- Andijon viloyati
- Asaka tumani Xalq ta`limi
- bo`limi tasarrufidagi
- 25 – sonli umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Moxiraxon Mirzajonovaning
- 3-sinf o‘qish fanidan yozgan bir
- soatlik
- DARS ISHLANMASI
1. Ta’limiy: O’quvchilarga “Bahor yaqin” she’ri haqida bilim berish, Bahorda tabiatdagi o`zgarishlar haqida ma’lumot berish. 2. Tarbiyaviy: O’quvchilarga tabiatni asrashni, ularda insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash. 3. Rivojlatiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlay olish, ravon, ongli, ifodali o’qish malakasini rivojlantirish. TK5 - Milliy bayramlar va urf-odatlarini tushuna olish; FK2 – O’qilgan mavzuga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi. - Dars turi: Yangi bilim beruvchi. She’rni ifodali o’qish va yod olish. Dars uslubi: Tushuntirish, mustaqil ishlash. Dars jihozi: Rangli rasmlar, testlar, maqollar.
Darsning borishi: - Tashkiliy qism: O’quvchilarga bahor fasli bilan bog’liq savollar berish.
- O’qituvchi: Bahor fasli qaysi oydan boshlanadi?
- O’qituvchi: Bahor fasli tabiatida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
- O’qituvchi: Bahor faslida qanday bayramlar nishonlanadi?
-
O’tilgan mavzuni takrorlash. O’qituvchi: O’quvchilar “Siz bunga qodirsiz?”mavzusi asosida quyidagi savollarga javoblaringizni daftaringizga belgilang. Test savollari: 1.Erta bahorda yurtimizda qanday ishlar boshlanadi? A) Obodonlashtirish B) Bo`yash D) Tol 2. Saida xola nima ish qiladi? A) O`tiradi B) Uy atrofini tozalaydi D)Pishiradi 3. Hozirgi kunda qanday o`zgarish bo`lmoqda? A) Uy atrofi ko`k`alamzorlashtirilyapti. B) Bolalar o`ynashyapti. D) Barcha javoblar to’g’ri. - 9-aprel
- Amir Temur tug’ulgan kun
- 8-mart
- Xalqaro xotin qizlar kuni
- 9-may
- Xotira va qadirlash kuni
III-BOSQICH: Yangi mavzu She’rni ifodali o’qing - Bahor yaqin
- Zafar Diyor
- O`tib qishning sovuq
- Ham bo`ronli kunlari
- Ortda qoldi oy yulduzsiz,
- Tim qorong`i tunlari
- Endi quyosh ko`proq boqar
- Dalalrga bog`larga,
- Quchoq quchoq yog`du sochar
- Adirlarga, tog`larga
- Bezanishar dala-qirlar,
- Chechak taqar o`tloqlar
- Bahor yaqin, bahor yaqin.
- Bahor yaqin o`rtoqlar.
-
-
Ko`nglim yana tog`day o`sar. Ko`rkam bahor kelganda Quvongayman dasta-dasta gul-chechaklar terganda …. IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish. O’qish darsligining 143-sahifasidagi “Bahor yaqin” she’rini o’qib bahor faslining qaysi davri tasvirlanganligini daftaringizga yozing. Lug’at ishi: Yog`du– nur adir– tepalik, adir chechak-gulli o`simlik o`tloq- o`tli o`simlik - Mavzu asosida savollarga javob berish
- Siz bahorda dala, bog'larda bo'lganmisiz, gullar terganmisiz?
- Gullar haqida kim qanday qo'shiq, topishmoq, she'r biladi?
V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, baholash. - Darsga faol ishtirok
- etganlarga barakalla, ofarin,
- otasiga, onasiga rahmat
- Uyga vazifa:
- She’rni yodlab oling
- Rasm daftaringizga
- “Bahor yaqin” she’ri
- asosida rasm chizing.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |