ruxsatnoma — vakolatli organ tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga beriladigan, tadbirkorlik faoliyati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
talabgor — yakka tartibdagi tadbirkor yoxud ularning ruxsatnoma olish uchun tegishli ariza bilan belgilangan tartibda orqali murojaat qiladigan vakolatli shaxsi.
4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha mazkur nizomga ilovadagi shaklga muvofiq ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) cheklanmagan muddatga beriladi.
Talabgor arizasiga ko‘ra, ruxsatnoma muayyan muddatga berilishi mumkin.
5. Ruxsatnoma yakka tartibdagi tadbirkorga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yuritish huquqini beradi.
2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ruxsatnoma berish talablari va shartlari
6. Quyidagilar ruxsat berishga doir qoidalarga muvofiq oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha talablar va shartlar hisoblanadi:
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mol-mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolar, inshootlar va sharoitlarning mavjudligi;
o‘quv va tarbiya jarayonini davlat talablariga, o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni yozma shaklda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdim etish yoki Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son)
7. Ruxsatnoma berish uchun mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan boshqa talab va shartlar belgilanishi mumkin emas.
3-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
8. Ruxsatnomani berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi
9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga ariza bilan murojaat qilinadi va arizada yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi ko‘rsatiladi va unga quyidagilar ilova qilinadi:
pasportining ko‘chirma nusxasi;
oilaviy nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili;
bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan talabgor o‘rtasida belgilangan tartibda imzolangan davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim nusxasi;
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari nusxalari;
oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli hududlarda oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli talabgorlar mavjud bo‘lmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi.
10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun talabgor tomonidan hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish uchun hujjatlar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda arizachiga yuboriladi (taqdim etiladi).
12. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun ruxsatnoma talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
4-bob. Arizalarni ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
13. Ruxsatnoma talabgorining arizasi ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
14. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish bo‘yicha tuman (shahar) hokimligi huzurida komissiya tuziladi va u tuman (shahar) moliya bo‘limi, iqtisodiyot bo‘limi, adliya bo‘limi, qurilish bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limi boshliqlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
15. Komissiya toq sonli a’zolardan va kamida yetti kishidan iborat bo‘lishi kerak. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i komissiya kotibi hisoblanadi.
Komissiyaning ishchi organi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi hisoblanadi. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi qabul qilingan hujjatlarni haqqoniyligini o‘rganib chiqib, Komissiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi.
16. Komissiya yig‘ilishida talabgor tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar muhokama qilinadi va yig‘ilish natijasida talabgorga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish masalasi bayonnoma bilan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
17. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimining qarori talabgorning arizasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etish komissiya bayonnomasida asoslangan holda talabgorga komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu bayonnomaning nusxasi taqdim etiladi.
18. Tuman (shahar) hokimligi ruxsatnoma berish bo‘yicha qaror qabul qilganda talabgorga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma ikki nusxada — talabgor va tuman (shahar) hokimligi uchun bir nusxadan tuziladi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
20. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan holatlarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan rad etish haqidagi xabarnoma yuboriladi (taqdim etiladi).
21. Ruxsatnoma berishda rad uchun asos bo‘lgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish tuman (shahar) hokimligi tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
22. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish
SXEMASI
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
| | | |
| | | | | | |
_____________ tuman/shahar hokimligi tomonidan berilgan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish va ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun
RUXSATNOMA
(namunaviy shakl)
| | |
201___ yil “______” “______”
| | | | |
____________tumani (shahri)
| | | | | | | | | | |
Mazkur ruxsatnoma ____________________manzilida joylashgan _______________tuman/shahar hokimligidan ________-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor _____________________________________ga Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish va oilaviy nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun berildi.
|
Oilaviy nodavlat ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili (pochta manzili, telefon raqami):______________________________________________
|
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida imzolangan davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risidagi bitimning sanasi va raqami:____________________________________________
|
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami:_________________________________
|
Bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami:_________________________
| | | | | | | | | | |
|
Do'stlaringiz bilan baham: |