1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet1/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB



1-§. DIYORIMIZ JAHON SIVILIZATSIYASI BESHIKLARIDAN BIRI

Siz ushbu darslikda IV–XV asrlar davomida o‘lkamiz tarixida kechgan voqealar haqida bilib olasiz. Bu tarixiy bosqichda, “o‘zbiy” va “o‘zbek” atamalari bilan ulug‘langan o‘zbek xalqi shakllandi. IV–XV asrlarda dastlab Xorazm, Xioniylar, Kidariylar, eftallar, Turk xoqonligi, keyinchalik Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur hukmronlik qilgan yirik davlatlar faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu davlatlar mazkur hudud aholisining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy


hayoti rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.

* “O‘zbek” – qabila begi, hukmdor
Ilk o‘rta asrlarda qishloq hokimi deb atalgan katta yer egasi – dehqonlar va ularning ekinzorlarida ishlovchi yersiz “kadivar”lar shakllandi. Yerda ishlash tartiblarining tubdan o‘zgarishi aholi o‘rtasida tabaqalanishni yanada keskinlashtirgan. VIII asrning boshlariga kelib mamlakatimizda Arab xalifaligi o‘rnatildi. O‘lkamizga arab madaniyatining ta’siri kuchaydi. Xalifalik hukmronligidan keyingi asrlarda ilm-ma’rifatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi. Yurtimizdan jahon ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso alXorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar yetishib chiqdi. O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va Xoja Ahror Valiy singari mashhur ulamolarning Islom dini va ta’limotiga oid asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga bag‘ishlanib 2014-yilning 15–16-may kunlari Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada ellikka yaqin mamlakatlardan sharqshunos olimlar, nufuzli xalqaro tashkilot vakillari, ilmiy markazlar mutaxassislari ishtirok etdilar.



* “Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX–XII va XIV–XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbayi hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan”.
Islom KARIMOV

Darslikni o‘qish jarayonida ona Vatan mudofaasi yo‘lida mardlik ko‘rsatgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Tarobiy, Amir Temur kabi vatanparvarlarning jasorati bilan tanishasiz.


Qadimgi Turon hududlarida azaldan o‘troq o‘zbeklar, tojik, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va turkmanlar yashab kelgan. Shu boisdan, o‘zbek xalqining o‘tmishi etnik jihatdan yaqin bo‘lgan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘lanib
uyg‘unlashgan. Ular ko‘p hollarda yagona davlatning umumiy fuqarosi bo‘lib yashaganlar, el-yurtni obod etishda faol ishtirok etganlar.
Darslikda berilgan voqealar bilan tanishib borar ekansiz, xalqimiz doimo bunyodkorlikka, ilm va ma’rifatga intilib yashaganini bilib olasiz. Ilm va ma’rifatga intilish orqaligina komillikka erishish mumkinligini tushunasiz. Komillik esa tinimsiz mehnat talab qiladi. Siz o‘z ustingizda tinimsiz ishlashingiz, bilimlaringizni yanada mustahkamlab, orttirib borishingiz orqali vatanparvarligingizni namoyon qilasiz. Bu esa Sizning ma’naviy jasoratingiz bo‘lib qoladi.
Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham xuddi ular kabi, mana
shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!” deb takrorlayman”.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish