So‘nggi salib yurishlari. Hammasi bo‘lib sakkiz marta salib yurishlari bo‘ldi. Lekin dastlabki to‘rtta salib yurishi eng mu-him deb hisoblanadi. Keyingi to‘rtta salib yurishida kishilar uncha ko‘p qatnashmagan, shuningdek, umumevropa xarakteriga ega bo‘lmagap yurishlar edi. Bu yurishlarda ayrim podsholar va alohida mamlakatlar ishtirok etgan edi. Beshinchi yuriщ (1217—1221)piit shupisi qiznqki, uning tashkilotchilari to‘rtinchi yurish qatpashchilariping dastlabki plapini qandaydir amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Beshinchi salib yurishi qatnashchi-lari dastlab Falastinda urush harakatlari olib bordilar, keyin ular bu urush harakatlarini Misrga ko‘chirdilar. Salib-chilar Misrda Damietta shahrini bosib oldilar, lekin keyin muvaffaqiyatsizlikka uchrash natijasida o‘zlari qo‘lga kirit-gan Nil vodiysining bir qismini bo‘shatib chiqishga majbur bo‘ldilar. Falastinda urush harakatlari olib borilgan dastlabki bosqichda Vengriya koroli Andrey II katta rol o‘ynadi.
Oltipchn yurish (1228—1229) Fridrix I Barbarossaning ne-varasi —■ Fridrix II SHtaufenning SHarqqa qilgan yurishi edi. Ammo bu safar ham biror-bir arzigulik keng urush harakatlari olib borplgapn po‘q. Fridrix II kuch ishlatib emas, balki ko‘p-roq diplomatii yo‘l bilan Quddusni va boshqa ba’zi bir sha-harlarni qaptarib olishga muyassar bo‘ldi. Ammo tez orada (1244 yilda) turklar Quddusni yana qaytarib oldilar va xris-tianlar uni endn bmtamom qo‘ldan chiqardilar.
Ettinchi va sakkpzinchi salib yurishlari fransuz koroli Lyudovik IX tomopidap uyushtirilib, ular fransuzlarning SHi-moliy Afrikadagi tl’siripi mustahkamlamoqchi bo‘lgan edilar. Lyudovik IX ham ettinchi yurishda (1248—1254) Misrga hujum qildi, lekin bu hujum yapa muvaffaqiyatsiz chiqdi. Uning o‘zi
asir tushib qoldi va bu asirlikdan qutulish uchun katta haq to‘lashi lozim bo‘ldi. Fransuzlarning bundan keyingi(1250 yyl-dan boshlab) qilgan urush harakatlari ham hech qanaqa natija bermadi.
Sakkizinchi yurishda (1269—1270) Lyudovik Tunis shahrini qamal qilish uchun zo‘r berib kuch to‘pladi, bundan muddao Af-rikada urush harakatlarini yanada davom ettirish uchun tayanch bazasiga ega bo‘lish edi. Ammo Tunisni qamal qilish paytida fransuzlar lagerida o‘lat kasali boshlanib, ko‘plar qatorida korolning o‘zi ham halok bo‘ldi. Bu yurish evropaliklarning so‘nggi yirik harbiy ekspeditsiyasi bo‘lib, u salibchilik hara-kati bayrog‘i ostida YAqin SHarqdagi musulmonlar joylashgan territoriyalarni bosib olishni maqsad qilib qo‘ygan edi. SHun-dan keyin SHarqqa qilinadigan yurishlar to‘xtadi. Salibchilar-ning er-mulklari birin-ketin qisqarib, turklar qo‘liga o‘ta boshladi. 1268 yilda turklar Antioxiyani, 1289 yilda — Tripo-lini, 1291 yilda — Akrani oldi. XV asrning ikkinchi yarmida Kipr oroli venetsiyaliklar qo‘liga o‘tdi.