To‘rtinchi yurish. Vizantiyaning istilo etilishi. XIII asrning boshlarida papa Innokentiy III Evropani yangi salib yurishiga da’vat etdi. Bu to‘rtinchi salib yurishi edi (1202—1204). To‘r-tinchi salib yurishi o‘ziga xos yurish bo‘lib, u boshqa salib yurishlariga nomi jihatdangina aloqadar bo‘lsa-da, lyokin u butun salibchilik harakatining bosqinchilik mohiyatini ro‘yi-rost ochib bergan yurish bo‘ldi. To‘rtinchi yurish qatnashchilari hatto Falastingacha xam etib bora olmadilar. Salibchilar bu safar turklarga yoki boshqa musulmonlarga qarshi yurish qil-may, balki xristianlar"Vizantiyasiga yurish qildylar. To‘rtinchi yurish tarixida venetsiyaliklar ayniqsa katta rol o‘ynadilar, ular yurish marshrutining o‘zini ham o‘zgartirib yubordilar. Salibchilarning feodal rahbarlari dastlab Turkiya-Misr sul-toniga qarashli Misrga yurish qilishni mo‘ljallagan edilar. Misr bilan foydali savdo-sotiq olib borgan, lekin Vizantiya-ni kuchsizlantirishdan manfaatdor bo‘lgan Venetsiya, salibchi-larni dastlabki niyatlaridan qaytarib, o‘zining savdo raqibi va konkurenti Konstantinopol ustiga yurish qilishga yo‘lladi. Angellarning yangi Vizantiya dinastiyasi ichidagi alg‘ov-dalg‘ov-lardan foydalangan (Komninlardan keyin 1185 yildan -idora qila boshlagan edi) salibchilar 1204 yilda Konstantinopolni bosib olib, Bolqon yarim orolining janubiy qismida Latin imperiyasi degan yangi davlat barpo etdilar. Quddus korrlligi singari, bu davlat ham tipik feodal davlat edi. SHimoliy fransuz feodali, Flandriya grafi Balduin imperiyaga boshliq qi-lib qo‘yildi. Imperiya sostavila bir nechta yirik vasallik mulklari: Fessalopika korolligi, Afina gersogligi, Axeyya knyazligi va boshqalar bor edi.
Vizantiyadan ko‘i miqdorda er-mulklarni: Qonstantinopol-ning bir qismini, Gallipol shahrini, Egey dengizidagi ba’zi orollarni, Ioniya orollarini, Krit orolini, Peloponnesning janubi:g‘arbiy qismini Venetsiya oldi. Vizantiyani istilo etishda eng katta rol o‘ynagan Venetsiya doji Enriko Dandolo «Romeya (Vizantiya) imperiyasining sakkizdan uch qismining ho-kimn dstan rasmiy nom oldi»1.
«Latin», ya’ni G‘arbiy Evropa feodallari Vizantiyaning mahalliy aholisini ayovsiz taladilar va ekspluatatsiya qil-dilar. Venetsiya Konstantinopolda, Bolqon yarim orolida va Urta depgiz sharqiy qismining ko‘pgina orollaridagi butun savdo-sotiq ishlarini o‘z qo‘liga kiritib oldi. Ammo Vizantiyaning ba’zi mulklari o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Qichik Osiyoning g‘arbin sohilida savdo-sotiq ishlarida muhim o‘rin tutgan greklarnnig Nikeya imperiyasi bu mulklar orasida eng kuchlisi hisoblanardi. Kichik Osiyo shimolidagi imperiyaning bir qismi Trapezund mustaqil bo‘lib qolaverdi. Bolqon yarim orolida Epir mustabidligi (knyazligi), Latin Amerikasi na-zaridan tashqarida qoldi.
Vizantiyaning istilo etilmagan uchta territoriyasidagi eng yirik Nikeya imperiyasining imperatori Mixail VIII Paleolog latinlar zulmi ostida yashagan greklarning xayrixohligiga tayanib, 1261 yilda Koystantinopolni bosib oldi va u erdan evropalik feodallarni haydab yubordi. Vizantiya imperiyasi ana shu tariqa qaytadan tiklandi. Lekin qaytadan tiklangan Vizantiya endi kuchsizlanib qolgan davlat edi. To‘rtinchi salib yurishi buyuk davlat bo‘lgan Vizantiyani yo‘q qildi. Vizantiya qayta tiklangandan keyin uning Bolqon yarim orolidagi va Kichik Osiyoning kambar qismidagi mulklarining ancha-munchasi cheklanib qolgan edi. To‘rtinchi salib yurishi boshlanishidan burunroq, Vizantiyaga qaram holda yashagan bolgarlar 1186— 1187 yillarda uning zulmidan xalos bo‘lgan edilar. Serbiya mulklari ham taxminan shu vaqtlarda Vizantiyadan ajralib chiqqan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |