J.Kelamanso va R.Puankare boshchiligida “milliy blok” va “Milliy birlik” hukumatining tashqi siyosati.
Fransiyada Xalq fronti hukumatining harbiy ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Eng yangi tarixni o'rganish orqali dunyoning yetakchi mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini, tashqi siyosati va boshqa davlatlar bilan o'zaro munosabatlarini mukammal bilish bo'lajak tarixchi uchun nihoyatda muhimdir. Shuning uchunki shu yetakchi davlatlarning dunyo davlatlari siyosatida, qolaversa, xalqaro tashkilotlarda hal qiluvchi rol o'ynayotganligini bilish orqali mustaqil fikrlay oladi, xulosa chiqaradi.
Zero jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalaridan bugungi kunda foydalanish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimizni tezlashtiradi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqur o‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Ikki jahon urushi oralig'idagi yillarda Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, uning siyosiy tuzumini, tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklarini yoritib berishga harakat qilindi. Bu davr Fransiya siyosiy hayotida juda kata ahamiyatga ega. Chunki shu davrdagi hukumat boshliqlarining amalga oshirgan xatti-harakatlari II jahon urushining qay tarzda boshlanishiga yo’l ochib beradi.
Zero hozirgi kunda O’zbekiston Fransiya bilan turli iqtisodiy, diplomatic va madaniy aloqalar olib bormoqda. O’zbekiston mustaqqillikka erishgach 1992-yil fevral oyida Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida birinchi diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan edi. 1993-yil oktabrida Birinchi Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Parijda bo‘lgan. Tashrif davomida bir qancha shartnoma va bitimlar imzolandi. Jumladan, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risidagi bitim respublikamizda neft, yengil sanoat hamda banklar faoliyati sohalarida samarali hamkorlik sari yo‘l ochdi.
Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida yana bir qator shartnomalar imzolangan bo‘lib, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.