18.10.2019
1. Germaniya bilan Antanta davlatlari o‘rtasida Versal shartnomasi imzolangan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.
A) Xalq vakillari I Butun Xorazm qurultoyi chaqirildi.
B) Turkiston ASSRda T.Risqulov boshchiligida ocharchilikka qarshi markazi komissiya tuzildi.
C) Qarshilik ko‘rsatish harakati yo‘lboshchisi Madaminbek va Sovet qo‘mondonligi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
D) Musulmonlar buyrosi (Musbuyro) tashkil qilindi.
2. Fransuzlarning 100 ming kishilik qo‘shini Mets qal’asida mag‘lubiyatga uchragan yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.
A) Italiyada cherkov va davlat munosabatlarini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.
B) Berlin Kongressi bo‘lib o‘tdi.
C) AQSh Konstitutsiyasiga irqiy kamsitishlarni bekor qiluvchi tuzatish kiritildi.
D) Braziliyada qirolicha Izabell "Oltin qonun"ni imzoladi.
3. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Buxoroga talonchilik yurishlari uyushtirgan qozoqlar kimlarning bosqinidan katta talofot ko‘rib, talangan va ocharchilikka mahkum etilgan edi?
A) qipchoq qabilalarining B) Ural kazaklarining
C) Xiva lashkarlarining
D) jung‘or ko‘chmanchilarining
4. Quyidagi yillarda yuz bergan tarixiy voqealarni aniqlang.
1) 1917-yil 15-22-noyabr;
2) 1917-yil 12-15-noyabr; 3) 1917-yil 27-oktabr;
4) 1917-yil 24-25-oktabr 5) 1917-yil 28-oktabr
a) Toshkentda “turli musulmon guruhlarning birlashgan kengashi” o’tkazildi; b) Toshkentda Turkiston ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III o’lka syezdi o’tkazildi; c) Bolshiveklar Toshkentning yangi shahrida qurolli to’qnashuvlarni avj oldirdi; d) Rossiyada qurollangan ishchilar, Petrograd garizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyni egallab olgan.
e) Oktabr to’ntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib keldi.
A) a-2; b-1; c-5; d-4; e-3 B) a-2; b-3; c-5; d-4; e-1
C) a-2; b-1; c-3; d-4; e-5 D) a-2; b-1; c-4; d-5; e-3
5. 1919-yilning kech kuziga kelib rasmda berilgan quyidagi shaxsning qo‘l ostida qancha yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar?
|
A) 8000 nafar
B) 30 000 nafarga yaqin
C) 15 000 nafar
D) 20 000 nafar
|
7. To’g’ri ma’lumotni toping.
A) 1980-yillar oxirida Turkiya eksportning asosiy qismini sanoat mahsulotlari tashkil qildi.
B) 2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida R. Erdo‘g‘on Turkiya Respublikasi prezidenti etib saylandi.
C) 2015-yil noyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida V. Putin, R. Erdo‘g‘on va Eron prezidenti H. Ruhoniy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
D) 2000-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Kurd ishchi partiyasi g‘alaba qozondi.
8. XX asrning 90-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda hindu xalqlarining kurashida alohida o‘rin egallagan jarayonlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
1) o‘z huquqlari; 2) turar joy masalasi; 3) o‘ziga xos madaniyatini saqlab qolish; 4) avtonomiya
5) yerga bo‘lgan huquqi; 6) 8 soatlik ish vaqti.
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 5
9. Quyidagi qaysi asar inson o’z g’oyalri uchun kurashi buyuk kurash ekanligini ta’kidlash bilan ma’rifat asrining mohiyatini ochib beradi?
A) “Insoniy Komediya”
B) “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”
C) “Makr va muhabbat” D)“Faust”
10. Quyida keltirilgan ibodatxonalar qaysi shaharda joylashganligi mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Amon-Ra ibodatxonasi; 2) Osiris ibodatxonasi; 3) Parfenon ibodatxonasi; 4) Panteon ibodatxonasi;
a) Afina (Akropol); b) Geliopol (Baolbek); c) Abidos; d) Rim
A) 1-a; 2-d; 3-c; 4-b B) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d
C) 1-s; 2-b; 3-a; 4-d D) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d
11. Quyidagi atamalardan qaysi biri lotinchadan olingan bo‘lib, “yo‘qotish”, “bekor qilish” ma’nolarini bildiradi?
A) irridentizm B) demobilizatsiya
C) ssuda D) abolitsionizm
12. Buyuk Britaniya NATOga a’zo bo‘lgan yilda bo‘lgan voqealar berilgan yillarni belgilang.
1) Shhimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy ittifoq tashkil etildi. 2) Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi. 3) O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzildi. 4) Hindistonda Konstitutsiya qabul qilindi. 5) Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilindi. 6) Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochildi. 7) Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. 8) Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. 9) Chan Kayshi armiyasi kommunistlarning poytaxti Yanan shahrini egallab oldi.
A) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 9
C) 1, 3, 5, 6, 8, 9 D) 2, 4, 6, 8, 9
13. Yurtimizda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi qachon nishonlanganligini aniqlang.
A) 1998-yil oktabrda B) 2000-yil noyabrda
C) 1999-yil dekabrda D) 1997-yil oktabrda
14. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi – urbanizatsiya jarayonining avj olishi Germaniyada va AQShda qachon boshlandi?
A) XIX asrning 70-yillarida
B) XIX asrning 80-90-yillarida
C) XIX asrning 50-yillarida
D) XIX asrning 30-40-yillarida
15. Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator deb e’lon qilingan?
A) 11 yil B) 8 yil C) 10 yil D) 12 yil
16. Rim imperiyasiga 455-yilda hujum qilgan german qabilalarini aniqlang.
A) ostgotlar B) vandallar
C) vestgotlar D) langobardlar
17. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o‘rniga mos keluvchi ma'lumotlarni qo’ying.
Asr
|
O’zbekiston tarixidagi voqea
|
Jahon tarixidagi voqea
|
a
|
Buxoro xonligi hududlarida 150 dan ortiq madrasa faoliyat yuritgan.
|
ijod qilgan Jon Lokk ilgari surgan g`oyalar keyingi asr faylasuflariga kuchli ta`sir ko`rsatdi.
|
b
|
davlat yerlarini “tanho” deb nom olgan shaklda in`om etish qaror topa borgan.
|
c
|
XIX asr boshlarida
|
Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi.
|
d
|
1) ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa uning yengil o`tishini
2) XIX asr boshlariga kelib Eron xalqaro siyosatda muhim o`rin tuta boshladi.
3) Sin impenyaning istilochilik qudrati zaiflashdi.
4) Eron markaziy hokimiyatga bo`ysunmaydigan bir qancha mustaqil hududlarga bo`linib ketgan edi.
5) M. Lyuter ta`limotiga mos g`oya tarqaldi.
6) XVII asr 7) XV asr 8) XVIII asr 9) XVI asr
A) a-8; b-7; c-4; d-1 B) a-6; b-9; c-5; d-2
C) a-8; b-7; c-1; d-4 D) a-6; b-7; c-5; d-1
18. Quyidagi madaniyat arboblarining faoliyatiga oid faktlar to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) I.Guttengberg; 2) Marko Polo; 3) F.Petrarka; 4) Robert de Sorbon.
a) Parij universiteti asoschisi; b) Yevropadagi ilk Uyg‘onish davri va gumanizmning dastlabki vakili; c) venetsiyalik savdogar va sayyoh; d) kitob bosish dastgohi ixtirochisi.
A) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c D) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b
19. Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘tarilgan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Do‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi.
B) Meksika mustaqillikka erishdi.
C) Rossiyada dekabristlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.
D) Qo‘qon xoni Umarxon vafot etdi.
20. “Monopoliya” (1), “kartel” (2), “sindikat”
(3) atamalarining qaysi tillardan olinganligini aniqlang.
a) yunon; b) italyan; c) lotin; d) ingliz; e) fransuz
A) 1 - a; 2 - b; 3 - a B) 1 - c; 2 - d; 3 - b
C) 1 - c; 2 - b; 3 - a D) 1 - e; 2 - a; 3 - c
21. Fransiyada imperator hokimiyati ag‘darilgach Qonun chiqaruvchi Korpus Muvaqqat milliy mudofaa hukumatini tuzgan edi. Hukumatga kim boshchilik qilganligini toping.
A) Mak Magon B) Dizraeli C) Tyer D) Troshyu
22. Quyidagi javoblar orasidan to‘g‘risini toping.
A) 1558-yilda “Ost-Indiya” savdo kompaniyasi vakili Antoniy Jenkinson Abdullaxon II qabulida bo‘ldi.
B) Shayboniylar temuriylar davrida yurtimizda yaratilgan yuksak rivojlangan madaniyatga munosib voris bo‘la olmagan.
C) Hofiz Tanish Buxoriyning “Shayboniynoma” asari o‘zbek tilida yozilgan va Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘ishlangan
D) XV asrda uchta harbiy siyosiy kuch: shayboniylar, safforiylar, boburiylar kurash maydoniga chiqdilar.
23 Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan Qo‘ng‘irot va Chimboy shaharlari qachon barpo etilgan?
A) XVII asrning oxiri-XVIII asrning boshlarida
B) XVIII asrning oxiri-XIX asrning boshlarida
C) XV asrning oxiri-XVI asrning boshlarida
D) XVI asrning oxiri-XVII asrning boshlarida
24. XVI asrda “Haq ish uchun” xalq partizan guruhlari tuzilgan mamlakatni toping.
A) Koreya B) Belorussiya
C) Yugoslaviya D) Vyetnam
25. Taypinlar qo‘zg‘oloni 1850-yilda Xitoyning qaysi tomonida boshlangan edi?
A) janubida B) shimolida C) sharqida D) g‘arbida
26. XX asr boshlarida “Yosh buxoroliklar” siyosiy harakat sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan yilda jahon tarixida sodir bo‘lgan voqeani toping.
A) Buenos-Ayresda IV Panamerika konferensiyasi o‘tkazildi.
B) Rossiyada II davlat Dumasiga saylov o‘tkazildi.
C) Bolgariyada hukumat tepasiga germanparast kuchlar keldi.
D) Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi.
27. Vudro Vilson davrida o‘tkazilgan parlament islohotiga ko‘ra . . .
A) oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi
B) parlament deputatligiga saylanish uchun ma’lum miqdorda belgilangan mol-mulk egasi bo‘lish man etildi
C) saylov yoshi 20, shtat senatorligiga saylanish 25, parlamentga saylanish 30 yosh etib belgilandi
D) senatorlar saylovida shtatlarning faqat mulk senziga ega bo‘lganlari ishtirok etishi, prezidentlik saylovida barcha erkak fuqarolarning qatnashishi belgilandi
28. Quyidagi jadvalda harflar bilan berilgan kataklar o’rniga mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
Yil
|
Voqea
|
Hukmdor
|
a
|
Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi.
|
Xalil Sulton Mirzo
|
b
|
vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida halok
bo‘ladi.
|
c
|
1409-yil
25-aprel
|
Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish
qiladi.
|
d
|
Ma’lumot: 1) 1405-yil 18-fevral; 2) 1407-yil 22-fevral; 3) Mironshoh; 4) Sulton Ahmad; 5) 1405-yilning 18-mart; 6) Pirmuhammad; 7) 1409-yil kuz; 8) Shohruh; 9) amir Xudoydot; 10) Shayx Nuriddin.
A) a-5; b-2; c-6; d-8; B) a-1; b-7; c-9; d-10
C) a-2; b-7; c-9; d-8; D) a-1; b-2; c-9; d-8
29. 1915-yilda Germaniya suvosti kemalari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Luzitaniya” deb ataluvchi yo‘lovchilar kemasi cho‘ktirib yuborilgan vaqtda uning bortida qancha AQSh fuqarosi bo‘lgan?
A) 126 nafar B) 124 nafar C) 120 nafar D) 128 nafar
30. Mo‘g‘ullarga qarshi kurashda nom qozongan tarixiy shaxslarni aniqlang.
1) Najmiddin Kubro; 2) Tug‘luq Temur; 3) Jaloliddin Manguberdi; 4) Abu Muslim; 5) Temur Malik; 6) Abruy; 7) Mahmud Torobiy
A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 6, 7 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 3, 5, 7
@https://t.me/creative_school1
Do'stlaringiz bilan baham: |