«Ilhaq» filmida qahramon Zulfiya aya rolini gavdalantirgan Dilorom Karimova bilan suhbat



Download 25,33 Kb.
bet3/4
Sana06.07.2022
Hajmi25,33 Kb.
#745689
1   2   3   4
Bog'liq
Ilhaq

Bosh planda – bosh qahramon
Qo‘limizda tayyor syujet tuguni turibdi. Ona besh farzandini urushga yuboradi. Farzandlarining hech biri qaytib kelmaydi. Bir qarashda bari oddiydek, ekranda nimani ko‘rsatish tayindek. Aslida bu tugunni g‘oyaviy va texnik to‘ldirish san’atkordan fantaziya, bilim, ijodkorlik talab qiladi. Film voqeani turli rakurslardan, turli qahramonlar nuqtai nazaridan ko‘rsatishi mumkin, u yoki bu qahramonning tuyg‘ulariga ko‘proq urg‘u berishi mumkin, syujetni har xil qurish mumkin. Deylik, voqealarni bir boshidan bayon etish mumkin; faqat qishloqdagi voqealarni ko‘rsatish mumkin; qishloqni va frontni navbatma-navbat ko‘rsatish mumkin; voqealar ketma-ketligini o‘zgartirish, masalan, bayonni o‘rtadan boshlash mumkin; faqat onaning tuyg‘ulariga urg‘u berish mumkin; aka-ukalardan birigagina urg‘u berish mumkin; xullas, yo‘l-yo‘riq ko‘p.

Oxirgi yillarda urush haqida chiqarilgan o‘zbek filmlaridan qurilishi menga eng ma’qul tushgani «Berlin – Oqqo‘rg‘on» bo‘ldi. Bir necha zamon va makonda bo‘layotgan voqealar bir necha qahramon nuqtai nazaridan ko‘rsatilib, oxirida barcha syujet chiziqlari ustalik bilan bog‘lab yuborilgan. «Ilhaq»dan ham mana shunday nochiziqli syujet kutgandim, shunga balki ko‘nglim to‘lmagandir.

Menga qolsa, asosiy urg‘uni Zulfiya aya roliga bergan bo‘lardim. Olis qishloqda yashab, minglab kilometr narida jigarining parchalarini yo‘qotayotgan mushfiq ona obrazi film markazida tursa, uning nigohlari, tuyg‘ulari ko‘proq yirik planda ko‘rsatilsa, obraz film oxiriga qadar o‘zgarib, rivojlanib borsa – odatiy yashab yurgan ayol birovning urushida farzandlarini yo‘qotib, hayot fojiasi qaddini bukib qo‘ygan, lekin sindira olmagan mard qahramonga aylansa, kartina tuyg‘ularni junbushga keltirishi mumkin edi.

Front hayotini ko‘proq ko‘rsatish, Zulfiya ayaning o‘g‘illariga urg‘u berish, har birining o‘limini fojiali epizodga aylantirish ham juda yaxshi priyom bo‘lardi. Sevgan qahramoning o‘lishini bilasan, lekin buning oldini ololmaysan, navbatdagi aka-ukaning o‘limini mahkum etilgan odamday kutasan. Mana shunday hissiyot kutgan edim «Ilhaq»dan.

Lekin kartinada nafaqat Zulfiya aya va uning farzandlaridan tashqari, ularning atrofidagi odamlarga – turmush o‘rtoqlariga, do‘stlariga, yorlariga, ularning qarindoshlariga, qishloq raisiga, pochtachiga, qishloqdoshlarga ko‘p e’tibor qaratilgan. Natijada bosh qahramonlar ham o‘zini ko‘rsatish yetarli vaqtga ega bo‘lmagan, ikkilamchi personajlarning ham anchagina ochilmay qolib ketgan. Juda yaxshi misol: aka-ukalardan biri – Muhammadjon (Fotih Nasimov) do‘sti Zurabning o‘limidan ta’sirlanib, o‘zini aqlsizlarcha ajal domiga tashlaydi. Yuqorida aytganimizdek, filmning bosh qahramonlari bo‘lmish aka-ukalar qalbimizdan joy olib ulgurmay o‘lib ketdi – ularning o‘ziga xosliklarini, motivlarini, fe’l-atvorini bilmaymiz.

Ko‘pchilik hatto ularning ismlarini eslab qolganiga shubham bor. Zurab esa ulardan yomon ahvolda – bir-ikki daqiqagina ko‘rsatildi. Bu obrazning halokati nega bosh qahramonlardan birini bu qadar junbushga keltirdi, buni tushunmay qoldik. Qahramon o‘zini qurbon qilishi asossizday tuyuldi. Esda qolarli, ta’sirli va yaxshi asoslangan o‘lim sahnalaridan «Qarg‘alar uchsa qaraylik»ni aytib o‘zini qurbon qilgan Ahmadjonni (Iskandar Elmurodov) yodga olish mumkin.

Bir qahramonga emas, butun davrga, katta jamoaga bag‘ishlangan asarlar odatda epopeya janrida bo‘ladi. Lekin «Ilhaq» ijodkorlari epopeya yaratishga uringan deb o‘ylamayman. Fabulani qanday rejalashtirishgan va nimani ko‘rsatishga intilishgan – buni aniq bilmayman, lekin rejalari yetarlicha samara bermadi. Menimcha.


Download 25,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish