1-yondoshuv:sosializasiya jarayoni 3 davrga bo’linadi:
A) Mehnatgacha bo’lgan davr
B) Mehnat davri
V) Mehnatdan keyingi davr.
2-yondoshuv. Sosializasiya jarayoni quyidagi davrlarga bo’linadi:
1-davr-go’daklik davri(1 yoshdan 4 yoshgacha)
2-davr-bolalik davri(4 yoshdan 10 yoshgacha)
3-davr-o’spirinlik davri(10 yoshdan 13 yoshgacha)
4-davr-o’smirlik davri(13 yoshdan 18 yoshgacha)
5-davr-mehnat davri
6-davr-mehnatdan keyingi-nafaqa davri
Mustakil xayotga tayyorlanish an’naviy jamiyatlarda bugungi kunda nafakat davom etuvchi, balki, kimmatli marosimdir. Barchaga, ya’ni ijtimoiy katlamlarga to’lik bilim berish inson jamiyatida XX asrda muvaffak bo’ldi. 10 ming yillab buning uchun moddiy resurs to’plaganlar. Umumiy o’rta ta’lim xozirgi davrning jiddiy yutug’idir. Xamma harajatlarni hisobga olganda rivojlangan mamlakatlarda ta’lim uchun davlat milliy davromadning 3 dan bir kismini sarf kiladi. Avvallari an’naviy jamiyatlarda o’rganish stixiyali tusda bo’lgan (kattalar oilada kichiklarga bilim berganlar) fakat, sanoklilargina maxsus tashkilotlarga (maktab, liseylar, gimnaziyalar, universitetlarga bora olganlar), ba’zi fikrlar shundayki, ijtimoiylashuv fakat ko’yidagilar bilangina chegaralangan: bolalarni o’rgatish, kattalar xayotiga tayyorlanish, jamoat xayotidagi oddiy konuniyatlarni kabul kilish. Sosiologlar bunga kengrok tushuncha beradilar. Ijtimoiylashuv chakaloklikdan boshlanib, to qariguncha ijtimoiy rollarni va madaniy me’yorlarni kabul kilish jarayonidir. Nima uchun sosiologlar ijtimoiylashuv tushunchasining tor ko’rinishi bilan qoniqmaydilar. Gap shundaki, maktab, universitet, ishlab chiqaruvchi yoki, boshka bilimlar - bilimlarni o’rganish uchun muljallangan texnik tashkilortlardir. yosh yigit ma’ruza tinglaydi, kitob o’qiydi, uy va seminar vazifalarini bajaradi, amaliyot davrini o’taydi va imtxon topshiradi. Oxirida unga biron bir bilim doirasidagi kvalifikasiyasini belgilochi sertifikat beriladi. Bunday bilim berish (o’rganish) 5 yil yoki 2 oy davom etishi mumkin, lekin fanni o’rganish va xayotni o’rganish boshka-boshka narsalar. Xech kanday o’kituvchi yoki maktablar insonni yaxshi turmush o’rtok, oila boshligi, uy bekasi, yozuvchi, o’zining ishining professionali kilib tarbiyalay olmaydi.
Buning uchun u butun xayoti davomida o’rganishi kerak. Xatolarga yul qo’yib ularni tuzatishi kerak va bularni u laboratoriya sharoitida emas, real xayoti davomida bajarishi kerak. Sosial rolni kitoblarga karab yoki biror ishning metodiga karab ijro etib bo’lmaydi. Sarbon yoki Qirol yollanma odamlarni atrofdagilar boshkaruv qouniyatlari yordamida uzoq yillar tarbiyalaydilar. Xar bir ijtimoiy rol o’zida madaniy me’yorlar, xatti-xarakat konuniyatlari ijtimoiy ipga tizilgan - xak-xukuk, majburiyatlar munosabatlarni mujassamlashtiradi va bularni xammasini kabul kilish kerak.
Shuning uchun ijtimoiylashuvda "kabul kilish" termini "o’rganish termin"iga karaganda ko’prok ko’llaniladi. ijtimoiylashuv bolalikdan insonning shaxsi 70 foizga shakllanganda boshlanishi kerak. Jamiyatdan tashqarida saklangan bolalar ijtimoiy planda xalok bo’ladilar, lekin ba’zi xollarda kattalar yolgizlikni izlaydilar (uzok bo’lmagan vaktga) chunki ularga fikrlarini chukurlashtirish kerak bo’ladi. Xatto shunday vaziyatlarda jamiyatdan uzok vaktga xam chetlatilsalar ular xam ruxiy xam ijtimoiy bardosh bera oladilar. Ba’zida esa kiyinchiliklarni yengish natijasida uzlarining xali ochilmagan kirralarini topishi mumkin. masalan, Robinzon Kruzo hayoti bunga misol bo’lishi mumkin..
4. Ijtimoiy nukta nazardan ijtimoiylashuv - bu inson shaxsining shakllanishini chegaralovchi, yunaltiruvchi, kolipga soluvchi agentlar va institular birlashmasidir. Bolaning yordamga muxtojiligi va atrofdagilarga to’beligida ijtimoiylashuv jarayoni tashkaridagi kimdirning yordami bilan amalga oshishini kuramiz. yordamchilar - odamlar va idoralar. ularni ijtimoiylashuv agentlari deb ataydilar.
Cosializasiya agentlari bu – biror bir ijtimoiy kutishni uzatayotgan manba, struktura yoki insondir. Kishilar biror bir holatni normal deb hisoblasalar, ular sosial kutishni boshqalarga uzatishadi. Cosializasiya kishilar orasida odiygina kechmaydi. Bu jarayon sosial institutlar doirasida kechadi. Chunki institutlarda sosial hulq-atvorning namunalari mujassamlashgandir. Aksariat institutlar sosializasiya jarayonini shakllantiradi. Jumladan, oila, OAV, din, maktab va hakazolar.15
Yosh avlod sosializasiyasida oila juda muhim hisoblanadi, lekin u sosializasiya agentligining yagona vakili emas. Bolalar ulg’ayishi bilan ular sosializasiyaning boshqa davrlari bilan duch kelishadi. Bu holat esa ulardagi oilaviy kutishga zid kelishi mumkin.16
Din sosializasiyaning boshqa bir kuchli agenti bo’lib, diniy ko’rsatmalar bolalar sosializasiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Bolalarda huddi ota-onalari kabi diniy e’tiqodni o’zlashtirish va rivojlantirishga intilish kuchli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |