Tadqiq metodlari tilshunoslik yo'nalishini belgilashi va ilmiy maktab ko'p hollarda metod nomi bilan atalishi sababli
"Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik",
"Naturalistik tilshunoslik",
"Komparativistika",
"Geneologik tilshunoslik",
"Formal tilshunoslik",
"Funksional tilshunoslik",
"Areal tilshunoslik",
"Struktur tilshunoslik",
"Deskriptiv tilshunoslik",
"Matematik tilshunoslik",
"Kompyuter tilshunosligi",
"Psixologik tilshunoslik" (psixolingvistika) v.h. kabi yo'nalishlarga bag'ishlangan ish va fayl-u saytlarda shu yo’nalish uchun yetakchi bo'lgan tadqiq metodlari haqida ma'lumot olish mumkin.
Bundan tashqari lingvistik tadqiq metodlariga maxsus bag'ishlangan ishlar ham oz emas. Chunonchi, "Obshee yazikoznanie. Metodi lingvisticheskix issledovaniy.- M.: Nauka, 1973. Bunday ishlar o'zbek tilida ham bor. Jumladan, S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. – T.: O`qituvchi, 1972; Baskakov N.A., Sodiqov A., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – T.: O`qituvchi, 1979 darslik va qo'llamnalarida bu masalaga maxsus boblar ajratilgan.
Yana shuni eslatib o'tish lozimki, ma'lum bir lingvistik tadqiq metodini o'zlashtirish tilshunoslikning ma'lum bir yo'nalishini mukammal o'zlashtirish bilan barobar. Oldingi ma'ruzamizda aytilganidek, Siz shunday yo'nalishlarning 5-6 tasi bilan maxsus shug'ullanasiz, ularning metodlari bilan chuqurroq tanishasiz. Tilshunoslik (masalan, ona tili, o'zbek tili grammatikasi) bo'yicha zig'ircha bilimga ega bo'lgan kimsa albatta uning bir turli tadqiq usulidan ham (uqilmagan holda bo'lsa ham) xabardor bo'ladi.
Bu o'quv fani ma'ruzalari Sizga metod va metodologiya masalalariga ongli munosabatda bo'lish, xilma-xil usul (metod)lar bilan qo'lga kiritilgan bilimlarni til hodisalari mohiyatini anglash va izohlash jarayonida birlashtira olish madaniyatini singdiradi. Olim, orif va tadqiqotchi uchun - xususan, ko'p fikrlilik va demokratik munosabatlar to'laqonli amalga kirayotgan jamiyatda bunday madaniyat juda zarurdir:
tadqiq manbayining bir qirrasi haqida bir tadqiqotchi tomonidan bayon etilgan fikr yoki xulosa shu manbaning boshqa qirrasi uchun haqqoniy bo'lmasligi mumkin. Olim va orif esa bu qarama-qarshi hukmlarni birlashtira olish, har bir hukm va xulosaning haqqoniylik va tatbiq chegarasini bilish madaniyatiga ega bo'lmog’i lozim. Shu bilan bog'liq ravishda diqqatingizni yana bir daf`a "Lisonut tayr"da keltirilgan ko'zi ojizlar tavsifida fil va bu tavsiflarning orif tomonidan qabul qilinishi haqidagi rivoyatga qaratamiz.
Tilshunoslik tarixi shuni ko'rsatib turibdiki, dialektik bilish tadqiq manbayi mohiyatiga bosqichma-bosqich uzluksiz chuqurlasha borish, soddaroq (oddiyroq) mohiyatdan murakkabrog'iga qarab to'xtovsiz siljish demakdir. Shu asosda tadqiq metodlari ham fan tarixida bir birini almashtirib turadi. Bir metod asosida ochilgan qonuniyatlar boshqa bir metod bilan aniqlangan hukmlarni rad va imkor qilgan hollarda ham bunday inkorni to'g'ri - dialektik tushunmoq lozim - bu qat'iy, mutlaq inkor emas, balki nisbiy, dialektik inkor - inkorning inkori, narsa mohiyatiga chuqurlasha borishning bir bosqichidir, xolos.
Buni bir oddiy hayotiy misol bilan tushuntirishga intilamiz. Tilning turli qirralari haqida turli usullar (metodlar) bilan hosil qilingan bilimlar va ochilgan qonuniyatlar bir katta binoning old, orqa, yon, ust tomonlaridan olingan suratlari bilan qiyoslanishi mumkin. Bu fotosuratlar bir biriga mutlaqo o'xshamasa-da, ularning barchasi bitta zotda - bir binoning shaklida birlashadi; bu fotosuratlar bir-birini to'ldirib, bino shakli haqidagi bilimlarimizning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Binoning to'rt tomonidan suratini chizgan olimlarning birortasi ham xato yoki noto'g'ri ish qilmagan. Xatoga binoning bir tomonidan olingan tasvirini ( resp. tilning bir qirrasi haqida ma'lum bir metod bilan o’rganiladigan qonuniyathi) binonig o’zi bilan tenglashtirishdadir - kim bunga yo'l qo'ygan bo'lsa, albatta, xato qilgan bo'ladi. Shuning uchun Mir Alisher Navoiy "Lisonut tayr”da:
O'z borur yo'lida har bir muftaxir,
Yo'lni aylab o'z yolig'a munhasir.
(Har bir yo'lovch o’z yo'lini to'gri deb biladi va umuman yo'lni o'z yo'li bilan cheklaydi)" - deb yozadilar. Navoiy ta'biricha, oriflik bilan johillik farqi ham shundadir - orif o'zaro o'xshash bo’lmagan tasvirlar bir binoga mansub ekanligini tushunadi, johil esa zohiriy farq asosida ularning birligini rad etadi. Ko'p fikrlilik, tolerantlik (bag'ri kenglik), ustuvor demokratik tamoyillar har qanday qarashga, xususan, ilmiy talqinlarga oriflik nuqtayi nazaridan yondashishni talab qiladi. Shu bois istagan fanda tadqiq metodlarinirig almashinib turishi fanning uzluksiz taraqqiyoti belgisi sanalishi lozim. Ma'lum bir tadqiq usulini mutlaqlashtirish shak-shubhasiz fetishizmga olib keiadi. Uning xunuk oqibatlari haqida yuqorida babs yuritildi. Bugungi kunda bu o'ta dolzarb, ijtirnoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy rivojimizda muhim ahamiyat kashf etuvchi masala bo'lganligi sababli uning ustida yana ham batafsilroq to'xtalishni ortiqcha deb sanamaymiz.
Mir Alisher Navoiy "Lisonut tayr"ning "Ma'rifat vodiysining vasfi"ga bag'ishlangan 153-154-boblaridagi “ko'r'lar johil, dialetik metodologiya bilan qurollanmagan tadqiqotchilar timsolidir. Dialektik (ma'rifiy) metodologiya bilan ish tutuvchi va hukm chiqaruvchi orif komil shaxsdir. U "ko'r"lar bir-birini inkor qilishga intilib munozara qilsalar-da ("Bir-birining so'ziga aylab xilof, gar jadal qildilar"), ularni kechiradi ("erdilar maof), chunki "ko'r"lar narsani yaxlit, serqirra sifatida qabul qila olmas edilar ("Solmag'on erdi biri pil uzra ko`z").
Bu hikoyat o'zgacha shaklda Jaloluddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy", undan oldinroq Fariduddin Attor, hatto Nizomiy Ganjaviy asarlarida keltiriladi va hamisha ma'rifatni (ayni zamonda tariqatni) va jaholatni (ayni zamonda shariatni) farqlash maqsadlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |