Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»



Download 0,68 Mb.
bet14/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Delinkvent hulq – atvor qilshmishlari ular bevosita qonun yo’li bilan ta’qib qilinishiga qaraganda keng ko’lamdagi spektrini o’z ichiga qamrab oladi. Ushbu ko’rinishda, hulq – atvorning ko’plab turli xil shakllari, xatto agar hulq – atvor o’ziga xos tarzdagi huquqiy me’yorlarga qarshi xususiyatlarga ega bo’lmasada, ijtimoiy jazoga mahkum qilinishi yoki tahqirlanishi mumkin, bu ko’rinishdagi hulq – atvor shakllariga misol sifatida so’kish va haqoratlar, «ahmoqona to’da»ga qo’shilish, odatga aylanmagan tarzdagi mastlik holatlari kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Deviant hulq – atvor bo’yicha tadqiqotlarda ko’pgina holatlarda guruh tarkibiga turli xildagi ko’plab hulq – atvor shakllari – giyohvand moddalarni qabul qilishga ruju qo’yishdan futbol musobaqasida bezorilik qilishgacha va xatto sehrgarlik, jodugarlik bilan shug’ullanish kabilar ham kiritilib, bu hulq–atvor shakllariga deviantlik yoki delinkventlik yorlig’i yopishtiriladi. Deviant sosiologiyasi ushbu ko’rinishda, hulq – atvorning an’anaviy kriminologiyada qonun yo’li bilan ta’qib qilinishga qaraganda nisbatan keng ko’lamdagi, bir jinsli bo’lmagan kategoriyalarini tadqiqot obyekti sifatida qabul qiladi.
Shuningdek, kriminal hulq–atvorga nisbatan alohida to’xtalib o’tish talab qilinadi. Jinoyatchilikka nisbatan munosabatda umumiy qabul qilingan qarashlardan biri sifatida – bu shunchaki yomon insonlardan iboratligi, ularga nisbatan yagona munosabat – bu ularni jazolashdan iborat deb bilish bilan bog’liq hisoblanadi. Insonlar ayrim holatlarda bir parcha non o’g’irlaganlik uchun aybdorni osgan, boshqa holatlarda jazo tariqasida esa o’g’ri tamg’asi kuydirib bosilgan yoki qulog’i kesib olingan. Biroq, bu ko’rinishdagi qat’iy qattiqo’l tartibdagi jazolashlar ish bermagan: jazo usullaridan majruhlik ortganiga qaramasdan jinoyachilik yuzlab yillar davomida avj olgan va yuqori darajada saqlanishi kuzatiladi.
Saudiya Arabistoni va boshqa ayrim musulmon mamlakatlarida o’g’irlik jinoyati hozirgi kunda ham aybdorning qo’lini kesish orqali jazolanadi, ayrim boshqa turdagi qonunbuzarlik holatlari esa o’lim jazosi bilan jazolanadi. Bunda o’lim jazosi ommaviy tarzda amalga oshiriladi, ko’pincha holatlarda jazo ijro etilayotganda jamiyatning barcha a’zolari ishtirok etishi ta’minlanadi. Biroq bu ko’rinishdagi amaliyotning natijalari ham huddi o’rta asarlar Yevropasida kuzatilgani kabi qayd qilinadi. Bu ko’rinishdagi qishloq hayoti asosidagi musulmon jamiyatlarida, masalan qotillik darajasi juda yuqori ko’rsatkichlarga egaligi bilan tavsiflanadi.
Shuningdek, bu turdagi jamiyatlarda xatto ko’pgina qotilliklar statistik ma’lumotlar ro’yxatiga tushirilmaydi va ular shunchaki umumqabul qilingan urf – odatlar asosida izohlanadi. Jabr chekuvchilarning ko’pchiligi ayollardan iborat bo’lib, ular ko’pgina holatlarda o’z erlari, aka – ukalari yoki otalari tomonidan «bevafo» sifatida an’anaviy urf – odatlarga ko’ra o’ldirilishi qayd qilinadi, xatto ayrim holatlarda oiladan tashqarida begona erkak bilan suhbatlashish holatlari ham qattiq jazolanadi. Bunday ko’rinishdagi jamiyatlarda jinoyat uchun zo’ravonlik asosidagi jazo qo’llanilishi avtoritar ijtimoiy struktura me’yorlariga mos keladi va shuningdek jamiyat ichidagi guruhlar o’rtasidagi urf – odatlarga binoan to’siqlar mavjudligi bilan ham izohlanadi.
3. Deviant (og’uvchanlik) hulq–atvor asosiy shakllarining namoyon bo’lishida mastlik va alkogolizm alohida o’rin tutadi, shuningdek fohishabozik, o’z joniga qasd qilishga olib keluvchi hulq – atvor, jinsiy kasalliklar zaminida shakllanuvchi deviant hulq–atvor, qonunbuzarlik va giyohvandlik keng tarqalishi kuzatiladi. Quyida ularga batafsil to’xtalib o’tamiz.
Alkogolizm – spirtli ichimliklarga patologik holatda ruju qo’yishdan iborat bo’lib, o’z navbatida bu holat shaxsning ijtimoiy – axloqiy jihatdan degradasiyasiga olib keladi. Mastlik – bu alkagolni me’yoridan ortiq iste’mol qilish bilan bog’liq holat hisoblanib, o’z navbatida bu holat shaxsning salomatligiga jiddiy havf tug’diradi, uning ijtimoiy moslashuvchanlik xususiyatini izdan chiqaradi. Rossiyalik sosiologlar tomonidan amalga oshirilgan tanlama tadqiqotlar natijalari ko’rsatishicha, yirik ishlab chiqarish korxonalarida 99% erkaklar va 97% ayollar alkagol iste’mol qilishi qayd qilingan. Ko’pgina holatlarda alkagol iste’mol qilish motivlari sifatida: shunchaki ko’ngilhushlik, yaqin muhitning ta’siri, an’analarga sodiq qolish, sanalarni bayram sifatida nishonlash, er–xotinlik va oilaviy munosabatlardagi kelishmovchiliklar, ishdagi omadsizliklar ko’rsatib o’tiladi27.
Fohishabozlik (lotincha prostitution – bo’lg’amoq, tahqirlanmoq). Olimlar tomonidan fohishabozlikka tegishli quyidagi asosiy belgilar ajratib ko’rsatiladi:

  1. Mashg’ulot turi – mijozlarning jinsiy mayllarini qondirish;

  2. Mashg’ulot tavsifi – turli xildagi shaxslar bilan jinsiy aloqa shakllarida tizimli tarzdagi fikrlashlar, hissiyotlarsiz ko’ngilhushlik va mijozlarning jinsiy ehtiyojlarini xohlagan yo’l bilan qondirishga yo’nalitirilgan xatti – harakatlar;

  3. Mashg’ulot motivi – pul yoki moddiy qimmataho buyumlar bilan taqdirlash ko’rinishida oldindan rag’batlantirish, rozilik, bu holat fohishabozlikning mavjudligida asosiy yoki qo’shimcha manbalar hisoblanadi.

Fohishabozlikning sabablari sifatida boshqa ko’plab ijtimoiy hulq- atvordagi og’ishlar singari ijtimoiy–iqtisodiy va ma’naviy–ahloqiy omillar ajratib ko’rsatiladi. Biroq, o’ziga xos sabablar ham mavjud hisoblanadi. Maslan, fohishabozikning yana bir boshqa sababi sifatida atrof muhitda fohishabozlikning rivojlanganligi ko’rsatiladi. Bu holatda qo’shmachilar, «tungi kapalaklar»ni saqlovchi muassasa egalari va boshqalar fohishalar bilan munosabalarda o’zlarining muloqot me’yorlarini o’rnatadi va ularni o’zlarining «qonun, ko’rsatmalar»iga bo’ysinishga majbur qiladi.
Ko’pgina ekspertlar tomonidan qayd qilinishicha, fohishabozlik muammosidan qochib qutilishning iloji yo’q, bu holat ko’payishga bo’lgan intilish kuchli namoyon bo’luvchi fiziologik ehtiyoj hisoblanadi. Fohishabozlik – bu shunday ijtimoiy muammoki, uni jinoyachilik, alkogolizm va boshqa deviant hulq–atvor turlari bilan bir qatorda hisoblash mumkin.
O’z joniga qasd qilishga olib keluvchi hulq–atvor. O’z joniga qasd qilish – bu ongli ravishda o’zini yashashdan mahrum qilish yoki o’z joniga qasd qilishga urinishdan iborat hisoblanadi. O’z joniga qasd qilish bu o’z–o’zini yo’q qilishga qaratilgan hulq–atvor bo’lib, bundan tashqari uni alkogolizm, giyohvand moddalarni qabul qilishga ruju qo’yish, davolanishni rad etish, mast holatda transport vositasini boshqarish, ongli ravishda urush va janjallarda ishtirok etish ko’rinishidagi deviant hulq–atvor guruhi tarkibiga kiritiladi.
O’z joniga qasd qilishga olib keluvchi hulq–atvor o’smirlarda ko’pgina holatlarda hayot tajribasiga ega bo’lmaslik va kelajak hayotini aniqlay olmaslik bilan izohlanadi. Aftidan bu sabablar bilan birgalikda alohida o’ziga xos sabablar ham mavjudligi ko’rsatiladi. Quyidagi sabablar keng tarqalgan:

  • Atrofida yaqin kishini yo’qotish yoki muhabbat hissining yuqori darajada his qilinishi;

  • O’zining munosibligiga bo’lgan ishonchsizlik hissi;

  • Chegaraga yetish darajasida adashish (yo’ldan ozish);

  • Alkogolizm ta’sirida mastlik va psixotrop moddalar qabul qilish oqibatida shaxsning himoya mexanizmlarining buzilishi;

  • Toksikomaniya va giyohvandlik;

  • O’z joniga qasd qilgan yuqori nufuzli shaxsga taqlid qilish;

  • O’tkir tajovuz, qo’rqinch shaklidagi affekt yoki frustrasiya holati, bunda odam o’z hulq – atvori ustidan nazorat qilish hissini yo’qotadi.

O’z joniga qasd qilishga olib keluvchi hulq–atvor sabablarini aniqlashda uning motivlari va unga olib keluvchi aniq shart–sharoitlar holatlarini oydinlashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Motiv va sabablarni aniqlash ma’lumotlarning kamligi sababli har doim ham samarali amalga oshirilmaydi.
Ijtimoiy muhit oiladagi, mehnat joyidagi yoki o’quv jamoasidagi mikroiqlim bilan tavsiflanib, shuningdek ijtimoiy muhit, ijtimoiy haqiqatning qayd qilinishi, moddiy ta’minot va boshqa obyektiv holatlar inson tomonidan uni ko’p holatlarda o’zgartirishning iloji bo’lmagan– inson hulq–atvoriga ta’sir ko’rsatuvchi jihatlar bilan belgilanadi28.
Giyohvandlik – bu kasallik hisoblanib, giyohvand moddalarga bog’liq holatda jismoniy yoki ruhiy qaramlik bilan namoyon bo’ladi, unga rad etib bo’lmas darajada bog’lanish va oqibatda organizmning jismoniy va ruhiy inqiroziga olib keladi.
Giyohvandlik ijtimoiy oqibatlarga ega hisoblanadi. Jinoiy elementlar sifatida – giyohvandlikda pulga oson erishish ko’rsatib o’tiladi. Giyohvandlikka ruju qo’yish o’lim darajasining, ayniqsa yoshlar orasida darajasi ortishiga olib keladi va shuningdek bir butun somatik va ruhiy kasalliklar «guldastasi» yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Giyohvandlik zamirida jinoyatlarga qo’l uriladi, ushbu ko’rinishda «tobelik, qumsash» holatidagi giyohvand giyohvandlik moddasini qumsagan holatda har qanday jinoyatga qo’l urishga tayyor turadi. Giyohvandlikka ruju qo’yish shaxsning bir qator jinoyatlarga – o’g’irlik, talonchilik, bosqinchilik kabilarga qo’l urishi fonida namoyon bo’ladi. Giyohvandlik avlodga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda bolalar jiddiy jismoniy va ruhiy nuqsonlar bilan tug’iladi, o’z navbatida bu holat oilaning barbod bo’lishiga olib keladi. Giyohvand shaxs sifatida inqirozga yuz tutadi, shuningdek giyohvand moddalarga tobelik oqibatida uning ma’naviy me’yorlarga zid bo’lgan xatti – harakatlarga moyilligi ortadi.
Giyohvandlikning ruhiy jihatdan subyektiv sabablaridan biri – turli xil sharoitlarga bog’liq holatda hayotdan qoniqmaslik hisoblanadi, jumladan shaxs hayotidagi qiyinchiliklar, ijtimoiy–madaniy muhitning yetishmovchiligi, bo’sh vaqtni ko’ngilli o’tkazishning tashkil qilinmaganligi, ijtimoiy nohaqlik, turmush sharoitlari qoniqtirilmaganligi, o’qish yoki ishdagi omadsizliklar, odamlardan ko’ngli qolish kabilar ko’rsatib o’tiladi.
Giyohvandlik – yoshlar kasalligi sifatida qayd qilinadi. U ijtimoiy hayotda me’yoriy holatda eng kuchsiz, irodasiz yoshlarni o’z domiga tortib ketadi. Uning mamlakat kelajagidagi havfi ham aynan ushbu holat bilan belgilanadi. Butun dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar orasida 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar yetakchilik qilishi qayd qilingan. Bu muhit orasida giyohvandlikning o’sishi jadalligi eng yuqori darajada namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda giyohvandlikka ruju qo’yuvchilar orasida o’rtacha yosh 13 yoshni tashkil qilishi uning jiddiy muammoligini anglatadi.
Giyohvandlikning turlari orasida toksikomaniya rivojlanishi qayd qilinadi. Keng tarqalgan giyohvandlik moddalari ro’yxati tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
1. Morfiy va geroin – opium alkaloidlari;
2. Barbituratlar deb nomlanuvchi uxlatuvchi moddalar guruhi;
3. Gashish (nasha, marixuana);
4. Asab tizimini qo’zg’atuvchi ta’sirga ega stimullovchi moddalar;
5. Kokain – koka o’simligi alkaloidi;
4. «Ijtimoiy nazorat» atamasi ilmiy sohaga Fransiyalik sosiolog va sosial psixolog Gabriel Tard tomonidan kiritilgan. U bu atamani kriminal hulq – atvorni tuzatishda muhim vosita sifatida ta’kidlaydi va uning yordamida jinoyatchilarni «me’yoriy» jamiyat hayotiga qaytarish mumkinligini ta’kidlaydi. Navbatdagi tadqiqotlarida Tard tomonidan ijtimoiy nazorat tushunchasi ijtimoiylashuv jarayonida muhim omil sifatida ko’rsatib o’tiladi. Qayd qilib o’tish kerakki, bir qator G’arb sosiologlari tomonidan ijtimoiy nazorat masalasi deviant hulq–atvor ustida ishlash va uning ayniqsa tajavuzkor shakllari namoyon bo’lishi sharoitida bu masalani hal qilishga katta e’tibor qaratilgan.
Ijtimoiy nazorat nazariyasining kengaytirilgan shakli amerikalik sosiologlar – E.Ross va R.Park tomonidan ishlab chiqilgan. Ross tomonidan bir tomondan ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishish usullarini qidirish va o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa u individual erkinlik masalasini ilgari suradi. U eng avvalo ijtimoiy qadriyatlarning internalizasiyasi sharoitida ichki ma’naviy va ijtimoiy nazorat talab qilinishini ta’kidlaydi. Biroq, bir vaqtning o’zida barcha tashqi siyosiy nazoratning ortib boruvchi ahamiyatini ham tan oladi va maqsadga yo’naltirilgan tarbiya, din, jamoatchilik fikri, ijtimoiy va huquqiy cheklashlar ko’rinishidagi holatlarga tayanishni yoritib beradi.
E.Ross bo’yicha ijtimoiy tartib uzoq tarixiy rivojlanish jarayoni mahsuloti sifatida yuzaga kelib, faqatgina xususiylikka (eng avvalo – shaxsiy) bo’lgan umum hurmat asosidagina ushbu holatga erishish mumkinligi ta’kidlanadi.
Robert Park «Chikago maktabi» asoschilaridan biri hisoblanib, «mumtoz» ijtimoiy–ekologik nazariya muallifi sifatida tanilgan, u jamiyat «nazorat va kelishuvlar» asosida mavjud deb hisoblagan. U ijtimoiy nazoratni juda muhim vosita sifatida, inson tabiati va ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashni ta’minlovchi o’rnida tavsiflagan. Bunda Park tomonidan ijtimoiy nazoratning uchta shakli ajratib ko’rsatiladi:

  1. Elementar, asosan majburiy choralar;

  2. Jamoatchilik fikri;

  3. Ijtimoiy institutlar faoliyati.

Tolkott Parsons o’zining «Ijtimoiy tizim» asarida ijtimoiy nazoratni tavsiflab, uning yordamida deviant hulq–atvorni neytrallovchi sanksiyalarni qabul qilish mumkinligini qayd qiladi, ushbu asosda ijtimoy barqarorlikka erishish mumkinligini ko’rsatib o’tadi. U ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda uchta asosiy usulni ajratib ko’rsatadi:


  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish