Reja: Variatsiyaning mazmuni



Download 60,17 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi60,17 Kb.
#411814
Bog'liq
Mavzu Variatsi-WPS Office


Mavzu: Variatsiyani statistik o‘rganish zarurligi

Reja:


1. Variatsiyaning mazmuni.

2. Variatsiya ko’rsatkichlari.

3. Variatsiyani statistik o‘rganish zarurligi.

1. Variatsiyaning mazmuni.

To’plamda biror belgi qiymatlarining variatsiyasi deganda ayni zamon va makon sharoitida belgi miqdorlarining to’plam birliklari bo’yicha farqlanishi, tebranishi (o’zgaruvchanligi) tushuniladi.To’plam birliklari turli muhitda harakat qiladi va natijada variatsiya vujudga keladi. Demak, variatsiya sababi - sharoitlarning xilma-xilligi, ularda ko’pdanko’p omil va kuchlar mavjudligi va turlicha amal qilib, natijaga har xil me’yorda ta’sir etishidir.

O’rtacha miqdor bir-biridan tafovutda bo’lgan alohida miqdorlarni umumlashtirib ifodalasada, lekin ular o’ziga nisbatan alohida miqdorlarning qanchalik tafovutda ekanligini, u tafovutning qanchalik katta-kichikligini ifodalay olmaydi. Vaholanki, o’rtacha miqdorning real qiymatga ega bo’lishi bevosita alohida miqdorlar o’rtasidagi tafovutga bog’liq.

Bu tahlil “Statistika” fanida variatsiya ko’rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.

“Variatsiya” so’zi lotincha “variatio” so’zidan olingan bo’lib, o’zgarish, farq, tebranish degan ma’nolarni anglatadi.

“Statistika” fanida variatsiya deyilganda, o’zaro qarama-qarshi omillar ta’sirida bo’lgan, bir turli birlikdan tashkil topgan miqdoriy o’zgarishlarga tushuniladi. O’rganilayogan belgining tasodifiy va surunkali (sistematik) variatsiyalari bo’lishi mumkin.

Tasodifiy variatsiyani boshqarib bo’lmaydi. Surunkali variatsiyaga qisman bo’lsada, ta’sir o’tkazish mumkin.

2. Variatsiya ko’rsatkichlari.

Variatsion kenglik taqsimot qatorining eng katta va eng kichik variantalari orasidagi farqdir.

Variatsiya, ya’ni belgi qiymatlarining qator markaziy miqdorlari (belgi darajasi) atrofida sochilishi (tarqoqligi)ning eng oddiy me’yori variatsion kenglikdir (inglizcha range). U o’rganilayotgan belgining eng katta va eng kichik miqdoriy qiymatlari orasidagi farqni belgilaydi, ya’ni R q Xmax - Xmin. Bu yerda Xmax - belgining eng katta qiymati(qator hadi), Xmin. - uning eng kichik qiymati. Variatsion kenglikda taqsimotning ichki shakli, ya’ni miqdorlar orasidagi tafovutlar aks etmaydi. Simmetrik qator uchun ham, asimmetrik (og’ma) qator, masalan, J - simon taqsimot uchun ham variatsiya kengligi biror miqdorga teng bo’lishi mumkin, vaholanki bunday taqsimotlar tarqoqlik darajasi jihatidan birbiridan odatda jiddiy farq qiladi.

O’rtacha kvadrat tafovut yoki dispersiya belgining ayrim qiymatlari bilan ularning arifmetik o’rtachasi orasidagi tafovutlar kvadratlaridan hisoblangan arifmetik o’rtachadir.

Bu ko’rsatkich quyidagi formulalar orqali ifodalanadi:

Saflangan qatorlarda

Vaznli (guruhlangan) qatorlarda

bu yerda 2- dispersiya

xi - qator variantalarining qiymatlari

х - variantaning arifmetik o’rtacha qiymati, ya’ni «6.1.a» da «6.1.b» da



fi - variantlar (birliklar) soni.

Demak, dispersiyani quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin.

3. Variatsiyani statistik o‘rganish zarurligi.

Variatsiya mohiyati va ko’rsatkichlari analitik statistikada eng muhim va boshlang’ich tayanch bo’lim hisoblanadi. Ular barcha ilmiy muammolar, statistik yechim va qarorlar qabul qilish asosida yotadi. Variatsiya - statistik to’plamda sodir bo’ladigan ob’ektiv miqdoriy va sifat o’zgarishlar natijasidir. U to’plam birliklari bo’yicha o’rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, o’zgaruvchanlikni bildiradi.

Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar tizimi orqali o’lchanadi. Uning asosiy me’yorlari bo’lib dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut, mutlaq o’rtacha tafovut, nimkvartil kenglik, variatsion kenglik va variatsiya koeffitsiyentlari xizmat qiladi. Bular ichida dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut hamda uning variatsiya koeffitsiyenti eng muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi.



Umumiy dispersiya o’rtacha juz’iy (ichki guruhiy) va guruhlararo dispersiyalardan tarkib topadi. Nisbiy o’zgarishlarni o’rganayotganda va asimmetrik taqsimotda variatsiya darajasini baholayotganda geometrik o’rtachaga nisbatan dispersiyani hisoblash o’rinli hisoblanadi.

Variatsiya ko’rsatkichlari o’rganilayotgan to’plam bo’yicha belgi o’zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta’riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to’rtinchi tartibli markiziy momentlar usulida hisoblanadi.
Download 60,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish