Strukturaviy-funksional yondashuvga muvofiq, deviant hulq-atvor bir qator sabablari tufayli jamiyatda muhim rol o’ynaydi.
Birinchidan, deviantlik nima ma’qul keladigan, nima esa noma’qul keladigan hulq-atvorni farq qilishga yordam beradi.
Ma’lum bir ma’noda deviantlik odamlar nimani qilishlari mumkin, nimani esa qilishlari mumkin emasligini bilishlari uchun talab etiladi. Bu hodisa ma’lum bir ma’noda chegaralarni chizib beradi. Bu muhim funksiya bo’lib, u kishilar amal qiladigan madaniy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar vositachiligida namoyon bo’ladi.21
Jamiyat a’zolarining hulq–atvorlar shu jamiyatda qabul qilingan axloqiy va huquqiy m’yorlarga muvofiq kelishi kishilarning farovon turmushlarini tashkil etishning muhim omillaridan bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun har qanday jamiyatda insonlarning nomaqbul hulq–atvorini pasaytirishga harakat qilinib kelinadi. Chunki, bu holat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi muqarrardir.
Sosiologik adabiyotlarda deviant hulq – atvor (lotin tilida Deviatio – og’ish) tushunchasi orqali quyidagi holatlar tushiniladi:
Insonning mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me’yorlari, ya’ni «ruhiy sog’lomlik, huquqiy, madaniy yoki ahloq me’yorlari»ga mos kelmaydigan xatti – harakatlari, qilmishlari.
Mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me’yorlariga (standart va shablonlar) mos kelmaydigan tarzdagi inson xatti – harakatlarining ommaviy shaklda ifodalanishi, ijtimoiy hodisa.
Birinchi holatda deviant hulq – atvor bevosita umumiy va yoshga oid psixologiya (ruhiyatshunoslik), pedagogika va psixiatriya predmeti sifatida o’rin tutadi. Ikkinchi holatda esa deviant hulq – atvor tushunchasi – sosiologik va ijtimoiy psixologiya predmeti hisoblanadi.
Demak, deviantlik madaniy me’yrlar buzilishi deb tan olinayapti. Shuning uchun deviantlik juda keng ma’noda iste’mol qilinadi. Deviantlikning bir kategoriyasi bo’lib, u jinoyat shaklida mavjud bo’ladi. Lekin, jinoyatni o’zi keng spektrni qamrab oladi, ya’ni yo’l harakati qoidalarini buzishdek kichik qoidabuzarlikdan tortib, fxishalik, jinsiy zurlash va xatto qotillikni ham ifodalaydi.22
Deviant hulq–atvor ko’plab salbiy jihatlarni o’z ichiga qamrab olishi bilan tavsiflanib, diniy nuqtai nazardan bu holatlar «yovuzlik» ko’rinishida, tibbiyot nuqtai nazaridan «kasallik» simptomlari sifatida, huquqiy me’yorlar nuqtai nazaridan «noqonuniy» ko’rinishda va hatto ushbu hulq–atvor shaklini «me’yoriy bo’lmagan» ko’rinishda baholash kuzatiladi
Hulq–atvordagi me’yordan og’ishlarni o’rganish jarayoni o’zining tarixiga egadir. Platon o’z davrida insonlarning turli xil hulq – atvorlarini izohlashga harakat qilgan.
Rossiyalik olim Ya.I.Gilinskiy tomonidan deviant hulq – atvorning madaniylashtirilgan jihati o’rganilib, «deviant hulq–atvor» tushunchasini fanga kiritgan va hozirgi kunda bu atama «og’uvchi hulq – atvor» atamasi bilan bir xil ma’noda qo’llaniladi.
Horijiy tadqiqotchilar – Dyurkgeym, Klages, Merton, Smelzer, Shibutani, Shuessler va boshqalar tomonidan deviant hulq–atvor ijtimoiy me’yorlar va kutilayotgan holatlar bilan mutanosiblik yoki nomutanosiblik asosida aniqlanishi ta’kidlanadi. O’z navbatida, ushbu jamiyat uchun kutilgan holatni qonitirmaydigan hulq – atvor bevosita deviant sifatida baholanadi.
2. Deviant, ya’ni me’yordan og’uvchi hulq–atvor insonning keng ko’lamdagi qilmishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Og’ish holati va me’yorning buzilish xususiyatlaridan kelib chiqib uning uchta darajasini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Ahloq va odob me’yorlaridan sezilarsiz darajadagi og’ishlar; xususiy deviant hulq atvor;
2. Huquqiy me’yorlarning buzilishi, biroq bu holatda hulq – atvorning me’yoridan og’ish unchalik sezilarli darajada bo’lmasdan, jinoiy javobagarlikka tortish darajasida bo’lmagan holatda aks etadi, sosiologiyada bu ko’rinish delikvent (no’maqul) hulq – atvor tushunchasi orqali ifodalanadi.
3. Huquqiy me’yorlarning jiddiy tarzda buzilishi jinoyatchilikka oid yoki kriminal hulq – atvor xisoblanadi.
Ushbu ko’rinishda, jamiyatda omma tomonidan ma’qullanmaydigan barcha hulq – atvor me’yorlaridan og’ish holatlari deviant hulq – atvor sifatida belgilanadi. Deviant hulq – atvorning asosiy shakllari keng ma’noda Ya.I.Gilinskiy va V.S.Afanasyev tomonidan quyidagicha ko’rsatilgan:
1. Alkogolizm va mastlik;
2. Giyovhvandlikka ruju qo’yish;
3. Jinoyatchilik;
4. O’z joniga qasd qilish;
5. Fohishabozlik;
6. Besaqolbozlik23.
Ayrim holatlarda deviant hulq – avtorga qimor o’yinlari, ruhiy buzilishlar, shuningdek jinoiy ishlar ham kiritiladi.
Deviant hulq – atvorning barcha turdagi shakllarini umumiy ko’rinishda uchta guruhga ajratib chiqish mumkin: xususiy deviant, delikvent va kriminal (jinoiy) hulq – atvor.
Hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida deviant hulq – atvor masalasiga qiziqishning ortishi kuzatilmoqda. Deviant hulq-atvorning ilmiy jihatdan o’rganilishi kriminologiya, psixopatologiya, sosiologiya, ijtimoiy ish, pedagogika sohalarida amalga oshiriladi24.
Deviant hulq–atvorni me’yorlar haqida tushunchaga ega bo’lmasdan turib aniqlash mumkin emas. Tibbiyotda me’yor – bu butunlay sog’lom insonni anglatadi; pedagogikada – barcha fan predmetlarini o’zlashtirishga ulguruvchi o’quvchini; ijtimoiy hayotda esa – jinoyatchilikning mavjud emasligini ifodalab beradi. Ushbu o’rinda psixologik jihatdan me’yorni ko’pchilik insonlarda mavjud bo’lgan, bir qator xususiyatlar yig’indisi sifatida, ya’ni hulq–atvor etaloni sifatida belgilash masalasi qiyin hisoblanadi.
Ijtimoiy me’yor quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi:
1.O’rtacha, barqaror va massadan chiqib ketmaslik holati;
2. Atrof – muhitga ko’proq moslashuvchanlik xususiyati.
Ijtimoiy me’yor ma’lum bir aniq jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni davomida qaror topgan choralar, chegaralar, ruxsat etilish intervali (erkin va majburiy) hulq – avtor asosidagi insonlar va ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatini ifodalab baradi. Biologik va fizik jarayonlarning tabiiy me’yorlari ijtimoiy me’yorlarlardan farq qilib, jamiyat faoliyati davomida insonlarning obyektiv xatti–harakatlari va bu holatlarning ongda adekvat va siqilgan tarzda aks etishi qonuniyatlari sifatida tarkib topadi.
«Delinkvent hulq–atvor» tushunchasi huquqiy va ijtimoiy me’yorlarning yetarlicha darajada keng spektrda buzilishlarini ifodalab beradi. Delinkvent hulq–atvor huquqiy me’yorlarni buzish nuqtai nazaridan jinoyat kodeksi bo’yicha jazoga tortilmaydigan holat bo’lib, kichik bezorilik, magazindan oziq–ovqat mahsulotlarini kam miqdorda o’g’irlash, og’ir tan jarohatlari yetkazmagan holatda janjallashish, aldash va hakozolardan tashkil topadi. Kriminalogiyada bu holat yoshlar ommasiga tegishli (o’smirlik davrida) huquqbuzarlik sifatida tavsiflanadi, bu holat yoshlar orasida ayniqsa 12 yoshdan 20 yoshgacha oraliqda (ko’proq erkak jinsida) yoshlarning qonunbuzarlik darajasi yuqoriligi va sud, ma’muriy jazolashda yuqori darajada o’rin tutishini belgilab beradi.
BMT tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, barcha yoshlarning 30%ga yaqin qismi qandaydir qonunga hilof hisoblangan xatti– harakatlarda ishtirok etishi kuzatiladi, shuningdek 5% qismi jiddiy tarzdagi qonunbuzarlikka yo’l qo’yiladi25.
Jinoyatchilikni qonun qanday tasniflaydi? Odatda jinoyat jinoiy qonunbuzarchilik va nojo’ya harakatlar bo’linadi. Ular orasidagi farq jinoyatning jiddiyligiga qarab belgilanadi. Jinsiy zurlash, qotillik kabilar o’ta jiddiy jtnoyat hisoblanishsa, nojo’ya harakatlar jiddiy bo’lmagan qonunbuzarchildik deb tan olingan va unga beriladigan jazo ham ancha yengil hisoblanadi. Bunda jarimalar keng o’rin oladi. Og’ir jinoyatchilik darajalari turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Jazoni o’tash maskanlarida maxbuslar ustidan texnik nazoratni keng joriy qilinishi ularning hulq-atvorini tashqi sosial nazoratini ta’minladi.26
A.I.Kravchenko tomonidan xususiy deviant va delinkvent hulq – atvorning o’zaro farqlanishi quyidagicha ifodalanadi: Deviant va delikvent hulq–atvor – bu me’yoriy hulq-atvordan og’ishning ikki shaklidir. Bunda birinchi shakl nisbatan kam ahamiyatga ega bo’lib, ikkinchisi absolyut va sezilarlidir. Masalan bu ko’rinishdagi guruhlashga ko’chada bezorilik bilan shug’ullanuvchi o’smirlar to’dasi navbatdagi qilmishni amalga oshirish davomida to’daning qandaydir bir a’zosini deviasiya sifatida ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin. Bu qilmishning o’zi milisiya va ushbu ko’chada yashovchi aholi tomonidan deviant hulq – atvor sifatida baholanadi. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, Kravchenko tomonidan yozilgan me’yorlarga qarshi hisoblangan va shu sababli qonun orqali ta’qib qilinuvchi barcha qilmishlar, jumladan biz kriminal deb baholovchi xatti – harakatlar ham delikvent hulq – atvor guruhiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |