usini yorqinroq tasavvur qiladi, shuningdek, she'r ohanggiga shiddat va sur'at baxsh etib, uni xitob, hayqiriq darajasiga ko'taradi. Nihoyat, so'nggi bayt, so'nggi nido. Matla'da boshlangan xitob, hal qilingan qaror maqta'gacha izchil rivojlandi, g'oyaning tadriji yakun topdi, shoir o'z hukmida qat'iy qoldi:
Emasdur onchi asbobi jahong'a fikrimiz,Furqat,

Vale ketguncha juz andishai fardog'a bormasmiz.
Mazkur g'azal chin ma'noda o'zbek xalqining milliy ruhiyati va milliy g'ururini ifodalovchi she'r sifatida shoir ijodida muhim o'rin egallaydi.

Furqat ijodida erk va ozodlik mavzui. Furqatning "Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mandek" misrasi bilan boshlanuvchi 42 misra — 7 bandli musaddasi erk va ozodlikni kuylovchi qo'shiq sifatida muhim ahamiyatga ega. Asarda sayd (ov), sayyod (ovchi), dom (tuzoq) — majoziy obrazlar orqali qullik va hurlik tushunchalari talqin etilgan, ya'ni sayd — ozodlik orzusidagi tutqun, sayyod — zo'rlik va vahshiylik timsolidir. Shoir sayd va sayyod timsollari orqali o'z erki va huquqi qo'lidan ketgan Turkiston eli-yu istilo asri "sayyod"ining taqdir va kechinmalarini zo'r mahorat bilan ifoda etadi. Musaddasning dastlabki bandidayoq shoir o'zini sayd bilan qiyos qilib, saydning kechinmalarini o'z kechinmalaridek lirik ifodalab beradi:
Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mandek,

Ol domini bo'ynidin, bechora ekan mandek,

O'z yorini topmasdan ovora ekan mandek,

Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mandek,

Hijron o'qidinjismi ko'p yora ekan mandek,

Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
Shoir asar davomida tuzoqqa tushgan ohuning holini turli tashbih va favqulodda ohorii ifodalarda tasvirlar ekan, shoir tasviridagi sayd obrazi o'quvchida achinish va muruwat uyg'otadi, ovchiga murojaat qilib, uni banddan, tutqunlikdan ozod etishini so'ragandan keyingina kitobxonning biroz ko'ngli to'ladi:
Bechorani zulm aylab, qo'hbo'ynini bog'labsan,

Har son chekib-sudrab, o'ldirgali chog'labsan,

Ko'ksini jafo birla lola kabi dog'labsan,

Sot manga адат qasding olg'uvchi so'rog'labsan,

Hijron o'qidinjismi ko'p yora ekan mandek,

Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
Shoirning asar boshlaridagi yalinish va iltimos ohanggidagi xitobi keyingi bandlarda qat'iy talabnoma bo'lib yangraydi. Muallif "meni" ohuni ozod etish choralarini qidirar ekan, eng awalo, sayyoddan saydning huquqlarini poymol qilmaslikni, " kes rishtani (tuzoq iplari)" deya hayqirgan shoir, saydning tog'larga chiqib, yori bilan qovushib, hur va erkin yashashini talab qiladi:
Kes rishtanikim, qilsun chappaklar otib jasta,

Hajrida alam tortib, bo'ldi jigari xasta,

Tog'Ibrga chiqib bo'lsnn yori bila payvasta,

Kelt qo'yma balo domi birla oni pobasta.

Hijron o'qidinjismi ko'p yora ekan mandek,

Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
Furqatning bu musaddasidan kelib chiqadigan mazmun va maqsad — ozodlik va erk. Shuning uchun ham furqatshunoslar uni "ozodlik madhiyasi" deb ta'riflaydilar.

Shoir asarda millat va uning taqdiri borasidagi siyosiy masalaga zimdan nazar tashlaydi. Demak, shoirning aytmoqchi bo'lgan muddaosi shu: millat turmush tarzining yaxshilanishi va taraqqiyoti uchun mustaqil bo'lmog'i hamda o'zining milliy an'analari yo'lidan bormog'i lozim. Bu — g'oyat jiddiy siyosiy fikr. Bunday o'zbek xalqining taqdiri va kelajagi bilan bog'liq bo'lgan siyosiy fikrni o'zbek adabiyotida hech bir shoir Furqatchalik tiniq va keskin ifodalay olmagan.

Zokirjon Furqat o'zbek milliy ruhiyatini badiiy ifodalagan, asarlarida, maqolalarida millatni o'z haq-huquqini anglashga, kerak bo'lsa, o'z erki va ozodligi yo'lida kurashishga da'vat etgan xalq shoiridir. Uning har bir asari, xoh ishqiy, xoh ijtimoiy-siyosiy, xoh hajviy bo'lsin, yosh-u qariga ibratli fikr bera oladi.
Tayanch tushunchalar:


  • eti sizniki, ustoxoni meniki

  • sura

  • haftiyak

  • Qur’on

  • Chor kitob

  • Gimnaziya

  • Furqat

  • Farhat


Savol va topshiriqlar:



  1. Rus va Ovro'po ilm-fani haqidagi she'riaridan qaysilarini bilasiz? Bu boradagi shoirning fikr-qarashlariga nima deya olasiz?

  2. "Bormasmiz" radifli she'rini o'zingizham tahlil qiling. O'zbek milliy ruhiyati qaysi oJrinlarda yaqqol ko'zga tashlanishini aniqlang.

  3. "Sayding qo'ya ber sayyod..." musaddasida shoir qanday g'oyani ilgari suradi?

  4. Musaddas qanday janr? Musaddasga misollar keltiring.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



Mavzu: Zavqiy hayoti va ijodi.
R e j a:


  1. Zavqiyning hayot yo’li.

  2. Zavqiy hajviyoti.

Muqimiy va Furqatlar bilan ham zamon va hammakon bo'lgan Zavqiy o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rin tutgan shoirlardan. Shoir ajoyib lirik she'rlari va hajviy asarlari bilan xalq o'rtasida keng e'tibor qozondi. Zavqiy o'z asarlarida davrning eng ilg'or. xalqchil g'oyalarini rang-barang badiiy obrazlarda ifoda eta olgan shoir sifatida qadr va e'tibor topdi. U Muqimiy va Furqatlarning yirik safdoshi va maslakdoshi sifatida adabiy harakatlarda faol qatnashdi va bu adabiyotning kamoli uchun munosib hissa qo'shdi.



Zavqiyning hayot yo'li. Shoirning ismi Ubaydulla usta Solih bo'lib, "Zavqiy" adabiy taxallusidir. Ubaydulla Zavqiy 1853-yilda Qo'qonda kosib-mahsido'z oilasida tug'ildi. Ularning oilaviy sharoiti og'ir bo'lib, otasi mahsido'zlik orqali oilani boqar edi. Shunga qaramasdan, o'g'li Ubaydullaning kelajagini o'ylab, maktabga beradi. Maktabda xat-savodini chiqargach, 1870 — 71-yillarda shoirtabiat tog'asi Muhammad Siddiq yordamida Qo'qondagi "Madrasai oliy" va "Madrasai Chalpak" madrasalarida talim oladi. Bu vaqtlarda tog'asi unga yaxshi niyatlar bilan Navoiyning "Chor devon" va "Xamsa" asarlarini hadya qiladi. Shundan Ubaydulla adabiyotga mehr qo'ydi va o'zi ham "Zavqiy" taxallusi bilan she'rlar yoza boshladi.

Zavqiy madrasadagi o'qishini oxirigacha olib borolmadi, chunki bu vaqtda onasining vafoti, otasining falaj bo'lib qolishi tufayli oilaning butun og'irligi uning zimmasiga tushgan edi. U tirikchilik ishlari bilan shug'ullanishga, ya'ni ota kasbi — kosiblik-mahsido'zlik qilishga majbur bo'ldi. Lekin har qanday sharoitda ijod qilishdan chekinmadi, aksincha, Muqimiy, Furqat, Muhayyir, Nodim kabi shoirlar davrasini topdi va bu adabiy dav-raning ishtirokchisiga aylandi. Наг ishda mohir Zavqiy o'z hunari orqali ko'pchilikning nazariga tushdi. Shuningdek, Qo'qon boyonlaridan, poyabzal rastasining boshlig'i Mo'minshoh uni Mirzalik (ish yurituvchi) vazifasiga taklif qiladi. U shu xizmat yuzasidan Samarqand, Buxora, Marg'ilon, O'sh, Andijon, Naman­gan, Toshkent kabi shaharlarga boradi.

90-yillarda Zavqiy oilasida ketma-ket baxtsizliklar sodir bo'ladi: otasi, ikki ukasidan ayriladi. Bu vaqtda xotini Tojibibining ikki ko'zi ojiz bo'lib qoladi. Bu voqealardan qattiq ezilgan shoir, musibatlarni biroz bo'lsada unutish va havo almashtirish maqsadida Muqimiy hamrohligida Farg'ona bo'ylab sayohatga chiqadi.

1900-yilda Zavqiy tog'asi Muhammad Siddiqning taklifiga ko'ra, u bilan birgalikda Arabistonga sayohat qildi. Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr, Arabiston mamlakatlarida bo'ldi. Uch yil davom etgan bu sayohatdan Zavqiy 1903-yilning yoz oylarida qaytdi.

Zavqiy Qo'qonga kelganda qadrdon do'sti Muqimiy olamdan o'tgan, Furqat esa, bu vaqtlarda chet mamlakatlarda yashar edi.

Tabiatan hozirjavob Zavqiy ijodda ham o'ziga xos uslubda zo'r mahorat va jur'at bilan hajviy asarlar yoza boshladi, lekin bu uning boshiga ko'p tashvishlar olib keldi. Chunonchi, 1905 — 1906-yillarda "Ahli rasta hajvi" nomli 47 baytlik hajviy she'r yozadi, unda 46 kishini nomma-nom tilga oladi va har birining o'ziga xos fe'li-atvorini, nojo'ya xatti-harakatlarini keskin hajv qiladi. Bu ham yetmaganidek, uni katta qog'ozga ko'chirib, Qo'qondagi eng gayjum sayilgoh — Mo'ymarak (Mo'yi muborak) dagi baland bir terakka osib qo'yadi. Xalq bu hajviyani o'qib, zikr qilingan boylar ustidan miriqib kuladilar, she'r Qo'qonda katta shov-shuvga aylanadi. Rasta ahllari bundan xabar topib, shoirni tutib kelib, keragicha kaltaklaydilar. Shoirning ustidan "garonish" (shahar hokimi) va uyezd hokimiga arz qiladilar. Hokim shoirni tergov qilib, qattiq tanbeh beradi, shahar boyonlariga rahna so-luvchi bunday she'rlar yozishni ta'qiqlaydi. Uni ogohlantirib, yana shunday ish sodir bo'lsa, Sibirga surgun qilishini aytadi. Biroq shoir bunday ta'qiblardan cho'chimaydi, aksincha, qalami tig'ini yanada charxlab, bundan-da o'tkir hajvlar yozadi. Shuningdek, ko'p o'tmay, shu mojaroga bag'ishlangan "Talading baring" she'ri paydo bo'ladi. She'r shunday boshlanadi:

Eshit arzi holim, ey shanqilar,

Meni muncha yakkalading baring.

Chopishib kelib, qoqishib tutib,

Xiyla qo'rqitib, talading baring.
Zavqiy 1918— 1921 -yillarda Qo'qon poyabzal rastasining oqsoqoli, ocharchilikka qarshi kurash hay'ati a'zosi bo'lib ham ishlaydi.

Shoir Zavqiy umrining oxirigacha xalq ichida yashadi va mehnatkash omma bilan hamnafas bo'ldi, uning dardini kuyladi, samarali ijod qildi. Hajviyalar yozdi. Muqimiy vafotidan keyin Farg'ona vodiysidan tashqariga chiqmadi. U 1921 yili 68 yoshida umrining katta qismini o'tkazgan Qo'qonda vafot etdi.



Xalq muhabbatini qozongan Zavqiyning hayoti va ijodi har davr va har zamonda birdek e'zoz va e'tiborda bo'ldi. 1955-yilda adabiyotshunos H. Razzoqov u haqda "Zavqiy hayoti va ijodi" risolasini yozdi va 1958- 1960-yillarda 50 ga yaqin she'rlarini to'plab, "Tanlangan asarlar" nomli majmuani nashr etdi. 2003-yilda A.Madaminov va A.Turdialievlar "Ajab zamona" kitobini nashrdan chiqardilar.

Tayanch tushunchalar:

  • Zavqiy

  • Ajab ermas”

  • Uy puli”, “Zolim puli”

  • Veksel

  • Qahatchilik


Savol va topshiriqlar:
1.Zavqiyning tarjimai holi haqida gapiring.

2.Shoirning lirik she'rlaridan birini badiiy tahlil qiling.
3."Ajab ermas" muxammasida ilgari surilgan g'oya nimadan iborat?


4.Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy lirikaning o'rni qanday?
Adabiyotlar:


  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: Zavqiy lirikasi.
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish