Mavzu : toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif kirish 1- bob toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy geografik tavsif


-rasm Toshkent iqtisodiy rayoni ekin maydonlari tarkibiy tuzilishi



Download 0,71 Mb.
bet8/13
Sana11.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#656473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Toshkent

2-rasm Toshkent iqtisodiy rayoni ekin maydonlari tarkibiy tuzilishi

2.3. TOSHKENT IQTISODIY RAYONING TRANSPORTI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI

Iqtisodiy rayonda transport tizimining barcha turlari mavjud. Poytaxt – Toshkentni respublikamizning janubi-g‘arbiy va uzoq shimoliy hududlarini bog‘lovchi temir va avtomobil yо‘llar iqtisodiy rayon hududidan о‘tadi. 2010 yilda 114 km masofada Toshkent (Tо‘qimachi) – Angren oralig‘ida elektrlashtirilgan yо‘lovchi tashuvchi yо‘nalish ham ishga tushirildi. Toshkent – Bekobod, Toshkent – Angren avtomobil yо‘llari О‘zbekiston Milliy avtomagistrali Davlat dasturi doirasida ta’mirlanmoqda. Xususan, Farg‘ona vodiysini bog‘lovchi Angren – Pop avtomobil yо‘lining bu boradagi ahamiyati katta. О‘z navbatida, yо‘l bо‘yi infratuzilmasi va servis xizmati iqtisodiy rivojlanishda muhim о‘rin tutadi.


2010 yil davomida iqtisodiy rayonda 180 mln. tonnaga yaqin yuk tashilgan. Yuk aylanmasida xususiy yuk tashuvchilarning hissasi katta – 84,3 %. Shu yilda mintaqada 1170 mln. kishi atrofida yо‘lovchi tashilgan. Yuk tashish singari transport xizmatining bu turi ham iqtisodiy rayon doirasida tо‘liq avtomobil transporti tomonidan amalga oshirilgan.
Iqtisodiy rayonda qator transport tugun va markazlari shakllangan. Ularga Chirchiq, Bekobod, Angren kabi shaharlar kiradi. Shuningdek, iqtisodiy rayonning siyosiy geografik о‘rnidan kelib chiqqan holda bu yerda qо‘shni davlatlarni bog‘lovchi xalqaro tranzit avto va temir yо‘llar ham bor. Ularning barchasi Toshkentdan turli tomonlarga tarqalgan yо‘llar va chetida barpo etilgan katta-kichik shaharlar poytaxt mintaqasi iqtisodiyotining “qon tomiri” va asosiy tayanch nuqtalari sifatida xizmat qiladi.
Toshkent iqtisodiy rayoni respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalarida faol qatnashadi. Uning tashqi savdo aylanmasi 2018 yilda о‘rtacha 2711,7 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi. 2018-yilda iqtisodiy rayonning tashqi savdo aylanmasi 2359658 ming dollar (2014 yilda - 1866114); 2017 yilda eksport 1606808 ming, import 1104851, qoldiq 501957 ming dollar. Eksport tarkibida qora va rangli metallar uning yarmidan kо‘prog‘ini tashkil qiladi. Ikkinchi о‘rinda oziq-ovqat mahsulotlari turadi (14,8 %). Importda esa mashina va uskunalar (30,1 %), qora va rangli metallar (14,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari (10,7 %), kimyo sanoati mahsulotlari (10,4 %) asosiy mavqelarga ega.
Tahlillar kо‘rsatishicha, Toshkent iqtisodiy rayonining 56,5 foiz tashqi savdo aloqalari 2010 yilda “Uzoq xorij” va Boltiqbо‘yi davlatlari bilan amalga oshirilgan. Alohida mamlakatlar doirasida qaraladigan bо‘lsa, Rossiya va Turkiya mamlakatlari oldinda. Keyingi о‘rinlarda Qozog‘iston, Afg‘oniston, Ukraina, Eron, Xitoy davlatlari turadi. MDH mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasidagi ulshi 43,5 %.
Tabiiyki, iqtisodiy rayon tashqi savdo aloqalarining shakllanishida uning ma’muriy-tarkibiy qismlari bir xil ishtirok etmaydi. Jumladan, birgina Olmaliq shahri mintaqa eksportining 37,1 foizini, importini 23,0 foizini ta’minlaydi. Bekobod shahrining ulushi ham ancha katta – 12,6 va 18,6 %. Chirchiq shahri iqtisodiy rayon tashqi savdo aylanmasining deyarli 1/10 qismini bajaradi, biroq Angren shahri bu borada juda zaif: eksport atigi 1,5, import 3,3 mln. AQSH dollari atrofida. Yangiyо‘lning eksport-import salohiyati past.
Qishloq tumanlaridan bu borada Ohangaron, О‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq va Zangiota tumanlari ajralib turadi. Ba’zi tumanlar esa, masalan, Oqqо‘rg‘on, Bekobod, Quyichirchiq, Bо‘ka, Piskent iqtisodiy rayon tashqi iqtisodiy aloqalarida 2010 yilda deyarli qatnashmagan.
Toshkent iqtisodiy rayoni tashqi savdo aylanmasida xorijiy investitsiyalar yordamida qurilgan qо‘shma korxonalarning о‘rni ham sezilarli. Bu yerda jami 375 ta faoliyat kо‘rsatayotgan QK qayd etilgan. Jumladan, Zangiota tumanida ularning soni 72 ta, Qibrayda 41 ta, О‘rtachirchiqda 18 ta, Bо‘stonliqda 15 ta va h. k. Shaharlar doirasida esa eng kо‘p QK: Chirchiqda 31 ta, Angrenda 19 ta, Yangiyо‘l va Ohangaronda 17 tadan, Olmaliqda 16 ta. Faoliyat kо‘rsatayotgan QK tomonidan 2010 yilda 304,9 mln AQSH dollari miqdorida eksport, 176,2 mln dollar hajmida import ishlari bajarilgan. Eksportda Chirchiq, Olmaliq shaharlari va О‘rtachirchiq tumani, importda Chirchiq shahri, shuningdek, Qibray va Zangiota tumanlari qо‘shma korxonalari nisbatan faol ishtirok etgan. Umuman olganda, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga iqtisodiy rayon eksportining 1/5 qismiga yaqini, importining 14,3 foizi tо‘g‘ri keladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish