“Moliya” fanidan yozgan mustaqil ishi



Download 70,85 Kb.
bet1/11
Sana20.02.2023
Hajmi70,85 Kb.
#913174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUSTAQIL ISH moliya


Buxoro Davlat Universiteti Sirtqi ta’lim 9/2 – Iqtisodiyot guruhi talabasi Musoev Farruxning “Moliya” fanidan yozgan



MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Qimmatli qog’ozlarni baholash

2023-yil
Kirish



  1. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashning asosiy maqsadlari, qiymatining tasnifi va uni baholashning xususiyatlari

  2. Baholash faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartiblashtirish

  3. Qimmatli qog’ozlarni bаhоlash metodologiyasi

  4. Hosila va maqsadli qimmatli qog‘ozlarni baholash

Xulosa
Foydalanilgan resurslar

Amaliy shartnomalar asosida faoliyat yurituvchi bozor subyektlarining (yuridik va jismoniy shaxslar) aksariyat qismi qimmatli qog‘ozlar shakliga ega majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Qimmatli qog‘ozlar (QQ) bozori kapitalga (ham pul, ham moddiy shakllardagi) egalik huquqini u yoki bu shaklda qayd qiladi. Qimmatli qog‘ozlarni baholash eng muhim jarayon yoki mazkur bozor va QQ egasi o‘rtasidagi vositachi hisoblanadi. Ulushli qimmatli qog‘ozlar, qarz qimmatli qog‘ozlari, hosila va maqsadli qimmatli qog‘ozlar, fiksirlangan daromadli kabi QQlar qimmatli qog‘ozlarni baholashning obyektlari hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlarni baholash subyektlari sifatida baholash kompaniyalari, fond birjalari, tartibga soluvchi va qonunchilik huquqiy organlari namoyon bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarni baholash – bu davlat organlari, moliya institutlari (birjalar, banklar), korxonalar va tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlar (oddiy va imtiyozli aksiyalar), qarz qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar va veksellar), hosila qimmatli qog‘ozlar (optsionlar, fyucherslar) bozor qiymatini keng ko‘lamda aniqlashdir. Qimmatli qog‘ozlarda ifodalangan moliyaviy aktivlar va majburiyatlar qiymatini hisoblash va kompaniyalarning moliyaviy qo‘yilmalarini batafsil tahlil qilish nafaqat ularning yoki biznesda ishtirokning o‘zga shaklining bozor narxini belgilashga, balki ushbu qo‘yilmalarning istiqboldagi daromadliligini prognozlashga imkon beradi. Baholash xizmatlarning mazkur turi ko‘pincha biznesni baholash bo‘yicha paketlar majmuasiga kiritiladi. Qimmatli qog‘ozlarni baholash – oldi-sotdi bitimlari, qimmatli qog‘ozlarni korxonalar ustav kapitaliga kiritish, kredit olish uchun garovni rasmiylashtirish, shuningdek, kompaniya va uning aktivlarining joriy bozor qiymatini aniqlashning zaruriy atributidir. Bundan tashqari, Rossiya fond bozori rivojlanishi bilan qimmatli qog‘ozlar qiymatini aniq hisoblashga asoslangan to‘g‘ri investitsiya qarorlari qabul qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni baholashga talab tobora kuchayib bormoqda. 6 Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash va kompaniyalar moliyaviy qo‘yilmalarini batafsil tahlil qilish nafaqat ularning yoki biznesda ishtirokning boshqa shaklining bozor narxini belgilashga, balki ushbu qo‘yilmalarning istiqboldagi daromadliligini prognozlashga imkon beradi.. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash davlat organlari, moliya institutlari, munitsipal organlar va tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlar (oddiy va imtiyozli aksiyalar), qarz qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar va veksellar), hosila qimmatli qog‘ozlar (optsionlar, fyucherslar) bozor qiymatini belgilash bo‘yicha tartibot (protsedura) hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlarda ifodalangan moliyaviy aktivlar va majburiyatlar qiymatini hisoblash va kompaniyalarning moliyaviy qo‘yilmalarini batafsil tahlil qilish nafaqat qarzlar, qimmatli qog‘ozlar va biznesda ishtirokning boshqa shakllarining bozor narxini belgilashga, balki ushbu qo‘yilmalarning istiqboldagi daromadliligini prognozlashga imkon beradi. Qimmatli qog‘ozlarni baholash oldi-sotdi bitimlari tuzishda, qimmatli qog‘ozlar (QQ) ni korxonalar ustav kapitaliga kiritishda, kredit olish uchun garovni rasmiylashtirishda, shuningdek, kompaniyalar va ularning aktivlarining joriy bozor qiymatini aniqlashda amalga oshiriladi. Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholash ularning quyidagi turlari uchun olib boriladi: qarz qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar) ni baholash; hosila qimmatli qog‘ozlar (optsionlar, fyucherslar) ni baholash; oddiy va imtiyozli aksiyalarni baholash; davlat organlari, moliya institutlari (birjalar, banklar), korxonalar va tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni baholash. Aksiyalarni baholash, obligatsiyalarni baholash va veksellarni baholash moliya bozorida qimmatli qog‘ozlarni baholashning eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi. Amaliyotda ko‘pincha quyidagi qimmatli qog‘ozlar va ulushlarning qiymati baholanadi:-ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalari; -mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ishtirok ulushi; -veksellar va obligatsiyalar.


Download 70,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish