KASHFIYOT - TEXNIK MASALALARNI YECHISHNING ILMIY ASOSI SIFATIDA.
REJA:
Kashfiyot - tushunchasi.
Kashfiyot turlari.
Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari.
Tayanch tushunchalar:
Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari malum bо‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan о‘zgartiruvchi tahsirga ega bо‘ladi.
Kashfiyotning ishonchliligi - obyektiv mavjud bо‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki hodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba-sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim.
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi - kashfiyot uchun tuziladigan ariza quyidagi hujjatlardan iborat bо‘lishi lozim: kashfiyot uchun diplom berilishini sо‘rab yozilgan ariza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini tasdiqlovchi hujjatlar, kashfiyot ishonchliligini va ahamiyati tо‘shrisidagi xulosa hamda yordamchi materiallar.
Kashfiyot tushunchasi.
Ilmiy texnika ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy о‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bо‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Kо‘p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot – tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish huquqi» О‘zbekiston Respublikasi asosiy qomusi bо‘lgan konstitusiyada kafolatlangan bо‘lib, Nizomga muvofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari ma’lum bо‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan о‘zgartiruvchi ta’sirga ega bо‘ladi.
Kashfiyot turlari.
Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish – ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyat bilan bog‘liq bо‘lmay balki ekspeditsion topilma hisoblanadi. Shuningdek matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham obyektiv haqiqatni aks ettirganligi uchun huquqiy jihatdan tan olinmaydi.
Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari.
Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning quyidagi meyoriy tushunchalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.
Yangiligini asoslash.
Ishonchligini asoslash.
Ushbu meyoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Birinchi keltirilgan «moddiy dunyoda obyektiv mavjud bо‘lgan qonuniyatlar, xususiyat va hodisalarni qayd qilish» tushunchasi - kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu о‘rinda bilish tushunchasi о‘z ichiga berilgan obyekt (qonuniyat, hodisa, xususiyat)ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi tо‘g‘risidagi holatlarni qamrab oladi.
«Kashfiyotning yangiligi»ga О‘zbekistonda Jahon miqyosidagi yangilikka ega bо‘lish talabi qо‘yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka da’vogar bо‘lgan har qanday manbaa e’tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bо‘lib shakllantirilib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi.
«Kashfiyotning ishonchliligi» obyektiv mavjud bо‘lgan qonuniyat, xususiyat va hodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik (hodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog‘liqlar) nazariy yoki amaliy jihatdan asoslanadi. Kashfiyot - ilmiy ekspertizadan о‘tgandan keyingina huquqiy jihatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan о‘tkazish uchun mualliflar qilingan kashfiyot bо‘yicha talabnoma beradi. Talabnomadan namuna bо‘yicha tо‘ldiriladi. Talabnoma о‘z ichiga - kashfiyot bо‘yicha diplom berish uchun ariza, qilingan kashfiyotning tо‘liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy-amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan о‘tkazadi va ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning - ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Kashfiyot tushunchasining huquqiy va ommalashgan manolarini tavsiflab bering.
Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish nima sababdan ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi? Javobingizni asoslang.
«Kashfiyotning ishonchliligi» qanday qilib aniqlanadi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |