«Ilhaq» filmida qahramon Zulfiya aya rolini gavdalantirgan Dilorom Karimova bilan suhbat



Download 25,33 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi25,33 Kb.
#745689
  1   2   3   4
Bog'liq
Ilhaq


«Ilhaq» filmida qahramon Zulfiya aya rolini gavdalantirgan Dilorom Karimova bilan suhbat.


Urush – minglab odamlarning yostig‘ini quritgan ofat. Minglab insonlarni jigarporasidan, otasidan, yoridan ayirgan zahri qotildir. Urush talofatlari kirib bormagan, uning jabru jafosidan zarar ko‘rmagan xonadon bo‘lmasa kerak. Dunyo tarixidagi bu mudhish voqea asrlar davomida ko‘pchilikka saboq bo‘lish bilan birga, u qoldirgan bitmas jarohatla yarasi hamon bag‘rimizni tiladi. Ana shunday iztiroblardan biri urushda besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya Zokirovadir.
«O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan suratga olingan Jahongir Ahmedov rejissyorligidagi «Ilhaq» badiiy filmida bosh rol ijrochisi – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aktrisa Dilorom Karimova bilan yaratilgan obraz hamda film jarayonlari haqida suhbatlashdik.
«Ilhaq» badiiy filmiga taklif qilinib, uning ssenariysini o‘qish jarayonida nimalarni his qilgansiz?
– «Ilhaq» badiiy filmiga kastingdan o‘tib, ssenariyni o‘qiyotganimda undagi timsollarga ahamiyat berdim. Hayotning o‘zi timsollarga to‘la. San’atkor esa uni ko‘ra bilishi, anglay olishi kerak. Bu san’atkorning iqtidorini bildiradi. Masalan, urushning boshlanishi tandirda qolib kuyib qop-qora bo‘lgan nonlar timsolida berilgan. Bunda urushning falokat, baxtsizlik, fojialigiga ishora qilinmoqda. Yoki tishlangan nonlar, olmalarning suvda oqishi, uning tepasida ilhaq, mo‘ltirab turgan ona.
Zulfiya ayaning eridan qolgan belbog‘ini bog‘lashi. Birorta o‘g‘li urushdan qaytmagach, o‘sha belbog‘ni katta kelini bog‘laydi. Yana bong urilishi sahnasi. Temirdan ishlangan katta bong qishloqqa har gal qora xat kelganda gumbirlab ovoz chiqaradi. Mana shu ohang butun film davomida yangrab turadi. Asarning so‘nggi ham urush tugagan, 70-yillar bo‘lishiga qaramay yana bong ovozi bilan tugaydi.
Ssenariyni o‘qish davomida o‘sha ramz, timsollar menga juda qattiq ta’sir qilgan. Filmdagi har bir detal bekorga ishlanmaganligiga guvoh bo‘lasiz. Timsollar o‘ziga xos fikr yuritadi, tomoshabinni jiddiy o‘ylantiradi. Masalan, shu oxirgi bong urushi hanuzgacha onalarning yaralangan qalbida baxtsizlik urush xavfi borligi haqida ogohlantiradi. Mana shunday timsollarga boy ssenariy menga juda qattiq ta’sir qilgan.
Zulfiya Zokirova haqida oldin eshitganmisiz? Bu ayol haqida qanday tasavvur paydo bo‘ldi? Bir o‘zbek ayoli sifatida undagi jasorat haqida nimalar degan bo‘lar edingiz?
– Zulfiya Zokirova haqida eshitmagandim. U haqida birinchi bo‘lib, rejissyordan eshitdim. Bu ayol bilan rejissyor Jahongir Ahmedov qishloqdosh bo‘lgan ekan. Ayol haqida ko‘p qarindoshlaridan eshitib, oldindan ma’lumot to‘plab, o‘n yil ilgari asar yozib qo‘ygan ekan. Doim buni film qilish fikrida yurar ekan.
Yurtboshimiz Zulfiya Zokirova matonati haqida gapirgandan keyin, uning sharafiga g‘alaba xiyobonida monument o‘rnatilish tashabbusidan keyin qoralamalarni ssenariyga aylantirib, ijodiy guruh bilan film qilishga kirishildi. Ssenariy badiiy kengashdan o‘tib, mening rolim tasdiqlangach, rejissyor Zulfiya aya haqida batafsil so‘zlab bergandi.
Bunda o‘zbek ayolining jasorati mujassam. Aslida bunday ayollar juda ko‘p bo‘lgan. Zamon o‘zgarib, ayollarga nisbatan har xil fikrlar paydo bo‘ldi. Lekin men yoshligimda, ammalarim, buvilarimda ana shunday jasoratni ko‘rganman. U ayollar boshqacha bo‘lishgan. Ular jasorat qilyapman deb yashamagan.
Hozirgi kunimizga taqqoslasak, ularning bor hayoti jasoratdan iborat bo‘lgan ekan. Ular nihoyatda vafodor bo‘lishgan. O‘z oilasiga, turmush o‘rtog‘iga, farzandlariga va albatta, tug‘ilgan vataniga, yurtiga sadoqat bilan xizmat qilgan. Zulfiya aya kelinlariga «Men sizlardan roziman. Yaxshi inson bo‘lsa, boshqa bilan turmush qurishlaring mumkin», deganida kelinlari bunga rozi bo‘lishmagan. Ular millat qadriyatlarini ardoqlagan ayollar bo‘lgan. Ular jasorat qilyapmiz deb o‘ylashmagan. Bu ularning yashash tarziga aylangan. Xuddi shunday Zulfiya aya ham o‘sha ayollarning biri hisoblanadi.
Alloh bandalariga sabriga qarab sinovlar yuborar ekan. Bu ayolda shu qadar sabr-bardosh, shu qadar iroda kuchli bo‘lganki, u beshta farzandi o‘limini shu qadar matonat, chidam bilan qarshi olganki, ana shu sabr-bardoshi bilan farq qiladi boshqa ayollardan.
«Ilhaq» filmidagi ona obrazingiz oldingi rollaringizdan nimasi bilan farq qiladi?
– Faoliyatim davomida bir necha bor ona rollarini o‘ynaganman. Umuman aytganda, ona obrazi, onalik mohiyati bilan bir-biriga juda o‘xshash. Ona yo jizzaki bo‘ladi, yoki jahldor, yoki farzandlarini tushunmaydi yoki o‘ta mehribon bo‘ladi. Lekin baribir u o‘zini farzandi uchun jon berishga tayyor xilqat. Ona shunday vujud. Farzandlari uchun hamma narsaga tayyor, hatto, o‘limga ham.
«Ilhaq» filmidagi ona obrazi hayotiy voqealigi bilan farq qiladi. Ya’ni, Zulfiya aya hayoti voqeaviy haqiqat. Uning suratini ko‘rdim. U haqidagi gaplarni eshitdim. Uning o‘g‘illari suratini ko‘rdim. U hayotiyligi, matonati bilan avvalgi rollarimdagi ona obrazlaridan tubdan farq qiladi.

«Ilhaq» filmida urush davrida Zulfiya aya boshiga birin-ketin fojialar kela boshlaydi. Bu tuganmas iztiroblarni ekranda ketma-ketlikda aks ettirish, iztiroblar bir-biriga o‘xshab qolmasligi uchun nimalarga ahamiyat berdingiz?


– Odatda, biror rolda o‘ynashdan oldin uning xarakterini chizib chiqaman. Lekin bu rolda men shunchaki yashadim. Go‘yoki, bu voqealar meni boshimda sodir bo‘layotgandek, o‘sha mash’um urush muhitiga tushib qolgandek taassurotda yashadim. Har bitta voqea insonga o‘z ta’sirini o‘tqazadi. Birinchi shiddat, xursandchilik bilan yoki quvnoqlik bilan gapiriladigan gap baxtsizlikdan keyin uning ohangida ko‘z qarashlarida uning yurishida o‘zgaradi. Shuning uchun mana shu ssenariyga qarab, uning hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat bildirib bordim. Har bir iztirob jarayonida uning butun holati, ovoz ohangi, ko‘z qarashlari, yurishlari, hamma-hammasi o‘zgarib boradi.
Filmda sizni eng ta’sirlantirgan va eng qiyin kechgan epizod qaysi bo‘ldi?
– Filmda qiyin kechgan epizod yo‘q-ku, lekin meni juda ta’sirlantirgan epizod bor. Rejissyor bilan birinchi shu film haqida, ona obrazi haqida gaplashganimizda menga birinchi suhbatlarida aytgan gaplari juda qattiq ta’sir qilgan edi. Keyin farzandlaridan ham eshitdim shu xususiyatlarini.
Ona o‘zining dardini, azobini berkitib, hech kimga ko‘rsatmas ekan. Bolalarim azob tortmasin, bolalarim ortiqcha qiynalmasin deb, kelinlarim atrofdagi odamlar qiynalmasin deb, ona dardini yig‘ib-yig‘ib, hamma uxlaganda yoki hali uyg‘onmasdan sekin chiqib ketar ekan-da, Chirchiq daryosi bo‘yiga borib, dodlab-dodlab yig‘lab yuragida yig‘ilgan butun alamlari azoblarni o‘sha suvga to‘kib-to‘kib keladi ekan.
Rejissyor filmni suratga olishdan oldin ushbu voqeani shunday so‘zlab bergan ediki, menga juda qattiq ta’sir qilgandi va shu epizodni olish jarayonida menga hech qanaqa tushuntirish, rejissyorning ko‘rsatmasiga ham hojat qolmadi. Bu epizod uzoqdan olingan kadr bo‘lgan. Uzoqdan yurib keladi uyidan chiqib. Umumiy planda olingan kadrda yuz-ko‘zlarim ko‘rinmaydi. Lekin ko‘rinamanmi-ko‘rinmaymanmi, bu epizodni shu darajada chuqur his qilib, shu darajada ta’sirlanib ijro etganmanki, o‘sha daryo yoqasiga yurib, «Ey, xudo», deya Allohga iltijo qilib, vafot etgan o‘g‘illarni ismini aytib, faryod qilgan joyimda qattiq ta’sirlanganimdan ichimdan qaynab kelayotgan ona faryodi ovozimni bo‘g‘ib qo‘ydi.
Rolga astoydil berilib ketganimdan rejissyor kelib, «Dilorom opa nima qilyapsiz? Bo‘ldi, bu epizod olindi. Buyoqda hali qancha syomkalar bor. Unaqa qiynalmasdan oddiyroq ijro qilsangiz ham bo‘lardi», – dedi. Shu yerda men «Bu rolni azoblanmasdan, yig‘lamasdan ijro qilib bo‘ladimi, Jahongir?», – dedim. Keyin uning ta’siridan ancha paytgacha chiqa olmadim. Mana shu sahna meni eng ta’sirlantirgan epizodlardan biri bo‘lgan.
«Ilhaq» filmi g‘oyasi sabr-matonat, jasorat haqida. Bugungi kunda xalqimiz boshiga turli balo-ofatlar, sinovlar tushmoqda. Bunday paytda xalqimizga qanday dil izhorlaringizni bildirgan bo‘lar edingiz?
– Bugungi kunda butun dunyoda, yurtimizda ro‘y berayotgan hodisalar haqida televideniyeda, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib bormoqdamiz. Ba’zan shunaqa musibat odamlarni qandayligini, insoniy xususiyatlarni ko‘rsatib beradi. Kimni qandayligi ayon bo‘ladi.
Urush paytidagiga qaraganda hozir ming marta sharoitlarimiz yaxshi. O‘sha paytda ularga juda qiyin bo‘lgan. Hamma odamlar g‘alaba uchun o‘z hissasini qo‘shgan. San’atkorlar frontlarga borib konsertlar berishgan. Frontortidagilar topgan tutganini eshelonlarga ortib yuborishgan. Urush qahramonlari esa urush maydonlarida jon olib, jon bergan.
Ba’zan to‘qchilik paytda odamgarchiliklar yo‘qolarmikan, deya o‘ylayman. Bir-birini dardini anglash yo‘qoladi. Mana shunday sinovli kunlarda o‘zbek millati, o‘zbek xalq kimligini ko‘rsatgan. Ular bu ofatlarni yengish uchun birgalikda kurashmoqda. O‘zbek millati har qanday ko‘rgulikka bardoshli, har qanday sinovni mardonavor yengib o‘ta oladi. Men bunga ishonaman. Men mana shu matonatli, oliyjanob xalqning farzandi bo‘lganimdan g‘ururlanaman. Shunday mehridaryo-saxovatpesha xalqim borligidan faxrlanman.

=====================================================================================



Jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan “Ilhaq” filmi atrofidagi fikr-mulohaza va munosabatlar hamon tingani yoʻq. Film haqida ijobiy fikrlar talaygina va albatta tanqidiy munosabatlar ham yoʻq emas. Aksariyat kino muxlislari shu vaqtgacha oʻzbek kinoijodkorlari urush haqida ishlagan kinolari orasida “Ilhaq”da ikkinchi jahon urushiga yangicha munosabat borligini eʼtirof etishmoqda. Yaʼni ikkinchi jahon urushida ajdodlarimiz, avvalo oila va farzandlari uchun qoʻlga qurol olganlari filmda taʼsirli darajada ochib berilgan.

Ushbu film haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham munosabat bildirdi.


“Mashʼum urush yillari oʻz vatani ozodligi, tinchligi uchun koʻksini qalqon qilgan, minglab och-yalangʻoch bolalardan burda nonini, hatto jonini ayamagan vatandoshlar avlodimiz. Demak, “tojdor” virusdek koʻrinmas yov bilan kurashishga ham qudratimiz yetadi.


Kun kelib mana shu kahramonliklar haqida ham kuchli filmlar yaratilishi, ularda ham qalbga yaqinlik, milliy ruh ufurib turishi shubhasiz. Zero, bu kabi badiiy filmlar oʻzbek xalqining bemisl jasorati, matonati shu bilan birga olijanob xislatlarini koʻrsatib berishda muhim qadam boʻlajak. Ana shu jihati bilan ham “Ilhaq”dek filmlar odamlar qalbidan mustahkam oʻrin oladi”, deydi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.


=====================================================================================


9 may kuni O‘zbekiston telekanallarida Ikkinchi jahon urushida besh farzandini yo‘qotgan o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirovaning taqdiriga bag‘ishlangan «Ilhaq» filmi premerasi bo‘lib o‘tdi. Maqolada Eldar Asanov ushbu film haqida fikr yuritadi.

Urushlar insoniyat tarixidagi qonli dog‘lardir. Millionlab insonlarning yostig‘ini quritgan, o‘n millionlarning taqdirini sindirgan, butun boshli xalqlarni, davlatlarni yo‘q qilgan, tarixni ters burib yuborgan bunday jang-jadallar nimaning nomiga amalga oshirilmasin, nima bilan oqlanmasin, baribir ulkan fojialigicha qoladi. Urushga sabab bo‘lgan hech qanday muqaddas maqsad, majburiyat inson jonidan qadrliroq bo‘lolmaydi.

Urush ba’zi kichik ijobiy natijalarni ham beradi. Masalan, boshiga tushgan kollektiv kulfatdan to‘g‘ri xulosalar qilgan insoniyat tinchlikni qadrlashni o‘rganishi, do‘stona aloqalar qurishga intilishi shular jumlasidandir. Shuningdek, urushlar ba’zida san’atda keskin o‘sishga sabab bo‘ladi. Urush fojialarini ko‘rgan, dahshatli vayronaliklar va g‘ayriinsoniy vahshiylikni ko‘rgan odamlarning hissiyotlari junbushga keladi, kuchli hissiyot esa qayergadir to‘kib-sochilishi lozim. Kimdir hissiyotlarini yenga olmay, umr bo‘yi urush dahshatlaridan ongini qutqarolmaydi va hayotining qolgan qismini miyasidagi jinlarga qarshi olishib o‘tkazadi; kimdir sportga zo‘r beradi; kimdir urushsiz yashay olmay qoladi; kimdir xayriyaga, tinchlik siyosatiga mukkasidan ketadi; kimdir esa san’at asarlari yordamida urush yaralarini davolaydi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, urushlardan so‘ng odatda san’atda keskin uslubiy va tematik burilishlar ro‘y beradi, konkret bir urush voqealariga va ehtiroslariga bag‘ishlangan asarlar urchiydi. Bu o‘rinda biz san’atni amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan soha deb hisoblaydiganlar qay darajada yanglishishini ko‘ramiz. San’at tarix emotsiyalarini muhrlashga (faktlarini fan muhrlaydi), odamlarning yaralarini davolashga, ularga umid berishga, tinchlik va birodarlikni onglarga singdirishga, insonlar qalbida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aks ettirishga xizmat qiladi. XVII asr tarixchilari ta’kidlagandek, O‘ttiz yillik urushdan so‘ng Yevropa musiqasi chuqurlashib, muloyimlashib ketganini, his-tuyg‘u shiorbozlik va ko‘tarinkilik ustidan g‘alaba qozongani bejiz emas.

Bir qarashda ko‘proq rivojlangan, ko‘proq insoniylashgan XX asr aslida genotsidlar va urushlar asri bo‘ldi. Insoniyat tarixidagi eng jirkanch ideologiyalar XX asrda cho‘qqisiga chiqdi. Ularning qo‘li bilan insoniyat tarixidagi eng qonli, eng qattol urushlar – ikkita jahon urushi bo‘lib o‘tdi. Bu ikki urush insoniyatni qay darajada o‘zgartirgani haqida so‘z yuritardim-u, ammo shunaqasiyam mavzudan uzoqlashib ketdim. Bu ikki urush san’atga o‘tkazgan ta’siriga to‘xtalaman.

Ikki jahon urushi rassomchilikda, badiiy adabiyotda, kinoda, musiqada tub burilish yasadi. Har ikki urush atrofida minglab asarlardan iborat san’at korpusi yuzaga keldi va bu korpus bugungi kunga qadar kengayishda davom etmoqda – urush tarix o‘lchamlari bo‘yicha yaqindagina ro‘y berdi, uning yaralari hali og‘riq bermoqda. Jahon urushlari haqida shedevr filmlar suratga olindi, shedevr kitoblar yozildi.

O‘zbekiston xalqi ham, Ikkinchi jahon urushining bevosita ishtirokchisi sifatida, o‘z fojialariga, o‘z yaralariga ega. Bu yaralar bilan bog‘liq tuyg‘ular o‘zbek san’atida bugungi kunga qadar aks etib kelmoqda. O‘zbek san’ati ham urush haqida o‘lmas shedevrlar yaratgan. Ishonmasangiz, «Sen yetim emassan» she’rini o‘qing, shu nomli kinoni ko‘ring.

Oxirgi yillarda Ikkinchi jahon urushi mavzusi yana aktuallashdi, yangi kinolar yuzaga kela boshladi. Ulardan eng uzoq kutilgani, tom ma’noda ilhaq qilgani «Ilhaq» filmi edi. Kecha, 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan rejissyor Jahongir Ahmedov muallifligidagi ushbu film premerasi O‘zbekistonning ko‘pchilik telekanallarida bo‘lib o‘tdi. Qarang, koronavirus pandemiyasi film taqdirida ham ma’lum darajada aks etdi: u katta ekranlarga yetib borolmadi.

Film mavzusini bayon etishim ortiqcha bo‘lsa kerak – avval boshidan u qaysi voqealarga bag‘ishlanishi va qanday qahramonlarni olib chiqishi ma’lum edi. Urushda besh farzandini yo‘qotgan o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova – bunday tugun mahoratli ijodkorlar qo‘lida jahon kinematografini boyitadigan durdona asarga aylanishi turgan gap edi. Shunga o‘xshash tarixiy voqea negiziga qurilgan buyuk «Oddiy askar Rayanni qutqarish» kinokartinasi bunga yaxshi misol.

O‘zbek kinosi o‘z shedevriga ega bo‘ldimi? Filmdan kutgan narsamizni oldikmi? Mayli, o‘z nomimdan gapiray. Filmdan kutgan narsamni oldimmi?

Keyingi paytlarda o‘zbek kinosiga juda ko‘p avans beradigan bo‘lib qoldik. Bizga taqdim etilayotgan ishlarning ko‘pgina jihatlarida yaqqol kamchiliklar ko‘zga tashlansa-da, o‘zbek kinematografidagi umumiy o‘zgarishdan, dolzarb mavzularga qo‘l urilayotganidan, oldinlari mualliflik kinosiga aylanib qolgan davlat buyurtmasiga sifat kirib qolganidan, ma’noli filmlar xontaxtani siqib chiqarayotganidan xursand bo‘lib, «mayli, boshlanishiga yomon emas» deyishga o‘rganib qoldik.

Qolaversa, kino – kollektiv ijod turi, sifatli mahsulot chiqishi juda ko‘p mutaxassislarga, omillarga va moliyaviy ta’minotga bog‘liq. Yaxshi kadrlar, yaxshi g‘oyalar va pul kamligini bilganimiz uchun ham kinochilarimizni to‘g‘ri tushunishga harakat qilamiz va rahmat aytamiz. Lekin bu avans bir kun kelib tugaydi. «Ilhaq»qa kelib u tugadimi yoki hali vaqt bormi? Hali kinochilarimizga vaqt berishimiz kerakmi? Buni aniq bilmayman. Aniq bilmaganim uchun ham keskin tanqid qilmayman.

Film tomoshabinlarga manzur bo‘ldi (Facebook’dagi munosabatlar va kanalimdagi so‘rovnoma natijalariga qaraganda). Menimcha ham “Ilhaq” – sifatli, ko‘rsa bo‘ladigan va hatto ko‘rish kerak bo‘lgan kino. Lekin undan ko‘nglim to‘lmadi. Ko‘proq narsa kutgan edim.
Bu xulosaga kelishimning sabablarini birma-bir ko‘rib chiqaman. Nishonimda – film syujetining qurilishi.


Download 25,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish