Tilshunoslik tarixidan ma'lumki, bu fanning rivoji qadimgi hindlarda ham, yunon-u rimliklarda ham, arablarda ham qonunlashtirilgan (muqaddaslashtirilgan, ilohiy) asarlarni (yunoniylarda Homer asarlari, hindlarda vedalar, islomiy o'lkalarda Qur'oni karim) to'g'ri - diniy odat talab qiladigan - shaklda o'qish-uqish bilan bog'liqdir.
Bu esa me'yoriy imlo va talaffuz bilan, bir tomondan, sheva (jonli so'zlashuv) nutqi farqlarini aniqlash va tavsiflashni,
ikkinchi tomondan, o'zga xalqlar va o'z (diniy) tillarini qiyoslashini talab etardi. Cunki bu dinni o'zga xalqlar qabul qilgach, bu xalqlarga o'z ona tillarida din asoslarini ommalashtirish vazifasi turardi. Bu esa, o'z navbatida, bu xalqlar tilini o'z (diniy) tillari bilan qiyoslashni, lug'at va qo'llanmalar tuzishni talab qilar edi. Qadimgi hindlarda eramizdan oldingi V-IV, yunonlarda e.o. IV-I, arablarda eramizning VIII-IX asrlarida qiyosiy-tavsiviy usulning rivojlanish sababi shunda.
Bu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- Til ilohiy (g'ayritabiiy) hodisa bo'lib, uning yashash va rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari bilan uzviy bo'gliqdir.
- Me'yoriy talaffuzni akustik-artikulasion, kombinator, pozitsion o'zgarishlar jihatlardan mufassal tavsiflash va sharhlash, har bir mustasno holatlarni va variantlilikni qayd etish va tushuntirishga, asoslashga imtilish;
- so'zlarning turli-tuman qoshimchalar bilan birikishlarini tavsiflash, so'z va qo'shimchalarni farqlash;
- sheva va o'zaro yaqin bo'lgan tillar orasida tovush almashinuvlari va mos kelishlarini tavsiflash;
- qat'iy belgilangan adabiy til me'yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish va o'rgatish metodikasini shakllantirish;
- rasmiy diniy til, talaffuz, imlo bilan shevalar va boshqa tillar orasidagi farqlarni ilg'ay olish va chog'ishtirma - bir tilda ifodalangan ma'no yoki vazifani boshqa tilda qanday usul va vosita bilan berilishi mumkinligini aniqlash ustida izlanishlar olib borish;
- bir tilli (izohli) va ko'p tilli tarjima lug'atlari tuzish.
Bu tadqiq va tavsif usulidan fovdalanishda arab (islom) tilshunosligi VIII- IX asrlarda juda katta yutuqlarni qo'lga kiritib, Yevropa tilshunosligi lingvistik tahlilga XIX asrning o'rtaiarida olib kirgan paradigma
tushunchasini VIII asrdayoq ochdi va arab tilining morfologik tavsifida undan juda keng foydalandi. Arab tilining murakkab morfologik tizimi 5-6 ta fe'lning formalari siralari sifatida tavsiflandi. Arab tili morfologiyasini sodda va ixcham jadvallar sirasi sifatida berish an'anasi o'sha davrlarda shakliandi va hozirgacha arab tilshunosligida amaldadir.
XX asrda shunday paradigmalar asosida struktural tilshunoslikning eng asosiy tushunchalaridan biri - paradigma va paradigmatik munosabatlar rivojlantirildi. Arab tilshunosligida asosan shaklga ko'p e'tibor berilgan bo'lsa, structural tadqiqotlarda asosiy diqqat mazmun va vazifaga qaratildi.
Bu tadqiq usulining metodologik asosi fahmiy-nominalistik-materialistik bo'lib, paradigmalarni ajratish va tavsiflashda idrokiy bilimlardan keng foydalaniladi. Tilning kelib chiqishi masalalarida bu usul diniy-ruhoniy nuqtayi nazarda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |