Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


MUTRIB QISSASINING DAVOMI. AMIRULMO’MININ UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING HOTIFDAN KELGAN SADO XABARINI UNGA YETKAZGANI



Download 0,59 Mb.
bet12/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
MUTRIB QISSASINING DAVOMI. AMIRULMO’MININ UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING HOTIFDAN KELGAN SADO XABARINI UNGA YETKAZGANI
Boq tag’in mutribda ne hol, beqaror
Qoldi ul g’amginlashib, intiq va zor.
So’ng Umarga keldi g’aybdan bir sado:
“Bandamizning hojatin etgil ado!
Bandamiz bor muhtaram, xos, ushbu kez,
Qil qadam ranjida qabristonga tez.
Ey, Umar, baytulmuol1dan tez nisor
Aylagil sen unga yetti yuz dinor.
Eltib aytgil: “Seni qildik ixtiyor,
Ma’zur ayla, sengadir, ol, bul dinor. 2165
Bul ipak haqqi2 erur, xarj aylagin,
Gar tamom bo’lsa, bu yon qaytgin tag’in”.
Bul sadoning qudratin tuygach Umar,
Shul yumush deb bog’lamish darhol kamar.
So’ngra tez yuz burdi qabriston taraf,
Qo’ynida hamyon-la kezmish tentirab.
Kezdi qabristonda, bir zum tinmadi,
Keksa choldan o’zga zotni ko’rmadi.
“Bul emas” deb har taraf chopdi tag’in,
Toldi, topmay bunda choldan o’zgasin. 2170
Dedi: “Olloh ulni sodiq qul demish,
Pok, munosib ham muborak ul, demish.
Piyri Changiydir, nahot, Haqqa yaqin?
Ofarin, eyki, nihon sir, ofarin!”
Ul tag’in kezmish mozoristonda lol,
Dasht aro o’lja qidirgan sher misol.
Yolg’iz ul chol borligin bilgach ayon,
Dedi: “Zulmatda kifoya nurli jon”.
Keldi yuz odob-la ul yonga o’tib,
So’ngra chuchkurgandi, chol ketmish cho’chib. 2175
Ko’rdi chol nogoh Umarni, qotdi tek,
Qaygadir chog’landi, titroq tutdi, lek.
Ko’nglidan kechmish: “Xudo, bul ne zug’um?
Keksa cholga muhtasib3 aylar hujum!”.
Anglamish chol yuziga boqqan zamon,
Chol xijolat erdi, rangi za’faron.
Dedi: “Qo’rqma, yetmagay mendan xatar,
Senga Haq amri-la keltirdim xabar.
Haq sening xulqingga yog’dirmish sano,
To Umarni qildi oshiq, mubtalo. 2180
Kel, o’tir yonimga sen, ketmay yiroq,
Senga iqbol sirridan so’ylay bu choq.
Haq salom yo’llab so’rar sendan, gapir,
Fam-azoblar ichra, ayt, holing nadir?
Ol, ipak haqqi, bu oltinlarni sarf
Aylabon kelgin tag’in sen bul taraf”.
Haq payomin tinglabon titrardi chol,
Lol qotib, barmog’ini tishlardi chol.
Soldi dod: “Ey, Beqiyosim, ne bu hol?!
Bas, uyatdan bo’ldi suv bechora chol!”. 2185
Haddidan oshgach alam, tortmish fig’on,
Changni sindirmish, urib yerga shu on.
Dedi: “Ey, Haqdan meni to’sgan hijob,
Katta yo’ldan ozdirib, etding xarob!
Ey, ichib qonimni yetmish yil aro!
Ey, kamol qoshinda qilgan yuzqaro!
Ey, Xudo, ey, sen vafodor, ey, saxo,
Qil rahm, umrimga qildim ko’p jafo.
Haq umr bergay, qilib kunlarni kech,
Yetmagay hech kim uning qadriga hech. 2190
Har qadam sovrildi umrim benavo,
Past-baland sozlar chalib qildim ado.
Oh, sado berganda sho’x ohang “Iroq”,
Bo’ldi yodimdan firoq oni yiroq!
Vohki, past aylab mudom zer4 pardasin,
Dil ekinzori so’lib, o’lmish hazin.
Voh, yigirma to’rt ovozindan qator
O’tdi karvon, shomga aylandi nahor.
Dodlaguvchin dodidan dod ey, Xudo,
O’zgamas, o’zdan qilurman iddao. 2195
O’zgamas, adlimni Uldan izlaram,
Menga Ul mendan yaqinroqdir bu dam.5
Menligim undan ravodir dambadam,
Ulni ko’rgum, menligim bo’lganda kam”.
Sen sanab olgin, U sen birlan agar,
O’z tomoningmas, U yonga sol nazar.
——————————
1 – Baytulmuol – Davlat xazinasi.
2 – Ipak haqqi – Qadimda musiqachilar kumush torlar o’rniga ipakdan foydalanishgan.
3 – Muhtasib – Islom shariati ahkomlari ijrosini nazorat qiluvchi shaxs.
4 – Zer – musiqada eng ingichka ovoz, nozik tovush. Ziddi – bam. Zeru bam – ingichka va yo’g’on tovush.
5 – “Aniqki, insonni Biz yaratganmiz, (demak), uning nafsi vasvasa qiladigan (ya’ni, ko’nglidan o’tgan barcha) narsalarni ham bilurmiz. Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqmiz”. (Qur’oni karim, «Qof» surasi, 16-oyat).

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish