MAVZU : TOSHKENT IQTISODIY RAYONIGA UMUMIY TAVSIF
KIRISH
1- BOB TOSHKENT IQTISODIY RAYONIGA UMUMIY GEOGRAFIK TAVSIF
1.1. Toshkent iqtisodiy rayoning geografik o’rni
1.2. Tabiiy sharoiti va resurslari
1.3. Aholisi va mehnat resurslari
2- BOB TOSHKENT IQTISODIY RAYONING QISHLOQ XO’JALIGI VA SANOATI
2.1. Toshkent iqtisodiy rayoning sanoati
2.2. Toshkent iqtisodiy rayoning qishloq xo’jaligi
2.3. Toshkent iqtisodiy rayoning transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
2.4. Toshkent iqtisodiy rayonida Toshkent shahrining o'rni
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVA
KIRISH
Toshkent iqtisodiy rayon, iqtisodiy - geografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish majmuidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Toshkent iqtisodiy rayoni о‘z tarkibiga Toshkent viloyati va respublika poytaxti – Toshkent shahrini oladi. Maydoni 15,6 ming kv. km bо‘lib, О‘zbekiston hududining 3,5 foizini tashkil qiladi. Aholisi, 1 yanvar 2021 dastlabki ma’lumotlariga kо‘ra, 5658,8 ming kishi yoki respublika jami aholisiga nisbatan 16,1 foiz demakdir.
Mamlakat mehnat taqsimotida ushbu rayon, eng avvalo, sanoat tarmoqlarining turli-tumanligi, qishloq xо‘jaligining intensiv rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Bu yerda elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish materiallari hamda yengil va oziq - ovqat sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Agroiqtisodiyot tizimida paxta, bog‘dorchilik va uzumchilik, shahar atrofi qishloq xо‘jaligi, parrandachilik ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi. Rayon О‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 27%, sanoat mahsulotining 35.8 %, qishloq xо‘jalik mahsulotining 9.9 foizini beradi. Uning zimmasiga respublika investitsiya hajmining 32.5 %, chakana savdoning 35.6 %, pullik xizmatlarning 43.8 %i tо‘g‘ri keladi. Bu yerda xususan elektr energiya, rangli metallar, sement, mineral о‘g‘itlar, kо‘mir va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish rayonlararo ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |