Elektron do’konni ishlash texnalogiyasi. Reja



Download 61,45 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi61,45 Kb.
#625682
Bog'liq
rasulova elektron tijorat


Elektron do’konni ishlash texnalogiyasi.
Reja:

  1. Elektron do’konning asosiy sektori B2C sxemasi haqida tushuncha.

  2. Elektron do’konning paydo bo’lish tarixi, rivojlanishi.

  3. Elektron do’konni ishlash texnalogiyasi.

Internet texnalogiyalardan foydalanuvchi kompaniyalar raqiblariga nisbatan afzallikka avvalo masalalarni operativ hal qilishlari evaziga erishdilar. B2C, B2B va P2P sxemalari hozirda elaktron biznesni olib borishning asosiy modellari hisoblanadi.
B2C – “biznes - iste’molchi” sxemasi internet orqali xususiy kishiga mollarni va xizmatlarni chakana sotishni ifodalaydi.
B2B – “biznes - biznes” sxemasi kompaniyalarning bir biri bilan mahsus axborot texnalogiyalardan va ma’lumotlarni elektron almashish standartlaridan foydalangan holda o’zaro aloqasini ifodalaydi.
P2P – biznes munosabatlarining “teng - teng” sxemasi internetda bir xil holda bo’lgan sheriklar o’rtasidagi biznes munosabatni ifodalaydi.
B2C “biznes – iste’molchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes – iste’molchi” modeli elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi bo’lib, elektron tijorat bozorining kata ulushini tashkil etadi
B2C tizimlariga quyidagilar taaluqli:

  • Savdo kompaniyalarining Web – dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan Web – vitrinalar;

  • Internet – magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elaktron savdo jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud;

  • Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la integratsiyalangan internet magazinlardan iborat savdo internet tizimlar.

Uchchala holda ham internet orqali savdo qilinsada, har bir har bir variant savdo jarayonining turli avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan turli saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha. Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida anchagina farq bor:

  1. Elektron biznes – faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes jarayonlarini internet texnalogiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir;

  2. Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat biznes faoliyating turli shakllari – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hakozolar qamrab oladi. Bu barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladi. Yangi bozor zamonaviy axborot texnalogiyalarining qo’llanishiga asoslangan va iste’molchi bilan operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron savdo amallari har qanday biznesning asosiy qismi bo’lib qoladi.

Web – vitrinalar amalga oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi. Texnika nuqtai nazaridan Web – vitrina – katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashrish majmuidir. Boshqacha qilib aytganda web – vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. Ta’kidlash lozimki web – vitrinaning rentabilligi oddiy savdo yuritish rentabilligidan unchalik farq qilmaydi. Elektron biznes ko’pincha uchinchi ming yillikning texnalogiyasi deb aytishadi. Internetda elektron biznesning rivoji 1995 – yildan tarmoqni xususiy foydalanuvchilar tomonidan o’zlashtira boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan Amazon internet magazin ochildi.
Internet magazinlar. Elektron internet magazinlarning axborot texnalogiyalari internetdan foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va xizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo’yicha axborot olishga, internet orqali to’lovni amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi. Umumiy holda internet magazinining asosiy vazifalari xaridorga axborot xizmatini ko’rsatish, buyurtmalarni ishlash to’lovlarni amalga oshirish hamda turli statistik axborotlarni yig’ish va tahlillash.
Internet magazinni boshqarish sxemasi 1 – rasmda keltirilgan.

Bu sxemada:

  • Web server tushgan so’rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni chegaralaydi.

  • Ilovalar server barcha tizim ishlarini, xususan internet magazin biznes mantiqini

  • MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hakozo xususidagi axborotni saqlashni va ishlashni amalga oshiradi.

Internet magazinning ta’minoti web vitrinanikiga qaraganda qimmatga tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi yuqori. Undan tashqari, axborotning dinamik ishlanishi va ma’lumotlar bazasining mavjudligi evaziga internet magazin har bir ro’yxatdan o’tgan xaridor bilan individual ishlash imkoniyatiga ega.
Download 61,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish