Mavzu : salib yurishlari


Diniy-ritsarlik ordenlari



Download 34,83 Kb.
bet4/7
Sana09.07.2022
Hajmi34,83 Kb.
#763929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11.Salib yurishlari

Diniy-ritsarlik ordenlari. Salibchilar SHarqda mudofaani tashkil qilmoq uchun o‘ziga xos doimiy qo‘shin tuzishga majbur bo‘ldilar.
1099—1100 yillarda birinchi salib yurishi tamom bo‘lgan-dan keyin ritsarlarning bir qismi Evropaga qaytib ketdi. Falastinda hammasi bo‘lib bir necha ming ritsar qoldi, xolos. SHundan keyin bu ritsarlarga yordam tariqasida diniy-ritsar­lik ordenlari barpo etildi. Bular ayni bir vaqtda ham mo-naxlar, ham ritsarlar bo‘lib xizmat qildilar. Ularning max­sus monaxlik ustavi va ayni zamonda, alohida diniy va harbiy boshliqlari — ordenlarning magistrlari bor edi. Ordenlar •bevosita papaga bo‘ysunardi. «Ritsar-birodarlar» ritsarlik yarog‘-aslahalari ustidan alohida monaxlik plashlari — mantiyalari1 kiyib yurardilar. Ammo qolganlari chinakam ritsar-lar bo‘lib, ular odatda harbiy ta’lim kurgan, ajoyib chavandoz hamda qilich va nayzani mohirona ishlata biladigan kishilar edi. Odatda bu odamlar ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan ko‘proq ritsarlar oilasiga mansub shaxslar edi. Falastinda va Evropaning turli mamlakatlarida ordenlarni er-mulklari bo‘­lib, ular shu er-mulklardan keladigan daromadlar hisobiga yashardilar. SHarqda uchti orden tashkil etildi. 1119 yilda bi-rinchi bo‘lib. tamplierlar yoki ibodatxona ahllari (fransuzcha temple — ibodatxona degan fransuz ordeni tashkil bo‘ldi, chunki orden binosi, rivoyatlarga ko‘ra, qachonlardir podsho Salomonning qadimiy yahudiylar ibodatxonasi joylash-gan territoriyada bo‘lgan. Tamplierlar ordeni tashkil bo‘lgan-dan keyin, tez orada shunga o‘xshash, gospitalerlar yoki ionnitlar (o‘z homiysi avliyo Ioann sharafiga) degan italyan ordeni bunyodga keldi. Dastlabki paytlarda gospital­erlar haqiqatan o‘z oldilariga ziyoratchilar davolanadigan gospitallarda — kasalxonalarda xizmat qilishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Keyinroq 1190 yilda nemislarning uchinchi bir ordeni ta’sls etilib, u Nem i s yoki Tevton ordeni deb ataldi. Bu orden boshqa ordenlardan ancha keyinroq barpo etilib, u Falastinda uncha uzoq turmadi. XIII asr boshida Tevton ordeni Evropaga ko‘chib o‘tib, Quyi Visla daryosi qirg‘og‘i-ni o‘ziga makon qilib tanlab oldi, polyak feodallari mahalliy «majusiylar»ga —"prusslarga qarshi kurashish uchun Tevton ordenini bu erga taklif etgan edilar. Tevton ordeni Prussiyani istilo etib va shuping oqibatida «Tevton» ordeni degan nom o‘rniga «Pruss» ordeni degan nom olib, u Boltiq bo‘yida anchagi-na baquvvat davlatga aylandi va keyinchalik Polsha korolli-gpning o‘zining mustaqilligiga jiddiy xavf tug‘dira boshladi. Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. Biroq Quddus korol-ligi diniy-ritsarlik ordenlari tarzidagi qo‘shimcha kuchga ega bo‘lishiga qaramay, uning ahvoli juda nochor edi. XII asrning 30—40- yillarida Quddus korolligi eng kuchli korollikka ay-langap edi. Ammo 1144 yilga kelib uning erlarining anchagina qismini (Kichik Armaniston va Edessani) turklar bosib oldi. Quddus koroli turklarga qarshi Evropadan yordam berish uchuv yangi ritsarlarni chaqirishni so‘rab papaga murojaat qildi. Bunga javoban, 1147—1149 yillarda ikkinchi salib yurishi uyushtirildn. Ikkinchi salib yurishida fransuz koroli Lyudovik VII va germap imperatori Konrad III ham qatnashdilar. Lekin yurishga tortilgap harbiy kuchlar ancha ko‘p bo‘lishiga qaramay, bu yurish butuplan muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Salibchi­lar Quddusga xavf solayotgan Damashqni qo‘lga olmoqchi bo‘ldi-lar-u, lekin uddasidap chiqa olmadilar. Quddus korolligining ahvoli yaxshilanmadi. XII asrning ikkinchi yarmida uning ahvoli-yana. battar yomonlashdi. Salibchilar Quddus shaharining o‘zini qo‘ldan boy berib qo‘ydilar. Kurdlardan chiqqan sulton Salo-hiddin boshliq turklar 1187 yilda Quddusni bosib oldi. Sa-lohiddin (1171-—1193) markazi Misr bo‘lgan katta davlat barpo> etdi. U butun Misrni, Suriyaning bir qismini, Mesopotamiya-ning bir qismini egalladi va Quddus korolligini batamom tu-gatishga harakat qildi.
Salohiddinga qarshi Evropada yangi, uchinchi salib yurishi (1189—1192) tashkil qilindi. Uchinchi salib yurishi keng o‘yla-nilgan tadbir edi. Bunda Evropaning uchta davlati: fransuz, ingliz va german davlatlari qatnashdi. German imperatori bu vaqtgacha Italiyada ko‘pgina urushlar olib borgan, SHtaufenlar dinastiyasiga mansub bo‘lgan mashhur Fridrix I Barbarossa edi1. Ammo Barbarossa Suriyaning tog‘ tagidan oqib o‘tadigan daryosidan kechib o‘tish paytida 1190 yilda suvga g‘arq bo‘lganligi uchun Falastingacha etib bora olmadi. Koroldap judo bo‘lgan nemis otryadlariniig katta qismi Evropaga qaytib ketdi. Boshqa ikki korol — fransuz koroli Filipp II Avgust bilan ingliz koroli Richard I SHer yurak bir-birlariga azaldan dush­man edilar. Ular Falastinga u qadar hamjihatlik bilan ha­rakat qilmadilar. Har ikki korolning biri ikkinchisiga ishon-masdi.
Richard I SHarqdagi urushda eng aktivlik ko‘rsatdi. U avva-lo katta Kipr orolini bosib ola bildi, shundan so‘ng ingliz qo‘shinlari fransuz qo‘shinlari bilan birgalikda Urta dengiz sohilidagi muhim Akra qal’asini qamal qildilar (1191 i.). Akra ittifoqchilar tomonidan olindi. Lekin, shundan so‘ng, Filipp II Avgust Falastinni tashlab o‘z yurti — Fransiyaga qaytib ketdi. Richard Falastinda yana bir yil turib qoldi. YAffa yonidagi jangda (1192 yil avgust) Richard Salohiddinga jiddiy zarba berdi. Lekin Quddusni olishga muyassar bo‘lolma-di. U Salohiddin bilan shartnoma tuza oldi. Bu shartnomaga ko‘ra evropalik ziyoratchilar xristianlarning muqaddas shahar-lari hisoblangan QudDus, Vifleem, Nazaret va boshqa joylar-ga bemalol boradigan bo‘ldilar.
Uchinchi salib yurishining eng muhim natijasi, yuqorida es-latib o‘tilgapidek, Kipr orolining G‘arbiy evropaliklar tomo­nidan istilo etilishi bo‘ldi. Keyinchalik Quddus koroli o‘z saroy ahllari bilan birga Akradan bu erga ko‘chib keldi. Salib-chilarning barcha er-mulklari ichida Kipr korolligi eng mus-tahkam korollik bo‘lib chiqdi. Bu korollik XV asrning ikkinchi yarmigacha, ya’ni 250 yil yashadi.

Download 34,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish