Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim tuman (shahar) hokimligi tomonidan taklif etiladigan ruxsat xususiy sherik tomonidan qabul qilingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi



Download 65,57 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi65,57 Kb.
#198228
  1   2   3
Bog'liq
595 30.07.2018




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:

davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun litsenziya olish talab etilmaydi;

12 nafargacha bolani tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sherikchilik loyihasi qishloq joydagi xususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;

davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim tuman (shahar) hokimligi tomonidan taklif etiladigan ruxsat xususiy sherik tomonidan qabul qilingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.

2. Quyidagilar:

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 30-iyul,

595-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qaroriga


1-ILOVA

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, ularning faoliyatini tashkil etish, moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash, moliyalashtirish, ularni boshqarish tartibini belgilaydi.

2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi imzolagan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitimga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faqat davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida qishloq joylarda tashkil etiladi.

4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritadi va bank hisob raqamiga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.

2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari

5. Quyidagilar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi hisoblanadi:

maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.

6. Quyidagilar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari hisoblanadi:

ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.

7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari:

ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan o‘qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);

xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;

foyda olish huquqiga ega.

3-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish

8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan belgilangan shakldagi ruxsatnomani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi.

9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ladi.

10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga kirish joyida fuqarolarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasi o‘rnatiladi.

Unda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ruxsatnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim nusxasi, pedagog va tibbiyot xodimlarining diplomlari nusxalari, Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.

11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 7 — 12 nafar bolalarga tarbiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi.

12. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan uyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lishi, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi lozim.

13. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolagandan so‘ng faoliyatini boshlaydi.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yuritiladi.

14. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘z (mualliflik) dasturlarida milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik g‘oyalarini aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

15. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi:

9 soatli;

4 soatli.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.

17. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

4-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish

18. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va muassasadan chiqarish tartibi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining qarori bilan amalga oshiriladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar soni 7 nafardan kam bo‘lmasligi va 12 nafardan oshmasligi lozim.

19. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1-iyuniga qadar davom etadi. 1-iyundan 1-sentabrgacha bo‘lgan davr muassasada sog‘lomlashtirish davri hisoblanadi.

5-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari

20. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

21. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

22. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.

23. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini o‘qitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) belgilaydi.

24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:

o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish;

ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

25. Quyidagilar ota-onalarning majburiyatlari hisoblanadi:

oilaviy nodavlat ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ota-onalar badalini o‘z vaqtida to‘lash;

oilaviy nodavlat ta’lim muassasasida bolaga berilgan ta’lim-tarbiyani mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.

26. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.

27. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan (tegishli hududlarda oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli talabgorlar mavjud bo‘lmagan holatlarda) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan shaxslar ham pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

28. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

29. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

30. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.

31. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilangan tartibda qatnashish;

o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

32. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:

ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;

ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;

bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;

pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;

o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.

6-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish

33. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish muassis tomonidan amalga oshiriladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdim etadi.

34. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

35. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

36. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash

37. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulk qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiriladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

38. Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy organlari tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan jihozlar, asbob-uskunalar va o‘quv materiallari beriladi. Mazkur jihozlar va o‘quv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishiga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi javob beradi.

39. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq muassisning mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.

40. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga quyidagi maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi:

tarbiyachi va yordamchi xizmatlariga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9-soatlik davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi to‘lash;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlar bo‘yicha ovqatlanish, yumshoq inventar, anjomlar va dori-darmonlarga ajratilayotgan miqdorlarda xarajatlarni qoplash;

41. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

42. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.

43. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.

44. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-son qaroriga


2-ILOVA

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil etiladi.

2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:


Download 65,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish