Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


davrdagi o'zbek adabiyoti. Abulg'ozi Bahodirxon



Download 1,37 Mb.
bet7/15
Sana25.11.2019
Hajmi1,37 Mb.
#27060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


davrdagi o'zbek adabiyoti. Abulg'ozi Bahodirxon
R E J A:


  1. XVII-XIX asr birinchi yarmida o'zbek adabiyoti.

  2. Abulg'ozi Bahodirxonning hayot yo’li.

  3. Abulg'ozi Bahodirxonning adabiy merosi.

  4. “Shajarai turk” asari.


Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda Xiva, Buxoro va Qo'qon xonliklari shakllandi. Xonliklar o'rtasidagi o'zaro urushlar, qirg'inlar davlat va jamiyatning hamma sohalarini tushkunlik va tanazzulga mahkum etdi. Bu tushkunlik davrida ham xalq san'ati va ijodiyoti o'lmadi, nodir mo'jizalar yaratilishi tufayli jon saqladi.

Madaniy hayotining asosiy yunalishlaridan biri tazkirachilik bo'ldi. Mutribiy Navoiyga xos tazkirachilik an'anasini davom ettirib, 320 dan ortiq ijodkor haqida ma'lumot beruvchi "Tazkirat ush-shuaro" (1604 -1605) asarini yaratdi. Tazkirada XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko'rsatgan qalam ahli haqida fikr yuritiladi. Muhammad Bade' Maleho Samarqandiyning 1692-yilda yozilgan "Muzakkir ul-ashob" nomli tazkirasi Markaziy Osiyo shaharlari va Eronda XVII asrda yashab ijod etgan 160 dan ortiq ijodkorlar va adabiy jarayon haqida ma'mulot beruvchi nodir manbadir. Mazkur tazkira tarix to'g'risida, jumladan, Subhonqulixon saltanati va uning sulolasi tarixi haqida muhim ma'lumot beradi. Xalq og'zaki ljodida bir qator dostonlar vujudga keldi. XVI-XIX asrlar oralig'ida "Go'ro'g'li"turkumidagi jangnomalar, tarixiy mazmundagi qahramonlik dostonlari, "Tohir va Zuhra", "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Sayyod va Hamro", "Asli va Karam", "Sanobar", "Yusufbek va Ahmadbek", "Alibek va Bolibek", "Xurshid va Malikai Dilorom" kabi dostonlarning folklor va kitob nusxalari yaratildi . XVII - XIX asrlar tarixnavislikda alohida sahifa ochdi. Abulg'ozi Bahodirxonning "Shajarai turk", "Shajarai tarokima" asarlari madaniyatimiz tarixida "Boburnoma"dan keyingi noyob hodisa bo'ldi. XVII asrda Abulqoim al-Kasbaviyning "Natoyi-jul-fikr" ("Fikr natijalari"), XVIII asrda Muhammad Vafoning "Tuhfai xoniy", Abdurahmon Tole'ning "Tarixi Abulfayzxon", Muhammadamin Buxoriyning "Ubaydullanoma" asarlari vujudga keldi. Oo'qon xonligida esa Hakimxon To'ra "Muntahab ut-tavoreh" ("Tanlab olingan tarixiy voqealar"), Mirzo Qalandar Mushrifning "Shohnomai nusratpayom" (" Zafarli Shohnoma") asarlari yaratildi.

Xiva adabiy muhitida tarjimachilikka alohida e'tibor berildi. Bu yerda Ogahiy tarjimachilik maktabiga asos soldi. Buxoroda tarix asarlari ko'proq bitildi. Qo'qon xonligida Gulxaniy va Maxmur ijodi timsolida yangi shakl hamda mazmundagi realistik hajviyot bo'y ko'rsatdi. Shuningdek, bir qator o'zbek shoiralarining o'ziga xos davrasi vujudga keldi. Ko'rinadiki, XVII - XIX asrning birmchi yarmidagi adabiyot oldingi davrlardan ajralib turuvchi o'zining qator belgi va xususiyatlariga ega ekan.


ABULG'OZI BAHODIRXON
Abulg'ozi Bahodirxon 1603-yilda tug'ilgan. U XVII asrning birinchi choragida hukmdorlik qilgan Xiva xoni Arabmuhammadning yetti o'g'lidan biri edi. Bolaligidan shahzodalarga xos yetuk ta'lim-tarbiya ko'rdi, Taqdir taqozosi ekan, otasi bilan akalari, so'ng aka-ukalari o'rtasidagi toj-taxt talashishlarni ko'rdi, o'zi ham ishtirok etdi. Siyosiy buhronlar sabab jahongashtalik qismatini ham boshidan kechirgan edi. U sarkarda sifatidagi toblanish yillarida Turkiston, Samarqand va Buxoroda bo'ldi. Eron Isfahonida qariyb o'n yil (1630—1639) tutqunlikda hayot kechirdi. Bu beqaror yillarda ham umrini bekor o'tkazmadi. Har xil elat, qabila, urug' vakillari bilan yaqin munosabatda bo'ldi. Fors-tojik, arab, mo'g'ul tillarini o'zlashtirdi va bu til egalari bo'lmish xalqlarning hayot tarzi, tarixi, dunyoqarashi, urf-odatlarini elshunos va tarixshunos nuqtai nazari bi­lan o'rgandi. Abdulg'ozi Bahodirxondan bizga "Shajarayi tarokima", "Shajarai turk", "Manofe ul-inson" nomli uch tarixiy asar meros bo'lib qoldi.

1661-yilda yozilgan "Shajarai tarokima" asarida o'g'uz qabilalari hamda qardosh turkman xalqining tarixi, uzoq asrlik kechmishi qalamga olingan. Asarning yaratilish tarixi haqida olim shunday yozadi. "...Mundin ko'p yillar o'tti, turkmanning mullolari... mening tarixni yaxshi bilurimni eshitib tururlar... Toki bir kun barchalari kelib arz qildi-larkim: "bizning ichimizda "O'g'uznoma" ko'p turur. Ammo hech yaxshisi yo'q, barchasi g'alat va birisi birisiga muvofiq emas. Har qaysisi bir turluq va bir durust e'tibor qilgudek bo'lsa erdi, yaxshi bo'lur erdi", deb o'tun(ch) qildilar. Ersa, onlarning o'tin(ch)larmi qabul qildim". Bundan ma’lum bo’ladiki, asar ajdodlari tarixini sevgan turkman elati vakillari iltimosiga ko’ra yozilgan.

Muallif asarni yozishda tarixni bo'yamay-bejamay bor haqiqatni bayon etishga, voqealar tafsilotida xolis bo'lishga intildi. Shuningdek, bayonda til sofligini saqlashga qat'iy amal qildi. Buni asar avvalidayoq ta'kidlab, shunday yozadi: "Barcha bilingk'im, bizdin burun turkiy tarix aytqonlar arabiy lug'atlarni qo'shibturlar va turkiyni ham saj' qilibturlar, o'zlarning hunarlarini va ustozliklarini xalqqa ma'lum qilmoq uchun. Biz munlarning hech qaysisini qilmaduk aning uchunkim, bu kitobni o'qug'uchi va tinglag'uchi turk bo'lg'usiturur. Bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to alarning barchasi fahm qilg'aylar". Abulg'ozi Bahodirxon o'zbek urug'lari tarixiga bag'ishlangan solnoma bo'lmish "Shajarai turk" asarini 1663-yilda yoza boshlaydi. Lekin muallif mazkur asarni oxiriga yetkazolmay, 1664-yili 61 yoshida dunyodan o'tadi. Vafotidan so'ng o'g'li Anushaxon zamonasining tarixchilaridan Mahmud binni Mulla Muhammad Zamon Urganjiyga buyurib, Abulg'ozi Bahodirxon boshlagan "Shajarai turk"ni yozdirib tamomlatadi. Bu asar o'zbek tarixnavisligi, shuningdek, nasrining yorqin sahifalaridan birini tashkil etadi.


"Shajarai turk" asari haqida
"Shajarai turk" turkiy xalqlar shajarasi, kelib chiqishi degan ma'noni anglatadi. Unda turkiy qavmlar tarixi xonlar hukmronligi bilan bog'liq holda bayon etilgan. Tarixchi olim Bo'riboy Ahmedovning ta'kidlashicha, asarning asosiy qismi 1663-1664-yillari yozilgan. Uning yozilishi tarixini muallifning o'zi shunday izohlaydi: "Ammo bizning ota va aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur bo'ldi, ul sababdin o'zimiz aytduk".

Asar qisqa muqaddima va to'qqiz bobdan iborat: 1) Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo'g'ulxongacha kechgan hodisalar zikri; 2) Mo'g'ulxondin Chingizxongacha bo'lgan tarix; 3) Chingizxonning tug'ilganidan to vafotigacha tarixi; 4) Chingizxonning uchinchi o'g'li O'gaday qoon (1227 — 1241 yillari otasi o'rnida o'ltirgan) va avlodi, Chingizxonning boshqa o'g'illari naslidin bo'lgan va Mo'g'ulistonda podsholik qilg'anlar zikrida; 5) Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyxon (Movarounnahr, Yettisuv viloyati va Sharqiy Turkiston ustidan 1227-1241 yillari podsholik qilgan) avlodidan Movarounnahr va Qoshg'arda podsholik qilgan avlodining zikri; 6) Chingizx­onning kenja o'g'li Tuluyxon avlodidan Eronda podsholik (1256 — 1336) qilgan elxoniylar zikri; 7) Chingizxonning katta o'g'li Jo'chixon (1227-yilda otasidan taxminan olti oy avval vafot etgan) avlodidan Dashti qipchoqda (hozirgi Qozog'iston va to Dneprgacha bo'lgan janubiy Rusiya yerlari tarixda XI — XV asrlarda shu nom bilan atalgan) podshoh bo'lganlar zikri; 8) Jo'chixonning beshinchi o'g'li Shaybon (XIII asr) avlodidan Movarounnahr, Qrim, Qozoq va Turonda xonlik qilganlar, shuningdek, Jo'chixonning o'n uchinchi o'g'li To'qay Temurxon naslidan Qrim, Qozoq va Movarounnahrda podsholik qilganlar zikri; 9) Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikri.

"Shajarayi turk" tarixning turli masalalariga (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-etnik va h. k) oid e'tiborga molik ma'lumotlarga boy asardir. Misol tariqasida ulardan ayrimlarini keltiramiz.

Tarixiy ma'lumotlar. Sibir xonligi nomi bilan ma'lum bo'lgan (XV asrning 20-yilllarida tashkil topgan) va G'arbiy Sibir us­tidan hukm yurgizgan davlat tepasida ham Shaybon naslidin bo'lgan xonlar turgan. Ularning so'nggi xonlaridan Ko'chumxon (1563-1598) haqida asarda mana bularni o'qiymiz: "...Mahmudakxoni mazkurning bir o'g'li Murtazoxon, aning o'g'li Ko'chumxon ... bu Ko'chumxon Turo viloyatinda qirq yil podsholi qildi. Uzun yosh topdi. Axir ikki ko'zi nobino bo'ldi. Tarix 1003 (1595) yilda Ko'chumxonni qo'lindin Turoni o'rus oldi. Ko'chumxon qochib mang'it xalqining ichiga bordi. Taqi haq rahmatig'a ketdi".

Etnografik ma'lumotlar. Turk-mo'g'ul qabilalari, xususan, nomlarining ma'nosi to'g'risidagi, shuningdek, o'zbeklar, sartlar hamda turkman urug'lari haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Misol: "Asl lavz "mo'g'ul" mungul turur. Avomning tili kelmas-likidin bora-bora mo'g'ul tedilar. "Mung"ning ma'nosin barcha turk bilurlar: qayg'u ma'nosina turur. "Ul"ning ma'nosi sodadil, ya'ni qayg'uli soda temak bo'lur."

Milliy davlatchiligimiz asoschisi Amir Temur urug'ining kelib chiqishi ma'nosi quyidagicha izohlangan: "Oqsoq Temur ushbu uruqdin erdi. Barlosning ma'nosi sipohsolar temak bo'lur. Turkiysi cherik boshlab yuriyturgan kishi".



Toponimik hamda antroponimik ma'lumotlar. Abulg'ozining joy nomlari qarashlari ham hayotiydir: "Buxoro temakning ma'nosi mug' tili da ilm va ahli ilmning jam' bo'laturg'an yeri temak bo'lur". Haqiqatan ham tarixda Buxoro xamisha ilm ahli ilmning vatani bo'lib kelgan. Jahongashta hukmdor va sarkarda Chingizxon va XX asr adabiyotining mashhur vakili Chingiz Aytmatov ismlarining ma'nosini quyidagi izohdan bilib olish mumkin: "Ching"ning ma'nosi ulug' va katta temak bo'lur. Chingiz aning jami turur". Demak, buyuklik ma'nosidagi ism o'z sohibining chindanda buyuk bo'lib yetishuvidan dalolat berar ekan.

O'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid ma'lumotlar. Xalq farovonligi va obodligidan quyidagi lavha darak beradi: "Ul vaqtda (Arab Muhammadxon davrida) Mizdakxondin to Baqirg'onning bori yuzi Quyg'un degan yergacha bug'doy ekilar erdi. Bizning xon Tuq qal'asining yuqorisidin bir ariq qazdurub tururlar. Faqir dunyog'a kelmasdin bir yil buran Mezon bo'lg'anda saqasini ko'marlar erdi. Bug'doyni o'rgan vaqtda ocharlar erdi. Bir necha yildin so'ng ariqning kengligi otgan o'q o'tmasday bo'ldi . Suvning oyoqi Quyg'un bordi. Andin Achi tengizina bordi. Yolg'uz bug'doy ekilur erdi. Otli kishi o'n kunda bug'doyning toshindin aylanib kela bilmas erdi. Ul vaqtda kulpuchak yarim misqol kumush bir tanga yerina yurur erdi. Bir tangaga yarim teva yuki bug'doy berurlar erdi. Bir misqol kumushga bir xarvor bug'doy berurlar erdi".

Abulg'ozi Bahodirxonning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari o’zbek tilshunosligi, elshunosligining asl manbalari, o’zbek adabiy-badiiy nasri tarixiy takomilining muhim bosqichini aks ettiruvchi o’lmas obidalardandir.

Tayanch tushunchalar:


  • "Muntahab ut-tavoreh"

  • "Natoyi-jul-fikr"

  • "Shajarayi turk"

  • Mo’g’ul

  • Chingiz

  • Abulg'ozi

Nazorat savollari:


  1. XVII- XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmi adabiyotida qanday janrlarda asarlar yaratildi?

  2. Abulg'ozi Bahodirxon qachon va qanday oilada dunyoga kelgan?

  3. Abulg'ozi Bahodirxonning qanday asarlarini bilasiz?

  4. “Shajarayi turk”asarini adib qachon yoza boshlagan?

  5. Abulg'ozi Bahodirxonning xalqimiz tarixida, madaniyatida tutgan o'rniga qanday baho berasiz?

  6. "...bu kitobni o'qug'uchi va tinglag'uchi turk bo'lg'usiturur. Bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to alarning barchasi fahm qilg'aylar" so'zlari orqali olimning qaysi fazilatlari namoyon bo'lmoqda?

Foydalanilgan adabiyotlar:


B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965

Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003




Mavzu: Turdi Farog'iy
R E J A:

  1. Turdi Farog’iy hayoti va ijodi

2. Turdi Farog’iy lirikasi.

3. “Bu mulk” g’azali tahlili.

4. Turdi Farog’iy- mustazod ustasi.
O'zbek adabiyotida o'zining hajviy, hasbi hol hamda lirik she'rlari bilan sezilarli iz qoldirgan shoir Turdi Farog'iy 1640-yili Buxoroda tug'ildi va shu yerda shoir sifatida shakllandi. U haqidagi bizgacha yetib kelgan ma'lumotlar ko'p emas. Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati Buxoro xonlari Nodirmuhammad va uning o'g'illari Abdulaziz hamda Subhonqulixon hukmronligi davrida kechdi. XYII asr yurtimiz tarixi uchun ziddiyatli va murakkab davr bo'ldi. Xivada qo'ng'irotlar, Buxoroda mang'itlar, Qo'qonda minglar o'z hukmronligini o'rnatib, Turkiston uch xonlikka bo'linib ketdi. Ular o'rtasida toj-taxt, hudud uchun kurashlar kuchaygandan kuchayib bordi. Turdining hayoti va ijodi ana shunday jangu jadallar jarayonida, ijtimoiy madaniy muhitning tushkin bir pallasida o’tgan. Mutaxassislarning taxminicha, Turdi 1699-1700- yilda vafot etgan.

Turdining ijodiy merosi. Shoirdan bizga bor-yo'g'i 434 misradan iborat o'n sakkizta she'r yetib kelgan. Ularning o'n ikkitasi g'azal, beshtasi muxammas, bittasi fard. Bu she'rlardan ikkitasi fors- tojik tilida.

Turdi Farog'iy nomi XX asrning boshlarigacha fanga ma'lum emas edi. O'tgan asrning 20-yillarida Samarqandning Kattaqo'rg'onidan chiqqan adib Abdulhamid Majidiy shoirning yuqorida qayd etilgan qo'lyozma she'rlarini topib, matbuotda e'lon qildi va u haqida dastlabki ma'lumotni berdi. Ko'p o'tmay professor Abdurauf Fitrat Turdi to'g'risida maqola e'lon qildi.

Shoirning ismi sharifi, hayoti bilan bog'liq sanalar to'la ma'lum emas. "Turdi" uning taxallusidir. Bu balki uning ismi ham bo'lishi mumkin. Ba'zi she'rlarida "Farog'iy" taxallusini ham qo'llaganligi uchun adabiyotlarda bu ikki taxallusni yonma-yon qo'llash urf bo'lgan.



Turdining saqlanib qolgan she'rlari asosan hajviy, hasbi hoi, ma'rifiy xarakterda bo'lsa ham, bu narsa shoir lirik she'rlar kam yozgan degan fikrga borish uchun asos bo'lmaydi. Balki bizgacha yetib kelmagan yoki noma'lum bo'lib turgan ijodida uning ko'plab boshqa asarlari bo'lishi mumkin. G'azallaridagi nozik kechinmalar ifodasi bo'lmish ayrim baytlarda uning badiiy mahorati hamda ijodiy salohiyati namoyon bo'ladi.

Har qanda g'ami do'st dili porani istar,

To subh yaqo yirtmadi - mehr o'lmadi paydo.

Turdi tamsil san'ati orqali fikrning go'zal badiiy ifodasini topa olgan. Har qaerda bo'lsa ham do'st g'ami (ya'ni unga erishish istagi), muhabbati insonga dili poralikni taqozo qiladi. Haqiqiy do'stga, yorga, asosiysi, Parvardigorga yetishish uchun kishidan tinimsiz zahmat, qiyinchiliklar azobini chekish talab etiladi. Bu go'yo tong yoqa yirmaguncha quyosh (mehr) paydo bo'lmasligiga qiyos qilinadi.

Turdi she'riyatida Vatan va millat taqdiri yetakchi mavzulardan sanaladi. Bu mavzu ijtimoiy-siyosiy mazmun hamda hajviya uyg'unligida yoritilishi bilan shoir ijodida o'ziga xoslikni kasb etadi.

"Tor ko'ngullik beklar" g'azali mumtoz adabiyotimizdagi xalqni milliy birlikka da'vat etgan ilk asardir. Shoir millat yakdilligi, avvalo, yurt kattalari, hukmdorlarga bog'liq ekanligini yaxshi anglaydi va ularga qarata murojaat qiladi:

Tor ko'ngullik beklar man-man demang, kenglik qiling,

To'qson ikki bovli o'zbak yurtidir, tenglik qiling.

O'tmishda o'zbeklar etnik jihatidan to'qson ikki urug'dan iborat bo'lgan. Ular qirq, yuz, ming, jaloyir, jig'alboyli, oytamg'ali, xitoy, qipchoq, nayman, kenagas, mang'it kabi nomlar bilan atal-gan. Bu urug'larning boshchilari, yurt kattalari mavqe, amal, hudud talashib urug'-aymoqlar o'rtasida o'zaro nizolarni kuchay tirdilar. Bundan oddiy xalq aziyat chekdi, qishloqlar vayron, ekinzorlar payhon bo'ldi. O'lka parokandalikka yuz tutaboshladi. Bu holdan qattiq g'azablangan shoir Turdi mamlakat, mansab uchun qirpichoq bo'layotgan beklarni ko'ngillaridagi tor shaxsiy g'arazlami qo'yib, keng miqyosda millat uchun qayg'urishga chaqiradi

"Bu mulk" g'azalida tanqidiy ruh yanada kuchli. Shoir Subhonqulixon hukmdorligi davrida mamlakatning iqtisodiy hamda ma'naviy tanazzulga ketganligidan o'rtanib, xalqning bu yo'qotishlaridan kuyinib yozadi:

Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk,

Fitnayi avbosh-u zulm-u kufr-u tug'yondur bu mulk.

Xudbin va mustabid xon boshqarayotgan mulk (mamlakat) nomusulmonlar, iymonsizlar joyidirki, yaxshisi bu yerdan bir sari azm aylash - qayoqqadir bosh olib ketish afzaldir. Chunki yurtda beboshlar fitnasi, zulm va kufr tug'yon qilgan (avj olgan),iymonli odamlar tazyiqqa uchragan. Shuning uchun bu mamlakatni ayni paytda "kofiristondur bu mulk" deb ayovsiz tanqid qiladi. "Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari to'g'risida Turdining hajv qilib yozgan turkiy muxammasi" she'rida bu keskin ayblov shiddat bilan davom ettiriladi. Shoir noinsof, shaxsiy maqsad uchun millat manfaatini har Iahzada sotishga tayyor bo'lgan bek, amaldorlarga qarata xalqning nafratini quyidagicha bayon etadi:

Yedingiz barchangiz itdek fuqaroni etini,

C'asb ila molin olib, qo'ymadingiz bitini,

Qamchilar dog'i solib bo'yni, qanotib betini,

Yordingiz zahrasini, ichidin olib o'tini,

Bo'lmadi kam bu raiyat boshida hech tayoq.

"Muxammasi turkiyi Turdi" sarlavhali, "burun" radifli muxammas Turdi asarlari orasida falsafiy-axloqiy mohiyati jihatidan alohida ajralib turadi. She'r islom va tasavvuf ma'rifati, axloqi aqidalari bilan sug'orilgan. Turdi tanbeh berib aytadiki, yoshlikdan did va tab'i nozik ila ilohiy qudratni idrok etmoq, haqiqat yo'liga kirmoq vojib. Haqiqat yo'liga kirmoq tasavvuf ta'limotida suluk deyiladi. Haqiqat yo'liga kirgan xudojuy, taqvodor inson - solik (so'fiy) deb nomlanadi. Muxammasdan Turdining tasavvufdagi naqshbandlik tariqati targ'ibotchisi ekanaligi oydinlashadi:

Aylama fosid xayola sarf sol-u mohni,

Kir shariat yo'lig'a, ayningda ko'r Ollohni,

Hoziri dam bo'l, talab qilg'il dili ogohni,

Naqsh bog'la dilda muhri mehri illallohni,

Jon yetib labg'a, og'izda til tutilmasdin burun.

Ushbu misralarda shoir yil (sol) va oy (moh)lardan iborat umringni fosid xayollarga berilib, behuda sarf qilma, yaxshisi, shariat yo'liga kirib, o'zingda Ollohni mushohada qil, deb nasihat qiladi. Ko'ngliga ishq naqshlangan kishigina Olloh rizosi uchun millat g'ami bi­lan yashaydi, xalq uchun beminnat xizmat qiladi, demakki, komillik darajasiga ko'tariladi.

Ko'rinadiki, shoir qaysi mavzuga qo'l urmasin, xalq manfaatidan bong uradi, inson ma'naviy kamolati xususida so'zlaydi. Turdi Farog'iy ijodi shu jihatlari bilan xalqimizning bebaho ma'naviy boyligiga aylangan.

Tayanch tushunchalar:


  • muxammas

  • Turdi

  • hasbi hol

  • bovli

  • Farog'iy


Nazorat savollari:



  1. Turdi yashagan davr ijtimoiy-siyosiy ahvol to'g'risida ma'lumot bering.

  2. Turdi ijodida hajviyot va hasbi holning yetakchi mavqeda ekanligini qanday izohlaysiz?

  3. Turdining Abdualazizxonni maqtab she'rlar yozishida faqat hukmdarga yoqish istagi bo'lgan deb o'ylaysizmi? Yoki boshqa maqsadni ham ko'zlaganmi?

  4. Shoirning Subxonqulixonga hajviyalar bitishiga munosabatingizni bildiring.

  5. Yuqorida berilgan tahlil va mulohazalarni o'rganib, Turdi ijodining yetakchi xususiyatlari to'g'risida so'zlab bering.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

  2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

  3. N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965

  4. Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003


Mavzu: S O’ F I O L L O H YO R
R E J A:

  1. Shoirning hayot yo’li.

  2. So'fi Ollohyorning ijodiyoti.

  3. So'fi Ollohyor pandnomalarining hozirgi kundagi ahamiyati.


So'fi Ollohyor XVII asrda yashab ijod etgan, dinni nasihat anglab, nasihatlarida esa din talablari, Muhammad Payg'ambar o'gitlari, islomiy ma'rifat, tasavvuf shartlari hamda ilohiy ishq haqida keng fikr yuritgan shoir va allomadir.

Shoirning hayot yoli. So'fi Ollohyor 1620-yilda Samarqandning Minglar qishlog'ida tug'ildi. Uning otasi Olloquli o'z davrining taqvodorlaridan bo'lgan. U ilk savodni oilada oladi. So'fi Ollo­hyor o'n yoshlarida Buxoroga borib, o'n besh yil Buxoro mad-rasalarida Jo'ybor shayxlaridan ilm o'rganadi. So'ngra Buxoro bojxonasiga ma'mur etib tayinlanadi. U juda qattiqqo'l va rahmsiz bojgir bo'lgan, ko'p kishilar undan jabr tortgan. Jabr ko'rganlar ichida shayx Habibullohning muridlaridan biri ham bo'lgan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, So'fi Ollohyor shayx Habibulloh huzuriga ziyoratga boradi. Har gapdan xabardor shayx unga qarab "Bu joy mansabdorlarning joyi emas, tolib va g'ariblarning joyidur", deydi. Bundan ta'sirlangan So'fi Ollohyor Shayx Habibullohning muridlari safiga qo'shiladi va o'n ikki yil shayxning ta'limini oladi. Ta'lim olish yillarida tariqatning riyozatlarini chin e'tiqod ila bosib o'tadi hamda komillik maqomiga erishadi, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida kamol topadi. So'fi Ollohyor Buxorada uylanib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'radi.

Shoirning qabri Surxondaryo viloyatining Denov tumani yaqinidagi qishloqlardan birida joylashganligi ma'lum, biroq vafot yili va unga taalluqli tafsilotlar noma'lum.

So'fi Ollohyorning ijodiyoti. So'fi Ollohyor — diniy adabiyotning yirik vakili. Uning butun ijodi islomiy ma'rifat bilan sug'orilgan bo'lib, unda islom aqidalari, tasavvuf ta'limoti barq uradi. "Maslakul - muttaqin", "Siroj ul-ojizin", "Sabot ul -ojizin", "Murod ul- orifin", "Mazxan ul-mute'in", "Najot ul-tolibin" kabi asarlar So'fi Ollohyor ijodiy merosini tashkil qiladi. Bulardan tashqari shoir o'zining forscha asari "Maslakul-muttaqiyn"ga turkiy tildagi "Hidoyat ul-muttaqin" nomli nasriy tarjima kitobini yozdi. Kitobda haj masalasiga bevosita to'xtab, haj qilish ishtiyoqi ko'nglida borligi, ammo bunga imkon topa olmaganini aytib o'tadi.

Shoir So'fi Ollohyor she'riyatining tili sodda, samimiy va falsafiy.

Insonning ma'naviy faoliyatini uning ruhiyati boshqaradi. Ruhning mazhari esa ko'ngil. Demak, inson ma'naviy yuksaklikka erishish uchun, avvalo, ko'ngilni poklash va uni to'g'ri yo'lga sola bilish lozim. Shuning uchun shoir ko'ngilga muro-jaat qiladi va ko'ngilni, ruhiyatni tozalash zarurligi, buning uchun esa ko'ngildan bu o'tkinchi dunyoning barcha savdolarini, g'amlarini chiqarib tashlash, o'lmasdan burun havolanib, dunyoga havaslanmaslik lozimligini uqtiradi, zero, ortiqcha havasga berilish nafsni chaqiruvchi omil, shunday ekan, havas tikonini ko'ngulning toza bir bog'iga yo'latmaslikni uqtiradi va badiiy talqinini shunday beradi:

Kel, ey ko'ngil, jahon savdosidin kech,

Qadam g'am kishvarina urmag'il hech.
Jasad qolmasdin ilgari nafasdin.

Havo ko'p qilmag'il kechgil havasdin.

Poklangan ko'ngulda esa ma'naviy kamolotning asosiy omili bo'lgan muhabbat paydo bo'ladiki, u - " ko'ngil mulkining oliy bir sifati, har qanday ezgulikning elchisi.

Uning bog'ida ma'rifat unadi va qalbiga bunday muhabbatni singdirgan, uni ko'ngil mulkiga aylantirgan "qalb"da esa bu o'tkinchi dunyoning hoyu havaslariga zarracha e'tibor qolmaydi. Bu, albatta, Allohga muhabbatdan tug'iladi:

Ko'ngil mulkiga bir oliy sifatdur,

Muhabbat bog'i ganji ma'rifatdur.
Aningdek mulkini sultoni bo'lsang,

Ne hojat yer yuzini xonai bo'lsang.

Zotan, Allohga bo'lgan muhabbat "ganji ma'rifat'ni tug'diradi. Islom ta'limotida ilm va ma'rifatga yuksak nazar ila birinchi darajali masala sifatida qaralgan. So'fi Ollohy­or ham bu boradagi falsafiy fikrlarining badiiy umumlashmasini berar ekan, haqiqiy ilm egasi, eng avvalo, kamtar bo'lmog'i, murodga yetay desa "Haq rizosi" uchun ilm egallamog'i lozim­ligini tubandagi shaklda beradi:

Agar chandiki bo'lsang qutbi abror,

Degil ne donishim, ne donishim bor.

Niholim mehnati bersin desang bar,

Rizoyi Haq uchun ilm et muyassar.

Islom va tasavvufdagi nafsga munosabat masalasi So'fi Ollohyor ijodiyotida bosh o'rinda turadi. Tubandagi pandnomaga e'tibor bering:

Аgar nafsing murodin izlamaksan,

Agar saksonga umring yetsa, saksan,

— deya shoir nafs ofatidan ogohlantiradi. Bu nafs nimalarni hohlamaydi, deysiz?! Nafsning murodini tilab, uning istagi bilan yurgan kishi yoshi saksonga yetganda ham ko'zi och bo'lib, har narsadan ko'zi o'tib, "sak" — it kabi har nimarsaga va har qayoqqa o'zini urib, "iskalanuvchi" bo'lib qoladi, ya'ni nafs uni qattiq balolarga bo'ysundiradi.

Shoirning mahorati shundaki, u "sakson" — inson yoshi, "sak­san" — itsan ma'nosidagi so'zlar vositasida tajnis san'atini qo'llab, fikrning go'zal badiiy ifodasini bera olgan.



Ma'naviy kamolotga erishishning yana bir sharti — o'zlikni tanish. Shoirning falsafiy-islomiy qarashlari bo'yicha, o'zligini anglagan kishi Ollohni taniydi, o'zligidan kechib, Haqni tanimoqlik, uning "mushtoqi bo'lmoq'lik esa abadiy saodatdir. Tangrini tanigan kishini o'z-o'zidan manmanlik, kibr-u havoyu nafs balosi tark etadi, o'rnini hokisorlik, halimlik , tavoze', sabr egallaydi:

Nedur qulluq, aning mushtoqi bo'lmoq,

O'zidin foniy, Haqg'a boqiy bo'lmoq.

Tanimoq tangrini tonmoq havodin,

Keyin turmoq fi'oli noravodin.

Ma'naviy kamolatni orzulagan kishi yana bir shartni bajarishni uddalamog'ligi darkor. Bu — ko'ngilni poklash. Ko'ngilni poklash esa oson ish emas. Ba'zan insonning qalbi o'z tanasiga, ba'zan esa, aksincha, tanasi qalbiga bo'ysunmaydi. Demak, bu uzluksiz riyozat, og'ir mashaqqat jarayoni. E'tiqodi mustahkam, iymoni but, ma'naviy komillikni chin ma'noda istagan kishi bunday riyozatdan voz kecha olmaydi, chunki Alloh yo'lidagi chekkan har bir o'tkinchi riyozatning negizida abadiy farog'at yotadi. So'fi Ollohyorning falsafiy fikri ham shunday. Yana muhim tomoni, shoir falsafalari quruq va yalang'och emas. So'fi Olloyor bunday pandnoma mazmunidagi falsafalarini badiiy sayqallaydi. Quyidagi pandnomada ham baytlar badiiyatini tashbeh va tazodlar yuzaga keltirgan:



Riyozat mevasidir misli yang'oq,

Agarchi zohiri shax, botini yog'.

Maishat zohiri narm, oxiri qahr,

Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr.

Shoir riyozatni yong'oqqa, maishatni ilonga o'xshatadi. Riyozatning zohiri — tashqarisi og'ir mashaqqat, ammo botini — ichkarisi rohatbaxsh farog'at, shuningdek, yong'oqni ham tashqi po'sti qattiq, ichidagi mag'zi esa yog'li, yumshoq va mazali, ming dardga davo. Yoki aysh-ishratning boshi yoqimli, to'kin dasturxon, o'yin-kulgi, ammo oxiri voy. Dilhuzurlik bilan boshlangan maishatning oxiri qahr-g'azab bi­lan yakun topadi, mastlik, uning oqibatidagi ur-sur, to'polon va hokazo. Ilonning ham tashqi ko'rinishi ajabtovur, badanlari yumshoq, silliq, ammo ichi to'la zahar, insonni o'ldirishgacha boradi. Misralardagi riyozat-yong'oq, maishat-ilon tashbehi hamda shax-yog', narm-qahr, yumshoq-zahr tazodi shoir fikrlarini ta'sirchan ifodalashga imkon beradi.

Demak, riyozatning oxiri huzur ekan, bu yo'lda qanoatli bo'lib, toat-ibodatda sobit bo'lishlikka da'vat qiladi.

So'fi Ollohyor pandnomalarida ma'naviy komillikka erishishda insonni tabiati, uning sharqona odobi, nutq va muomalada madaniyatli bo'lishligi, halimlik va dilkashlik katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab, mavzuni odob-axloq qoidalariga buradi:

Kel, ey zohid, o'zingni aylagil xok,

Harom-u shubhadin ko'ngulni qil рок.

Ochiqqo'llik kushoda yuzlik bo'lg'il,

Muruvvatlik, muloyim so'zlik bo'lg'il.

Ushbu baytlarda inson odobining go'zal sabog'i mujassamlashgan. Shoirning fikricha, harom taom, harom ishlardan, turli vasvasa va shubhalardan ko'ngilni tozalash zarur, zero shubha qalbni o’ldiradi. Va yana sahovatlilik, ochiq yuzlilik ham, muruvvatlilik va muloyim so'zlik ham — oliyjanob fazilat.

Shoir muomalada shirin so'z bo'lishlikni uqtiradi, badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish — dilozorlikni qoralaydi. Dilozordan esa "Xudo ham bezor", undan hamma qochadi, yuz o'giradi. Shoir bu boradagi pandini tajnis va takrirlar yordamida quy-idagicha ifodalaydi:

Kishi sanchiq so'z aytsa, san chiq ondin,

Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin.

Shoir mo'min — musulmonlik madaniyati haqida gapirar ekan, xushmuomalalik, odoblilik, kamtarlilik, chiroyli xulqlilik haqida alohida to'xtab, ularni chiroyli badiiy tamsillar bilan izohlaydi:

Kulub mehmon qoshig'a chiqg'il, ey qul,

Shajar mevadin oldin ko'rsatar gul.

Mehmon — atoyi Xudo. Uyga mehmon kelganda, avvalo, uni iliq tabassum ila kutib olmoq, xushmuomalalik ila uning kelganidan xursandligini sezdirmoq kerak. Shundan keyingina dasturxonga taom va noz-u ne'matlar tortmoqlik darkor. Zero, daraxt ham avval gullab so'ngra meva tugadi.

So'fi Ollohyor ijodida ana shunday tabiat ne'matlarini o'rnak qilib ko'rsatuvchi o'rinlar ko'p uchraydi. Shoirning quyidagi pandnoma ruhi singdirilgan ixcham shakldagi baytlariga e'tibor qilsangiz, unda fikr-g'oyalar ramziy-badiiy ifodalar vositasida, adabiy umumlashma tarzida bayon etilgan. Mana, she'r:

Tavozo'lik bo'lib tutg'il o'zing kam.

Shajarkim bo'lsa mevali bo'lur xam,

Terakkim ul ko'tardi yuqori bosh,

Samarsiz bo'ldi ko'rdingmu ani fosh,

— deya sharqona kamtarlik va odoblilikni ollohyorona oliy ifodasini beradi. Insoniy fazilatlarni tabiat voqeligi bilan muqoyasa qilib badiiy talqin etadi. Demak, shoirning shohbaytlaridagi purma'no shunday: kamtar bo'l, boodob bo'l, o'zingni doimo past tut. Zero, mevali daraxt doim egilib turadi. Voqean, terak mevasiz bo'lsa-da, doim o'zini tik tutib, boshini yuqori ko'taradi, lekin baribir qancha kekkaymasin, mevasizligi fosh bo'lib, kesib tashlanadi. Misralar mazmunidan tamsil san'atining mohiyatini anglash qiyin emas. Zero, mazkur misralarda tamsil qoidasiga muvofiq, birinchi satrda bayon qilinayotgan fikr hayotiy tabiat hodisasiga o'xshatilmoqda va hayotiy misoldagi holatga g'oyat mos tushmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, keltirilgan har ikki misolda ham tamsil san'ati talabiga ko'ra, shoir birinchi misrada odob-axloq haqidagi fikrini bayon qiladi, ikkinchi misrada esa shu fikrining hayotiy isbot sifatida tabiatning hikmatli bir holatini misol keltiradi.



So'fi Ollohyorning ana shunday saboqlari bugungi kun uchun ham juda ahamiyatli. Bu saboqlar yoshlarni ma'naviy poklikka, to'g'rilikka, odoblilikka, xushmuomalalikka o'rgatadi va ularning milliy ong va milliy madaniyatini, sharqona odob-axloqini shakl-lantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Tayanch tushunchalar:


  • Kushoda yuzlik,

  • shajar,

  • kam,

  • xam

  • zabon,

  • kina,

  • jo’yoni.





Nazorat savollari:


  1. Shoirning hayot yo'li haqida gapiring.

  2. Bizga So'fi Ollohyordan qanday adabiy meros qolgan?

  3. Nafsning shaytoniy illat ekanligi islomiy adabiyotda qan­day talqin etilgan? So'fi Ollohyor ijodida-chi?

  4. So'fi Ollohyor ijodida pand-nasihat ruhidagi she'rlari qanday o'rin tutadi?

  5. Shoir tavoze'lik, xushmuomalalik haqida qanday saboq beradi?

Foydalanilgan adabiyotlar:




    1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

    2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001



MAVZU: BOBORAHIM MASHRAB HAYOTI VA IJODI.
R E J A:

  1. Shoirning hayot yo'li.

  2. Mashrabning ijodiy merosi.


Shoirning hayot yo'li. Boborahim Valibobo o'g'li Mashrab Namanganda kosib oilasida tug'ildi. Manbalarda uning tavallud sanasi turlicha ko'rsatilgan. Aksariyat kitoblarda 1640, ba'zilarida 1657 yoki 1653-yil deb qayd etiladi. Keyingi tadqiqotlar shoirning 1653-yilda tug'ilgani haqiqatga yaqinligini ko'rsatmoqda. Shoirning hayot yo'li ma'lum darajada xalq kitobi bo'lmish "Qissai Mashrab"da, Bog’istoniyning “Tazkirai qalandaron” asarida va bir qator tarixiy asarlarda bayon etilgan.

Boborahim otasidan erta etim qoladi. U maktab ta’limini namanganlik taqvodor muallim qo’lida oldi. Mashrab yoshligidanoq majnuntabiat, qalandarvash,so’fisurat qiyofa kasb etib boradi. Uning g’ayritabiiy odatlari, so’zlari yurgan yo’lida aytadigan bayt-y g’azallari ota-onasi va haloyiqni hayron qoldiradi. “Qissayi Mashrab”da quyidagicha hikoya qilinadi: “ Ustozlari aytdilar: “Ey o’g’lim, Bismillohir rahmoni rahim, “Alif” deng!” Shoh Mashrab “Alif ” dedilar. Ustozlari “Be” deng, dedilar…Mashrab aytdilar: “… “Be ” demasmen. “Alif”ni ma’nosi birdir. Mundan o’tmak xatodur ”. U “Alif”ning birligida Ollohning yagonaligini ko’radi. “Be” harfi ikki raqamini bildiradi. Yosh Mashrabga Ollohni ikkilantirish,shirk keltirish, uni sherikdor qilishdek tuyuladi.

Onasi ne orzu- havaslar bilan unga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiza bechoralarga kiyimlarini yechib berar, o’zi yalang’och yurar edi. Ota- onasi buning sababini so’raganlarida u “men onadan libos bilan tug’ilmaganman, yalang’och yuraveraman” qabilida javob berardi. 15 yoshga yetganida qayerda go’riston bo’lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko’rib: “Ey odamzot, oxir o’lib boshingga tushadurgon ish budir”, deya yig’lab yurar edi. Inson oxiratini idrok etish, dunyo moliga va vafosiga e’tiqod qo’ymaslik kabi bu amallar yosh Mashrab vujudidagi mavjud avliyolik xislatlaridan dalolat berardi.



Mashrabni ota-onasi o’sha davrdagi taqvodor pir-u murshidlardan biri – mullo Bozor oxundga uchrashtiradilar. Mashrab Tangri taoloning muhabbati yo’lida o’rtangan chinakam oshiq ekanligini birinchi bo’lib mullo Bozor oxund payqaydi va darveshtabiat shoirning qismat tilsimi Qashqardagi Ofoq xoja qo’lida yechilishini ham bashorat qiladi. “… Mashrabning ruxsat kunandasi Qashqardadur. Ishi anda tamom bo’lur.”

Mashrabda ham Ofoq xojaga g’oyibona ixlos va muhabbat paydo bo’ladi . Uni izlab Qoshqarga boradi, ostonasida xokipo bo’lib, unga qo’l berib, murid tutinadi. “Qissai Mashrab”da yozilishicha Hazrati Ofoq Xo’ja Mashrabdan Hofiz Sheroziyning g’azalalaridan bir bayt o’qib berishni so’raydi.

Ofoq xoja dargohida Mashrab yetti yil xizmat qildi. Bu yeti yilni u bitta po’stin kiyib o’tkazdi. Yozda uning charmini kiysa, qishda yungini kiyar edi. Muridlik burchi va Tangri muhabbatiga erishih shunday riyozat chekishni taqozo etardi. U yerda ham yetti yil tasavvuf sirlarini o'rganib, qalbi musaffo buloqdek tozarib, o'z davrining mashhur karomatgo'y avliyo darajasiga yetadi. U bizning yurtlarda keng tarqalgan naqshbandlik tariqatining tarmog'i bo'lmish qalandarlik suluki (yo'li)ni tutadi.

Qalandarlar uzlatnishin hayot kechirib, oila qurmaganlar hamda bir joyda muqim yashamay, shahar, qishloq, dasht-u sahrolarni kezib, umrining aksariyat qismmi safarda о'tkazganlar. Shuning uchun shoir bir g'azalida "Riyozatsiz bo'lay desang, tanim ozod yuray desang, Jahonni sayr etay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l" deb yozgan edi. Xalq orasida shoirni “qalandarlar shohi” deb atash rasm bo'lgan. Uning "Shoh Mashrab" deyilishi ham shundan. Qalandarlik maslagini mahkam tutgan Mashrab 1691-yili do'sti Pirmat Setoriy bilan safarga jo'naydi va bu qalandarona kezish yigirma yil — shoir hayotining so'nggi damlarigacha davom etadi.

1711-yilda Qunduzda Balx hokimi Mahmud Qatag'on buyrug'i bilan qatl etiladi. Boshiga tushajak Yaratganning bu taqdirini Mashrab avliyolik karomati ila oldindan bilgan edi. Shuning uchun ham bu voqeadan ancha yillar ilgari bir g'azalida shunday yozgan ekan:
Qonimni to'kar emish Balx shahrida Mahmudxon,

Taqdiri azal bo'lsa, naylay, anga bermay jon.
Shoir o'limidan so'ng uning boshqa bir qilgan bashorati ham yuz beradi: qatldan bir necha kun o'tgach, Mashrabni dorga buyurgan hukmdorning o'zi ham fojeali o'lim topadi.
Mashrabning ijodiy merosi.
Shoirning muxlislari rivoyatlarga ilova qilingan she'rlarni jamlab, alohida to'plam tuzganlar. Turli davrlarda ko'chirilgan bu to'plamlar xalq orasida "Devoni Mashrab", "Devonai Mashrab", "Eshoni shoh Mashrab" kabi nomlari bilan mashhur bo'lgan. "Mashrab" shoirning taxallusidir.

“Mashrab” taxallusini unga Ofoq xoja beradi. Bu so'z lug'aviy jihatdan "sharob (may) ichgan", "xumori" ma'nolarini anglatadi. Sharob, may, oldin eslatilganidek, ilohiy ishqni bildiradi. Shundan kelib chiqsak, taxallusning tasavvufiy "ilohiy ishqdan mast bo'lgan" yoki "Olloh ishqini ko'ngliga solgan" ma'nolari anglashiladi. Shoirni devona Mashrab ham deyishadi. Bu so'z ko'pchilik tushunadigan salbiy ma'noda qo'llanmaydi. "Devona" aslida "so'fiy", "qalandar" so'zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.

Shoirning o'zi she'rlarini jamlab devon tuzgan emas. Shuningdek, ijodiy merosi hanuzgacha to'liq topilgani yo'q. Tadqiqotchilar izlanishlar asnosida uning yangi she'rlarini topmoqdalar. Asarlarining ma'lum qismi "Devoni Mashrab" kitobi va turli bayozlar, to'plamlar orqali bizgacha yetib kelgan.

Jaloliddin Rumiyning "Ma'naviyi masnaviy" asari sharhiga bag'ishlangan "Mabdai nur" (Nurlarning chiqish joyi) kitobi hamda "Kimyo" badiiy-falsafiy, diniy-axloqiy asari ham Mashrabga nisbat berilmoqda.

1958— 1980-yillar oralig'ida uning she'rlari to'plam holida bir necha marta nashr qilingan. Mashrabning nisbatan mukammal to'plami adabiyot jonkuyari Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990-yilda "Mehribonim, qaydasan" nomi bilan nashrga tayyorlanib, chop etildi. To'plam shoirning g'azal, mustazod, murabba', muxammas, musaddas, musabba' janrlarida yozgan she'rlaridan iborat.
Tayanch tushunchalar:



  • Mashrab

  • Mansur Halloj

  • “Qutbul Olam”

  • Devona

  • “Mabdayi nur”.

  • qalandar



Savol va topshiriqlar:



  1. Mashrab qachon va qayerda tug’ilgan?

  2. Mullo Bozor oxundning Mashrab qismatiga ta’sirini so’zlab bering.

  3. Mashrabning Ofoq xo’ja dargohidagi sarguzashtlarini gapirib bering.

  4. Mashrabning o’limi qanday yuz bergan?

Adabiyotlar:




  1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

  2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

  3. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007


Mavzu: MASHRAB LIRIKASI
R E J A:

  1. Mashrab - mutasavvuf shoir.

  2. “Mashrabman” radifli gazali tahlili.


Ma'lumki, aksar mumtoz adiblar ijodining mag'zida odamni, olamni, butun borliqni islomiy idrok etish markaziy o'rin tutadi. Lekin bu shunchaki islomga da'vat, uning yo'l-yo'riqlarini o'rgatish, nasihat emas, balki dunyo hodisotlari, voqeliklari ortida yashiringan Yaratganning xohish-irodasi, hikmatini, jamolini, qudratini bilishga, anglashga, ko'rishga yo'nalgan ilmdir. Bu ilmni tasavvuf deydilar. Asarlarida tasavvuf g'oyalarini aks ettirgan adiblar mutasavvif ataladi. Mashrab ham tasavvuf adabiyotining mashhur vakilidir. Barcha so'fiy shoirlar kabi u ham nafsni yengish orqali ko'ngilni yuksaltirish, ruhni poklash, o'tkinchi dunyo havaslaridan ustun bo'lish, insonga uning moddiy mavqeidan emas, ma'naviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashish kabi g'oyalarni ilgari suradi. Bu kabi ma'naviy sifatlarga ega bo'lish uchun esa insonda ishq bo'lmog'i kerak.. Ishq avvalo Yaratganga va uning bar­cha yaratiqlariga mehr, muhabbat, ularning oldidagi mas'ullik tuyg'usidir. Tasavvuf ahliga ko'ra ishq insoniylik belgisi, odamiylik nishonidir. Haqiqiy ishqqa ega bo'lgan kishigina Yaratganning rizoligini topadi, hayotda yashashdan maqsadini to'g'ri belgilay oladi. Ishq dardi tufayli u "Kuya-kuya kul bo'lib biryona bo'lgan" holatda bo'lsa ham uning davosini izlamaydi, chunki yor (Olloh) ishqi tufayli paydo bo'lgan dard har qanday davodan ortiqdir:

Sening ishqingni dardi menga har darmondin ortiq,

Tilim kuysin адат, jono, talabgori davo bo'lsam.

Ishq dardi tufayli u "Kuya-kuya kul bo'lib biryona bo'lgan" holatda bo'lsa ham uning davosini izlamaydi, chunki yor (Olloh) ishqi tufayli paydo bo'lgan dard har qanday davodan ortiqdir:

"Na qilay" radifli g'azalida shoirning dinga, olamga, odamga o'ziga xos munosabati yorqin aks etgan. Shoirning shariat ruknlariga tasavvufiy mantiq bilan yondashuvi diqqatga sazovordir.

Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?

Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?!

Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do'zaxin,

Bo'lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!.

Bir Xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo,

Gul agar bo'lsa qo'lumda, и tikonni na qilay?!

Yor va boda tasavvufiy istiloh ekanligini endi Siz bilasiz. Avvalda ham, hozirda ham ota-bobolarimiz shariat ruknlarini sof niyat, islomiy muhabbat bilan ado etganlar. Lekin iymoni mukam­mal bo'lmay, e'tiqodi Haqning muhabbatiga munosib darajada shakllanmay, taqlid bilan yoki nom qozonish uchun Ka'baga borib kelaveradiganlar yo'q emas. Mashrab mana shunday soxta, notugal, dunyoviy manfaatlar bilan qorishgan taqvodorlikka qarshi. Ko'ngilda Yor(Olloh) hamda boda (Uning ishqi) bo'lmay hajga borganlar uchun Ka'ba shunchaki Ibrohim payg'ambar qurgan ko'hna bir imoratdan boshqa narsa emas. Mashrabning oliy e'tiqodicha, Ka'ba Ollohning uyi ekan, uni dilda limmo-lim muhabbat bilan tavof etish shart. Aks holatdagi ziyorat riyodir. Mashrabdek рок e'tiqod kishisi uchun yor vasliga muyassarlik bo'lmas ekan, nafaqat Ka'ba ziyorati, balki sakkiz jannat-u do'zax, ikki jahon manfaatlari tatimaydi. Mashrabona e'tiqoddagi solik uchun eng oliy muddao tanho Xudodir. Qolgan barcha unsurlar — Ka'ba-yu Madina, jannatga intilish-u do'zaxdan qochish, namoz-u ro'za — hammasi Uning rizoligi, muhabbati uchun bo'lmas ekan g'alatdir. Chunki ularning barchasidan murod-u maqsad, oxir-oqibatda, oliy haqiqat — Xudodir. Shoirning ramziy talqiniga ko'ra, Xudo — gul, qolgan hamma narsa - uning yo’lidagi tikanlar. Tikanlarga andarmon bo'lib, gulga yetisholmay qolish, uni qo'ldan chiqarish, benasib qolish mumkin. Hamma narsaga intilib, erishib, asosiy maqsaddan chalg'ib ketish, Xudoni unutish yoxud unga yetisholmaslik xavfi yo'q emas. Ammo asl muddao — gul qo'lga kiritilsa, tikanga ehtiyoj qolmaydi.



Mashrabman” radifli g’azali tahlili. Ushbu she'rda so'fiylik maslagini hayotining mazmuni deb bilgan shoirning hasbi holi ma'lum darajada aks etgan.

Sanamning ishqida tinmay yurib, ovvora Mashrabman,

Ko'zi yoshlig', qadi xamlig', dili sadpora Mashrabman.

Avvalo tahlil uchun kalit vazifasini o'taydigan tushunchalar va tushunilishi qiyin so'zlar ma'nosini bilib olamiz. Sanam — bu yor, istilohga ko'ra esa Olloh ekanligi ma'lum; xamlig' — egilgan, bukilgan; sadpora — yuz pora deganidir. Mashrab shoirning taxallusi bo'lishi bilan birga ilohiy ishqdan mast bo'lgan Haq oshig'i ma'nosiga ham ishoradir. Lirik qahramon (shoir) ishqi ilohiydan shu qadar beqarorki, u biror makonda sokin bo'lolmaydi, ishq shiddati ko'nglini o'rtashidan ko'zi yoshli, ayriliq dardining og'irligidan qadi bukilgan, dunyodan kelgan ozorlar tufayli dili yuz pora bo'lib parchalangan. Baytda tadrij san'ati bor. Tadrij holat yoki tasvirni birin-ketin darajalab rivojlantirish demakdir. "Ovvora", "ko'zi yoshlig'", "qadi xamlig'", "dili sadpora" ifodalarida tasvirdagi tadrij yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Yaratgan ishqidagi beqarorlik lirik qahramonni jahon ovvorasi qildi, lekin bu ovvoralik ishq shiddatini pasaytirmadi, shundan uning "ko'zi yoshlig'" bo'ldi. Ko'z yosh to'kish "qadi xamlig'"ga ulandi va bundan ham dardga darmon topmagach, dili sadpora bo'ldi.

Ko'ngulda zarracha dunyoni mehri bo'lmayin menda,

Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman

Haqqa oshiqlikning belgisi — bu ko'ngilda zarracha bo'lsin dunyoga mehr bermaslik. Dunyoga mehr berildimi, u ko'ngilda endi ilohiy ishqqa joy qolmaydi. Ikkinchi misrada tadrij davom etadi: dunyoga ko'ngil bermaslikning o'zi kamlik qiladi, oshiq haqiqiy Yor uchun ikki dunyodan — ham bu, ham jannat ma'volari va'da qilingan narigi dunyoni ko'zga ilmaydi, bu ikki dunyo uchun qilinayotgan da'vo-yu g'avg'olardan bezor bo'lgan.



O'lib ketsam, lahad ichra so'ngakdin ketmagay darding,

Jahonda topmadim choraki, men bechora Mashrabman.

Mazkur misralar ishqning lirik qahramon butun borlig'iga qanchalar singib, ham ruhi, ham vujudining o'zagiga aylanib ketganligini ifoda etadi. Har qanday darddan inson o'lib qutilishi mumkin, lekin Mashrabdagi ishq dardi vujudi o'lib, tanasi chirib ketganda ham suyaklarida qolib azob beraveradi. O'ylab ko'ring, o'lib ham qutilish mumkin bo'lmagan dardga bu dunyoda chora topish mumkinmi? Yo'q, albatta. Shu bois oshiq bechora (chorasiz).

Anodin qay kuni bo'ldum, sening ishqingda oh urdum,

Muhabbat dashtida yurgan bo'lub ovvora Mashrabman.

Bu o'rinda ishqning ibtidosi tilga olingan. Agar ular, yodingizda bo'lsa, "Farhod va Shirin"dagi Xusravning "Qay chog'din o'ldung ishq aro mast?" so'rog'iga Farhodning "Ruh ermas erdi tanga payvast" javobini bergan edi. Shuningdek, Qaysda ham tug'ilmasdan oldin ishqqa payvast bo'lganlik holati borligini esga oling. "Ovvora" so'zi ikkinchi marta qofiyada ishlatilmoqda. Odatda bu nuqson sifatida qaraladi. Lekin she'rda bu so'z ikki o'rinda boshqa-boshqa vazifa bajarmoqda: matla'da qalandarlarning bir joyda qo'nim bilmay, sargashta yurishini, to'rtinchi baytda ishqdagi o'rtanishlar darajasini ifodalamoqda. Demak, bu so'z avval jism harakatini, keyingi baytda ruh holatini berish uchun xizmat qilgan.

Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo'q,

Ko'zumdin qon yoshim tinmay oqar, xunbora Mashrabman.

"Muhabbat jomidin may tuttilar..." Bu jumla ilohiy ishq Yaratganning o'zi tomonidan berilishini ta'kidlamoqda. "...ichmasga choram yo'q", ya'ni oshiqlik kishi ixtiyoridagi, o'zi xohlab kasb etadigan holat yoki martaba emas. Oldingi baytda aytilganidek, "Anodin qay kuni bo'l”gan lahzalardan boshlab ishqida oh ura boshlaydi. Homilalik davridan oh chekkan oshiq bu dunyodagi hayotlik davrida to Parvardigoriga yetishmas ekan qonli ko'z yosh to'kishdan o'zini to'xtata olmaydi.

Boshimga ming balo kelsa, tilarman vaslin, ey zohid,

"Tilim kessang, to'yorim yo'q", - degan diydora Mashrabman.

Baytni o'qigan odamda Xudoning vaslini tilagan odamga nima uchun ming balo keladi, ayniqsa, Mashrab zamonida? nima uchun zohidga murojaat qilmoqda? kabi savollar tug'ilishi mumkin. Bu yerda Mansur Halloj, Nasimiy taqdiriga ishora bor. Vahdat ul-vujud maqomiga ko'tarilib, dunyoni, o'zligini unutib, Yaratgandan boshqa hech narsani idrok etmay, his etolmay qolganligidan "anal haq" iborasi qalb tubidan o'zidan o'zi jazba bilan otilib chiqqan bu zotlar boshiga ming balo yog'dirganlar. Zohidlar fatvosiga ko'ra Mansur dorga osilgan, Nasimiyning tiriklayin terisi shilib olingan. Vahdat ul-vujud o'ziga xos vasl ko'rinishi bo'lib, xos ishq egalariga nasib bo'ladi. Mashrab tasavvufdagi salaflari kabi agar tilimni kessalar ham Uning diydoriga to'ymasligimni aytishdan, ya'ni "anal haq"ni tildan qo'ymayman, deya bong urmoqda. Oshiqlikning oliy maqomini bilmagan xaloyiq (ishqdan bebahra johillar) uni yomon deb haydaydilar, tosh otib quvadilar.

Xaloyiqlar meni quvlar, yomon deb har shahar borsam,

Ajab mardud, ajab mahrum, ajab sangsora Mashrabman.

Aslida Haqning xalq orasida ixfo (yashirin) gavhari ekanligini bu gumrohlar sezmaydilar.



O’zumni xalq aro ixfolig’imni hech kishi bilmas,

Dil-u jonim fido aylab, ajab ayyora Mashrabman.

Maqta'da shoir boshqalardek ro'za, namoz bilangina o'ralashib, cheklanib qolgan emasman, balki Yaratganning o'zi va muhabbati bilan bandman, deydi. Kim nimaga ko'ngil qo'yib, u bilan band bo'lsa, boshqa narsa qulog'iga kirmaydi, hayoliga kelmaydi.

Meni devona Mashrabg’a muhabbatdin bayon aylang,

Namoz-u ro’zadin forig’ bo’lub sayyora Mashrabman.


Tayanch tushunchalar:


  • Xunbora

  • Mardud

  • sangsora

  • ixfo

  • forig’

  • gul

  • sadpora

  • xamlig’





Savol va topshiriqlar:



  1. Mashrabni mutasvvuf shoir deyilishiga sabab nima?

  2. "Kuya-kuya kul bo'lib biryona bo'lgan" holatda bo'lsa ham shoir nima uchun bu dardning davosini izlamaydi?

  3. “Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?!” deganda shoir nimani nazarda tutyapti.

  4. “Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo'q”deganda-chi?

  5. Mashrabning yana qanday g’azallridan bilasiz?

Adabiyotlar:




  1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

  2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

  3. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


MAVZU: HO’JANAZAR HUVAYDO LIRIKASI.
R E J A:

  1. Shoirning hayoti.

  2. Huvaydo ijodiy merosi.

  3. “Rohati dil” axloqiy –didaktik doston.

Xo'janazar Huvaydo XVIII asr o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biridir. Xalq orasida bu zot hozirgi kunda ham "Hu­vaydo eshon" deya e'zoz bilan tilga olinadi. Bu uning yetuk diniy arbob hamda tariqat rahnamosi bo'lganligidan dalolat beradi. Uning ijodi maktab va madrasa o'quv dasturidan mustahkam o'rin olgan edi. Shuningdek, ma'rifatli davralarda, ziyoli oilalarda shoirning she'rlari doimo o'qilgan, o'rganilgan. Adibning merosi bir necha avlod uchun o'ziga xos badiiy did hamda axloqiy tarbiya maktabini o'tagan.



Shoirning hayoti. Huvaydoning hayoti haqida noaniqliklar mavjud edi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot instituti tomonidan nashr etilgan 5 jildlik O'zbek adabiyoti tarixining 3-jildida, V. Abdullaevning oliy o'quv yurtlari uchun yozgan "O'zbek adabiyoti tarixi" darsligida shoirning tug'ilgan yili noma'lum, u O'shda tug'ilib, Farg'onaning Chimyon qishlog'ida yashab, ijod qilgan deb berilgan. Lekin keyingi tadqiqotlarga ko'ra Huvaydo 1704-yil Farg'onaning Chimyon qishlog'ida tug'ilgan. Shoir "Rohati dil" dostonida o'zi haqida quyidagi ma'lumotlarni aytgan edi:

Kaminaning oti Xo'janazardur,

Atosining oti G'oyibnazardur.

Nasabda O'sh-u mavludi Chimyoniy,

G'arib-u xokisor-u dil parishoniy.

Bu ikki baytda Huvaydo o'zining va otasining ismini keltirib, nasabi (asli kelib chiqishi) O'shdan, mavludi (tug'ilgan joyi) Chimyon ekanligini ta'kidlamoqda. Uning otasi G'oyibnazar so'fi o'shlik bo'lib, bir necha yillar o'z davrining mashhur shayxi, Boborahim Mashrabning ham piri bo'lmish qashqarlik Ofoqxo'ja huzurida muridlik qilgan. Keyinchalik u marg'ilonlik qarindoshlari bilan Chimyonga borib joylashib qoladi. Bu qishloqda masjid va xonaqohlar qurdirib, eshonlik qilgan, qishloq bolalariga bilim bergan. Bo'lajak shoir shu qishloqda tug'ilgan. Aytishlariga ko'ra, Ofoqxoja hazratlarining g'oyibona nazarlari tushganligi tufayli unga Xo'janazar deb ism qo'yganlar. Huvaydo ham avval maktabda, so'ng Qo'qon madrasasida tahsil oladi. Otasining vafotidan so'ng uning ishini davom ettirib, maktabda domlalik, xonaqohlarda va'zxonlik qiladi. Uning avlodlaridan nabirasi Mavlaviy Sirojiy, chevaralari Samarbonu, Salohiddin Soqiblar ham iste'dodli shoirlar bo'lishib, o'z she'rlaridan devon tartib qilganlar. Shoirning vafoti 1780/1781-yillar deb ko'rsatiladi. Buni uning zamondoshi Mavlono Noseh va shogirdi Mir Hasan Sadoyilar o'z marsiya-ta'rixlarida qayd etganlar. Jumladan, Mavlono Noseh shunday yozadi:

Xirad ustodi ta'rixi vafotin

Bitibdur: "G'oyib o'ldi qutdi hodi".

Baytdagi "g'oyib o'ldi qutbi hodi" iborasidan abjad hisobi bilan 1195- sana kelib chiqadi. Bu melodiy 1780/1781 -yilga to'g'ri keladi. Shuningdek, bu ta'rixda Huvaydoning o'z davri va hududining "qutbi hodi", yani din va tariqat qutbi ekanligi ham ta'kidlanadi. Lekin bu ta'kid shunchaki mubolag'a emas. Inson kamolotini kuylagan, ilohiy mohiyatga ko'z tikkan ruh holatini va iztiroblarini chizgan shoir she'riyatini tahlili bu bahoning ayni haqiqat ekanligini oydinlashtiradi.

Shoirning qabri tug'ilgan qishlog'i Chimyonda. U yer hozirda Farg'ona vodiysining eng gavjum ziyoratgohlaridan biriga aylangan.

Xuvaydo ijodiy merosi. Shoirning mukammal devoni Shomurod kotib va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg'iloniylar tomonidan ko'chirilib, unda Huvaydoning qalamiga mansub asar-larni deyarli to'la qamrab olgan deyish mumkin. Unga ijodkorning 361 g'azali, 3 muxammas, bir musaddas, bir musamman, 5 mustazod, 70 ga yaqin ruboiy, bir tarjiband, 3 masnaviy, "Rohati dil" dostoni, "Ibrohim Adham" qissasi kiritilgan. Bundan tashqari shoir ijodidan masnaviy, musabba', shuningdek, o'zbek mumtoz adabiyotida juda kam uchraydigan mutassa', muashshar kabi janrlar ham joy olgan. Ular ichida g'azal shoir she'riyatining katta qismini tashkil etadi. Huvaydo she'rlarining asosiy mavzui islom ruknlarini (asoslarini) tahlil etish, ilohiy muhabbatni talqin etishdir. Bundan tashqari inson (ayol) go'zalligini madh etuvchi hamda pand-nasihat xarakteridagi she'rlar ham bor.

"Rohati dil" dostoni esa diniy-axloqiy va pandnoma raazmu-nidagi epik asardir Dostonning g'oyasi insonning ichki ma'naviyatini shakllantirish, o'quvchilarga go'zal islomiy axloqni singdirish, mustahkam e'tiqodni qalbda sobit qilishdir. Masalan, dostondagi "G'addor dunyo bayonida" nomli hikoyada keltirilishicha, uch aka-uka yo'lda ketayotib bir xum tilla topib oladilar. Baxtli tasodifdan quvonganlaricha yo'l yuradilar. Bir manzilga yetishganida to'xtashib, kichik ukalarini taom olib kelish uchun yuboradilar. Taomga borgan yigitning niyati buziladi: boylikning hammasiga ega bo'lish uchun ovqatga zahar qo'shib olib keladi. Akalari esa kichik ukalariga tegishli qismni bo'lishib olish niyatida u kelishi bilan joniga qasd qiladilar. Lekin xursandchiliklari ko'pga cho'zilmaydi. Ovqatni yegach, ular ham ukalarining orqasidan u dunyoga ravona bo'ladilar. Hikoyatda ifodalan-gan fojeaning asosiy sababi ochko'zlik, baxillik, nodonlik ekanligiga shoir e'tibor qaratadi. Bu illatlar kishini tubanlashtirib, halokatga yetaklaydi. Asarda muallif islom ruknlari hamda tasavvuf ta'limotini targ'ib etib, insonlarni ma'naviy yuksaklikka chorlaydi.



Huvaydo, shubhasiz, mutasawif shoir. Uning ijodida turkiy tasawufning buyuk namoyandalari Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Mashrab she'riyatining ta'siri sezilib turadi. Salaflariga hamohang ravishda shariatni sharhlaydi, tariqat taomilini bayon etadi, agar Navoiy:

Kim bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,

Oncha borki, Ka'ba vayron bo'lsa, obod aylagay;

Mashrab:


Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen,

Agar bir dilni og'ritsang, yuzar Ka'ba buzulmazmu? — deb yozsalar,

Huvaydo:


Опта g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,

Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdin burun, — baytini bitadi. Bunday maslak yaqinligi tabiiydir. Chunki barcha so'fiy shoirlar uchun bu dunyoda eng og'ir gunoh — inson diliga ozor berish. U hatto butun dunyo musulmonlari sajdagohi bo'lmish Ka'bani buzishdan ham og'irroqdir. Shoir bir g'azalida:

Na qildim sanga man, yorim, jamolingdin judo qilding,

Boshimda gardi g'amni chun charog'i osiyo qilding, — deya ilohiy ishqni kuylasa, boshqasida:

Jon omonatdur taningda, qil o'limni fikrini,

Bo'l omonat sohibi olg'oni kelmasdin burun, — misralari bilan oxiratni eslatib, odamlarni ogohlantirib turadi.

Umuman, shoir she'rlarining aksariyatida diniy didaktika yetakchilik qiladi. "Xoki poyi yaxshilar bo'l" g'azali ularning biridir:

Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdin burun,

Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdin burun.

Shoir nasihat qilib aytadiki, bu qaro yer — qabr qo'yniga kirmasdan va unda xok - tuproqqa aylanmasdan burun sen yaxshilarning xoki poyi bo'l, ya'ni yaxshi odamlar xizmatida, suhbatida bo'lgin. Yaxshilar deganda Huvaydo avliyo zotlar, olimlarni nazarda tutadi. Baytdagi xok bo'lish - o'limni, qaro yer -qabrni anglatyapti. Bu baytning bir mazmuni. U bilan bog'liq boshqa bir mazmuni borki, unda mazkur iboralar ramziy ma'no kasb etadi. Bunda tahlil yanada kengayadi va shoirning bizga aytar gapi yanada oydinlasha boradi: yaxshilar xoki poyi bo'lginki, sening ma'naviyating, ichki dunyoing, qadring tubanlashib, xok (tuproq) singari past bo'lmasin, aks holda qaro yer qo'yniga kirganing ma'quldir. Xalqda "yer yorilmadi, yerga kirmadi" iborasi bor. Ya'ni, ma'naviy tubanlik sharmandalikdir. Sharmandalikdan odam yer yorilsa, yerga kirishga rozi bo'ladi.



Mo'mineni g'iybatidin munda og'zing рок qil,

Anda do'zaxni o'ti misvoq bo'lmasdin burun.

Mo'minlarning g'iybatidan munda (bu dunyoda) og'zingni ehtiyot qil, toki anda (u dunyoda) do'zax o'ti bu g'i og'zingni kuydirmasin. Baytda tazod (munda-anda so'zlari orqali), tanosub (og' zing рок qil - misvoq ibora va so'zlari bilan) san'atlari fikrni ifodalashning badiiy vositasi bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, Huvaydo g'azallarida:

Ul ko'zlari jallodim kiprik qilichi birla,

Har go'shada qonimni chun obi ravon etti

yoki


Zurroti jahon xayl, pari, ins-u malakni,

Bir g'amza bila qilg'uchi hayrong'a yo'liqtim, — kabi misralarda shoir inson go'zalligini vasf qiladi, unga bo'lgan oshiqo-na kechinmalarini bayon etadi. Bu esa Huvaydo ijodida ilohiy va majoziy ishq o'zaro uyg'un va aloqadorlikda talqin etilganligini anglatadi.
Ho’janazar Huvaydo "Rohati dil" dostoni diniy-axloqiy va pandnoma raazmunidagi epik asardir Dostonning g'oyasi insonning ichki ma'naviyatini shakllantirish, o'quvchilarga go'zal islomiy axloqni singdirish, mustahkam e'tiqodni qalbda sobit qilishdir. Masalan, dostondagi "G'addor dunyo bayonida" nomli hikoyada keltirilishicha, uch aka-uka yo'lda ketayotib bir xum tilla topib oladilar. Baxtli tasodifdan quvonganlaricha yo'l yuradilar. Bir manzilga yetishganida to'xtashib, kichik ukalarini taom olib kelish uchun yuboradilar. Taomga borgan yigitning niyati buziladi: boylikning hammasiga ega bo'lish uchun ovqatga zahar qo'shib olib keladi. Akalari esa kichik ukalariga tegishli qismni bo'lishib olish niyatida u kelishi bilan joniga qasd qiladilar. Lekin xursandchiliklari ko'pga cho'zilmaydi. Ovqatni yegach, ular ham ukalarining orqasidan u dunyoga ravona bo'ladilar. Hikoyatda ifodalangan fojeaning asosiy sababi ochko'zlik, baxillik, nodonlik ekanligiga shoir e'tibor qaratadi. Bu illatlar kishini tubanlashtirib, halokatga yetaklaydi. Asarda muallif islom ruknlari hamda tasavvuf ta'limotini targ'ib etib, insonlarni ma'naviy yuksaklikka chorlaydi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish