Mavzu: Kashfiyot-texnik masalalar yechishning ilmiy asosi sifatida.
Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism: 1. Kashfiyot tushunchasi. Kashfiyot turlari.
2. Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari.
3. Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy - texnik va patent axboroti
4. Texnik ijodkorligida ishlatiladigan metodlar.
5. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati.
Kirish. Kashfiyot Moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi.
Kashfiyotning ishonchliligi Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki xodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim.
Kashfiyot uchun a’rizaning tarkibi Kashfiyot uchun tuziladigan a’riza qo‘yidagi xujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: Kashfiyot uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan a’riza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materillar.
Ixtiro-xalq xo‘jaligi, ijtimoiy ma’daniy qurilish yoki mudofa soxasida masalani ijobiy samara beradigan qilib yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish.
Ixtirochilik xuquqi-kashfiyotlar bilan,ixtirolar va ratsionaliztorliku takliflari qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi meyorlar majmui.
Patent xujjatlari-bu shunday xujjatlar yig‘indisi bo‘lib, unda ilmiy-texnik tajribalar va loyixa konstruktorlik ishlanmalrining mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Kashfiyot tushunchasi. Ilmiy texnika ijodkorlikka rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko‘p xolatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot-tushunchasi ikki xil: xuquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish xuquqi» O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot-moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlashi bialn tavsiflanib u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi.