Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


ЭРНИНГ ХОТИН ИЛТИЖОСИНИ ТИРИКЧИЛИК ТАЛАБИ ДЕБ ҚАБУЛ ҚИЛГАНИ ВА ХОТИН ЭЪТИРОЗИНИ ҲАҚНИНГ ИШОРАТИ ДЕБ БИЛГАНИ



Download 0,59 Mb.
bet10/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
ЭРНИНГ ХОТИН ИЛТИЖОСИНИ ТИРИКЧИЛИК ТАЛАБИ ДЕБ ҚАБУЛ ҚИЛГАНИ ВА ХОТИН ЭЪТИРОЗИНИ ҲАҚНИНГ ИШОРАТИ ДЕБ БИЛГАНИ:
Ҳар ақлнинг доно, билгувчиси бор,
Айланувчин айлантиргувчиси бор.
Айтганидан чекди афсус эр шу он,
Қатл этилмоқ фурсати келгансимон.
Деди: “Жон жонига жабр этдим нечун?
Тепкилаб, жон бошини эздим нечун?”.
Кўз юмилгайдир Қазо келганда, бас,
Қайда қўл, қайда аёқ, ақл англамас. 2440
Гар Қазо ўтгач, ўзин қилгай адо,
Парда йиртиб, чок-чок айлар яқо.
Эр деди: “Афсусдаман, ёрим, бироқ,
Эрдиму кофир, мусулмонман бу чоқ.
Мен гуноҳкорман, раҳм қилгил букун,
Сен қулатма илдизим бирлан бутун!
Кекса кофир гар пушаймон қилгуси,
Тавба айлаб, сўнг мусулмон бўлгуси”.
Меҳру шафқат манбаи Холиқ эрур,
Бору йўқлик унга чин ошиқ эрур. 2445
Куфру иймон ошиқ Ул сиймо учун,
Мис, кумуш ҳам бандадир кимё учун.

JALOLIDDIN RUMIY
MA’NAVIY MASNAVIY
Birinchi kitobdan yettinchi parcha
Odil Ikrom tarjimasi

PIRI CHANGIY QISSASINING DAVOMI VA UNING NAJOT TOPGANLIGI BAYONI

Zavq olardi barcha mutrib sozidan,
Ne xayol paydo edi ovozidan.
Chalsa soz, qoqmish qanot ko’ngil qushi,
Kuylaganda lol qolardi jon hushi.
Qartayib, jon lochini qolmish hazin,
Pashsha ovlab o’tkazardi har damin.
Yelkasi ham egik erdi, xuddi, xum,
Qoshi ko’z ustinda erdi misli dum. 2075
Erdi nozik hamda jonbaxsh unda sas,
Bo’ldi qo’pol, hech vaqoga arzimas.
Zuhra rashk etgan navoyu nag’ma ul
Qari eshshak hangrashi erdi nuqul.
Bormi noxush bo’lmagan xush nogahon?
Bormi shift, ostga to’shalmas hech qachon?
Qolgusi yolg’iz azizlardan navo,
Sur misol, bergay sadosi aks sado.
Siyrat ul ko’ngilni mast, shaydo qilar,
Yo’qlik ul, borlikni bor, paydo qilar. 2080
Har fikrning mag’zi, har ovoz Udir,
Ham vahiy, ilhomga lazzat, roz Udir.
Keksayib, qolganda mutrib benavo,
Qoldi zor non deya – kasbidan judo.
Dedi: “Umrimga qilib muhlat ato,
Xas edim, ko’p marhamat etding, Xudo!
Kechsa yetmish yil gunohlar ichra ham ,
Qilmading hech goh manim rizqimni kam.
Senga mehmonman bukun bekasbu kor,
Senga chang chalgum, topay Senda qaror”. 2085
Chang tutib, Olloh qidirgan holida,
Bordi zor Yasrib mozoristoniga.
Dedi: “Men so’rgum ipakning haqqi1ni,
Ul Saxiy aylar qabul qalbakini”.
Yig’ladi, chang chaldi kuyga kuy ulab,
Changni bolish qildi, bir go’rga qulab.
Uyqu eltdi, jon qushi ozod bo’lib,
Chiqdi nogoh changchi-yu changni qo’yib.
Bo’ldi ozod tan va g’amdan, osuda
Kezdi sodda mulku jon sahrosida. 2090
Joni kuylardi, qilib bunda safar:
“Koshki shul yerda meni qoldirsalar.
Xush yoqar jonimga bul bog’u bahor,
Mast etar sahro-yu g’aybda lolazor.
Beqanot, yurmay qilardim men safar,
Tishsizu labsiz chunon yerdim shakar.
Ranj, alam, o’ysiz kezib yayrar edim,
Dilni ko’k ahli-la shod aylar edim.
Men ko’rar erdim jahonni ko’z yumib,
Qo’lsizu kaftsiz gulu rayhon uzib. 2095
Sho’ng’igay o’rdakki, dengiz liq asal,
Chashmai Ayyub “sharobu mug’tasal”.2
Ul buloq ichra Ayub boshdan-oyoq
Bo’ldi Sharqiy nur kabi darddan yiroq.3
Masnaviy qamrovi keng, gar qilsa jam,
Sig’mas ul tortgan azobning yarmi ham.
Bekanor osmonu yer bag’rim tilib,
O’rtagay qalbimni tang-torlik qilib.
Tushda men goh ko’rganim, ushbu jahon
Par¬-qanotim bandini yechgay shu on. 2100
Bul jahonu unga yo’l bo’lsa agar,
Ozchilik ul yerda bir lahza yashar.
Amr etilgay: “Xomtama’ bo’lmay bu on
Ket, agar chiqqay oyog’ingdan tikon!”
Chayqalardi joni keng osmon aro,
Haq ato etgan karam, ehson aro.
——————————-
1 – Ipak haqqi – Qadimda musiqachilar kumush torlar o’rniga ipakdan foydalanishgan.
2-3 – “(Shunda unga aytildi): «Oyog’ing bilan (ostingdagi Yerni) tepgin!» (U Ollohning amrini bajargan edi, o’sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So’ng unga aytildi): «Mana shu cho’miladigan joy va muzdek ichimlik suvdir». (Qachonki Ayyub u suvda cho’milib, so’ng undan ichgach, uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi)”. (Qur’oni karim, «Sod» surasi, 42-oyat).
Sharobu mug’tasal” – “Sharob va g’usl (cho’milish) uchun”

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish