Sanoati. Toshkent sanoati kо‘p yillar davomida shakllangan. Uning darajasi va tarmoqlar tarkibiga shaharning geografik о‘rni, mehnat va innovatsiya salohiyati, Ikkinchi jahon urushi yillarida front chiziqlaridan evakuatsiya qilingan sanoat korxonalari, shuningdek, yaqin atrofdagi tabiiy resurslar (qurilish materiallari xom ashyosi, suv resurslari va b.) о‘z ta’sirini kо‘rsatgan.
Shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi yilda Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan 116,4 foizga (YAHM - 112,4 %) о‘sgan. Shu yilda shaharda jami 6181 ta turli yiriklikdagi sanoat korxonalari faoliyat kо‘rsatgan. Ularning 145 tasi yirik sanoat korxonalari hisoblanadi; sanoat ishlab chiqarishida band bо‘lganlarning umumiy soni 133,8 ming kishini yoki bu iqtisodiyotda band bо‘lganlarning 1/10 qismi demakdir.
Mazkur yilda XIM ni ishlab chiqarish 110,0 foizga kо‘paygan. Ularning yarmidan kо‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi; yengil sanoat mahsulotlari esa 8,7 %. Aholi jon boshiga о‘rtacha 1151 ming sо‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu kо‘rsatkich Bektemir, Hamza hamda Mirobod tumanlarida ancha yuqori. Nisbatan past kо‘rsatkichlar esa Uchtepa, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida kо‘zga tashlanadi.
Ma’lumotlarining tahlili shuni kо‘rsatadiki, keyingi 10 yilga yaqin davrda poytaxt sanoati tarmoq tarkibida ancha о‘zgarishlar sodir bо‘lgan. Masalan, metallurgiyaning ulushi ortgan, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati ham ustuvorroq rivojlanib borgan. “Boshqa tarmoqlar” tarkibida, yoqilg‘i-energetika sanoati tez rivojlangan, uning jami sanoat mahsulotlaridagi hissasi 2010 yilda 16,4 foizga teng bо‘lgan. Shu bilan birga shahar uchun ana’naviy sanoat tarmoqlaridan biri - yengil sanoatning mavqei sezilarli darajada pasaygan. Bu boshqa qator davlatlarda, shuningdek, о‘zimizning Marg‘ilon, Qо‘qon, Namangan shaharlarida bо‘lganidek, tо‘qimachilik korxonalarining inqirozi tufayli yuz bergan.
Ayni vaqtda shahar sanoati tarkibida mashinasozlik va metallni qayta ishlash hamda oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida jiddiy siljishlar kuzatilmaydi. Ammo ularning mahsulot turlarida ma’lum о‘zgarishlar sodir bо‘lgan.
Sanoat tarmoqlari miqyosida alohida korxonalarning ahamiya-ti har xil. Chunonchi, yoqilg‘i sanoati mahsulotining 90,0 foizini “Lukoyl О‘zbekiston opereyting kompani” MCHJ beradi. Metallurgiya sanoatida esa Toshkent truba zavodi (65,4 %) hamda Ikkilamchi qora va rangli metallar korxonalarining о‘rni katta. Shahar kimyo va neft kimyosi sanoatida Toshkent lok-bо‘yoq va “Olplast” qо‘shma korxonasi, mashinasozlik va metallni qayta ishlashda Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “О‘zelektroapparat”, “О‘zbekkabel” va “Doyche kabel” qо‘shma korxonalari yetakchilik qilishadi. Shu bilan birga, mazkur tarmoqda Toshkent traktor zavodi, “Zenit elektroniks” qо‘shma korxonasi, Toshkent yо‘lovchi vagonlarni ta’mirlash, “О‘zbekiston airvays texniks” kabi korxonalar ham о‘zlarining salmoqli mahsulot hajmlari bilan ajralib turishadi.
Yengil sanoatning asosiy korxonalari “BF-tekstil-Prodakshn”, “Baytekstisaret”, “Muruvvat-teks” va boshqalar hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatida “koka-kola ichimliklari”, “UZCARSBERG” qо‘shma korxonalari yog‘-moy, vino va shampan ishlab chiqaruvchi korxonalar ta’minlaydi. Shuningdek, tarmoq jami mahsulotning 30,0 foizini beruvchi “Xorazm shakar” qо‘shma korxonasi hamda Samarqand choy fabrikasi ham moliyaviy-iqtisodiy jihatdan Toshkent shahri tasarrufida faoliyat kо‘rsatishadi.
Un-krupa va kombikorm “G‘alla Altek” va “Toshkent don mahsulot” aksionerlik jamiyatlarida ishlab chiqariladi. Farmatsevtika sanoatida esa “Jо‘rabek laboratoris”, “UP Radiks”, “Nobel-Farmsanoat” korxonalari muhim ahamiyatga ega. Bu korxonalar jami tarmoq mahsulotining 35,7 foizini beradi. Poligrafiya sanoatida “Sharq” AJ va “О‘qituvchi” nashriyotlari oldinda turadi.
2013-yilda Toshkent sanoat korxonalari tomonidan 782 tonna atrofida pо‘lat, 71 tonna pо‘lat quvurlar ishlab chiqarilgan. Yuqoridagilardan tashqari, shaharda bir yilda о‘rtacha 20-25 dona kо‘tarma kranlar, 1600-2500 dona traktor pritseplari, 2500-2700 ta atrofida traktor 50 ming tonnadan ziyod lok-bо‘yoq materiallari tayyorlanadi.
Asosiy iste’mol tovarlaridan 77,4 ming tonna omuxta yem, 10,6 ming dona dazmollar, 52,1 ming tonna xо‘jalik sovuni, о‘rtacha 60-85 ming rangli televizorlar, kо‘p miqdorda mebellar ishlab chiqariladi. Bir yilda 80-85 ming dona trikotaj mahsulotlari, 10-15 ming juft paypoq, 15-20 ming tonna tozalangan о‘simlik yog‘i, 1,7-1,8 ming tonna gо‘sht va 10-12 ming tonna sut mahsulotlari, 275-285 ming tonna shakar, 205-208 ming tonna oralig‘ida un tayyorlanadi.
Shu о‘rinda qayd etish joizki, ba’zi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, agrosanoat majmuasiga taalluqli mahsulotlar kundalik ehtiyoj hamda ob-havo, iqlim sharoitlariga kо‘ra о‘zgarib turadi (masalan, о‘simlik yog‘i, xо‘jalik sovuni, un, omuxta yem, gо‘sht va sut mahsulotlari va h.k). Ayrim sanoat mahsulotlari hajmi esa ma’lum sabablar tufayli qisqarib bormoqda (ip-gazlama, paypoq va b.). Ayni vaqtda mebel, maishiy qandillar, poyabzal, mineral suv, uzum sharbati, pivo, makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish sо‘nggi yillarda ancha tez о‘sgan.
Kelajakda shahar ekologik muhitini ifloslantiruvchi, kо‘p mehnat va xom ashyo talab qiluvchi, aholi kundalik ehtiyoji bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan sanoat korxonalari, ya’ni poytaxt muhitiga mos bо‘lmagan ishlab chiqarishlar shahar hududidan chiqariladi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sanoat tarmoqlarining “yuqori” qavatlari, ekologik toza, innovatsiya va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘liq hamda tajriba konstruktor ahamiyatga molik sanoat korxonalari esa kо‘payib boradi.
Sanoat korxonalari shahar hududi bо‘yicha notekis taqsimlangan. Bu joylarning qaysi maqsadda barpo etilganligi, ekologik va transport geografik о‘rni bilan ham bog‘liq. Umuman olganda, Toshkent shahri sanoatida Shayhontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining mavqei katta
Mavjud ma’lumotlar tahlili kо‘rsatishicha, sо‘nggi yillarda Shayhontohur, Chilonzor va qisman Uchtepa hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sanoat ishlab chiqarishi jadalroq rivojlangan. Masalan, Shahontohur tumanida 2000 yilda jami shahar sanoat mahsulotining 5,5 foizi ishlab chiqarilgan bо‘lsa, 2010 yilda bu kо‘rsatkich 21,7 foizga yetdi. Shuningdek, Chilonzor tumanining mavqei ham keskin kо‘tarildi. Bektemir tumanining ulushi esa bu davrda 12,3 foizdan 4,8 foizga, Hamza tumaniniki 23,6 foizdan 11,3 foizga tushib qoldi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |