Mavzu : toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif kirish 1- bob toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy geografik tavsif



Download 0,71 Mb.
bet6/13
Sana11.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#656473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Toshkent

Kimyo va neft kimyosi sanoatining yetakchi korxonalari Chirchiq va Olmaliq shaharlarida joylashgan. 2009 yilda 502 ming tonna sun’iy ammiak, 459 ming tonna mineral о‘g‘itlar (azot, ammofos) va 225 ming tonna karbamid tayyorlangan. Shuningdek, bu tarmoqqa “Maxam Chirchiq” OAJ, Olmaliq shahridagi “Ammafos hamda “Maksam О‘zbekiston” qо‘shma korxonalar ham kiradi. Toshkent iqtisodiy rayoni respublikaning 39,7 % sun’iy ammiak, 42,8 % mineral о‘g‘itlar va 43,8 % karbamidini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati ma’lum sabablarga kо‘ra biroz sust rivojlanmoqda. Iqtisodiy rayonda traktor kultivatorlari, kompressor, transformator va boshqa mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Asosiy markazi – Chirchiq shahri. Bu yerda Chirchiq metal qurilmalari, “Chirchiqqishmash”, “Transfarmator”, “О‘zbekkimyomash” kabi yirik sanoat korxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda. Shu bilan birga, Zangiota tumanida “Xaytek kabel” qо‘shma korxonasi, Tо‘ytepada metal qurilmalari zavodi ham bor.
Qurilish materiallari sanoati iqtisodiy rayon ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonalari Bekobod va Ohangaron shahrida joylashgan. Bir yilda 2670 ming tonna sement (О‘zbekiston Respublikasiga nisbatan 39,0 %), 281 mln. shartli plitka shifer, 128 ming kub metrga yaqin yig‘ma temir-beton qurilmalari ishlab chiqarilgan. Mahsulot qiymatiga kо‘ra “Ohangaronsement” va “Bekobodsement” OAJ oldinda turadi. Bekobod va Ohangaron shifer ishlab chiqaruvchi zavodlar, Bо‘stonliq tumanidagi energiya qurilish industriyasi korxonasi, Qibray tumani temir-beton hamda g‘isht zavodlari ham mazkur tarmoq rivojlanishida salmoqli о‘rinlarga ega. Bо‘stonliq tumanida (Iskandar shaharchasi) “G‘azalkent oyna”, G‘azalkent shahrida marmarni qayta ishlash (qirqish) zavodlari ishlab turibdi.
Yengil sanoat mahalliy xom ashyo va kо‘p sonli mehnat resurslari hamda aholi ehtiyoji – iste’mol omillari ta’sirida shakllangan. Bu yerda 10 ga yaqin paxta tozalash zavodlari bor; eng yiriklari Alimkent, Bekobod, Bо‘ka, Quyichirchiq, О‘rtachirchiq tumanlarida joylashgan. О‘rtacha bir yilda 75-80 ming tonna paxta tolasi tayyorlanadi. Tahlillarga kо‘ra, iqtisodiy rayonda trikotaj mahsulotlarini tayyorlash biroz rivojlanib borayotgan bо‘lsada, gazlama, gilam va gilam mahsulotlari, paypoq ishlab chiqarish kо‘rsatkichlari sо‘nggi yillarda keskin pasaygan. Tо‘qimachilik korxonalari Chinoz, Yangiyо‘l va boshqa shaharlarda, asosan xorijiy investitsiyalar kо‘magida faoliyat kо‘rsatmoqda. Chirchiq va Yangiyо‘l shaharlarida poyabzal sanoati ham joylashgan, Chirchiqda “G‘uncha” OAJ ishlab turibdi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish