Mavzu №15: lingvistik tadqiq metodlari tasnifi


Sinxronik formal tavsifiv metod



Download 72,34 Kb.
bet7/17
Sana13.07.2022
Hajmi72,34 Kb.
#792950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
15 лекция (2)

Sinxronik formal tavsifiv metod.



U XX asrning 40-yillaridan deyarli hozirgacha hozirgi o'zbek ta'limiy tilshunosligida (ya'ni "Ona tili" va "Hozirgi o'zbek adabiy tili" o'quv fanlari darsiik va qo'llamnalarida) o'z aksini topgan tasvir usuli bo'lib, uning ildizlari XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida shakllangan Moskva (formal) lingvistik maktabiga (buyuk namoyandalari Filipp Fortunatov, Aleksey Shaxmatov, Aleksey Peshkovskiv, Viktor Vinogradov) borib taqaladi. Turkiyshunoslar Nikolay Dmitriyev, Nikolay Baskakov, Yevgeniy Polivanov, Aleksandr Borovkov, Andrey Kononovlar bu metodni fanimizga oiib kirdilar. Lekin ulardan ham oldinroq bu tavsif usulidan XIX o'rtalarida yozilgan "Oltoy tili grammatikasi" (bosh myallif ko'rsatilmagan bo'lsa-da, u Nikolay Ilminskiy /1822— 1891/bo'lgan) mualliflari foydalanishgan.
O'zbek tilshunosligida bu tadqiq usulining yetuk namoyandalari Ayyub G'ulomov, Zokir Ma'rupov, Faxri Kamolov, Sobirjon Ibrohimov, G’anijon Abdurahmonov, Mazluma Asqarova, Mustaqim Mirzayev, Fattoh Abdullayev, Shonazar Shoabdurahmonov, Azimjon Hojiyev, ularning ko'p sonli shogird va izdoshlaridir.


Bu metodning asosiy tamoyillari:

    • tilga ijtimoiy hodisa sifatida yondoshish;

    • til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlamay, birgalikda tavsiflash;

    • tilning ma'lum bir davrdagi turg'un (statik) holatini tavsiflash;

    • falsafiy tushunilgan shakl (moddiy tashqi, zohiriy belgi, forma);

    • chunonchi so'z yoki qo'shimchaning shakli, tovushlarning talaffuz xususiyatlari;

    • umuman, til birliklarining his organlariga ta'sir etadigan tomonlariga tayangan holda ularning turli qurshovlardagi shakliy, ma'noviy va vazifaviy xususiyatlarini tavsiflash, kuzatish natijasida qo'lga kiritilgan hodisalarni sistemalashtirish.



Bu metodning metodologik asosi fahmiy (empirik)-nominalistik- materialistik bo'lib, hodisalarni sistemalashtirish ratsional (idrokiy) usullarda amalga oshirladi.


Shu metod bilan hozirgi o'zbek adabiy tilining, o'zbek xalq sheva va lahjalarining, XI-XIX asr yozma yodgorliklarining, alohida adiblarning tili va uslubi xususiyatlari tavsiflandi, alohida sathlar va davrlarning mukammal tavsifini beruvchi ulkan tadqiqotlar, turli murakkablikdagi grammatika, darslik, qo'llanmalar, lug'at, o'quv-tadrisiy adabiyotlar yaratildi, nazariy izlanishlar amalga oshirildi va keng ommalashtirildi.


Bu metod fanimizda statistik (matematik) va eksperimental (akustik va rentgenografik) tahlil usullari bilan murakkablashtirilgan ko'rinishlarda ham qo'llaniladi. Uning statistik tahlil korinishi sohasida Bahrom Bafoyev (Alisher Navoiy asarlari leksikasi), Xosiyat Nazarova (Bobur asarlari leksikasi ), Sunnatilla Rizayev (turli xil matnlarda harflar, so'zlar chastotasi, bo'g'in turlari), Ilya A.Kissen (so'zlar chastotasi), Ziyodulla Hamidov, Nurmatulla Ahmatov, Rashid Zohidov, Noibaxon Mamadaliyeva (ayrim yozma yodgorliklar leksikasi), eksperimental fonetika sohasida Soraxon Otamirzayeva, Ahmadjon Mahmudov kabi tadqiqotchilar ancha ishlarni amalga oshirishdi
2. Qiyosiy-chog'ishtirma tavsifiy usul.



Download 72,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish