Salib yurishlarining ahamiyati. Harbiy ekspeditsiyalar sifa-tidagi salib yurishlari batamom muvaffaqiyatsizlik bilan tu-gadi. Evropa feodallari SHarqda mustahkam davlat barpo eta olmadilar. Istilo qilipgan deyarli barcha territoriyalarni qoldirib ketishga to‘g‘ri keldi. Ritsarlar SHarqni tashlab chiqib ketdilar. Bir qancha sabablar shunga majbur etdiki, Evropa feodallarida yangi salib yurishlari uyushtirish ishtiyoqi qol-madi. XIII asr oxiriga kelib, Evropada siyosiy vaziyat tamomila o‘zgardi. bujudga kelgan milliy davlatlar bir-birovlari bi-. lan shiddatli va uzoq davom etgan urushlar boshlab yubordi-lar; ritsarlar o‘z harbiy hunarlarini Evropaning o‘zida ham qo‘llanish imkoniga ega bo‘ldilar. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarnsh kuchlariping o‘sishi va tovar-pul muposabatlarining yanada rivojlanishn bilan ritsarlar o‘z dshqoplaripi ishlatib katta-katta daromadlar oladigan bo‘ldilar, ritsarlarning bir qismi (masalan, Angliyada) qishloq xo‘jaligi bilan tunu kun shug‘ullana boshladi. YAqin SHarq, aksincha, bu vaqtda salibchi-lar tomonidan talangan va xarob etilgan edi. XIII asrda mo‘g‘ul-larning Urta Osiyoga bostirib kirishi YAqin SHarqning ahvoli-ni yana battarroq yomonlashtirib, Hindiston va Xitoy bilan savdo-sotiq aloqalarini qiyinlashtirib qo‘ydi. SHunday qilib, G‘arbiy Etsropa feodallari nazarida SHarq ham o‘zining avvalgi jalb qiluvchi kuchipi yo‘qotib qo‘ygan edi. Salib yurishlari bu feodallarning havasipi keltirmaydigap bo‘ldi.
Harbiy muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, har qalay, salib yurishlarining G‘arbiy Evropa taraqqiyoti uchun ahamiyati g‘oyat katta bo‘ldi. Avvalo, salib yurishlari Urta dengiz bo‘yi mam-lakatlarida Evropa savdo-sotig‘ining rivojlanishiga yordam berdi. Bu salib yurishlari natijasida arab va vizaitiyalik savdorgarlarning YAqin SHarqdagi savdo monopoliyasi qattiq zarbaga uchradi va bu erlarda Italiya, janubiy Fransiya va sharqiy Ispan (Kataloniya) shaharlari gegemoniyasi o‘rnatildi. Endilikda bu shaharlar SHarq bilan Evropaning qolgan qismi o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. Salib yurish-lari vaqtida G‘arbiy Evropaning SHarq bilan savdo-sotiq alo-qalari muntazam bir yo‘lga tuщgan edi. Levantiya savdosi (Evropada uni shundaydeb atardilar) G‘arbiy Evropa ekonomi-kasining uzviy bir qismi bo‘lib qolgan edi. Salib yurishlari-ning boshlarida SHarqda,n keltiriladigan tovarlar miqdori shu yurishlar oxiriga kelib o‘n marta ko‘paydi. Venetsiya bilan Genuya Urta dengizning sharqiy yarmigacha, to SHimoliy Qora dengiz sohiligacha kirib bordilar va u erlarda ko‘pdan-ko‘p savdo faktoriyalari barpo qildilar.
So‘ngra, salib yurishlar evropaliklarning SHarqning sanoat va qishloq xo‘jalik texnikasi bilan tanishishlariga imkon ber-di. Evropaliklar shu davr ichida SHarq to‘qimachilik va metallurgiya ishlab chiqarishining, bo‘yoqchilik ishyning, atir-upa va dorivorlar tayyorlash ishyning ko‘pgina usullarini o‘rgandilar, shuningdek, grechixa, shafran (za’far), sholi va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini Evropaga olib ketdilar.
SHarq maishiy masalada evropaliklarga katta ta’sir ko‘r-satdi. Ritsarlar SHarqning nozik odatlarini, saroy mulozamat («nazokati») qoidalarini o‘zlashtirib oldilar, o‘zlarining badan, yuz, sochlarini yaxshilab parvarish qiladigan bo‘ldilar. Vannalarda va yaxshi jihozlangan hammomlarda yuvinish o^at tusiga kirdi. Ritsarlik qasrlarida va shahar xonadonlarida SHarqdan keltirilgap ajoyib yangi shaxmat o‘yini paydo bo‘ldi.
SHarq bilap yaqip aloqa qilish natijasida evropaliklarning saviyasi sezilarli darajada kengaydi. SHarqda madaniy xalqlar bor ekanligini ilgari ular xayollariga ham keltir-magan edilar. Dag‘al diniy fanatizm (mutaassiblik) ideolo-giyasini qurol qilib olib salib yurishlar boshlagan ko‘pgina g‘arbiy evropalik feodallar va savdogarlar SHarq hayoti bilan tanishgaplaridan keyin, boshqa dinlarga ancha-muncha yo‘l qo‘yadi-gan bo‘ldilar. Evropaliklar xristian dinini musulmon dini bilan taqqoslab ko‘rib, xristian dinining o‘ziga va xususan salib yurishlarp davrida o‘rta asr papaligi tomonidan bevosita amaldn qo‘llanilgan teokratizm ideyaga nisbatan ba’zi bir taiqidiy «idisha va mulohazalarga kela bildilar.
Ammo salib yurishlarining G‘arbiy Evropaga ko‘rsatgan t-a’-siri hyaqidi pshirilar ekan, Arablar SHarqining madaniyati salib yurishlarndan tashqari, boshqacha yo‘llar bilan, jumla-dan, Ispanii orqpli Evropaga o‘tib kirganligini ham unutmas-lik kerak. Ispaniya arablari yoki mavrlar G‘arbiy Evropani-arab madaniyatiippg bir qancha juda muhim tomonlari bilan tanishtirgan edilpr. Np.chaitiyaning butun o‘rta asr davomida Italiya, ayniqsa Venetsii orqali ko‘rsatgan ta’siri bilinib turardi. Ikkinchi tomopdai, G‘arbiy Evropaning o‘zi XI—XIII aerlar davrida o‘zining ishlab chiqaruvchi kuchlarining o‘sishi jarayonida yangi ijtimoiy, siyosiy va madaniy formalar yaratdiki, salib yurishlari bu formalarning rivojlanishiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi, xolos. CHunonchi, dehqonlarning krepostnoy qaramlikdan ozod bo‘lishi, markaz-lashgan davlatlarning rivojlanishi, shaharlarning ravnaq topishi Evropadagi tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos jarayoni-dan boshqa narsa emas edi. Salib yurishlari keyingi o‘rta asr Evropasi hayotidagi bu eng muhim hodisalarning rivojini tez-latdi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |