Rossiya bolsheviklariga qarshi chet davlatlarning harbiy harakatlari 1918—1921-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Rossiyada fuqarolar urushi ham bo‘lib o‘tdi (1917—1922-yillar). Antanta va To‘rtlar Ittifoqi mamlakatlari Podsho hukumatini saqlab qolish hamda kommunistik tuzum o‘rnatilishiga qarshi chiqishni bahona qilib, mamlakat hududiga bostirib kirdi. “Daryo” Rossiya tarixiga chet el intervensiyalari nomi bilan kirgan 14 ta davlat harbiy hujumi haqida hikoya qiladi.
Intervensiyaning boshlanishi
Antanta davlatlari Sovet hokimiyatini tan olmadi va bolsheviklarni Germaniyaning tarafdorlari deb hisobladi. Angliya harbiy mahkamasi 1917-yil 7-dekabridayoq Rossiyaga harbiy intervensiya imkoniyatlarini muhokama qildi. 1917-yil 7—10-dekabr kunlari Rossiya intervensiyasi davridagi ta’sir doiralarini taqsimlash to‘g‘risida Angliya—Fransiya kelishuvi imzolandi.
Unga ko‘ra, Fransiya Ukraina, Qrim va Bessarabiyada, Buyuk Britaniya Kavkazda bolsheviklarga qarshi kuchlar bilan o‘zaro hamkorlikka kirishishi kerak edi. Ittifoqchilar rasmiy ravishda intervensiyadan bosh tortganlariga qaramay, ular o‘zlarini Ukraina, kazaklar, Finlyandiya, Sibir va Kavkaz bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga mas’ul, chunki bu yarimavtonom mintaqalar Rossiya qudratining muhim qismini tashkil etadi deb hisoblardi.
Markaziy blok intervensiyasi
Germaniya, Avstriya—Vengriya va Usmonli imperiyasi 1918-yildagi Brest shartnomasidan Ukraina, Boltiqbo‘yi davlatlari, Finlyandiya, Kavkaz va Belarusning bir qismini bosib olishda foydalangan. Tinchlik bitimiga zid ravishda ularning qo‘shinlari RSFSR doirasida ham harakat qilishni davom ettirdi. Germaniyaning strategik vazifasi Qora dengizning sharqiy sohillari ustidan nazorat o‘rnatish edi. 1918-yil 18-aprelda nemislar Qrimga kirdi, 1-mayda Taganrogni oldi va 8-mayda Rostovni egalladi. Batayskda nemis qo‘shinlari RSFSR tarkibiga kirgan Kuban-Qora dengiz respublikasi kuchlari bilan to‘qnashdi (Krasnov P. N. Vsevelikoye voysko Donskoe // Arxiv russkoy revolyutsii. T. 5. — Berlin, 1922).
1918-yil 30-mayda bir necha kun davom etgan janglardan so‘ng Bataysk nemis-kazak qo‘shinlari tomonidan olindi. Bataysk chegarasi bo‘ylab demarkatsiya liniyasi o‘rnatildi, ammo 10-iyun kuni Qizil Armiya Taganroga desant qo‘shinlarini tashladi. 12-iyun kuni nemislar ularni mag‘lubiyatga uchratdi va o‘ch olish maqsadida 14-iyun kuni Taman yarimoroliga kelib tushdi, ammo keyinchalik ular qizillar bosimi ostida chekinishga majbur bo‘ldi.
1918-yil 25-mayda nemislar Gruziya demokratik respublikasi rasmiylarining roziligi bilan Poti shahriga kirdi va Gruziyani egallab oldi. Usmonlilar imperiyasi dastlab Boku kommunasi tomonidan boshqariladigan Bokuga, keyin esa Markaziy Kaspiyga qarshi hujum boshladi. Boku mudofaasida Britaniya qo‘shinlari ishtirok etdi. 1918-yilning 15-sentabrida Boku turklar tomonidan bosib olindi. 1918-yil 8-noyabrda ular Port-Petrovskiy (Maxachkala)ni ham egallab oldi. Germaniya Rossiyadagi anti-bolshevik harakatlarga, birinchi navbatda, P.Krasnovning Don armiyasiga yordam berdi.
Antanta davlatlari intervensiyasi
Antantaning Rossiyaga intervensiyasi birdaniga amalga oshmadi. Birinchi bo‘lib Ruminiya Sovet Rossiyasiga qarshi chiqdi. 1917-yil 24-dekabrda Kiyevdan kelayotgan Ruminiya otryadi va Kishinyov stansiyasidagi rus askarlari o‘rtasida otishma yuz berdi. Ruminiyaliklar qurolsizlantirildi. 1917-yil 26-dekabrda Ruminiya qo‘shinlari Prutni kesib o‘tdi va 1918-yilning 8-yanvarida Bessarabiyada hujum boshladi.
Ruminiya qo‘mondonligi Moldova hukumati vakillik organi Sfatul Tseriyning (o‘lka vakillik organi) taklifiga binoan kelganini da’vo qildi, lekin bu rasman rad etildi. 1918-yil 13-yanvarda Ruminiya qo‘shinlari Kishinyovni egallab oldi va RSFSR Xalq komissarlari kengashining Ruminiya bilan aloqalari uzildi. Ruminiya qo‘mondonligi Sfatul Seriyning hukumatini rasman tikladi va mamlakatda chap kuchlarga qarshi qatag‘on boshlandi. Moldovani Sovet hokimiyati va Rossiyaning bir qismi sifatida saqlab qolish tarafdorlari Benderga chekindi.
Bu yerda keyinchalik Moldoviya respublikasini qutqarish uchun inqilobiy qo‘mita tuzilgan. Dunay deltasida, Vilkovo atrofida Ruminiya va Rossiya kemalari o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tdi. Benderni 1918-yil 7-fevralda qo‘lga olgach, Ruminiya qo‘shinlari shahar himoyachilarini qatl etdi. Fevral oyida Dnestrda Sovet armiyasi va Ruminiya qo‘shinlari o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tdi. 1918-yil 5—9-mart kunlari Sovet—Ruminiya shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, Ruminiya o‘z qo‘shinlarini ikki oy ichida Bessarabiyadan olib chiqishga va’da berdi. Biroq Ukrainadagi Avstriya—Germaniya hujumi sharoitida Ruminiya kelishuvni bajarmadi. Bundan tashqari, ruminiyaliklar Belgorod-Dnestrovskiyni qo‘lga oldi va 1918-yil 9-aprelda Ruminiya Bessarabiyani (Moldaviya) qo‘shib oldi.
1918-yil 5-martda Angliyaning kichik bir otryadi Leon Trotskiy va Murmansk kengashining roziligi bilan Antanta mulkini nemisparast kuchlarning mumkin bo‘lgan hujumidan himoya qilish uchun Murmanskka kelib tushdi. 1918-yil 24-mayda AQShning “Olimpiya” kemasi Murmansk shahriga keldi. 1918-yil 5-martda Vladivostokda yapon vakillarining o‘ldirilishiga javoban bu yerga 500 nafar yapon va 50 nafar britaniyalikdan iborat desant tashlandi. Biroq ular shaharni egallashga muvaffaq bo‘lmadi — Vladivostok Sovet hokimiyati qo‘lida qolib ketdi.
Chexoslovakiya korpusi faoliyati tufayli 1918-yil may oyida Rossiyada keng miqyosli fuqarolar urushi boshlandi. Dastlab Chexoslovakiya askarlari o‘z tashabbuslari bilan harakatlar olib borgan bo‘lsa-da, korpus rasmiy ravishda fransuz qo‘mondonligiga bo‘ysungani sababli bu harakatni intervensiya sifatida ko‘rib chiqish mumkin (Kakurin N. E., Vatsetis I. I. Grajdanskaya voyna. 1918–1921 / Pod red. A. S. Bubnova i dr. — SPb.: Poligon, 2002. — 672 s. s. — (Velikiye protivostoyaniya). — 5100 ekz. — ISBN 5–89173–150–9.).
1918-yil 1–3-iyun kunlari Antanta Oliy harbiy kengashi ittifoqchi kuchlar tomonidan Murmansk va Arxangelskni egallashga qaror qildi. Avgust oyida yetti ming askardan iborat yapon va Amerika qo‘shini Vladivostokka olib kelindi. 25 mingdan ortiq askardan iborat yapon qo‘shinlari Trans-Sibirni Verxneudinsk va Shimoliy Saxalingacha egallab oldi.
17-iyul kuni Murmansk Sovet vakillari markaziy Sovet hukumati pozitsiyasidan farqli o‘laroq, ittifoqchilar bilan ularning qo‘shinlarini Murmanskka taklif qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Ittifoqchilar bu yerda harbiy kuchlarini 12-15 ming askargacha ko‘paytirdi. 1918-yil 2-avgustda Antanta qo‘shinlari Arxangelskka kelib tushdi. Ularning ko‘magi bilan Rossiyaning shimolida N.Chaykovskiy boshchiligida anti-bolshevik hukumati tuzildi. 1918-yil 23-avgustda Mudyug ko‘lida bosqinchilar tomonidan konsentratsion lager tashkil etildi.
1918-yil 29-iyulda Butunrossiya Markaziy ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan Lenin shunday dedi: “Bizning fuqarolik urushi va tashqi urush bo‘linmas bir butun qilib birlashtirdi... Biz hozir sotsialistik inqilobning barcha ustunlarini buzish va bizni urushga tortish uchun harakat qilayotgan Angliya—Fransiya imperializmi va Rossiya burjua, kapitalist qatlamiga qarshi kurashmoqdamiz”. Intervensiya Rossiyadagi fuqarolar urushini chuqurlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi va u Germaniya hamda uning ittifoqchilariga qarshi kurashda Antantaning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmadi. Aslida, intervensiya Sovet hokimiyatini yo‘q qilishga qaratilgan edi.
Markaziy blok Ikkinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmonli imperiyasi o‘z qo‘shinlarini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. 1918-yil dekabr oyida Avstriya-Germaniya qo‘shinlari tark etganidan so‘ng Fransiya va Gretsiya qo‘shinlari Qora dengiz portlariga tushdi. Italiya va Serbiya kichik qo‘shin yubordi. Kavkazortida turklar inglizlar bilan almashtirilib, ular ham Turkistonga kirgan. 1918-yil 14-noyabrda Dushak stansiyasi uchun qizillar va ingliz qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Stansiya qizillarga qoldi.
Uzoq Sharqdagi intervensiya
Shuningdek, intervensiya Uzoq Sharqda ham davom etdi, bu yerda Yaponiya va AQSh asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa-da, boshqa Antanta davlatlari, shu jumladan, Xitoy ham ishtirok etdi. 1918—1920-yillarda Sovet Rossiyasi sobiq Rossiya imperiyasi hududida shakllangan yangi davlatlar — Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva va Polsha bilan urush olib bordi. Rossiya imperiyasi hududidagi fuqarolar urushining ajralmas qismi hisoblangan ushbu voqealar intervensiya bilan bog‘liq.
Estoniya, Latviya va Litva o‘zlarini latish, litvalik va estoniyaliklarni o‘z ichiga olgan qizil qo‘shinlardan himoya qildi. Antantaning roziligi bilan nemis qo‘shinlari Latviyada jang qildi. Shunday qilib, intervensiyada to‘qqizta Antanta davlatlari (Buyuk Britaniya va u hukmronlik qiladigan davlatlar, Fransiya, AQSh, Yaponiya, Gretsiya, Italiya, Serbiya, Xitoy, Ruminiya), nemis qo‘shinlari va beshta yangi davlat (Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha) askarlari qatnashdi.
Ukrainada 80 mingga yaqin, Uzoq Sharqda esa 100 mingdan ortiq, shimolda, taxminan, 40 ming interventlar bo‘lgan. Biroq bu kuchlar Moskva va Petrogradga faol hujum qilmadi. Intervensiya ishtirokchilarining har biri o‘z maqsadlariga ega edi va shuning uchun harakat qildi. Rivojlanayotgan qo‘shni davlatlar Rossiyada qaram liberal hukumat paydo bo‘lishiga umid qilar edi. Ular Ruminiyadan Yaponiyaga qadar parchalanib ketgan Rossiya imperiyasi hududining bir qismini olishga harakat qildi va yangi davlatlar chegaralarni iloji boricha sharq tomonga surib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Antanta davlatlari uchun intervensiya u qadar manfaatli bo‘lmadi, askarlar va aholi urushdan charchadi. 1919-yil mart oyida Qizil Armiya diviziyasining zarbalari ta’sirida N.Grigoryev qo‘mondonligidagi fransuz, yunon qo‘shinlari va oq gvardiyachilar Xerson va Nikopolni tark etdi va Berezovkada mag‘lubiyatga uchradi. 1919-yil 8-aprelda qizillar interventlar tomonidan tashlab ketilgan Odessaga kirdi.
Uzoq Sharqdagi janglarda Yaponiya qo‘shinlari faol ishtirok etdi. 1920-yil 5-aprelda Uzoq Sharqdan yapon qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida yaponiyaliklar Sovet qo‘shinlariga hujum qildi va kazaklar yordamida terrorchilikni amalga oshirdi. Yetti mingdan ortiq odam vafot etdi, ular orasida Primorskiy partizanlari rahbari S.Lazo ham bor edi. 1920-yil 6-aprelda Yaponiya va RSFSR o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olish maqsadida Uzoq Sharq respublikasi tuzildi.
Urushning tugashi
1919-yilning aprel oyida Fransiya va uning ittifoqchilari Qora dengizning shimoliy qirg‘og‘idan chiqib ketdi. 1919-yil mart oyida ingliz qo‘shinlari Turkistondan evakuatsiya qilishga qaror qilindi. Avgust oyida inglizlar va ularning ittifoqchilari Kavkazorti va O‘rta Osiyoni, 1919-yil 12-oktabrgacha esa shimolni tark etdi. Intervension qo‘shinlar Rossiyaning Yevropa qismidan olib chiqilgandan so‘ng Antanta davlatlari oq armiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.
1918-yil oktabridan 1919-yil oktabrigacha birgina Buyuk Britaniyaning o‘zi oqlarga 100 ming tonna qurol, uskuna va kiyim-kechaklar yetkazib berildi. 1919-yilning ikkinchi yarmida Denikin 250 mingdan ortiq miltiq, 200 ta qurol, 30 ta tank va hokazolarni qabul qildi (Kirmel N.S., 2008, s. 45, 213.).
AQSh faqat 1920-yilga kelib Uzoq Sharqni tark etdi. Yaponiya uzoq vaqt davomida Uzoq Sharqdagi boshqaruvni o‘zida saqlab qolishga harakat qildi, ammo bu AQSh siyosatiga zid edi. 1920-yil 15-iyulga qadar Yaponiya qo‘shinlarini Rossiya Uzoq Sharqidan evakuatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, ammo uning bajarilishi yaponlar tomonidan kechiktirildi. 1922-yilda AQShning bosimi ostida Yaponiya o‘z qo‘shinlarini Rossiya Uzoq Sharqidan olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi (Statya na portale Polit.ru “Oni… predstavlyayutsya naseleniyu v roli zavoyevateley”). Biroq Yaponiya Shimoliy Saxalinni Rossiyaga faqat 1925-yilga kelibgina qaytarib berdi.
Urushda sovetlar g‘alabasini ta’minlagan asosiy omillaridan biri ularning xalq orasida vatan himoyasiga otlanishi kerakligi haqidagi samarali targ‘ibotlari bo‘ldi. Butun xalq mamlakat erki yo‘lida kurashdi. Interventlarning mag‘lubiyatiga esa ularning har biri urushga o‘z manfaatlari yo‘lida kirgani, shaxsiy boyish istagi va bolsheviklarga qarshi chinakam yakdillik bilan kurashilmagani sabab bo‘ldi. Chet el intervensiyalari va fuqarolar urushi kommunizmning g‘alabasi bilan yakun
Do'stlaringiz bilan baham: |