Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


O’rganadigan kishilari bilan o’zaro hamjihatlikni barpo etish



Download 0,68 Mb.
bet6/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

O’rganadigan kishilari bilan o’zaro hamjihatlikni barpo etish

  • Butun obyektni bir butunlikda qamrab olish

  • Kuzatuv ma’lumotlarini qayd qilib borish

  • Yig’ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish


    Kuzatuv metodning quydagicha turlari mavjud:

    • Bilvosita ishtirok – o’rganish davomida axoli yoki obyekt bilan umumiy aloqa mavjud bo’maydi

    • Passiv ishtirok- tadqiqotchi ma’lum rol bilangina cheklanadi

    • Mo’tadil ishtirok- tadqiqotchi “ichkari” va “tashqari” borasidagi balansni saqlab qoladi

    • Faol ishtirok- tadqiqotchi o’rganilayotgan guruhning to’laligicha a’zosiga aylanib kompleks tarzda ma’lumotlarni to’laydi

    • Mukammal ishtirok - tadqiqotchi aholi bilan bevosita integrasiyaga kirishib ma’lumotlarni to’laydi vaziyatga qarab boshqa me’todlarni ishtirok davomida qo’llaydi

    Hujjat usuli tarixiy adabiyotlarda keng qo’llanilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ko’pdan-ko’p yozma manbalardan keng foydalaniladi.
    Hujjat - moddiy material manba hisoblanib, voqyea va faktlar xususidagi ma’lumotlarni o’zida ifodalaydi.
    Hujjatda inson yoki jamoa fikri yozma va boshqa belgilarda namoyon etilgan bo’ladi. Hujjat sifatida turli formulalar, chizgilar, grafiklar, ramziy belgilar bo’lishi ham mumkin. Bunday shartli belgilar muayyan ma’lumotga ega kishilar tomonidan o’qiladi.
    Hujjatlarning o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagi tasnifni e’tiboringizga havola etamiz:

    1. Sosiologik tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega holat, fakt avvalo inson tomonidan (yoki mahsus moslamalar ko’magida) qayd etiladi, so’ngra hujjat shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida avval paydo bo’lib so’ng og’zaki, yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, saqlanadi va tarqatiladi.

    2. Har qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarning muhim jihatlari xususidagi informasiyaga ega bo’ladi (tekst, ovoz yozish moslamalari, nurli ifodalarda yoki chizma belgilarda aks ettiriladi).

    3. Ayrim hujjatlar mazmuni faqat muayyan mahsus bilimlarga ega bo’lgan kishilargagina tushunarli bo’ladi. Masalan, murakkab texnologiya loyihalari, qurilish smetalarini, elektron-hisoblash mashinalari beradigan ma’lumotlarni mahsus bilimlarsiz anglab olish qiyin. Ammo bunday hujjatlar mazmuni mahsus bilimlarga ega bo’lgan har xil kishilar uchun bir xil ma’no berishi kerak.

    4. Hujjat, uning saqlanishi va yagona mazmun berishi xususiyatlari tayin bo’lsa, istalgan manbada bayon etilishi va istalgan usulda ifodalanishi mumkin.

    Tashkilot, muassasa va mansabdor shaxs tomonidan beriladigan hujjatlar umumiy qabul qilingan muayyan guvohlik mazmunini ifodalovchi rasmiy rekvizitlarga ega bo’ladi. Ularni taxminan shunday xarakterlash mumkin:

    1. hujjatlarda muhr, shtamp, bosmaxona blanki belgilari bo’lib, ular muayyan muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi.

    2. hujjat ma’lum mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lib,

    uning ismi-sharifi va unvoni aks etadi.

    1. hujjatda, u tuzilgan joy, vaqt, qabul etish va muayyan adresga jo’natish belgilari qayd etilgan bo’ladi.

    Albatta, sosiologiya fani uchun hujjatda aks ettirilgan mazmun birinchi darajali ahamiyatga ega, ammo mazkur hujjatning nechog’lik haqqoniyligi va realligi uning tuzilish shakliga ham bog’liqdir.
    Hujjatlarning bir qancha xillari bor:
    a) qayd etish usuliga ko’ra farqlanadigan hujjatlar (qo’lyozma, bosma yozuv, kino va magnit tasmasidagi yozuvlar), fotosuratlar);
    b) muayyan maqsad qo’yib olinadigan hujjatlar (tadqiqot dasturiga ko’ra sosiolog tomonidan maxsus tuziladigan hujjatlar);
    v) shaxsga doir (shaxsiy xujjatlar, xatlar, kundaliklar) va shaxsga bevosita aloqasi kam hujjatlar (statistik materiallar, matbuot ma’lumotlari, majlis prtokollari);
    g) rasmiy darajasiga ko’ra farqlanuvchi hujjatlar (davlat statistika idoralari tomonidan rasmiy hujjatlarga ilova qilinadigan ma’lumotlar, qarorlar, farmonlar, ko’rsatmalar, shuningdek norasmiy hujjatlar-alohida shahs tomonidan tuziladigan arizalar, shikoyatlar, taqrizlar, guvohlik ko’rsatmalari va boshqalar);
    d) hujjatlar informasiya manbaiga ko’ra ham farqlanadi (birlamchi informasiyalar bevosita kuzatish yoki so’rash usuli orqali olinadi, ikkilamchi informasiya esa birlamchi ma’lumotni umumlashtirish, qayta ishlash hamda qayta tekshirish natijasida olinadigan ma’lumotlar tufayli qo’lga kiritiladi.

    Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish