Mavzu : Energosistemalarni avtomatlashtirish Reja: Kirish



Download 469,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana09.09.2021
Hajmi469,03 Kb.
#169394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O'rinov A. hisobot

Normal rejimda 

Avariya 

rejimida 

Avariyadan 

keyingi rejimda 

Tiklangan 

normal rejimda 

Normal rejimni 

nazorat qilish va 

boshqarish 

Avariyani 

bartaraf etish 

(releli himoya) 

Normal rejimni 

tiklash 


Normal rejimni 

nazorat qilish va 

boshqarish 

 

Energiyani  ishlab  chiqarishga  xos  xususiyatlaridan  energosistemalarni  keng 



jarayonda 

avtomatlashtirish 

talabi 

kelib 


chiqadi. 

Energosistemalarni  

avtomatlashtirish    deb    ularni    elektr    energiyani  ishlab    chiqarish,  uzatish    va  

taqsimlash    texnologik    jarayonlarini    avtomatik  tarzda  boshqaruvchi    qurilmalar  

bilan  jixozlashga  aytaladi. Ushbu qurilmalar  normal  va  avariyaviy  rejimlarda 

inson    ishtirokisiz,  ularga  o„rnatilgan  programma  hamda  o„rnatmalar  asosida  ish 

yuritadi. Ishlatish nuqtai nazaridan barcha avtomatika qurilmalarini quyidagi ikkita 

guruxga ajratish mumkin: 

• texnologiya avtomatikasi; 

• sistema avtomatikasi. 

O„z  navbatida  ushbu  guruxlardagi  avtomatika  qurilmalari  quyidagilarga 

bo„linadi: 

• avtomatik boshqarish qurilmalari; 

• avtomatik rostlash qurilmalari. 




Texnologiya    avtomatikasi  normal    ishlash    rejimida    avtomatik    boshqarish 

yoki  rostlashni  ta‟minlab  beradi (kuchlanishni  avtomatik  rostlash, generatorlarni  

avtomatik    sinxronlash    qurilmalari    yordamida)  va    maxalliy  axamiyatga  ega. 

Sistema  avtomatikasi  avariya  rejimlarida  avtomatik  boshqarish  yoki rostlashni  

ta‟minlab    beradi.  Axamiyat    nuqtai    nazaridan    ushbu    avtomatika  umumiy 

(generatorlarning    forsirovkasi,  avtomatik    chastotaviy  yuksizlantirish  (ACHYU)) 

va  maxalliy  (avtomatik  qayta  ulash  (AQU),  zaxirani  avtomatik  ulash  (ZAU)) 

bo„lishi  mumkin.  CHastota  va  quvvatni  avtomatik  rostlash  (CHQAR)  qurilmasi 

energosistemaning  normal  rejim  avtomatikasiga  kiradi.  Elektr    stansiyalar    va  

energosistemalar    birmuncha    va    turli    xil    o„zaro  bog„langan    elementlardan  

tashkil    topib,  murakkab    komplekslar    deb  xisoblanadi.  Bugungi    kunda    elektr  

stansiyalar    va    energosistemalar    ishonchliligini,  ularning    texnik-iqtisodiy  

ko„rsatkichlarini    va    elektr    energiya    sifatini  oshirish  kabi  talablar 

energosistemada avtomatikani va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (ABT) 

keng  ravishda  tadbiq  qilishgina  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin.  Avtomatika 

qurilmalari quyidagi masalalarni echishga yordam beradi: 

•  elektr    stansiyalar    va    energosistemalarning    xizmat    ko„rsatuvchi  xodimlariga 

berilgan texlogik rejimni olib borish; 

•  energosistemaning    turgunligini    va    iste‟molchilar  elektrta‟minotining 

ishonchliligini ko„ratirish; 

• avariyani jarayoni bartaraf etilishini tezlashtirish. 

Avtomatika 

qurilmalarini 

quyidagi 

ikki 


guruxga 

ajratish 

mumkin:                   

stansiya avtomatikasi qurilmalari va sistema avtomatikasi qurilmalari. 

Stansiya avtomatikasining asosiy qurilmalari: 

•  yoqilg„i tayyorlash va uzatish avtomatikasi; 

•  kimyoviy tozalangan suvni tayyorlash avtomatikasi; 

•  qozon va turbinaning berilgan rejimini olib borish avtomatikasi; 

•  agregatlarni ishga tushirish va to„xtatish avtomatikasi; 

•  generatorlarni avtomatik sinxronlash; 

•  sinxron mashinalar qo„zg„atish tizimini avtomatik rostlash; 



•  sinxron mashinalarning magnit maydonini avtomatik so„ndirish; 

•  turbinalaning aylanish tezligini avtomatik rostlash; 

•    aktiv    va    reaktiv    quvvatni    elektr    stansiya    generatorlari    orasida  avtomatik 

taqsimlash; 

•  zaxirani avtomatik ulash. 

Sistema avtomatikasiga quyidagilar kiradi: 

•    energosistema    yuklamasini   elektr   stansiyalar   orasida   avtomatik taqsimlash 

qurilmasi; 

•  energosistemada  chastota  va  aktiv  quvvatni  avtomatik  rostlash qurilmasi; 

•    energosistemaning  asosiy  bo„g„inlarida  kuchlanishni  avtomatik  rostlash 

qurilmasi; 

•  turg„unlik buzilishini avtomatik oldini olish qurilmasi; 

•  asinxron rejimni avtomatik bartaraf etish qurilmasi; 

•  chastota bo„yicha avtomatik yuklamalarni o„chirish qurilmasi; 

•  avtomatik qayta ulash qurilmasi; 

•  nimstansiyalarda zaxirani avtomatik ulash qurilmasi. 

Elektr  energiyani  ishlab  chiqarish, uzatish  va  iste‟mol  qilish  jarayonini 

insonning  bevosita  ishtirokisiz boshqarish  avtomatik  deb  ataladi.  Bugungi    kunda  

faqatgina  ayrim  elektr  energetika  ob‟ektlari  avtomatik tarzda boshqariladi. 

Umuman    olganda,  xozircha    elektr    energiyani    ishlab    chiqarish    va    uzatish 

jarayonining    boshqaruvi    faqatgina    energosistema  dispetcherining,  ya‟ni 

insonning,  ma‟mum  darajadagi  operativ  ishtirokida  bajirilishi  mumkin. 

Boshqarishning    bunday    turi  avtomatlashtirilgan    deb    ataladi    va 

avtomatlashtirilgan  dispetcherlik  boshqaruv  tizimi (ADBT  - ASDU) yordamida  

bajariladi.    Ushbu    boshqaruv    tizimining    asosiy    qismini  energosistemaning  

dispetcherlik  punktida  joylashgan  boshqaruv  xisoblash kompleksi tashkil etadi. 

Avtomatik    boshqaruv    elektrenergetika    ob‟ektlarining    xususiyatlari, 

energosistemaning  rejimiga  bog„liq  bo„lgan  parametrlari  hamda  ularning xolati 

va ishlash rejimlari haqidagi  informatsiyani taxlil qilish asosida bajariladi. Elektr  

energiyani    ishlab    chiqarish    va    uzatish    jarayonining    avtomatik  boshkaruvi 



quyidagi texnik vositalar yordamida bajariladi: 

• energosistema normal  ishlash  rejimlarini  boshqarish avtomatikasi; 

• avariyani oldini olish avtomatikasi. 

Energosistema  normal  ishlash  rejimlarini  boshqarish  avtomatikasi  quyidagilarni 

bajarib beradi: 

•  energoblok  (turbina-generator)larni    avtomatik    ishga    tushirish    va  sinxron 

generatorlarni parallel ishlashga ulash (sinxronlash); 

•  elektr  stansiya  shinalaridagi  kuchlanishni  va  sinxron  generatorlarning  reaktiv 

quvvatini berilgan qiymatda avtomatik tarzda ushlab turish; 

• energosistema  rejimlarini  kuchlanish  va  reaktiv  quvvat  bo„yicha avtomatik 

boshqarish; 

•  sinxron    ishlayotgan    generatorlarning    aylanish    tezligini    o„zgarmas  xolatda  

ushlab  turish  hamda  chastota  va  quvvatni  avtomatik  rostlash (ChQAR). 

Avariyani  oldini  olish  avtomatikasining  vazifasi  energosistemada  kata 

uzunlikga    ega    va    katta    yuklanish    bilan    ishlayotgan    liniyalarda    qisqa 

tutashuvlar    bo„lganda    hamda    ular    bilan    bog„liq    bo„lgan    katta    quvvatli 

energoob‟ektlar    o„chishi    oqibatida    paydo    bo„lgan    rejimlarda    parallel 

ishlayotgan    elektrstansiyalar    majmuasining    sinxron    turg„unligini    saqlab 

qolishdan iboratdir. 

Bunday xolatlarda aktiv quvvat etishmovchiligi yoki ortiqligi mavjud avariya 

rejimi  paydo  bo„lib, u  butun  energosistemaga  oid  avariyaga  rivojlanib ketib, 

birlashgan  energosistema  turg„unligini  buzilishiga  va  uni bo„linishiga, issiqlik 

stansiyalar  to„xtab  qolishiga  va  iste‟molchilar  elektr  ta‟minotini  katta 

territoriyalarda yo„qolishiga olib kelishi mumkin. 

Avariya xolati: 

•  asosiy turtki bo„lmish qisqa tutashuvdan hamda unga va uning o„chishiga bog„liq 

bo„lgan quvvatlar balansi buzulishidan boshlanadi, 

•  va energosistemaning quvvat bo„yicha 

– defitsit qismida kuchlanish va chastota pasayishi, 

– ortiq qismida esa kuchlanish va chastota ko„tarilishi ko„rinishida rivojlanadi. 



Chastotani    pasayib    ketishi    issiqlik    elektr    stansiyalarida    o„z    extiyojlar 

qurilmalarining  unumdorligini  pasayishiga  va  buning  oqibatida  uni  yanaham 

keskin,  qayta  tiklab  bo„lmaydigan  qiymatgacha  tushib  ketishiga  («chastota 

ko„chkisiga»)  olib  kelishi  eng  xavfli  avariya  deb  xisoblanadi.  Shunga    o„xshash, 

reaktiv    quvvat    etishmovchiligidan    paydo    bo„lgan    kuchlanish  pasayib  ketishi 

«kuchlanish  ko„chkisiga»  rivojlanib  ketishi  mumkin.  Avariyani  oldini  olish 

avtomatikasining  eng  muxim  vazifasi  avariyaga  olib  kelgan  turtkini  yo„qotishdan 

iboratdir.  Bu    masala    releli    ximoya    va    avtomatika  (RXA)  hamda    RXAdan  

o„chirilgan  uzgichlarni  avtomatik    qayta    ulash  (AQU)  qurilmalari    yordamida 

bajariladi.  Ko„pchilik    xollarda    qisqa    tutashuvlar  (ayniqsa    xavo    liniyalaridagi  

bir fazali  qisqa  tutashuvlar) o„tkinchi (elektr  yoyi  orqali) bo„ladi. Muvaffaqiyatli  

avtomatik    qayta    ulash    jarayonida    avariyaviy    turtki    odatda  yo„qoladi  va 

energosistema  rejimi  qayta  tiklanadi.  Turg„un  qisqa tutashuvlar  bo„lganda, ularni 

releli  ximoyadan  qayta  o„chirish  jarayonida    quvvatlar    balansining    buzilishi  

takroran  paydo  bo„ladi  va energosistema sinxron turg„unligining buzilish xavfi 

yuzaga keladi. Bunday  xolatda butun  sistemaga  taaluqli  avariyani  oldini  olish 

avtomatikasi ishga tushadi va uning vazifasi: 

•  statik va dinamik sinxron turg„unlikni buzilishini oldini olishdan, 

•  yoki  qisqa  asinxron  rejimdan  so„ng  energosistemaning  natijaviy 

turg„unligini saqlab qolishdan iboratdir. 

Dinamik    turg„unlik    buzilishini    oldini    olish    uchun,  masalan,  bug„ 

turbinalarni  qisqa  muddatga  impulьsli  yuksizlantirish  yoki gidrogeneratorlarni  

qisqa    muddatli    elektr    tormozlash    kabi    tadbirlardan  foydalaniladi.Avariyadan  

keyin  paydo  bo„lgan  rejimlarda statik  turg„unlik  buzilishini oldini  olish  elektr  

liniyalarning  statik  turg„unlik  nuqtai  nazaridan o„tayuklanishini  kamaytirishga  

qaratilgan  quyidagi  tadbirlar  orqali bajariladi: 

- sinxron  kompensator  rejimida  ishlab  turgan  gidrogeneratorlarni  aktiv rejimga 

o„tkazish; 

- ishlab turgan gidrogeneratorlarning bir qismini o„chirish; 

- boshqa tadbirlar. 



Shunga    o„xshash    tadbirlar    asinxron    rejimlarni    bartaraf    etish 

avtomatikasiga    ham    xosdir.  Agar    ular    yordamida  asinxron  rejimni  yo„qotib 

bo„lmasa, unda sistemani bo„lish avtomatikasi energosistemadan nosinxron ishlab 

turgan qismini ajratib tashlaydi. Bu rejimda energosistemaning xar ikkala qismida 

quvvat balansi buziladi. Energosistemaning  ortiq   quvvatli  qismida  chastota  va  

kuchlanishlar  oshib ketadi, defitsit qismida esa – pasayadi. Bunda  energosistema  

parametrlarini    ruxsat    etilgan    qiymatlardan    chiqib  ketishi  oldini  olish 

avtomatikasi ishga tushadi: 

• kuchlanish  tushib  ketishini  yoki  ko„tarilib  ketishini  cheklash avtomatikasi; 

• chastota tushib ketishini yoki ko„tarilib ketishini cheklash avtomatikasi. 

Ushbu avariyani oldini olish avtomatikasining vazifasi quyidagidan iborat: 

•  quvvat balanslarining buzilishini to„xtatish; 

•  balanslarni to„liq tiklashga yordam berish; 

•  rejim parametrlarini nominal qiymatlarga qaytarish. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 469,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish