Mavzu: 1918 – 1939 – yillarda Fransiya. R e j a: Kirish Asosiy qism


Fransiyada Xalq fronti hukumatining harbiy ahamiyati



Download 84,5 Kb.
bet4/4
Sana01.06.2022
Hajmi84,5 Kb.
#627814
1   2   3   4
Bog'liq
1918 – 1939 – yillarda Fransiya

Fransiyada Xalq fronti hukumatining harbiy ahamiyati
Fashistlar isyoni Fransiya jamiyatining sog‘lom kuchlarini qattiq qayg‘uga soldi. Ularning chaqirig‘I bilan kuchli antifashistik harakat oyoqqa turdi. 12-fevral kuni ularning (sotsialistlar, kommunistlar, radikallar va partiyasizlar) chaqirig‘I bilan mamlakatda umummilliy namoyishi o‘tkazildi. Unda 4,5 mln kishi qatnashdi. Shu tariqa, mamlakatda antifashistik kuchlar ittifoqini vujudga keltirish uchun qulay sharoit vujudga keldi. Fashizm xavfi sotsialistlar va kommunistlarni o‘rtadagi o‘zaro ginalarni unutishga undadi. Natijada 1934-yil 27-iyulda Fransiya Sotsialistik partiyasi va Fransiya Kommunistik partiyasi o‘rtasida «Harakat birligi to‘g‘risida pakt» imzolandi. Bu ikki partiyaning antifashistik harakatiga tez orada radikallar partiyasi ham qo‘shildi.
1935-yil 14-iyulda sotsialistlar, kommunistlar va radikallar partiyasi birgalikda katta namoyish o‘tkazdilar. Shu tariqa Fransiyada «Xalq fronti» vujudga keldi. 1936-yil aprel—may oylarida o‘tkazilgan parlament saylovlarida xalq fronti g‘alaba qozondi. U parlamentda umumiy o‘rinning deyarli uchdan ikki qismini egalladi. Sotsialist Leon Blyum boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukumat ish haqini oshirish, 40 soatli ish haftasi, korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish, kasaba uyushmalari huquqini himoya qilish, haq to‘lanadigan ta’til berish kabi qator qarorlar qabul qildi.
Parlament fashistik tashkilotlar faoliyatini taqiqlash haqida muhim qonun qabul qildi. Biroq bu qonun fashistlarga qonuniy faoliyat yurituvchi partiya tuzishga ruxsat etgan. Shunday qilib, Fransiyada fashizm hokimiyatni egallay olmadi. Bunga Fransiyada fashizmning ijtimoiy tayanchi yo‘qligi hamda so‘l kuchlarning xalq fronti tuzishga erishganligi sabab bo‘ldi va mamlakatni fashizm diktaturasidan saqlab qolishda Xalq fronti hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Biroq tez orada «Xalq fronti» ichida kelishmovchilik yuzaga keldi. Buning sababi xalqaro va ichki siyosatda yagona fikrga kela olmaganlikda edi. 1936-yil iyul oyida Ispaniyada boshlangan Franko isyoni Fransiya uchun fashist davlatlari qurshovida qolish xavfini vujudga keltirdi. Shunday sharoitda hukumat Buyuk Britaniya qistovi bilan Ispaniya ishlariga «aralashmaslik» siyosatini yurita boshladi. Kommunistlar bu siyosatga qarshi chiqdilar. Bundan tashqari, mamlakatda fashistlar partiyasining faoliyati man etilmaganligi hukumat bilan so‘l kuchlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilikni yanada kuchaytirdi.
Xalq frontining tuzilishi Ayni paytda hukumat budjet tanqisligini bartaraf etolmaganligi ham munosabatlarni yanada sovutdi. Bularning bari 1938-yil aprel oyida L. Blyum hukumatini iste’fo berishga majbur etdi. Radikallar partiyasi rahbari Ye. Dalad’e yangi hukumat tuzdi. Uning 30-sentabrda Myunxen shartnomasini imzolashi Xalq frontida qattiq tanqidga sabab bo‘ldi. Myunxen shartnomasiga ko‘ra, Chexoslovakiyaning Sudet viloyati Germaniyaga olib berilgan edi. Bu shartnoma tez orada Gitlerga Chexoslovakiyani to‘la bosib olish uchun yo‘l ochgandi. Natijada Radikallar partiyasi noyabr oyida «Xalq fronti» tarkibidan chiqdi. Shu tariqa Xalq fronti tarqab ketdi.
Ye. Dalad’e o‘ng partiyalarga tayanib faoliyat yurita boshladi. 1938-yil 6- dekabrda Fransiya Germaniya bilan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitimdan hech farq qilmaydigan qo‘shma deklaratsiyani imzoladi va shu oyda Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini ham tan oldi.
1939-yil mart oyida Germaniyaning Chexoslovakiyani bosib olishiga hech qanday to‘sqinlik qilmadi. Uning niyati Germaniya agressiyasi tig‘ini Sharqqa — Rossiyaga burib yuborish edi. Ayni paytda 1939-yilning mart oyida Fransiya hukumati har ehtimolga qarshi Buyuk Britaniya bilan harbiy ittifoq tuzdi. Biroq tashqi siyosatdagi bu nayranglar Fransiyani saqlab qola olmadi va u 1940-yilda Germaniya hujumi natijasida tiz cho‘kishga majbur bo‘ldi.
Shunday qilib, Fransiya Birinchi jahon urushida g‘olib bo‘lsa-da, iqtisodiy taraqqiyoti tezlashmadi. Buyuk davlatlar ta’siridan chiqolmadi. Ikki yuzlamachi siyosat yuritdi. Fashizm qurboni bo‘ldi.
Xalq fronti hukumati o'z qonunlarini amalga tadbiq etishda juda kata qiyinchiliklarga to'qnash keldi. Davlatda pul yo'q, demakki, tadbirkorlarni qabul qilingan qonunlarni bajarishga majbur qilish uchun mablag' ham yo'q edi. Hukumat nisbatan ongli yo'lni tanladi-u Fransiya valyutasi bo'lgan frankni fransuz xalqining barcha ijtimoiy yutuqlarini yo'qqa chiqargan holda 30%ga devalvatsiya qildi.1937 yil fevralida L.Blyum mamlakatning og'ir moddiy ahvolini bahona qilib, Xalq fronti dasturini bajarishda tanaffus e'lon qilish taklifini kiritdi. U kuch to'plab, so'ng yutuqlarni mustahkamlash uchun “nafasrostlash”lozimligini uqtirdi.Bu aholining noroziligiga sabab bo'ldi.1937yil iyunida Blyum iste'fo berdi.
Reaksion kuchlar Xalq fronti hukumatiga qarshi ochiq xujum boshladilar, uning faoliyatini xalqqa qarshi yo'naltirishga urindilar. Ular davlatning ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarini qisqartirishga erishdilar,hukumatning moddiy ahvolini og'irlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Hukumat tamaki mahsulotlari, gugurt, spirtli ichimliklar, pochta-telegraf va temir yo'l tashuvlariga yangi soliqlar belgilashga majbur bo'ldi. Xalq frontining yangi hukumati-Shotan hukumati yangi devalvatsiyani amalga oshirdi. Ikki devalvatsiya natijasida Fransiyada yashashning qiymati 1936 yil maydan 1937 yil dekabrgacha 40% qimmatlashdi.
Xalq fronti obro'sizlandi.Uning saflarida parchalanish yuz berdi. Eduard Dalade boshchiligidagi guruh Xalq fronti partiyalari bilan orani uzish va o'ng reaksion partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatni tuzishni talab qildi. Eduard Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal-sotsialistlarning 1938 yil oktyabrida Marselda bo'lib o'tgan s'ezdida Xalq frontidan ajralish to'g'risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi.
Xalq frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo'l ochdi.
1938 yil 10 apreldan 1940 yil 18 maygacha hokimiyatni boshqargan E.Dalade hukumati davridayoq Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. Tadbirkorlar oz miqdorda haq
to'lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya soliqlar miqdori 13baravar oshirildi, yirik korxonalarga solinuvchi soliqlar esa kamaytirildi.
Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar. 1938yil 30 noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi.Hukumat qo'shinlarni safarbar qildi, askarlarga jangovar o'qlar tarqatildi. Hukumat va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o'ch oldilar. Ko'plab zavodlar yopildi,1,5 mln.kishi ishdan bo'shatildi,minglab ishchilar qamoqqa olindilar.
E.Dalade hukumati “milliy xiyonat”hukumatiga aylandi. Ostonada esa dushman -birinchi imkoniyat tug'ilgandayoq Fransiyani bosib olish niyatini hyech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi.
Xulosa
Fransiya tarixida bu davr o’ta shiddatli bo’ldi. Birinchi jahon urushini g’alaba bilan yakunlagan bo’lsa ham bu unga qimmatga tushgan edi. Chunki Franiya Antanta davlatlari orasida eng ko’p jabr ko’rgan mamlakat bo’ldi. U ko’plab askarlaridan ayrildi. Qanchadan-qancha yerlar yaroqsiz ahvolga kelib qoldi. Urush tugagach Germaniya Fransiyaga juda katta reparatsiya to’lashi kerak edi. Lekin keyinchalik Germaniya bu reparatsiyaning ko’p qismini to’lashdan bosh tortdi.
Siyosiy hayotda ham Milliy birlik va Milliy blok tashkilotlari tuzgan hukumatlar bergan va’dalarining ko’p qismini bajarmadi. Bu esa ishchilar va aholi o’rtasida noroziliklar keltirib chiqardi. Bundan tashqari 1929-1932-yilardagi jahon iqtisodiy inqirozi ham Fransiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar keltirdi.
Fransiyada bu davrda fashizm xavfi ham kuchaygan edi. Bu o’ziga xos fransuz fashizmi nomini oldi. Bunga qarshi kurashishda Xalq fronti tashkil qilingan edi. Dastlabki paytlarda bu tashkilot yaxshi ishlayotgandek tuyuldi. Lekin keyinchalik u ham xoinlik yo’liga o’tdi. Tashqi siyosatda o’zining ittifoqchilariga qarshi nemis fashistlari bilan murosa yo’lini tanladi.
Bularning barchasi Fransiyaning xalqaro maydondagi mavqeyiga ham putur yetkazdi va uning Yevropada gegemon bo’lish orzusini ham kechiktirdi. Fransiya yetakchilarining I jahon urushidan yetarli xulosa chiqarmaganliklari ularning keyingi harakatlarida namoyon bo’ldi va Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga ma’lum ma’noda yo’l ochib berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. E. Nuriddinov, H.Kichkilov, M.Lafasov. Eng yangi tarix (1918-1945) “Nasaf” 2010.

  2. Sh. Ergashev. Jahon tarixi (eng yangi davr 1918-1945) T- 2018.

  3. M.Abdurazzoqova. XX asrning ikkinchi yarmi Jahon tarixi. T – 2000.

  4. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. O’quv qo’llanma. T- 2018.

  5. www.Wikipedia.org



Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish