Mavzu : toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif kirish 1- bob toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy geografik tavsif



Download 0,71 Mb.
bet2/13
Sana11.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#656473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Toshkent

Kurs ishining maqsadi: Toshkent iqtisodiy rayonining kuchli tarmoqlari sifatida iqtisodiyotning yuqori darajada diversifikatsiyalanganligi, poytaxt rayon ekanligi, tabiiy va rekreatsiya resurslari, intelektual salohiyati, infratuzilma tizimining yaxshi rivojlanganligini kо‘rsatish mumkin. Imkoniyatlari ham aynan shu omillar bilan belgilanadi. Zaif tomoni esa geosiyosiy о‘rnining birmuncha noqulayligi, ekologik vaziyatning keskinligi kabilardan iborat.
Kurs ishining obyekti: Toshkent iqtisodiy rayoni.
Kurs ishining predmeti: Toshkent iqtisodiy rayonining umumiy geografik xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rganish va baholash, tavsiflash mezonlari.
Kurs ishining vazifalari:

  • Toshkent iqtisodiy rayonining iqtisodiy geografik o’rniga baho berish;

  • Tabiiy resurs salohiyatini baholash;

  • Aholisini o'rganish va mehnat resurslarini baholash;

  • Iqtisodiy komplekslarining tuzilishi va rangli metallurgiya sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga umumiy tavsif berish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar va uning ahamiyatini o‘rganish;

I BOB TOSHKENT IQTISODIY RAYONIGA UMUMIY GEOGRAFIK TAVSIF
1.1.TOSHKENT IQTISODIY RAYONING GEOGRAFIK O’RNI


Iqtisodiy rayon, iqtisodiy-geografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.Toshkent iqtisodiy rayoni respublikamizda о‘zining iqtisodiy va demografik salohiyatiga kо‘ra alohida ajralib turadi. U ma’muriy jihatdan birinchilar qatorida 15 yanvar 1938 yilda tashkil topgan.
Iqtisodiy rayon maydoni 15,26 ming kv. km bо‘lib, u mamlakatimiz umumiy hududining 3,4% tengdir. Bu yerda, 2021 yilning dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, 5658.8 ming kishi yoki О‘zbekiston aholisining 16.1% yashaydi. Demak, mintaqaning aholisi nisbiy kо‘rsatkichlarda uning egallagan maydonidan kо‘p.
Toshkent iqtisodiy rayoni iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlangan mintaqa hisoblanadi. Uning hissasiga mamlakat YAHMning 10.8 foizi, sanoat ishlab chiqarish hajmining 17.8, qishloq xо‘jaligi mahsulotining 11,3 foizi tо‘g‘ri keladi. Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish aholi hududiy mujassamlashuvidan biroz pastroq – 8,5 %. Shuningdek, poytaxt mintaqasi zimmasiga respublikada 2021 yilda foydalanilgan jami investitsiya hajmi-ning 10,0, qurilish ishlarining 4,9, chakana savdo aylanmasining 11,2 va pullik xizmatlarning 6,4 foizi tushadi. О‘zining eksport salohiyati bо‘yicha Toshkent shahridan keyingi ikkinchi о‘rinda turadi (9,0 %), import esa 8,6% barobar.
Iqtisodiy rayon ma’muriy jihatdan ancha murakkab tuzilmaga ega. Uning tarkibiga 15 ta qishloq tumanlari kiradi. Tumanlar о‘zlarining egallagan maydoni, tashkil topgan yili, demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Qishloq tumanlaridan dastlabkilari О‘rtachirchiq, Yangiyо‘l va Yuqorichirchiq bо‘lib, ular 1926 yilda tashkil etilgan. Eng “yangi” tuman – Quyichirchiq 1973 yilda bu ma’muriy maqomga ega bо‘lgan. Binobarin, aytish mumkinki, poytaxt iqtisodiy rayonining ichki ma’muriy tuzilishi ancha oldin shakllangan. Qishloq tumanlari maydoni о‘rtacha taxminan 1,0 ming kv. km ni tashkil etgan holda, u eng kichik Toshkent (0,17 ming kv. km) tumanidan eng yirik – Bо‘stonliq (4,93 ming kv. km ) tumanigacha farqlanadi; ular orasidagi nisbat 29 martaga teng (10.1-jadval). Bunday katta geografiylik koeffitsiyent iqtisodiy rayon hududining tabiiy geografik jihatdan turli-tumanligidan, ularda ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish xususiyatlaridan darak beradi. Chindan ham, aynan tog‘ va tog‘oldi hududlarda joylashgan Bо‘stonliq va Ohangaron tumanlarining maydoni boshqalarga qaraganda keskin farq qiladi. Ushbu ikki tuman iqtisodiy rayon jami maydonining yarmidan kо‘prog‘ini yoki 53,1 foizini egallaydi. Ayni vaqtda mintaqaning quyi qismida joylashgan tumanlar hududi uncha katta emas, bevosita poytaxt – Toshkentga tutash tumanlar esa bu borada eng kichigi hisoblanadi.
Toshkent iqtisodiy rayoni о‘ziga xos tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografik о‘ringa ega. U 3 ta xorijiy mamlakat bilan chegaradosh: shimolda Qozog‘iston, sharqda Qirg‘iziston, janubi-sharqda Tojikiston respublikalari bilan tutashgan. Respublika doirasida esa mintaqa Namangan va Sirdaryo iqtisodiy rayonlari bilan qо‘shnichilik qiladi. Poytaxt iqtisodiy rayonining siyosiy geografik о‘rni qaysi bir ma’noda Surxondaryo о‘rniga о‘xshab ketadi.
Tabiiy geografik nuqtai nazardan ham Toshkent iqtisodiy rayoni ancha murakkab tuzilishga ega. Uning shimoliy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy qismlari tog‘ va tog‘oldi hududlaridan iborat. Bu yerda G‘arbiy Tyanshanga qarashli Ugom, Piskom va Chotqol tog‘ tizmalari, janubi-sharqda Qurama tizmasi joylashgan.
1-rasm

Eng baland joylar iqtisodiy rayonning chekka shimoli-sharqida bо‘lib, ularning balandligi dengiz sathidan 4395-4400 metrga yetadi (Talas Olatovi tizmasi). Piskom tizmasidagi Beshtor chо‘qqisining balandligi 4299 metr.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish