Mavzu : toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif kirish 1- bob toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy geografik tavsif



Download 0,71 Mb.
bet4/13
Sana11.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#656473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Toshkent

1.3. AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI
Toshkent iqtisodiy rayoni aholi soni bо‘yicha mamlakatimizda Samarqand, Farg‘ona iqtisodiy rayonidan keyingi 3-о‘rinda turadi. 1989-2011 yillar oralig‘ida uning aholisi 467,4 mingga yoki о‘rtacha har yili 21,2 ming kishidan kо‘payib borgan. Birgina 2010 yilda iqtisodiy rayon aholisi 42,1 ming kishiga yoki 1,64 foizga ortgan.
1-Jadval
Toshkent iqtisodiy rayoni о‘rta va yirik shaharlarining aholisi (ming kishi)

Shaharlar



1979 yil

1989 yil

2021 yil

1979 - 2021y о‘sish, %

Angren

105,8

131,0

191,5

160,2

Bekobod

67,5

81,5

96.9

132,0

Olmaliq

101,0

113,9

133.4

125,5

Ohangaron

25,9

30,9

39

126,6

Chirchiq

131,2

156,4

162,0

109,7

Yangiyо‘l

62,8

57,7

61.7

104,3

Manba: О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasi ma’lumotlari.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 2018 yilda 22,7, 202- yilda 21,3 promille, о‘lim, mos holda 5,7 va 5,9 promille bо‘lgan. Tabiiy kо‘payish 17,0 va 15,4 promillega yoki 1,70 va 1,54 foizga teng.
Tabiiy kо‘payish iqtisodiy rayon bо‘yicha 2018-yilda 15,4 ‰ (1,54%), amalda aholining о‘sishi esa 1,64 foiz. Bunday farq, о‘z navbatida, tashqi migratsiyaning iqtisodiy rayon uchun salbiy natijaga ega ekanligidan darak beradi. Birgina 2017 yilda migratsiya qoldig‘i 11,2 ming kishiga barobar bо‘lgan. Demak, agar tashqi migratsiya sal’dosi “0” – ga teng bо‘lganda, shu yilda iqtisodiy rayon aholisi 32,5 ming emas, 43,7 ming kishini tashkil etgan bо‘lar edi. Kо‘rinib turibdiki, migratsiya deyarli barcha shahar va qishloq tumanlarida salbiy natijaga ega. Chunonchi, har ming kishiga hisoblaganda, 2017-yilda migratsiya qoldig‘i minus 4,3, 2018- yilda minus 4,5 promille bо‘lgan.
Umuman olganda, Toshkent iqtisodiy rayoni Toshkent shahri bilan birgalikda respublikamiz aholi migratsiyasida eng faol mintaqalar sanaladi. Faqat 1990-1995 yillarda, ya’ni tashqi migratsiyaning eng avj olgan yillarida iqtisodiy rayonda migratsiya saldosi minus 143,8 ming kishini tashkil etgan (respublikamizda 502,3 ming kishi, iqtisodiy rayon ulushi 28,6 %), ayniqsa, Angren shahrining о‘zi migratsiya tufayli shu yillarda 22,3 ming kishisini yо‘qotgan (jami 1989-2006 yillarda 38,3 ming kishi). Eng yuqori kо‘rsatkich 1994 yilda minus 6896 kishi, eng past kо‘rsatkich 2006-yilda minus 231 kishi bо‘lgan.
Toshkent iqtisodiy rayoni respublikamizda nisbatan urbanizatsiyalashgan hudud sanaladi. Uning umumiy darajasi 2018-yilda 50,1 %. Garchi bu raqam mamlakat о‘rtacha kо‘rsatkichidan va, ayniqsa Farg‘ona vodiysi iqtisodiy rayonlaridan ancha past bо‘lsada, urbanizatsiyaning real holati mazkur hududda eng yuqori. Sababi, bu yerda shaharlar tо‘ri juda rivojlangan; iqtisodiy rayonda jami 16 ta shahar va 97 ta shaharchalar mavjud, ularning orasida Chirchiq, Angren, Olmaliq “yuzminglik” shaharlar hisoblanadi. Bunday uchlik faqat Farg‘ona iqtisodiy rayonida bor, xolos. Qolaversa, iqtisodiy rayonning kо‘pchilik shahar va shaharchalari yuqori urbanizatsiyalashgan Toshkent aglomeratsiyasi tarkibiga kiradi.
Toshkent iqtisodiy rayonida jami 875 ta qishloq aholi manzilgohlari bor, ularning har biriga о‘rtacha 1456 kishi tо‘g‘ri keladi. Kattaroq qishloqlar bevosita Toshkent shahriga yaqin joylarda hamda sug‘orma dehqonchilik rivojlangan Bо‘ka, Bekobod, Oqqо‘rg‘on, Piskent tumanlarida joylashgan. Iqtisodiy rayonning qishloqlari respublikamizning boshqa mintaqalari qishloq joylariga qaraganda ancha urbanizatsiyalashgan.
Poytaxt iqtisodiy rayoni demografik vaziyatining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning aholisini kо‘p millatligidir. Bu yerda tub millat – о‘zbeklardan tashqari rus, tatar, koreys, tojik, qir-g‘iz, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. О‘zbeklar jami iqtisodiy rayon aholisining 64,3 foizini, ruslar 7,0 foizni, qozoqlar 13,5 foizni, tojiklar 5,3 foizni tashkil qiladi. Rus va tatarlar asosan shaharlarda, qozoq va tojiklar kо‘proq Bо‘stonliq tumanida, qirg‘izlar Bо‘kada, koreyslar Yuqori va О‘rtachirchiq tumanlarida istiqomat qilishadi.
Iqtisodiy rayonda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 1507,9 ming, iqtisodiyotda band bо‘lganlar 1216,2 ming kishi (2000 yilda bu kо‘rsatkichlar 1291,1 va 989,8 ming kishi bо‘lgan). 2010 yilda jami band aholining 70,1 foizi moddiy ishlab chiqarishda, shu jumladan, sanoatda 20,0 %, qishloq va о‘rmon xо‘jaligida 27,4 %, transport va aloqada 3,1 %, qurilishda 7,0 %, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy-texnika ta’minotida 8,6 % faoliyat kо‘rsatishadi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohalari tarkibida ta’lim, mada-niyat, san’at, fan va ilmiy tadqiqot ishlarida 12,2 %, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minotda 7,1 % iqtisodiy faol aholi band.
2018-yilda iqtisodiy rayon bо‘yicha 85,9 ming yangi ish о‘rinlari tashkil qilingan, ularning 72,0% qishloq joylariga tо‘g‘ri keladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yangi ish о‘rinlarining asosiy qismi yaratilgan. Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, Toshkent iqtisodiy rayonida yuqori malakali va ma’lumotli mehnat resurslari boshqa mintaqalarga qaraganda kо‘proq. Bu ham bо‘lsa uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.
Toshkent iqtisodiy rayoni respublikamiz hududiy mehnat taqsimotida о‘zining kо‘p tarmoqli iqtisodiyoti bilan ajralib turadi. Iqtisodiy rayon sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik, kо‘mir, elektr energiya, qurilish materiallari, mineral о‘g‘itlar, yengil va oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Agroiqtisodiyot tizimida esa paxta, meva va uzum yetishtirish, gо‘sht va sut chorvachiligi, shahar atrofi qishloq xо‘jaligi yaxshi rivojlangan. О‘zbekistonda bunday mukammal va murakkab tizimga ega bо‘lgan hududiy ishlab chiqarish majmuasi boshqa mintaqalarda shakllanmagan.
2018-yil yakunlariga kо‘ra, iqtisodiy rayon yalpi hududiy mahsulotining 27,8% sanoatga, 24,9 foizi qishloq xо‘jaligiga, 14,5% transport va aloqaga, 8,0 % savdo va umumiy ovqatlanishga, 4,1% qurilishga tо‘g‘ri keladi. Agar mintaqada qishloq xо‘jaligini ma’lum darajada sanoatlashganligi hisobga olinsa, uning iqtisodiyotini industrial-agrar yо‘nalishda ekanligini e’tirof etish mumkin. Shu bilan birga yuqoridagi kо‘rsatkichlar respublika boshqa hududlari bilan taqqoslaganda qurilish kо‘rsatkichining eng pastligi, transport va aloqaning esa eng yuqoriligi kо‘zga tashlanadi. Kichik biznesning YAHMdagi ulushi 55,0 %.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish