Mavzu-1: Kirish. Materiallarga ishlov berish uskuna va jihozlari faninig maqsadi va vazifalari. Reja



Download 56,19 Kb.
bet9/10
Sana13.06.2022
Hajmi56,19 Kb.
#660652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma\'ruza

1.5-jadval.
Mineralokeramik asbobsozlik materiallarining fizik- mexanik xossalari.



Minerallokeramika

v
MPA

sj
MPA

, kgg’m3

HRA dan
kam emas

Tkr, C

V3
VO13
VOK-60
Silinit-R
ONT-20 (kartinit)

637
400
637
650-750
650-750

-
-
1800-3000
2500
2000-2500

4500-4700
3920-3940
4200-4300
3800-4000
4200

93
93
93
94-96
93

1100
1100
1100
1200
1200



Abraziv materiallar, tabiiy va sun’iy olmoslar. Abraziv (abrazion so’zidan olingan bo’lib, (fransto’zcha) uning ma’nosi qirish demakdir). Abraziv materiallar tabiiy yoki sun’iy juda qattiq moddalar bo’lib, ularning donalari kesuvchi asboblardir. Abraziv donalar tabiiy yoki sun’iy jilvirlovchi materiallarni yanchish yo’li bilan olinadi. Tabiiy jilvirlovchi materiallar jumlasiga olmos, korund, jilvir, kvarst, chaqmoq tosh, pemza kiradi.
Hozirgi vaqtda tabiiy jilvirlovchi materiallar abraziv jilvirlash asbobi tayyorlash uchun deyarli ishlatilmaydi, chunki ularning kesish va mexanikaviy xossalari ancha past. Abraziv asbob tayyorlash uchun yuqori sifatli sun’iy abraziv materiallardan foydalaniladi; bularga elektrokorundlar, kremniy karbidlari, bor karbidlari, xrom oksidi, sintetik olmoslar, barsilokarbid, slavo’tich, elbor, geksogonit kiradi.
Abraziv materiallari yuqori qattiqlik, issiqbardoshlik (1200-1800S) va eyilishga chidamlilikka ega. Abraziv materiallardan tayyorlangan asboblar zagotovkalarga 15-100 mg’s yo’nish tezligida ishlov berishga imkoniyat beradi. Abraziv materiallardan tayyorlangan asboblardan asosan detallar tayyorlashni yakunlanishida, qaysiki ishlov berilgan sirtlar tozaligi va g’adir-budirligiga yuqori talablar qo’yilganda foydalaniladi.
Elektrokorundli jilvirlash asboblari eyilishga yuqori qarshilik ko’rsatuvchi materiallardan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Kremniyning qora karbididan tayyorlangan asboblar esa eyilishga past qarshilik ko’rsatuvchi, xuddi shunday qovushqoq metallar va qotishmalar materiallaridan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Kremniyning ko’k karbididan tayyorlangan asboblar qattiq qotishmali va minerallokeramik kesuvchi asboblarni charxlash va ishlov berish uchun qo’llaniladi. Bor karbidining poroshoklari pritirlash va etiltirish uchun, xuddi shunday juda qattiq materiallar (rubin, kvarst, korunddan tayyorlangan zagotovkalarni jilvirlash uchun qo’llaniladi.
Jilvirlash va jalolash pastalarini tayyorlash uchun xrom oksidi, vena ohaki, trepel qo’llaniladi.
Rubin va boshqa yuqori qattiqlikdagi materiallar, qattiq qotishmalaridan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berish uchun borsilokarbiddan foydalaniladi.
Yuqori qattiqlikdagi materiallar va konstrukstion materiallardan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berish uchun Elbor (kubonit) qo’llaniladi. Slavutichdan tayyorlangan asboblar eyilishga chidamliligi bilan olmosli asboblardan qolishmaydi, mustahkamligi jihatidan o’tadi.
Elektrokorund. Bu material toza giltuproqni elektr pechlarida suyuqlantirish yo’li bilan olinadigan kristall holidagi alyuminiy oksidi Al2O3 dan iborat. Elektrokorund tarkibidagi alyuminiy oksidining miqdoriga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
a) tarkibida 87-97% alyuminiy oksidi bo’lgan E markali normal elektrokorund; uning rangi qizg’ish pushti yoki jigar rang bo’ladi.
b) tarkibida 97-99 alyuminiy oksid bo’lgan EB markali oq elektrokorund.
Elektrokorund donalarining suyuqlanish harorati 1950-2050S. Elektrokorundlar toblanmagan va toblangan po’latga, bolg’alanuvchan cho’yanga, yumshoq bronzaga ishlov berishda ishlatiladi.
Monokorund. Bu abraziv materiallar tarkibida 0,9% temir (III) -oksid bo’lib, M bilan belgilanadi. Monokorundning kesish va mexanikaviy xossalari E va EB elektrokorundlarnikiga qaraganda ancha yuqori.
Monokorunddan tayyorlangan toshlar kesuvchi asboblarni charxlash va yuzalarining yuqori tozalikda bo’lishi talab etiladigan jilvirlash turlari uchun ishlatiladi.
Kremniy karbid (karborund). Bu material kremniy bilan uglerodning kimyoviy birikmasi bo’lib, toza kvarst qumiga neft koksi yoki antrastit qo’shib, elektr pechlarida 1900-2100S haroratda suyuqlantirish yo’li bilan olinadi.
Donadorlik. Donadorlik deganda abraziv maydalanganda hosil bo’ladigan donalarning o’lchami tushuniladi.
GOST 3647-59 ga ko’ra, donadorlikning uchta guruhi bor:
1) raqamlari 16, 20 bo’lgan mayda donali, raqamlari 25, 32, 40, 50 bo’lgan o’rtacha donali, raqamlari 63,80,100 bo’lgan yirik donali, raqamlari 125, 160, 200 bo’lgan ancha yirik donali jilvirdona;
2) raqamlari 3, 4, 5 bo’lgan mayin donali, raqamlari 6, 8, 10, 12 bo’lgan mayda donali jilvir poroshoklar;
3) raqamlari M5, M7, M10, M14.. M20, M28, M40 bo’lgan mikroporoshoklar.
Mikroporoshoklar donalarining o’rtacha ko’ndalang o’lchami mikroskop yordamida o’lchanadi va mikron hisobida ifodalanadi.
Yirik donali abraziv materiallardan tayyorlangan jilvirlash asbobidan xomaki jilvirlashda foydalaniladi; o’rtacha donali jilvirlash asbobidan yarim tozalab jilvirlash uchun, mayda donali jilvirlash asbobidan esa tozalab jilvirlash uchun foydalaniladi.
Mikroporoshoklar pritirlash, etiltirish va rezba jilvirlashda ishlatiladi.
Olmoslar materiallarning alohida guruhini tashkil etadi. Sanoatda tabiiy (A) va sun’iy olmoslar (ASO, ASR, ASV, ASK, ASS, ASM, ASN) dan foydalaniladi. Olmos o’ta qattiq material hisoblanadi, yuqori issiqbardoshlik va eyilishga chidamlilikka ega, amalda u ko’pgina materiallar bilan deyarli yopishib qolmaydi. Olmosdagi etishmovchilik o’ndagi mo’rtlikning yuqoriligidadir.
Olmoslar asosan asboblar (doiralar, arralar, lentalar, brusoklar) va etiltirish poroshoklari tayyorlash uchun qo’llaniladi. Olmos kristallari kesuvchi asboblarni (keskichlar, parmalar va boshq.) jilvirlash uchun qo’llaniladi. Kesuvchi asboblarni jihozlash uchun ketadigan bir dona kristalning massasi 0,2-0,8 karatni tashkil etadi.
Eng ko’p olmosli keskichlardan foydalaniladi, qaysiki ular alyuminiy qotishmalari, bronza, lato’nlar va metallmas materiallar detallarini mayin va yunib kengaytirishda qo’llaniladi. qattiq materiallar, germaniy, kremniy, yarim o’tkazgichli va keramik materiallar, issiqbardosh po’latlar va qotishmalardan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berish uchun olmosli asboblardan foydalaniladi. Olmosli asboblardan foydalanganda detallar sirtlarining sifati oshadi. Ishlov berish 20 mg’s yo’nish tezligida olib boriladi. Bunday sharoitda ishlangan detallar sirtlari past g’adir-budirlikka va o’lchamlarining kichiq chetga chiqishiga ega bo’ladi, chunki olmoslar yuqori o’lcham turg’o’nligiga ega.
Olmos asosidagi O’qM, ishlab-chiqarish texnologiyasi bo’yicha ikki guruhga bo’linadi: grafitning olmosga fazali o’tishi bilan olinadigan olmos polikristali va olmos donalarini pishirish yo’li bilan olinadigan pollikristallar. Birinchi guruhga karbonado (ASPK) va ballas (ASB); ikkinchisiga SVBN karbonit va SKM kiradi SVBN dan ikki qatlamli, diametri 4 mm gacha va qalinligi 3 mm gacha zagotovkalar tayyorlanib, bular qattiq qotishmali plastinkaning uchiga kavsharlanadi.
Polikristallar stilindrik yoki to’g’ri burchakli o’rnatgichlarga kavsharlanadi, keyin asbobga mexanik usul bilan qotiriladi. Polikristallardan o’tuvchi, torestli va yunib kengaytiruvchi tokarlik keskichlari, kasetali sozlanadigan torestli frezalar va boshqa asboblar tayyorlanadi.
Bog’lovchi material-jilvirlash asbobiga zarur shakl berish uchun abraziv donalarini bir-biriga stementlovchi modda.
Sanoatda eng ko’p ishlatiladigan bog’lovchi materiallar qo’yidagilar:
1) anorganiq moddalar - keramik, silikat va magnezial bog’lovchilar;
2) organiq moddalar - vulkanit va bakelit bog’lovchilar.
Keramik bog’lovchilar - (bular K harfi bilan belgilanadi).
Bog’lovchining asosi oq rangli o’tga chidamli gil, kvarst, dala shpati, talk va chaqmoqtosh kukunidir. Bu komponentlar abraziv donalar bilan qorishtirilib, katta bosim ostida presslanadi, quritiladi va 1300-14000S haroratda pishiriladi.
Keramik bog’lovchi vositasida tayyorlangan jilvirlash toshlarining g’ovakligi yuqori, bog’lovchisining qattiqligi bir tekis va kesish xossalari yaxshi bo’ladi. Abraziv donalar eyilgan sari keramik bog’lovchi uvalanib tushadi, natijada navbatdagi donalar ochilib qoladi, shu tufayli jilvirlash toshi o’zining kesish xossalarini yo’qotmaydi.
Keramik bog’lovchili jilvirlash toshlari 35 mg’sek dan oshmaydigan aylana tezliklarda ishlaydi, maxsus ishlar uchun mo’ljallangan toshlar esa 50 mg’sek gacha bo’lgan tezliklarda ham ishlaydi. Bulardan jilvirlash ishlarining deyarli barcha turlarida foydalaniladi. Kamchiligi shundaki, ular elastik bo’lmaydi, murtligi nisbatan katta bo’ladi, zarblarga yaxshi chidamaydi va ulardan nozik toshlar yasab bo’lmaydi.
Silikat bog’lovchi (S bilan belgilanadi). Silikat bog’lovchi yordamida tayyorlangan jilvirlash toshlari yumshoq, ammo g’ovak bo’ladi. Bunday jilvirlash toshlari, odatda sovituvchi suyuqliksiz ishlaydi, ular bilan jilvirlangan yuzalar toza chiqadi, lekin bu toshlarning ish unumi katta emas. Ular nafis jilvirlash uchun ishlatiladi.
Jilvirlash asbobining qattiqligi abraziv material donalarining qattiqligiga emas, balki bog’lovchi moddaga bog’likdir. Jilvirlash asbobining bir me’yorda ishlashi uchun bog’lovchi modda abraziv donalari o’tmaslana borgan sari ularning asbob yuzasidan o’zilib ketishiga va o’tkir kesuvchi donalar yangi qavatlarining ochilishiga qarshilik qilmasligi kerak. Jilvirlash toshining bunday yangilanib turishi asbobning o’z-o’zidan charxlanuvchanligi deb ataladi.



Download 56,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish