3. Avtomatik chastotali yuk tushirish (ACHT)
Energo tizim ish rejimining ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki,
har doim energiya manbasining quvvati RP yuklama va isrof yig‟indisiga teng
bo‟ladi:
RP=RNG+RPOT
Bu yerda RNG – yuklama quvvati; RPOT – quvvat isrofi.
Yuklamani o‟zgarishi ishlab chiqarilayotgan quvvatning o‟zgarishini talab
qiladi, aks holda tizimdagi chastota o‟zgaradi, chunki quvvat balansi (muvozanati)
chastota f
N
bo‟lganda ta‟minlanadi. Elektr stansiyalarda generatorlar
shikastlanish natijasida o„chirilganda yoki energotizim har qanday sabab
bilan alohida qismlarga bo‟linganda, oxirgilarda ishlab chiqarilayotgan aktiv
quvvat yetishmovchiligi (tanqisligi) paydo bo‟lishi mumkin, shu sababli
tokning chastotasi tushib ketishi mumkin. Tokning chastotasi tushishi bilan
birga kuchlanish shuning past qiymatga ega bo‟lishi mumkin. Bunda ko„plab
elektr motorlar sekinlasha boshlaydi va ularning yuklama toklari oshadi,
buning natijasida tizimdagi kuchlanish ko‟proq pasayadi. Natijada parallel
ishlayotgan generatorlar sinxronizmdan chiqadi va o‟chiriladi. Iste‟molchilarning
ta‟minoti uziladi. Quvvat tanqisligi paydo bo‟lganda avval tizimda mavjud
bo‟lgan: turbina tezligini rostlagichi yordamida avtomatik yuklovchi zaxira
ishlatiladi, Birinchi navbatda bug‟ turboagregatlari to‟la quvvatgacha yuklanadi.
13
Agar chastota ma‟lum qiymatdan tushib ketsa, unda gidroelektr
stansiyalarning zaxiradagi agregatlari avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
Ularning ishga tushirish vaqti 30 . . . 50 sek.dan oshmaydi. Chastotani ma‟lum
minimal qiymatgacha tezda tiklash uchun tizimdagi zaxirani ishlatishdan
tashqari iste‟molchilarning bir qismi o‟chirish yo‟li bilan tizim
yuksizlantiriladi. Bunda energo tizimning yukini tuShurish avtomatik chastotali
yuk tushurish (ACHT) qurulmasi deb ataladigan maxsus qurulma yordamida
amalga oshiriladi.ACHT qurulmasi TN kuchlanish transformatoriga ulanadi.
ACHT ning ish ustavkasi 48-45 Gs oraliqda bo‟lgan bir nechta chastota
relelari RCH1 va RCH4dan tashkil topgan. Ajratgich R orqali taqsimlovchi
uskuna TU shinasiga ulangan o‟chirgichlar V navbat bilan iste‟molchilarni
o‟chiradi. Buning uchun ma‟lum ustavkili chastota relesi oraliq relelar RP2
va RP3 yordamida ta‟minlovchi liniyalar sonini kamaytiradi. Ularning soni
energotizim dispetcherlik xizmati tomondan beriladi.Elektr motorlarning o„z-
o‟zidan ishga tushirish. Elektr tarmoqla va iste‟molchilardagi qisqa tutashuvlar
va boshqa shikastlanishlar TU yig‟ma shinalarida va ularga ulangan barcha
tarmoqlarda 0,2-5 sekundli kuchlanishning qisq vaqtli pasayishiga va
batamom yo‟qolishga olib keladi. Shundan keyin kuchlanish o‟sha (AQU da) yoki
boshqa (ZAU da) manbadan tiklanadi. Elektr ta‟minoti qisqa vaqtga uzilganda
motorlarda ro‟y beradigan jarayonlarni ko‟rib chiqamiz. Kuchlanish o‟chirilgan
vaqtda (yoki juda pasayganda) motorlarning aylanish chastotasi kamayadi -
sekinlashadi. Kichik quvvatli motorlarda daqiqaning ulushigacha, katta
quvvatli motorlarda – 10 s. Gacha davom etadigan bu jarayon «vibeg» deb ataladi.
Vibegda chulg‟amdagi toklar, EYUK, magnit oqimlar sekin – asta so‟nib boradi.
Ular to‟la so‟nmaganda, motorlar generator rejimida ishlaydi, o‟chirilmagan
tarmoqdagi qoldiq kuchlanishni ushlab turadi. Katta quvvatli sinxron motorlar
mavjud bo‟lganda qoldiq kuchlanishni so‟nish vaqti vibeg vaqtiga teng
bo‟lishi mumkin (to‟la to‟xtagungacha). Bu hodisa ZAUni ulash va minimal
kuchlanishli himoya ishlashining kechikishiga olib keladi.
14
Ma‟lum hollarda ZAU ni tezroq ulash uchun minimal kuchlanish relesi
emas, balki «vibeg» jarayonida aniqroq ishlaydigan minimal chastota relesini
ishlatishga to‟g‟ri keladi. Odatda yig‟ma shinalarga motorlardan tashqari
boshqa statik yuklamalar ham ulangan. Ular qoldiq kuchlanishda quvvat iste‟mol
qilib motorlarning sekinlashishini tezlatadi.Agar korxonadagi elektr motorlarning
o‟z o‟zidan ishga tushish imkoniyati bulsa elektr ta‟minoti ishonchliligi ancha
oshadi. O‟z-o‟zidan yurgizish deb elektr ta‟minotida qisqa uzilish bo‟lgandan
so‟ng xodimlarni ishtirokisiz muhim mexanizmlar elektr motorlarining normal
ishini tiklashiga aytiladi. Ta‟minot tiklanayotgan vaqtda o„chirgichlari ulangan
holatda bo‟lgan barcha motorlar o‟z-o‟zidan ishga tushadi (o‟z-o‟zidan
yurgizish). Bu vaqtda motorlarning bir qismi to„xtagan, boshqa qismi esa vibegda
bo‟ladi. Taxminan qabul qilish mumkin, o„z-o„zidan yurgizish toki IS.Z. barcha
ulangan o‟zgaruvchan tok motorlarining yurgizish toklari (IP.+) plyus
o‟chirilmagan statik elektr iste‟molchilarning umumiy nominal toklari (IN)
yig‟indisiga teng:
IS.Z= IP.+ + IN
Bu IS.Z toki nominal qiymatdan bir necha barobar oshib ketadi. Ilgari motorlar
ta‟minoti tiklanganda yuqori toklardan shikastlanmasligi uchun motorlar vibegda
minimal kuchlanishli himoya bilan o‟chirilar edi. Oqibatda o‟z-o‟zidanyurgizish
mumkinligi amaliyotda isbotlangan. Boshqa tomondan, barcha elektr
iste‟molchilarini o‟z-o‟zidan yurgizish uchun ularni ulangan holda qoldirish
har doim ham mumkin emas, сhunki o‟z-o‟zidan yurgizishda qancha ko‟p
motorlar ishtirok etsa, shuncha IS.Z katta bo‟ladi . Natijada qancha o‟z-o‟zidan
yurgizish tok kuchi IS.Z katta bo‟lsa, shuncha podstansiya yig‟ma shinasida
kuchlanish past bo‟ladi. Demak, qisqa vaqtli kuchlanish yo‟qolishidan so‟ng
barcha iste‟molchilarni ulangan holda qoldirish kerak emas, balki o‟ta
muhimlarini texnologik jarayonni davom ettirish uchun qoldirish kerak.
Bundan tashqari, texnologiyasi yoki texnika xavfsizligi bo‟yicha o‟z-o‟zidan
yurgizish mumkin bo‟lmangan motorlarni o„chirish kerak. Buning uchun
motorlarda minimal kuchlanishli himoya ko‟zda tutiladi va u motorlarni normal
15
elektr ta‟minoti buzilganda o‟chiradi. Ta‟minot tiklangandan so‟ng bu
iste‟molchilar odatdagiday asta-sekin ishga tushiriladi. Birinchi navbatda sabr
vaqtsiz (t1=0) ulanadi, ikkinchi t2 sabr vaqti bilan uchinchi t3 sabr vaqti bilan
va hokazo. O‟z-o‟zidan yurgizish vaqtida ulanishi mumkun bo‟lmagan
matorlar zanjiri magnitli ishga tushirgichga ega. Nasos va kompressor
stansiyaalarida motorni avtomatik qayta ulash ishlatiladi, u minimal
kuchlanish himoyasi ishlagandan so‟ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |