Fransiya uchun I jahon urushining natijasi va Antanta ittifoqidagi mavqei Fransiya jahon urushida g’olib chiqqan davlatlardan biri edi. Biroq bu g’oliblik Fransiya uchun juda katta yo’qotishlar evaziga qo’lga kiritildi. Chunonchi, urush tufayli 1,4 mln. nafar farnsiyalik halok bo’ldi. 3 mln. 250 ming gektar haydaladigan yer foydalanishga yaroqsiz bo’lib qoldi. 1920 – yilga kelganda Fransiyaning davlat qarzi 300 mlrd. frankka yetdi.
Ayni paytda urush Fransiyani G’arbiy Yevropaning birinchi davlatiga ham aylantirdi. Elzas va Lotaringiyaning qaytarilishi, Saar viloyati ustidan Fransiya nazoratining o’rnatilishi mamlakatning bundan keyingi taraqqiyotida juda katta ijobiy rol o’ynadi. Yangi iqtisodiy hududlar Fransiya metallurgiya sanoati qudratini 75 foizga oshirdi.
Temir rudasi qazib chiqarish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Qudratli banklar (“mirabo”, Rodshildar oilasi, aka – uka Lazarlar, Malle kabi) paydo bo’ldi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi.
Suriya va Livanda Fransiya nazorati o’rnatildi. (ular sobiq Turkiya imperiyasi mulklari edi). Shunindek, Fransiya Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalar – Togoning bir qismi va Kamerunga ega bo’ldi.
Fransiya hukmron doiralarining bosh maqsadi Fransiyani Yevropaning eng qudratli, Yevropa mamlakatlari orasida hal qiluvchi so’zni aytuvchi davlatga aylantirish edi.
1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan hamda Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to'lashdan bosh tortdi. Bunga javoban Fransiya,Belgiya va Italiyaning qo'llab-quvvatlashi bilan 1923yil yanvarida o'z qo'shinlarini Germaniyaning og'ir
sanoat markazi bo'lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir qismiga kiritib,bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da'vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur
ko'miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho'yan va po'lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada revolyutsion vaziyatning yetilishi AQSh va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o'z rolini oshirish uchun urinayotgan edilar. AQSh va uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari
Fransiya oldida taslim bo'lmadi. Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so'rashga majbur bo'ldi. AQSh qarz berishdan oldin Rurni bo'shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag'lubiyat bilan tugadi.