9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 36-mavzu
Verden jangi
Germaniya hukmron doiralari Rossiyani tor-mor eta olmagach, yana asosiy e’tiborni G‘arbiy frontga qaratdi. Bundan ko‘zlangan maqsad - Fransiya taqdirini uzil-kesil hal etish edi.
Germaniya qo‘shinining hujumi 1916 - yilning 21-fevralida boshlandi va 21-martgacha davom etdi.
Nemis piyoda askarlari hujumga ko‘tarilganda fransuzlar kutilmaganda ularni to‘plardan qattiq o‘qqa tutdilar.
Bu jangda inglizlar urushlar tarixida birinchi bor yana bir yangi qurol - tankni ishga soldilar.
Po‘latdan yasalgan bu dahshatli qurol dushman qo‘shinini dastlab qattiq sarosimaga solib qo‘ydi.
Verden va Somma janglari misli ko‘rilmagan darajada qirg‘inbarot janglar ham bo‘ldi.
Verden jangining tarixga „Verden qirg‘ini“ nomi bilan kirganligi bejiz emas. Ularda har ikki tomondan 2 million 260 mingdan ortiq jangchi halok bo‘lgan.
1914-yilning 1-oktabrida Rossiya-Ruminiya shartnomasi imzolangan edi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Ruminiyaning hududiy yaxlitligini kafolatlaydigan bo‘ldi.
1916-yilning 17-avgust kuni Ruminiya bilan Antanta davlatlari o‘rtasida shartnoma imzolandi va Ruminiya Avstriya-Vengriyaga qarshi urushga kirish majburiyatini oldi.
Tomonlarning rejalari
Harbiy-iqtisodiy jihatdan qoloq Rossiya ham 1917-yilning boshlarida oylik o‘q-dori va harbiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi.
1916-yilning 29-avgustida general-Feldmarshal fon Gindenburg Germaniya qo‘shinining qo‘mondoni etib tayinlandi va ko‘p o‘tmay Germaniya qo‘shinining 1917-yilgi harakat rejasini tuzib chiqdi.