9
Elektr ta’minoti sistemasining avtovatikasi
Elektr tizimi iste‟molchilarining ishonchli va uzluksiz elektr ta‟minoti
releli himoya bilan bir qatorda shikastlanishga qarshi avtomatika sistemasi bilan
ham ta‟minlanadi.Ulardan asosiysi quyidagilar:
- zaxiradagi ta‟minot manbani avtomatik ulash (ZAU);
- qisqa tutashuvda rele himoyasi bilan o‟chirilgan liniya, transformator va
shinalarni avtomatik qayta ulash (AQU);
- avtomatik chastotali yuksizlantirish (ACHT);
1. Avtomatik ulash
Elektr energiyasi ta‟minotida uzilishi mumkin bo‟lmagan birinchi
kategoriya iste‟molchilari zaxirali manba bilan ta‟minlanishi kerak. Zaxirali
ta‟minot manbani avtomatik ulash (ZAU) qurilmasi elektr stansiyalarida,
hamda ikki va undan ortiq liniya yoki transformator bilan ta‟minlangan tarmoq
podstansiyalarida keng qo‟llaniladi. Elektr stansiyalarida ZAU qurilmasi o‟ta
Muhim mexanizmlarning elektr motorlari (ta‟minlash nasosi, tutun so‟rgich va
boshqalar) ulanganda ishlatiladi. ZAU qurilmasi ikki qismdan iborat. Birinchi
qismga ishchi ta‟minot manbasi himoyasini to‟ldiruvchi minimal kuchlanish
himoyasi kiradi. Bu himoya ZAU qurilmasini ulaydi. Iste‟molchilarni elektr
energiya bilan ta‟minlash to‟xtatilgan barcha hollarda ishchi ta‟minot
manbasini o‟chirilishini ta‟minlaydi. Ikkinchi qismga ishchi manba o‟chirgichi
o‟chirilganda zaxira ta‟minot manbasining avtomatik ulanishini ta‟minlovchi
ulash avtovatika kiradi.
Taqsimlovchi uskuna ishchi liniya bo‟yicha normal ta‟minlanadi, uning
o‟chirgichi V1 ulangan. Zaxiradagi liniya o‟chirgichi V2 normal
o‟chirilgan.V2 o‟chirgich yukli yuritma bilan ta‟minlangan. V2 o‟chirgichni
yukni tushirish yoli Bilan ulash mumkin. O‟chirgich qo‟l bilan yoki masofali
(masofada) ulanadi.Bunda yuritma richagini ozod etuvchi maxsus ulash chulg„am
zanjiri tutashtiriladi.
Ko‟rsatilayotgan sxemada ZAU qurilmasi zaxirali liniyada o‟rnatilgan
TN2 kuchlanish transformatoridan ta‟minlanadi. V1 o‟chirgich o‟chirilganda
10
uning yuritmasidagi 1-blok-kontakti tutashadi, natijada ikkinchi yukli yuritma-
g‟altak chulg‟amida tok paydo bo‟ladi; g‟altak o‟zakni tortadi va 3 yukni
ozod etadi, u esa og‟ib o‟chirgich yuritmasi o„qini buradi va V2 o‟chirgichni
ulaydi, bunda zaxira liniyadan uskuna ta‟minoti tiklanadi. Sxemada uskunaning
yig‟ma shinasida kuchlanish yo‟qolganda ZAU ni ishga tushirishni ta‟minlovchi
minimal kuchlanish relesi (N<) ko‟zda tutilgan, agarda V1 o‟chirgich ulangan
bo‟lsa, bunda 5 va 4 rele ishga tushadi, V1 o‟chirgich o‟chadi, V2 esa ulanadi.
TN1 kuchlanish transformatori saqlagichlar yordamida himoyalanganda
avtomatik qurilmaning noto‟g‟ri harakati bo‟lmasligi uchun 2 ta kuchlanish
relesi o‟rnatiladi, ularning chulg‟amlari har xil fazalarga ulanadi, kontaktlari esa
ketma-ket ulanadi ZAU qurilmasi ishga tushganda iste‟molchilar ta‟minotidagi
uzilish vaqti himoyaning harakati vaqtlari yig‟indisidan tashkil topadi. Bular
o‟chirgichning ishchi manbadan o‟chirish va zaxira ta‟minot manbasi ulash
vaqtlaridir. Tez harakatlanuvchi rele himoya, o‟chirgich va yuritmalar uchun
bu vaqt 0,4-0,5 s tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: