Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


Dindan xatto yuz o’girganlar ham yoshlik chog’larida diniy e’tiqodning kuchli ta’sirida bo’lganliklari kuzatiladi



Download 0,68 Mb.
bet11/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Dindan xatto yuz o’girganlar ham yoshlik chog’larida diniy e’tiqodning kuchli ta’sirida bo’lganliklari kuzatiladi. 17
Ko’pgina kishilar sportni qiziqish va hordiq chiqarish deb o’ylaydilar. Lekin, sport ham sosializasiya agenti bo’lib gavdalanadi. Aynan sport musabaqalari tufayli erkaklar va ayollar o’zlari haqida tasavvurga to’liq ega bo’ladilar. Xatto, atlet bo’lmagan erkaklar uchun sport haqidagi bilimlar va musobaqalar ulardagi gender sosializasiyasining manbasi bo’lib xizmat qiladi. Sport musabaqalari raqobatchilik, etiket, halol o’yin kabi oliyjanob qadriyatlarni tarannum etadi. Sport kishilarda odamiylik xislatlarini kuchaytiradi.
Yoshlar maktabga chiqishlari bilanoq sosializasiyaning boshqa davri boshlanadi. Maktab, o’qituvchilar, va boshqa o’quvchilar endi yangi kutishning mabasi bo’lib xizmat qilishadi. Maktabdagi kutishlar bilan duch kelayotgan o’quvchilarning hulq-atvorini o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi.18

Ijtimoiylashuv agentlari - ijtimoiy rollarni o’zlashtirishda va madaniy me’yorlarga o’rgatishdagi mas’ul odamlar. Ijtimoiylashuv institutlari ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi va uni yo’naltiruvchi idoralar. Ijtimoiylashuv birlamchi va ikkilamchi ko’rinishga bo’linsa, agent va institlar xam birlamchi va ikkilamchilarga ajratiladi. Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari - ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, bobo-buvilar, uzok-yakin karindoshlar, yollanma enagalar, oila dustlari, tengdoshlar, o’kituvchilar, trenerlar, vrachlar, yoshlar ijtimoiy gurux liderlari.


Birlamchi atamasi sosiologiyada insonni o’rab turgan va ajralmas narsalarga aytiladi. Shuning uchun sosiologlar kichik guruxlarni birlamchi gurux sifatida talkin kilganlar. Birlamchi muxit insonga yakin bo’libgina kolmay, uning shakllanishida asosiy rol o’ynaydi. Ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlari - maktab, administrasiya xodimlari, universitet, tashkilot, armiya, polisiya, cherkov, davlat, televideniye xodimlari, radio, nashriyot, partiya, sud xodimlari. Ikkilamchi atamasi ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarning 2 chi "vagon"i xisoblanadi va u insonga muxim bo’lmagan ta’sir ko’rsatadi. ushbu agentlar bilan aloka kam bo’ladi. Ular davomiy emas. ularning ta’siri birlamchi agentlarga karganda chukur emas. Ikkilamchi guruxlarni sosiologlar rasmiy tashkilot idoralar deb ataydilar. Ijtimoiylashuv institutiga aynan ular mansubdirlar. oila xakida umumiy fikr bildirilganda, uni birlamchi sosiologiya instituti sifatida kabul kiladilar. Oila a’zolari va karindoshlarni esga oladigan bo’lsalar, ularni agentlar deb atashadi.
Birlamchi ijtimoiylashuv agentlarining funksiyasi o’zaro boglik va uzgaruvchan, ikkilamchi ijtimoiylashuvda esa yo’k. Birlamchi ijtimoiylashuv universal 2 chisi esa maxsus. masalan, tengdoshlar va ota-onalar funksiyalari o’zaro boglik va o’zgaruvchan. Tengdoshlar tez-tez ota-onalarning o’rnini egallab ularning ijtimoiylashuv funksiyasini bajaradi va aksincha. Lekin ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlarini tor maxsuslashgan bo’lgani uchun ularni bunday deyish bo’lmaydi: sudya, brigadir yoki o’kituvchining o’rnini bosa olmaydi.
Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari universaldirlar. Kadriyatlar birlashmasi xisoblangan ota-onalardan farkli ravishda tengdoshlar bir laxza "men" xarakatga tashki ko’rinishga kuprok ta’sir ko’rsatadilar. Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari va ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlari o’rtasidagi yana bir fark bu ikkinchi ijtimoiylashuv agentlari o’zlarining vazifalarini bajarganliklari uchun pul oladilar. Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari esa yuk.
5. Ijtimoiylashuv xayot sikli bilan mos tushadigan boskichlarni bosib o’tadi. Insonlarni o’zining "men"i ni shakllanishida rol uynaydi: oliy ukuv yurtiga kirish (talabalik xayotining sikli), oila kurish (oilaviy xayot sikli), kasb tanlash (mexnat sikli), armiyada xizmat kilish (armiya sikli), nafakaga chikish (nafaka sikli). Xayotiy sikl ijtimoiy rollarning o’rin almashishi bilan boglik. yangi statusga erishish oldingi odatlardan voz kechish, atrofdagilar, do’stona munosabatlarni o’zlashtirish bilan boglik. Inson yangi xayot sikliga kadam ko’yar ekan, u ko’p narsalarni kayta o’rganib chikishga to’g’ri keladi. Ushbu jarayon sosiologiyada 2 boskichda namoyon bo’ladi. Eski kadriyatlardan, me’yorlardan, rol va xatti-xarakat konuniyatlaridan voz kechish, desosializasiya deyiladi.
Yangi kadriyatlarni, me’yorlarni, rollar va xatti-xarakat konun-koidalarini kabul kilish, resosializasiya deyiladi. desosializasiya va resosializasiya - bu davomiy yoki kattalar ijtimoiylashuvining 2 tomoni xisoblanadi. Bolalik yoki usmirlik davrida individ oilada, maktabda tarbiyalanar ekan, uning xayotida jiddiy burilish bulmaydi. Ota-onalarning ajralishi tarbiyaning internatda yoki bolalar uyida tarbiyalanishini xisobga olmaganda. Uning ijtimoiylashuvi bir maromda o’tadi va o’zida yangi bilimlar va kadriyatlar me’yorlarini to’playdi. bolaning xayotidagi yirik uzgarish u kattalar xayotiga kadam kuyishida ruy beradi. Ushbu yoshda xam ijtimoiylashuv bo’lsa xam ularning moxiyati tubdan o’zgaradi. Shunda desosializasiyaning birinchi bosikichi namoyon bo’ladi. (eskilardan tonish) va resosializasiya sodir bo’ladi (yangilarini topish). Ba’zida inson shunday vaziyatlarga tushib koladiki, desosializasiya chukur asorat koldiradi va natijada insonning shaxsiy xususiyatlari xam vayron bo’ladi va resosializasiya ustun keladi, lekin u yo’kotilgan kadriyatlar, me’yorlar va rollarni tiklay olmaydi. Shunday vaziyatlarga kamoklarda, lagerlarda, ruxiy kasalliklar shifoxonasida, ba’zi xollarni armiyada muddat o’taganlar tushib koladilar. Mashxur amerikalik sosiolog Irving Goffmon ekstremal sharoitlardagi resosializasiyani "tuban institutlar" deb ataydi va xususiyatlarini belgilab beradi.Tashki dunyodan ajratish (baland devor, kafas, maxsus propusk);
- bir xil odamlar bilan ya’ni birga ishlovchi, dam oluvchi insonlar bilan doimiy aloka;
- ismni o’rganish, ya’ni ismni o’rniga nomer olish, statusga erishish;
- askar, kasal, kamokdagi odam;
- eski kadriyatlar, me’yorlar, urf-odatlardan voz kechib yangilarini kabul kilish;
- xarakat erkinligini yo’kotish.
Bunday xollarda individ yo’nalishini o’zgartirib kolmay, uning xususiyatlari buziladi. bolalarning ijtimoiylashuvi boshka sharoitlarda yuz beradi:
- tashki dunyodan ajralib kolishining yo’kligi;
- turli xil odamlar bilan mulokotda bo’lish;
- avvalgi agentifikasiyaning tiklanishi;
- ismni, kiyimni o’zgartirish yo’kligi;
- xarakat erkinligining kengligi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish