Mavzu : toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif kirish 1- bob toshkent iqtisodiy rayoniga umumiy geografik tavsif


TOSHKENT IQTISODIY RAYONIDA TOSHKENT SHAHRINING O'RNI



Download 0,71 Mb.
bet9/13
Sana11.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#656473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Toshkent

2.4. TOSHKENT IQTISODIY RAYONIDA TOSHKENT SHAHRINING O'RNI
Toshkent shahri aholisi soni bо‘yicha MDH mamlakatlarida 4 - (Moskva, Sank-Peterburg va Kiyev shaharlaridan keyingi) о‘rinda turadi, Markaziy Osiyo mintaqasida esa unga teng shahar yо‘q.
Dastlabki aholi rо‘yxati – 1897- yil ma’lumotlari bо‘yicha 156,0 ming aholi yashagan. Bu raqam taxminan 28 yilda deyarli 2 marta ortgan yoki boshqacha qilib aytganda, 1925-yilda 301 ming kishiga yetgan. Keyingi 2 marta aholi sonining oshishi esa nisbatan qisqaroq davrda rо‘y bergan (1940 yilda 600 ming). Biroq aholi sonining navbatdagi 2 barobar kо‘payishi uchun chorak asrdan kо‘proq vaqt talab etilgan; 1966 yilda, ya’ni tarixiy Toshkent zilzilasi arafasida shaharda 1209 ming kishi yashagan. Bu davrda aholi sonining birmuncha sustroq о‘sishi Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari tufayli yuz bergan.
Shahar aholisi 2 millionlik “marraga” 1984-1985 yillar oralig‘ida erishgan, shundan sо‘ng uning demografik о‘sish sur’ati pasayib borgan. Xususan, 90-yillarda poytaxt aholisi barqaror о‘sish kо‘rsatkichlariga ega bо‘lmagan; aholi soni goh kamayib, goh biroz kо‘payib borgan. Masalan, 1988 yilda u 2211 ming kishini tashkil qilgan bо‘lsa, 1996 yilgacha tо‘lqinsimon о‘zgarib borib 2095 ming kishiga tushib qolgan.
Ma’lumki, aynan shu yildan boshlab respublikamizda iqtisodiy о‘sish barqaror о‘sib borgan. Shunga mos holda poytaxt demografik salohiyatida ham avvalgidek katta pasayish-kо‘tarilishlar kuzatilmagan, ammo yillik о‘rtacha kо‘payish uncha katta miqdorni tashkil qilmagan. Jumladan, 2000-2010 yillar mobaynida Toshkent aholisi 105 ming kishiga yoki о‘rtacha bir yilda 9,5 ming kishidanga ortib borgan1. Agar yaqin о‘tmishdagi demografik о‘sish jarayoni hisobga olinsa, bu raqam ancha pastdir. Vaholanki, о‘tgan asrning 70-80 yillarida shahar aholisi har yili 40-45 ming kishidan kо‘payib borgan.
Shahar aholisi sonining dinamikasi uning ichki ma’muriy qismlarida - tumanlarida bir xil kechmagan. Masalan, 1980-2010 yillar oralig‘ida Sergeli tumanining aholisi 2,5 marta ortgan holda (shahar bо‘yicha о‘sish bu davrda 123,3 %), Mirobod, Hamza, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari aholisi qisqargan, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa u 2000 yildagidan deyarli farq qilmaydi.
Albatta, 30 yilga yaqin bu davrda demografik о‘zgarishlar bir tusda rо‘y bermagan. Chunonchi, Hamza, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy tumanlarida aholi soni 1980-1985 yillarda о‘sish kо‘rsatkichlarini namoyon qilgan, 90-yillardan boshlab u kamayib borgan. Tahlillar kо‘rsatishicha, 2000 yildan keyin ham ayrim burilishlar kо‘zga tashlanadi. Masalan, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va hatto Sergeli tumanida ham aholi soni 2000 yilga qaraganda birmuncha qisqargan.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish