Elektr energetika tizim avtomatikasining roli va unga qo‘yiladigan
asosiy masalalar va vazifalar
Elektr energetikaning asosiy masalalaridan biri elektrstansiyalar va
energosis-temaning
parallelь ishlash turg„unligini ta‟minlash. Ularning
turg„unligining buzilishi juda kup elektr energiyaning iste‟molchilarning
toksizlanishiga, elektr stansiya va tarmoqlarning elektr qurilmalarining
shikastlanishiga olib keladi.
Katta quvvatli elektroenergetik tizim – bu sunniy xosil qilingan katta sistema
bo„lib uni boshqarishni tashkillashtirish muxim va murakkab ilmiy – texnik
muammo xisoblanadi. Energosistemani birlashtirish uning ishlash ishonchliligini
va ist‟emolchilarni energiya bilan ta‟minlashning iqtisodiy samaradorligini
oshirishga qulaylik tug„diradi, lekin ammo bu imkoniyatni amalga oshirish rejimni
boshqarishning effektiv tizimini yaratishni taqoza etadi.
Energosistemaning turg„unligi ilmiy va fan – texnika yo„nalishi bo„lib
turg„unlikning umumiy nazariyasiga tayanadi va xar qanday material sistemaning
xarakatiga xar xil faktorlarning ta‟siri o„rganiladi. Sistemaning xarakati deyilganda
uning parametrlarining vaqt bo„yicha o„zgarishi tushiniladi. Energosistemada
shunday parametrlar ko„rinishida generatorlarning va yuklamaning quvvati, toklar,
kuchlanish, elektr mashina rotorlarning aylanish chastotasi va generatorlar
EYUKlari orasidagi burchak. Xar qanday material no„qtaning xarakati turg„un
xisoblanadi qachonki, agar ta‟sir etayotgan faktorlar ta‟sirida uning xarakati kichik
qiymatga o„zgarsa, aks xolda rejim noturg„un deb qabul qilinadi.
Aniqki, material sistema xarakatining turg„unliigini aniqlash usuli va tartibi
juda katta mexnat talab qilishi, uning xar bir xarakatining boshlang„ich xolatga va
xar bir faktorga bog„liqligi xisoblanadi. Ba‟zi xollarda sistema xarakatining
turg„unlik sharti umumiy xolda qaraladi. Bu sistemaning turg„unligini taxlil
qilishni bir oz osonlashtiradi. Sistema turg„unligini matematik mezonlar orqali
ifoda etish uning differensial tenglamasining murakkabligiga va ta‟sir etayotgan
turkining inrtensivligiga bog„liq.
Turg„unlik nazariyasini energosistemaga qullash imkoniyatiga ko„ra
sistemaning ikkita turg„unligini qaraymiz. Sistemada sodir bo„ladigan kichik
turtkilar ta‟sirida GOST 21027 – 75 ga ko„ra statik turg„unlik qaralsa , unda sodir
bo„ladigan katta turkilarda esa dinamik turg„unlik qaraladi. Ikkinchi tomondan
katta turtkilarda dinamik turg„unlik deyilganda sistemaning natijaviy turg„unligi
ham ko„zda tutiladi. Natijaviy turg„unlik – bu energosistemaning asinxron rejim
paydo bo„lgandan sung sinxron ishlash rejimini tiklash qobiliyatiga aytiladi.
22
Sistemaning turg„unlik masalasini statik turg„unlik masalasiga, dinamik va
natijaviy turg„unlik masalasiga bulish qandaydir bir ma‟noda shartli xisoblanadi.
Energosistema rostlanadigan ob‟ekt sifatida har xil ta‟sir va turtkilarga
uchraydi, bu sharoitda uning iqtisodiy yutuqlim va normal rejimini ta‟minlash
talab etiladi, shuning uchun u xar xil rostlovchi uskunular bilan jixozlanadi.
Energosistemaning turg„unligini oshirish bo„yicha qo„llaniladigan yangi
umumsistemaviy tadbirlarning kiritilishiga urishgacha bo„lgan vaqtlarda ham juda
katta ahamiyat berilgan. Bu masalani echish uchun energosistema uchun aynan
kerak bo„ladigan tadbirlar kompleksiga quyidagilar kiradi: kuchlanishning avariya
xolatida payishida sinxron generatorlarda qo„zg„atishni jaddalashtirish
(forsirovkani) qo„llash; barcha sinxron generator va sinxron kompensatorlarni
qo„zg„atishni avtomatik rostlagich bilan jixozlash; rele himoyasi va
uchirgichlarning tezkorligini oshirish; avtomatik qayta ulagich(AQU)ni tadbiq
etish, rezervni kiritish, chastota bo„yicha avariya holatida yuksizlantirish tadbirlari
qo„llaniladi.
Bu tadbirlarning yuqori samaradorligi ekspluatatsiya sharoitida va maxsus
tekshirishlar natijasida tasdiqlangan. CHunki ular o„zining qiymatini
energosistemani birlashtirish bosqichlarida va yagona energetik sistema hosil
qilinganda ham saqlaydi. SHunisi e‟tiborga molikki sinxron generatorlarda QAR
o„rnatilgandan sung sistemada sodir bo„ladigan kuchlanish kuchkisi batomom
bartaraf etildi.
Hudidiy energobirlashmalarni yaratish paytida energosistemada chastota va
quvvatning o„zgarish jarayoniga ta‟sir etadigan energosistemaning parametrlari va
xarakteristikalarini o„rganishga katta extiyoj to„g„iladi. Energosistemaning
normalь va avariya rejimlarini taxlil qilish va energosistemaning parallelь ishlash
bilan bog„liq bo„lgan masalani echish uchun va rejimni avtomatik boshqarish
uskunalarini tadbiq etish uchun birlashgan energosistemaning bir qancha parametr
va xarakteristikalarini talab etiladi. Bularga kiradi: boshqarilmaydigan
energosistemada chastotaning tebranishi, yana chastotani avtomatik rostlashda;
statizm yoki ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvatning va umumiy yuklamaning
chastotaga bog„liqlik xarakteristikasiga qiyaligi, energosistemaning aktiv
quvvatning keskin pasayishida va ekvivalent inersion doimiysining o„zgarishida
chastotaning o„zgarishining xarakteri; energobirlashmada quvvat balansi
o„zgarishining (chastota o„zgarishining) xarakteri va sistemalar aro aktiv quvvat
almashuvining noregulyar tebranishi kiradi.
23
Avariyaga qarshi avtomatikaning keng qo„llanilishi uzun elektr uzatish
liniyalarini barpo etish paytiga to„g„ri keladi; avariyaga qarshi boshqarish
uskunalari keng tarqaldi. Tranzit elektr uzatish liniyalarining rejimi va
turg„unligini ekperimentalь tekshirish va keyinchalik sistemalar aro bog„lanishni
tekshirishga olib kelgan tadbirlar avariyaga qarshi boshqarish uskunalarini
ishlashini va uning mostlashini optimallashga bag„ishlangan tekshirishlar kiradi.
Issiqliq elektr stansiyalarini (IES) yaratilishi va ularni turg„unlik sharti bo„yicha
parametrlari noqullay bo„lgan qatta quvvatli energobloklar bilan jixozlash IESni
avtomatik yuksizlantirish avtomatikasini kiritishni taqoza etadi. Bir qancha
IESlarda olib borilgan eksperimentalь tekshirishlar ko„rsatadiki eng samarali
avtoma-tiik qurilma bo„g„ turbinalarini avariya xolatida boshqarish (AUMPT) va
impulьsli yuksizlantirish avtomatikasini kiritishda etakchi rolь bajardi.
Birlashtirilgan yagona energosistema (EES) tarkibiga yangi birlashgan
energosistemalarni kiritishda va birlashgan energosistemalar aro bog„lanish
sxemasini sezilarli o„zgartirishlarda doimo sistemaning parallelь ishlash rejimini
va turg„unligini tekshirishlar olib borilgan. Bu olib borilgan sinashlar paytida
sistemalar aro aktiv quvvat almashuvining noregulyar tebranishi, turg„unlik sharti
bo„yicha sistemalar aro bog„lanishning chegaraviy rejimi, parallelь ishlashni
boshqaradigan uskunalar va usullar tekshirildi, avtomatik boshqarish
avtomatikasining optimal mostlash urnatilgan. Kupincha bu sinashlardan oldin
sistema rejimi va turg„unligini tekshiradigan kengaytirilgan xisoblash ishlari olib
boriladi; eksperimentalь va xisobiy tekshirishlarni solishtirish natijasida
xisoblashlar va tekshiralayotgan sistema modeli aniqlashtirilgan.
Katta energosistemalarning strukturaviy va rejimiy xususiyati uning normalь
va avariya rejimlarini avtomatlashtirish masalasini echish juda katta axamiyatga
ega. Ular orasida eng muximi xisoblanadi: chastotani birlamchi rostlashning
sifatini oshirish; aktiv quvvat va chastotani avtomatik ikkilamchi rostlashni
rivojlantirish
va
avariyaga
qarshi
boshqarish
sistemasi.
Sistemani
mukkamalashtirish va avtomatik boshqarish sistemasi, ya‟ni avtomatik qurilmani
va uning optimalь mostlashni tanlash uchun elektrostansiya agregatlarining
xarakteristikalarini, energosistema-ning yukini, butun energosistemaning normalь
va avariya sharoitlarida boshqarish jarayoniga ta‟sirini bilishi kerak.
Energosistemaning asosiy strukturaviy tashkil etuvchilariga kiradi:
- energosistemaning ortiqcha quvvat mavjud bo„lgan qismidan energiyani
energodefitsit bo„lgan qismiga turg„un uzatishni ta‟minlash uchun asosiy elektr
tarmoqning ishonchliligi;
24
- CHastotaning normativ qiymatida elektr stansiyalarning talab etilayotgan
quvvat balansini ta‟minlash va uni ushlab turish qobiliyatini- ya‟ni elektr
energiyani ishlab chitqarishning ishonchligligi;
- Energosistemaning yuklamali tugunlarini uzliksiz elektr energiya bilan
ta‟minlash qobiliyati va taqsimlovchi tarmoqning ishonchliligi;
energosistemaning ishonchliligi uning iste‟molchilarga etkazib bera
olmayotgan elektr energiyaning nisbiy qiymati bilan baholanadi. Uning sababi
rejimning avariya holatida buzulishini bartaraf etish va oldini olish uchun
dispetcher xodimlarining bo„yro„g„i bilan bajariladigan iste‟molchilarni cheklash
va uzish;
- elektr energiyaning sifati keskin uzgarganda elektr qurilmalarining
shikastlanishini va texnologik jarayonning buzilishini bartaraf etish uchun
xodimlar tomonidan bajariladigan operativ uchirishlar;
- energosistema sxemasining avariya xolatida buzulishi tufayli ta‟minlovchi
nimstansiyani butunlay yoki elementlarni avariya xolatida avtomatik uchirish;
- energosistemada maxaliy avariyaga qarshi avtomatikaning ta‟siridan
kuchlanish va chastotaning juda sezilarli darajada pasayishida yoki energosistema
rejimining avariya xolatida buzilishida avariyaga qarshi avtomatikasining ta‟sirida
ist‟emolchilarni avtomatik o„chirish.
Energosistema yiriklashgani va sistema tashkil etuvchi tarmoqlarning
rivojlangani sari aloxida elementlarning o„zaro bog„liqligi kuchayadi:
- energosistemaning biror qismida sodir bo„lgan turtki uning boshqa balki
juda o„zoqda joylashgan qismlarida xavfli rejim buzilishini tug„diradi;
- elektromexanik jarayonning xarakteri murakkablashib uning kechish vaqti
chuziladi, sistemaning dinamik turg„unligining buzilishi vaqti chuziladi,
sistemaning dinamik turg„unligining buzilishi kuproq chayqa-lishning
birinchissiklida emas, balki keyingissikllarda kuzatiladi;
- o„zoq davom etuvchi o„tkinchi jarayonlar paydo bo„ladi va uning
kechishiga yirik IES va AESlarining isiqlik qismida kechadigan jarayonlar o„z
ta‟sirini kursatadi;
- Energosistema qismlarining va elementlarining xususiy tebranish
chastotasining spektri kengayadi, va sistema butunlay sinxron chayqalish, asinxron
yurish, resinxronlash jarayonlariga xosil qilgan turtkilarga yanada sezgiriroq bulib
qoladi, yana sistemalar aro bog„lanishning turli – tumanligi, chegaraviy ruxsat
25
etilayotgan yuklama bilan kuchsiz va nisbatan kuchli bog„lanishlarning mavjudligi
va nisbatan katta bulmagan chastotaning keskin o„zgarishi sistemalar aro
bog„lanishning xavfli rejim buzilishiga olib keladi.
Elektr energiya sifat ko„rsatkichining pasayishi ishonchlilik darajasiga
sezilarli darajada ta‟sir kursatadi. Taqsimlovchi tarmoqlarda reaktiv quvvat
etishmovchiligi natijasida kuchlanishning pasayishi, tarmoq elementlarining
o„tkazuvchanlik qobiliyatini pasayishiga olib keladi, bu o„z navbatida tok bo„yicha
ruxsat etiladigan o„ta yuklanish chegaraviy qiymati bilan cheklanadi.
O„tkazuvchanlik qobiliyati statik turg„unlik sharti bilan aniqlaniladigan asosiy
tarmoqlarda kuchlanishning pasayishi elektrik bog„lanishlar bo„yicha aktiv
quvvatning ruxsat etiladigan qiymati chegarasining sezilarli darajada kamayishiga
olib keladi. Elektroenergetik sistemada chastotaning normal qiymatini
ta‟minlaganimishda va ushlab turganimizda, faqat ayrim avariyalargina EESning
qabul qiluvchi qismida sezilarli darajada maxaliy defitsit chastota satxining
pasayishiga olib keladi va ACHR qurilmasi yordamida ist‟emolchilarni uzish
kuzatiladi. Elektroenergetik sistemada umumiy quvvat defitsiti tufayli pasaygan
chastota bilan ishlash, bunda chastota bo„yicha tabiiy rezervning chastota satxining
avariya qiymatigacha yaqinlashishiga qarab kamayib boradi va rejimni
og„irlashtirishda nisbatan uncha sezilarli bulmagan quvvat deffitsitining paydo
bulishi ACHR ning ishlashiga olib keladi.
Elektr energiya bilan ta‟minlash ishonchliligiga bo„lgan talab PUE
tomonidan elektr energiyasini qabul qiluvchining kategoriyasiga mos va
texnologik jarayonning xarakter va mavjudligini xisobga olgan xolda ularning
javobgarlik darajasi bo„yicha aniqlaniladi va o„rnatiladi. Iste‟molchilarni va
yuklamali tugunlarni elektr bilan ta‟minlashning ishonchlilik darajasini
xarakterlaydigan sonli ko„rsatkich sifatida chastotaning o„rta va maksimalь qiymati
va elektr ta‟minlashdagi uzatish dovomiyligi xizmat qiladi.
Normalь yoki avariya jarayonlarida vaqtning oniy qiymatida avtomatik
boshqarish rejim parametrlarini ruxsat etilgan chegarada ushlab turuvchi, avariya
xolatida rejim buzilishlarni bartaraf etish va avariyaning rivojlanishini
chegaralaydigan avtomatik sistema va qurilmalar yordamida amalga oshiriladi:
- sistemalar aro va ichki muxim bog„lanishlarda aktiv quvvat oqimini
chegaralash va chastotani avtomatik rostlash sistemasi (ARCHM);
- transformatorlarning kuchlanishini avtomatik rostlash qurilmasi (ARN);
26
- parallelь ishlash turg„unligini sezilarli darajada oshiruvchi va
kuchlanishning avariya xolatida og„ishida forsirovka va rasforsirovkali
qo„zg„atishni avtomatik roastlagich (QAR);
- elektr sistemaning shikastlangan elementlarini uchiruvchi rele himoyasi
(RH), noturg„un qisqa tutashuvlarda nomalь sxemani tiklovchi avtomatik qayta
ulagich (AQU) va rezervni avtomatik kiritish qurilmasi (RAK);
- sistema turg„unligi buzilishini bartaraf etuvchi asinxron rejimni
tugatuvchi, sistemaviy shikastlanishning rivojlanishining havfini tug„diruvchi va
iste‟molchilar elektrqurilmalari va energosistema jixozlarining shikastlanishini,
kuchlanish va chastotaning avariya xolatida og„ishini bartaraf etish,
energosistemaning ishlashini butunlash buzish havfi to„g„ilishida energiya ishlab
chiqaruvchi qismlarining ishda qolish xolatining saqlanishini ta‟minlash;
- avariyaga qarshi avtomatika ta‟sirida uchirilgan yuklamalarning
ta‟minlashni tashkillashtiruvchi qurilma;
- elektr stansiya va tarmoqlari uchun havfli bo„lgan texnologik jarayoni
buzilishini yo„qotishni ta‟minlash yoki bu qurilmalarning shikastlanishining oldini
olish uchun uchirish texnologiyasini avtomatik qurilmasi.
Elektroenergetik sistema bunday tadbirlarning qullanilishi – uchirgichlar
ta‟sirini tezlashtirish, tezkor rele ximoyasi va xar xil tipdagi AQUlardan
foydalanish, generatorlarning inersiyasiz KAR va quzg„atishni jadallashtirish,
ACHR va RAK qurilmasi energosistemaning ishonchliligining nisbatan yuqoriroq
darajasiga erishishga imkoniyat tug„dirdi va ist‟emolchilarni uzliksiz elektr bilan
ta‟minlashga erishildi.
Energosistema uchun qullanilishi shart bulgan bu tadbirlar siste-maning
ishonchliligini oshirishda xozirgi kunda va kelajakda muxim faktor sifatida uzining
axamiyatini yo„qotmaydi.
Energosistemaning ishonchliligini ta‟minlash masalasi IESlarda turg„unlik
sharti bo„yicha xarakteristikasi noqulay bo„lgan va birlik quvvati katta bo„lgan
agregatlarni
(bloklarni)
kiritish
bilan
murakkab-lashib
bormoqda.
Bu
agregatlarning oldingi qo„llanilgan agregatlarga nisbatan xususiyati:
- aktiv materiallarni juda katta miqdorda qullanilishi;
- mexanik inersion doimiysining kamayishi, reaktiv qarshiliq-larning
kupaytirilishi va generatorlar rotor va statorining o„tayuklanish bilan ishlash
davomiyligining kamayishi.
27
Keyingi paytlarda katta birlik quvvatli turbogeneratorlarda qo„llashga
muljallangan kuchli ta‟sirli QARni mukamallashtirish ustida olib borilmoqda.
Energosistemaning rejim va sxemasi buzilganda energobloklarning bir qismini
uchirish bilan katta quvvatli IES avariya xolatida yuksizlantirish avtomatikasining
keng qo„llanilishi talab etilmokda. Keyingi paytlarda bo„g„ turbinalaroining
quvvatini avariya xolatida boshqarish uskunasi (AUMPT) ishlab chiqilgan, bu
uskuna ekspluatatsiya sharti bo„yicha xoxlanmagan katta quvvatli energobloklarni
uchirishni bajarish bilan IESlarini yuksizlantirishga imkon beradi.
Energosistemani operativ boshqarishda va uning rejimni rejalash-tirishda
xamda rejimni kuzatib borishda asosiy tamoil (prinsip) va boshqarishda pastki
zvenoning irarxiya buyicha yukori zvenoning rejimi-ning optimalligini ta‟minlash
bo„yicha buysinishi xisoblanadi; bu bilan energosistema qamrab oladigan energetik
tashkilotlarning eng kullayroq bulgan ratsionalь ishlashiga erishiladi. Dispecherlik
boshqaruvning murakkabligi boshqarishning murakkab masalalarini boshqarish
irarxiyasining barcha pog„onalarida echiladigan va boshqarishning vaqt bo„yicha
xar xil etaplariga bulingan bir qancha o„zaro bog„langan oddiy masalalarga
bulishni taqoza etadi.
Markazlashtirilgan
avariyaga
qarshi
avtomatikasining
sistemasida
qo„llaniladigan usul, algoritm va dasturlarni ishlab chiqish avtomatik boshqarish
uchun matematik ta‟minlashga ta‟luqli buladi. Ilgaridan hisoblangan turg„unlik
soxasi (oblasti)dan foydalanishga asoslangan sistemalar uchun, turg„unlik soxasini
qurishning oddiy usullaridan foydalanishga muljallangan programma kompleksi
(majmuasi) yaratilgan. Nisbatan kuchsiz bog„lanishli elektroenergetik sistemaning
avariyadan keyingi rejimlarida statik turg„unlikni ta‟minlovchi adaptiv
sistemalarda, boshqarish ta‟sirini dozalashtirish bo„yicha bajarilgan xisoblashlar
avariyadan keyingi rejim parametrlari taxminiy aniqlangan oddiy modellarni
qullash bilan ta‟minlanadi. Turg„unlashgan rejimning xisoblashlarning
yaqinlashishi bo„yicha statik turg„unligini yoki ruxsat etiladigan rejimning mezoni
sifatida bog„lanishlar bo„yicha burchaklarning qiymatlaridan foydalanish bilan
baxolanadi.
YUklamaning kichik tebranishlarida chastotani avtomatik rostlash uchun
statik xarakteristikali turbinalar tezligini avtomatik rostlagich hizmat qiladi.
Sutkalik yuklanish xarakteristikasining minimumidan maksimumiga o„tish kabi
turtkilardan astatik rostlash xarakteritikali chastotani ikkilamchi rostlagich
yuklamani turbinalar orasida iqtisodiy taqsimlash va sistemalar aro bog„lanishda
aktiv quvvat oqimini rostlaydigan qo„shimcha avtomatik qurilmalar bilan
to„ldiriladi.
28
Kuchlanishni avtomatik rostlash uchun – sinxron mashinalarning
quzg„atishni avtomatik rostlagichi, transformatorlarning transformatsiya-lash
koeffitsientlarini rostlovchi avtomatik qurilmalar, kondensatorlar bateriyasining
quvvati va shuntlovchi reaktorlar soni o„zgartiruvchi qurilmalar xizmat qiladi.
Elektr stansiyalarda kuchlanish vani avtomatik rostlagich reaktiv yuklamani
iqtisodiy taqsimlovchi qurilmalar bilan tuldiriladi. Bu normalь rejimni
avtomatlashtirish qurilmalarga kursatilgan turtkilarda energosistemaning statik
turg„unligini saqlashga muljallangan yana ikkita turdagi qurilmalar kiritiladi. Bu
qurilmalar chastota va quvvatni avtomatik rostlagich (ARCHM) hamda
QARlardir. Ulardan birinchisi xuddi yuqoridagi turtkilarda ta‟sir etib, chastotani
ikkilamchi rostlash va aktiv quvvat oqimini rostlashga xizmat qiladi. SHuning
uchun ular qurilmalarni ishlab chiqish, yaratish va ekspluatatsiya jarayonida
birlashtiriladi. Xuddi shunday QAR qurilmasi kuchlanishni avtomatik rostlash
(ARN) qurilmasi bilan birlashtiriladi. Ularning asosiy vazifasi normalь rejimda
statik turg„unlikni saqlash bilan birga, tarmoqni saqlash va generatorlar
chayqalishini dempfirlash xam kiradi.
Avariyaga qarshi avtomatikaning roli ikki kurinishda, avolo rele ximoyasi
shikastlangan elektr jixozlarini tezkor uchirishni ta‟minlasa, AQU qurilmasi esa
uchirilgan elektr qurilmalarini tezkor qayta ulashga urinadi, a RAK qurilmasi esa
kachon bunga imkon bo„lsa ist‟emolchilarni rezerv ta‟minotga ulaydi. Aktiv
quvvatni avtomatik boshqarish qurilmasi bilan bir vaqtda sodir bulgan turtkining
parametrlari bilan bevosita bog„liq xolda kancha bunga imkon bulsa tezlikda katta
intensivlikga ega bulgan boshqaruv ta‟sirini beradi.
Energosistemaning uzatuvchi qismida avariya xolatida paydo bulgan
ortiqcha quvvat chastotaning sezilarli darajada oshishiga olib keladi va turbinalar
tezligini avtomatik rostlagich ta‟sirida bug„ turbinalari quvvatning rostlash
diapazonida yotmaydigan qiymatigacha yuksizlantiradi. Bundan tashqari agar
parallelь ishlayotgan generatorlarning quvvati sezilarli darajada yuqori bo„lsa
turbinani ijozat etilgandan xam kattarok qiymatga turbina tezligining oshishiga olib
kelish xavfi bor. Issiqlik turbinalarining xavfsizligini ta‟minlash uchun bir qism
gidrogene-ratorlarni uchiruvchi va tarmoqni bulishga ta‟sir ko„rsatuvchi chastotani
avtomatik chegaralagich avtomatik qurilmasi (AOCH) kerak bo„ladi.
Energosistemaning qabul qiluvchi qismida avariya xolatidagi aktiv quvvat
defitsit sistemada chastota kuchkisining paydo bulishiga olib keli-shi mumkin.
Mavjud bulgan aktiv quvvatining rezervi va uni ist‟emolga kiritish tezligi ayrim
xollarda etarli bo„lmasligi mumkin. U xolda chastota kuchkisini ist‟emolchilarning
29
bir qismini uchirishga va ayrim xollarda tarmoqni bulishga yunaltirilgan faqat
CHAYU (ACHR) yordamida barttaraf etishimiz mumkin.
Kachonki rele ximoyasi, avtomatik qayta ulagich va quzg„atishni avtomatik
rostlagichni mos ravishda bajarilishida ist‟emolchilarni uchirilishi va sezilarli
darajada iqtisodiy zararning paydo bulishi bilan yuzaga keladigan xollarda
turg„unlikni buzilish extimolini bartaraf etishni ta‟minlay olmaymiz. Bu xolda
avariyaga qarshi avtomatikasining qushimcha qurilmasi turg„unlikni saqlash
maqsadida aktiv quvvatni avariya xolatida boshqarish kurilmasi (AUMSU)ni
kiritish maqsadga muvafiq bo„ladi.
AUMSU
xisobiga
kengaytirilgan
avariyaga
qarshi
avtomatikasi
qurilmalarining kompleksi sistemada asinxron rejimning paydo extimolini
kamaytiradi, lekin uni butunlay barataraf etolmaydi. Ko„pgina energosistemalarda
asinxron yurishni bartaraf etish operativ xodimlar tamonidan ta‟minlanmaydi.
CHunki uning resinxronlash yoki sistemani bulishdagi xarakati ijozat etib
bo„lmaydigan darajada sekin bo„lishi mumkin .
Asinxron yurishdagi energosistema qismlarini bulish qo„llaniladi:
a) agar qisqa muddatli asinxron yurishga ijozat etilmasa;
b) agar resinxronlash extimoli juda kichik va energosistemaning asinxron
yurishidagi qismlarida uzoq davom etishi va ularning parallelь ishlash
turg„unligiga havfli bo„lgan hollarda.
g) agar resinxronlash qullanilayotganida bir nechtassikldan keyin u
bajarilayapti hamda asinxron yurishning vaqti ijozat etilgan vaqtdan katta.
SHu sababdan xozirgi vaqtda ko„pgina energosistemalarda avariyaga qarshi
tadbirning uch pog„onalisi qo„llaniladi. Bu avolo RX va AAQU, undan keyin QAR
va AUMSU va nixoyat asinxron yurishni avtomatik bartaraf etish avtomatikasi
(APAX), chastotaviy avtomatik yuksizlantirish (ACHYU) xamda kuchlanish
bo„yicha yuksizlantirish. Xar doim, RH, QAR va CHAYU kerakli xisoblaniladi.
Qolgan avtomatik qurilmalar texnik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bilan
bog„langan.
Energosistemaning rivojlanishi va murakkablashishi bilan tizim va avariyaga
qarshi avtomatikaning energosistemaning rivojlanishi va murak-kablashishi bilan
avariyaga qarshi avtomatikaning asosiy masalasi xisoblanadi:
- energosistema qismlarining parallelь ishlash turg„unligini qismlarining
parallelь ishlash turg„unligini ta‟minlash;
30
- umum tizimiy avariyani sistemani qismlarga bulish va aloxida qismlarda
xavfli quvvat defitsitining paydo bo„lishi va anchagina ist‟emolchilarning
ishlashining buzilishini oldini olish.
Energobirlashmaning yashovchanligini ta‟minlash uchun shikastlanish-lar
zanjirini uzishni ta‟minlovchi bir nechta pog„onadan tashkil topgan avariyaga
qarshi avtomatikasi qo„llaniladi. Oddiy holatda birinchi pog„ona RH, bir va uch
fazali AQU, sinxron generator va sinxron kompensatorlarda QARni o„rnatilishi.
Ikkinchi pog„ona – avariya rejimlarida uzatuvchi qismdagi elektr
stansiyalarda bir qism generatorlarni yoki bo„g„ turbinalar quvvatini avariya
xolatida boshqarish avtomatikasini (AUMPT) uzishni amalga oshiruvchi avariyaga
qarshi avtomatikasi, energosistemaning qabul qiluvchi qismida yuklamalarni
uzuvchi, energosistemani buluvchi, xamda shuntlovchi reaktorlarni uchirishni
amalga oshiruvchi avtomatik qo„rilmalar kiradi.
Uchinchi pog„ona - asinxron rejimni asinxron rejim avtomatik bartaraf
etish avtomatikasi va sistemani bulish avtomatikasi.
Turtinchi pog„ona – chastotaviy avtomatik yuksizlarntirishni, IES
generatorlarini o„z extiyoj yuki bilan ayirish avtomatikasi, sistemada chastota
pasayganda sinxron kompensator rejimida ishlayotgan gidrogene-ratorlarni aktiv
rejimga utkazish, kuchlanish bo„yicha ist‟emolchilarni yuksizlantirish, chastota
kupayganda generatorlarni uchirish.
Oxirgi beshinchi pog„ona – ajratilgan qismlarning sinxron ishlashini
tiklovchi qurilmalar (APVUS, NAPV) va ACHR tomonidan uchirilgan
ist‟emolchilarni qaytadan ulash (CHAPV).
31
Hulosa
Energosistemaning yana bir xusiyati shundan iboratki, uning normal ish
rejimi buzilganida elektr mexanik jarayonlar paydo bo„lib, ular odatda shu
qadar tez o„tadiki, bu jarayonlarni boshlanishini aniqlash va ularni rivojlanib
ketishini oldini olish xizmat ko„rsatuvchi personalning qo„lidan kelmaydi. Shuning
uchun energosistemaning rejimlarini nazorat qilish va boshqarish texnika nuqtai
nazaridan juda ham murakkab masaladir. Bu masalaning echimi maxsus
texnikaviy qurilmalarni qo„llash yordamidagina bajarilishi mumkin. Energiyani
ishlab chiqarishga xos xususiyatlaridan energosistemalarni keng jarayonda
avtomatlashtirish talabi kelib chiqadi. Energosistemalarni avtomatlashtirish deb
ularni elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash texnologik
jarayonlarini avtomatik tarzda boshqaruvchi qurilmalar bilan jixozlashga
aytaladi. Ushbu qurilmalar normal va avariyaviy rejimlarda inson ishtirokisiz,
ularga o„rnatilgan programma hamda o„rnatmalar asosida ish yuritadi.
Texnologiya avtomatikasi normal ishlash rejimida avtomatik boshqarish yoki
rostlashni ta‟minlab beradi (kuchlanishni avtomatik rostlash, generatorlarni
avtomatik sinxronlash qurilmalari yordamida) va maxalliy axamiyatga ega.
Sistema avtomatikasi avariya rejimlarida avtomatik boshqarish yoki rostlashni
ta‟minlab beradi. Axamiyat nuqtai nazaridan ushbu avtomatika umumiy
(generatorlarning forsirovkasi, avtomatik chastotaviy yuksizlantirish (ACHYU))
va maxalliy (avtomatik qayta ulash (AQU), zaxirani avtomatik ulash (ZAU))
bo„lishi mumkin.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |