Tokarlik keskichlari, ularning turlari va geometriyasi



Download 253,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi253,46 Kb.
#190743
  1   2   3
Bog'liq
2 5220153953647331178



 

Muallif: 

 

L.O.Daminov 



16-LABORATORIYA ISHI. 

 

TOKARLIK KESKICHLARI, ULARNING TURLARI VA GEOMETRIYASI 

 

Ishdan  maqsad.  Tokarlik  keskichlari,  ularning  elementlari  va  geometrik  burchaklarini  

o‘rganish. 



Umumiy  ma’lumot.  Tokarlik  stanoklarida  foydalaniladigan  keskichlar  bajaradigan  ish 

xarakteriga  ko‘ra  turli  xil  bo‘lishidan  tashqari,  ular  issiqbardosh,  kam  yeyiladigan  bo‘lishi  

lozim.  Shu  boisdan  keskichlar  legirlangan  tezkesar  po‘latlar  (masalan,  P9,  P18),  qattiq 

qotishmalar (masalan, T15K6, BK6) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har qanday keskich 

tuzilishiga  va  geometriyasiga  ko‘ra  farqlanadi.  62-  rasm  (a)  da  ko’proq tarqalgan    zagotovkani 

o‘ngdan  chapga  bo‘ylamasiga  yo‘nuvchi  keskich  keltirilgan.    Bu  o‘naqay  keskichdir,  chapdan 

o‘ngga qarab yo‘nuvchi, chapaqay keskichlar ham bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, keskich ish va 

tana qismidan iborat bo‘lib, ish qismi bevosita zagotovkadan qirindi yo‘nadi, tana qismi keskich 

tutkichga  o‘rnatiladi.  Zagotovkadan  qirindi  yo‘nash  oqilona  olib  borilishi  uchun  ish  qismi 

ma’lum burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig‘lar hosil etiladi. Tokarlik keskichlarinnng asosiy 

turlari va ular yordamida bajariladigan ishlar 62-rasm, (b) da keltirilgan. Agar tokarlik stanogida 

zagotovkann  keskich  bilan  yo‘nishni  kuzatsak  (62-  rasm,  b)  stanok  patroniga  mahkamlangan 

zagotovkaning aylanishida keskich  ma’lum qatlam qirindini o‘ngdan chapga qarab  yo‘nalishini 

ko‘ramiz. Bunda keskich asosiy tekislikda, asosiy kesuvchi qirrasi esa kesish tekisligida yotadi. 

Keskichning ish holatidagi geometrik burchaklarni aniqlash uchun ularni asosiy kesuvchi 

qirrasidan asosiy tekislik bilan kesish   tekisligiga  tik   qilib o‘tkazilgan   tekislikda   o‘lchash 

kerak      (63-rasm,  a,    b).    Ma’lumki,      ishlanuvchi  materialning  qattiqligi  ortishi  bilan 

keskichining  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  pasayishi    sababli    kesib  ishlashga    qarshiligi    ortib,  

kesish zonasida ancha ko‘p issiqlik ajraladi, natijada keskich tezroq  yeyiladi.  Zagotovka  sirtida  

karbidlar,    shlaklar,    bo‘lsa,  ular  ham  shunday  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  boisdan  sifatli  va  unumli 

ishlov uchun kesib  ishlanadigan zagotovka  materialiga, uning  fizik-mexanik  xossalariga  va sirt 

yuza  holatiga  ko‘ra  keskich  materiali  va  uning  geometrik  burchaklarini  tanlashning  ahamiyati  

g‘oyat katta. Tubanda keskichning asosiy burchaklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

 

 




Download 253,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish