Mavzu: 1918 – 1939 – yillarda Fransiya. R e j a: Kirish Asosiy qism


J.Kelamanso va R.Puankare boshchiligida “milliy blok” va “Milliy birlik” hukumatining tashqi siyosati



Download 84,5 Kb.
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi84,5 Kb.
#627814
1   2   3   4
Bog'liq
1918 – 1939 – yillarda Fransiya

J.Kelamanso va R.Puankare boshchiligida “milliy blok” va “Milliy birlik” hukumatining tashqi siyosati.
1919-yil noyabr oyida urushdan keyin birinchi marta parlamentga saylov o‘tkazildi. Saylovgacha o‘ng partiyalar «Milliy blok» deb ataluvchi ittifoqqa birlashdi. Blokni o‘ta o‘ng partiyalar — «Milliy respublikachilik partiyasi», «Respublikachi-demokratik partiya» — tuzgan edilar. Radikallar va Respublikachilar partiyalari ularga qo‘shilgan.
1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o'rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo'lib, uning lideri Klemanso monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini o'rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok” va “so'l blok”lar tuzildi.
“Milliy blok” 1919 yilda revolyutsion harakat yuksalib borayotgan sharoitda tashkil topdi. Eng reaksion burjua partiyalari Respublikachilar federatsiyasi, Respublikachi-demokratik ittifoq va boshqa partiyalar 1919yil noyabrida navbatdagi parlament saylovlarida o'taketgan reaksioner Puankare va Mileran boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga radikallar radikal-sotsialistlar partiyasini ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi revolyutsion harakatni bostirish, Germaniyaning urushda mag'lubiyatga uchraganligi faktidan ko'proq foydalanib, Yevropada Fransiya gegemonligini o'rnatish, mustamlakalarni yanada kengaytirish va ularni talash edi. “Milliy blok” mayda va o'rta burjuaziya saylovchilarini revolyutsiya xavfi bilan qo'rqitib va shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, ularni ancha chalg'itdi;
Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi Fransuz aholisi uchun juda manfaatli bo'ladi deb avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko'p ovozga va deputatlar palatasi mandatlarining 2/3 qismiga ega bo'lib, kata g'alabaga erishdi.
Versal shartnomasi Fransiyaga juda katta foyda keltirgan bo‘lsa-da, o‘ta o‘ng kuchlarni u qanoatlantirmas edi. Shuning uchun ular Versal shartnomasini Fransiya diplomatiyasining muvaffaqiyatsizligi deb hisobladilar. Shu bois saylov oldidan o‘ta o‘ng partiyalar mamlakatda millatchilik g‘oyalarini zo‘r berib avj oldirdilar. Ayni paytda ular aholining ma’lum qismini «bolshevizm xavfi» bilan ham cho‘chitishga erishdilar.
Bu omillar «Milliy blok»ning saylovda g‘alaba qozonishini ta’minladi. Ular Millat Majlisidagi jami o‘rinlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu o‘ng kuchlar g‘alabasining rekord darajasi edi. «Milliy blok» hukumatini A. Milyeran (1859—1943) boshqardi. «Milliy blok»ning ichki siyosatdagi asosiy vazifasi mamlakatda inqilob ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy harakat to‘lqinini pasaytirish edi.
Shuning uchun ham u saylovchilarga ishchilarning daromadidan o‘z ulushlarini olishlariga imkoniyat yaratish, ularga korxonalarni boshqarishda qatnashish huquqini berish kabi chuqur ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga va’da berdi. Biroq tez orada boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi bu va’dalarni bajarishga imkon bermadi. Aksincha, A. Milyeran hukumati, yirik capital xohishi o‘laroq, 8 soatlik ish vaqti joriy etish to‘g‘risidagi qonunni amalda joriy etishga to‘sqinlik ham qildi. Soliqlar yukini kamaytirmadi. Ish haqi oshirilishi haqidagi talablarga qarshilik ko‘rsatdi. Bunday siyosat mamlakatda kuchli ish tashlash harakati avj olishiga olib keldi. 1919-yilda bu harakatlarda 1,2 mln dan ortiq ishchi qatnashdi.
O‘ta o‘ng partiyalar siyosatiga qarshi pozitsiyada turadigan yirik siyosiy kuch Fransiya sotsialistik partiyasi (FSP) edi. Biroq uning safida ham birlik yo‘q edi. Bu partiyada o‘ng, markaz va so‘l qanot deb ataluvchi guruhlar o‘rtasida o‘zaro ichki kurash davom etmoqda edi. 1920-yilning dekabr oyida FSPda bo‘linish yuz berdi. Bo‘linib chiqqan qism yangi siyosiy partiya — Fransiya Kommunistik partiyasini (FKP) tuzdi. Ijtimoiy harakatda ana shunday bo‘linishlar, shuningdek, kasaba uyushmalarida hukumat bilan kelishishga intiluvchi tomon kuchli mavqega egaligi hukumatni mamlakatda tub ijtimoiy islohotlarni o‘tkazishga majbur etish imkonini bermadi.
«Milliy blok» tashqi siyosatida Fransiyaning Yevropada yetakchi davlat bo‘lib qolishi uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rdi. Chunonchi, u Germaniyani mumkin qadar kuchsizlantirishga intildi. 1920—1921-yillarda Fransiya ta’siri ostida Chexoslovakiya — Ruminiya — Yugoslaviya ittifoqi tuzildi. U tarixda «Kichik Antanta» nomi bilan ham ma’lum. Bundan tashqari, 1921-yilda ham Sovet Rossiyasi, ham Germaniyaga qarshi qaratilgan Fransiya — Polsha harbiy ittifoqi tuzildi.
Bunga javoban Germaniya va Rossiya 1922-yilda Rapallo shartnomasi deb atalgan savdo-iqtisodiy shartnomani imzoladilar. Shartnoma har ikkala mamlakatning xalqaro mavqeyini mustahkamladi.
Fransiyaning Yevropada o‘z gegemonligini butun choralar bilan qaror toptirishga urinishi uning Buyuk Britaniya va AQSH bilan munosabatlarini sovuqlashtirdi. Buyuk Britaniya Yevropada Fransiyaning gegemon bo‘lishini aslo istamas, aksincha, bu mavqega o‘zi da’vogarlik qilardi.
Xalqaro maydonda gegemonlikka da’vogar AQSH ham Fransiyaning yanada kuchayib ketishini xohlamas edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya va AQSH Germaniya Fransiyaga to‘lashi lozim bo‘lgan tovon miqdorini mumkin qadar kamaytirishga intilganlar. Buning ustiga, Germaniya tovonni hamisha ham vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lmagan. Germaniya tovonning bir qismini ko‘mir bilan to‘lash majburiyatini ham olgan edi. 1922-yilda Rur viloyatidan Fransiyaga ko‘mir yuborishni to‘xtatdi.
Bu hodisa Fransiya metallurgiya sanoati rivojiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Buning oldini olish maqsadida «Milliy blok» hukumati (bu vaqtda uni ashaddiy militarist va shovinist R. Puankare boshqarar edi) 1923-yil yanvarda Rur viloyatiga qo‘shin kiritdi va uni bosib oldi. Biroq Fransiya o‘z maqsadiga erisha olmadi. Rur ko‘mir konlari ishchilari (nemislar) Germaniya hukumatining chaqirig‘i bilan ko‘mir qazib chiqarish va uni vagonlarga ortishdan bosh tortdilar. Natijada Fransiyaning o‘nlab metallurgiya zavodlarida ish to‘xtab qoldi. Ayni paytda istilochi qo‘shinni saqlab turish hukumatni ma’nosiz katta xarajat qilishga majbur etdi. Bu xarajat soliqlarni yanada oshirish evaziga amalga oshirildi. Mamlakatda pul qadrsizlandi. Bu esa Fransiyada ichki siyosiy vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Rur istilosi xalqaro munosabatlarda tanglik yuz berishiga olib keldi. Buyuk Britaniya Germaniyaning yonini ola boshladi. AQSH va Buyuk Britaniya Fransiyaning Yevropa qit’asida gegemonlik o‘rnatish xomxayolini butunlay chippakka chiqarish yo‘llarini qidira boshladilar. Bu yo‘lni topdilar ham. Bu yo‘l Germaniya iqtisodiyotini tiklash va bu bilan Germaniyaning Yevropa siyosiy hayotidagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi Daues rejasini hayotga tatbiq etish edi.
Shu tariqa Rur istilosi aslida hukumatning kaltabin siyosati bo‘lib chiqdi. Bu istilo Fransiyaning ichki va tashqi ahvolini yomonlashtirib yubordi. Bu esa oxir-oqibatda «Milliy blok»ning 1924-yildagi saylovda mag‘lubiyatga uchrashiga olib keldi.
1919—1924-yillarda Fransiyaning «Milliy blok» hukumati siyosatidan norozi ichki va tashqi so‘l kuchlar «So‘l blok» tuzishga qaror qildilar. 1924- yilda bunday blokning tuzilishiga erishildi. Radikallar partiyasi va sotsialistik partiya bu blokka birlashdilar. Ular saylovchilarga chuqur ijtimoiy islohot o‘tkazish, «Milliy blok»ning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet davlati bilan diplomatik munosabat o‘rnatish, Germaniyadan Fransiya qo‘shinini olib chiqib ketish kabi va’dalarni berdilar va 1924-yilning may oyida parlamentga o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozondilar hamda «So‘l blok» hukumatini tuzdilar. Hukumatni Radikallar partiyasi rahbari E. Errio (1872—1957) boshqardi va Rur viloyatidan Fransiya qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Oktabr oyiga kelib Sovet davlatini tan oldi va diplomatik munosabat o‘rnatdi. Uy-joy muammosini hal etish maqsadida 300 mln frank mablag‘ ajratdi.
1925-yilda og‘ir sanoatda ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. Biroq «So‘l blok» hukumati milliy pulning qadrini ta’minlay olmadi. Inflatsiya o‘sib bordi. Masalan, 1915-yilda 1 dollar 5,5 frankka teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1926-yilda 47 frankni tashkil etdi. Hukumat mamlakatda chuqur ijtimoiy islohotlar o‘tkazilishini istamayotgan yirik kapital qarshiligini yenga olmadi. Buning ustiga bu hukumat Fransiya mustamlakalarida (Marokash va Suriyada) boshlangan milliy-ozodlik harakatlarini qonga botirdi. Germaniya masalasida hukumat AQSH va Buyuk Britaniya oldida to‘la taslimchilik yo‘lini tutdi. E. Errio hukumatini «Daues rejasi»ni qo‘llab-quvvatlashga majbur etdilar. Bu Fransiyaning Yevropada gegemon bo‘lish orzusiga xotima berilganligini anglatar edi. Bu ham yetmagandek, Fransiya 1925-yilda Lokarno shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaning imzolanishi aslida Fransiyaning o‘z ittifoqchilari bo‘lgan Polsha va Chexoslovakiyaga nisbatan xiyonati edi. Chunki mazkur shartnomada bu ikki davlatning Germaniya bilan chegaralari buzilmasligiga xalqaro kafolat berish ko‘zda tutilmagan edi. Bunday riyokorona shartnomaning imzolanishiga Fransiyaning Germaniyaning bo‘lajak agressiyasi tig‘ini Sharqqa burib yuborishdek mash’um niyati sabab bo‘ldi. Bu omillarning bari o‘ng kuchlarga so‘llarni Fransiya manfaatiga xiyonat qilishda ayblashlariga imkoniyat tug‘dirdi. Ayni paytda Fransiyada moliyaviy inqiroz kuchayib bordi. Moliya-sanoat doiralari frankni barqarorlashtirish uchun favqulodda soliqlar joriy etish rejasini ilgari surdilar. Biroq Sotsialistik partiya bu rejani qo‘llab-quvvatlamadi. Natijada
1926-yilning iyun oyida «So‘l blok» barham topdi. Sotsialistik partiya bilan orani ochiq qilgan Radikallar partiyasi o‘nglar bilan hamkorlik yo‘liga o‘tdi. O‘ng kuchlar radikallar bilan koalitsion hukumat tuzdilar. Bu hukumat «Milliy blok» hukumati deb ataldi va unga yana R. Puankare (1860 — 1934) boshchilik qildi. Parlament R. Puankarega moliyaviy islohot uchun cheklanmagan vakolatlar berdi. Chunonchi, hukumat soliqlarni 9 mlrd frankka ko‘paytirdi. Davlat xarajatlarini qisqartirdi. Urush nogironlariga to‘lanadigan nafaqalar kamaytirildi. 1926-yilda frankning barqarorlashuviga erishildi (1 dollar avvalgi 47 frank o‘rniga 24,8 frankka teng bo‘ldi). Inflatsiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan mayda mulkdorlar R. Puankarega frank xaloskori deb qaray boshladi. Bundan tashqari, shu yilning o‘zida davlat budjeti daromadlari ilk bor urushdan keyingi xarajatlardan ortiq bo‘ldi. Moliyaviy barqarorlik, o‘z navbatida, iqtisodiyotning umumiy yuksalishi boshlanganini anglatar edi. Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi bor urushdan oldingi darajadan ortiq bo‘ldi. 1930-yilga kelganda Fransiyada ikki jahon urushi oralig‘idagi eng yuqori sanoat ishlab chiqarishiga va savdo aylanmasiga erishildi. U sanoat taraqqiyotining o‘sish surati bo‘yicha Buyuk Britaniya va Germaniyani ortda qoldirdi. Iqtisodiyotda davom etgan barqaror taraqqiyot aholi turmush darajasi o‘sishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1926-yildan boshlab ishsizlik, keksalik nafaqalari hamda kasallik, nogironlik va homiladorlik yordam pullari joriy etildi.

Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish