Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


MUHTOJ MURIDLARNING SOXTA ZOHIDLARGA ALDANISHI, ULARNI HAQQA YETISHGAN ULUFLAR DEB O’YLAGANI, ASIL VA QALBAKI, O’LIK VA TIRIKNING FARQIGA BORMAGANI



Download 0,59 Mb.
bet15/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
MUHTOJ MURIDLARNING SOXTA ZOHIDLARGA ALDANISHI, ULARNI HAQQA YETISHGAN ULUFLAR DEB O’YLAGANI, ASIL VA QALBAKI, O’LIK VA TIRIKNING FARQIGA
BORMAGANI

Bul zakiylar so’zidir, ma’nosi mo’l:
“Sen, faqat, himmatli zot mehmoni bo’l”.
Senga – murid, ulki seni mehmon qilar,
Xas esang-da, sendan hosil undirar. 2265
Gar yetukmas, ul yetuk qilmas sira,
Nur ato etmas, seni qilgay xira.
Bo’lmagay gar unda nur, kelgach yaqin,
O’zgalar topsin nechuk ul shu’lasin?
Xuddi, ko’r gar izlagay ko’zga davo,
Jun surishdan o’zga ne ko’gay ravo?
Holimiz shul, yo’qchilik, g’am erta-kech,
Bizga mehmon aldanib qolmaydi hech.
Ko’rmagansan sen gar o’n yillik qahat,
Ko’zni och, sen bizda ko’rgaysan, faqat. 2270
Sirtimiz – da’vo qiluvchin ko’ngli, boq,
Ko’ngli zulmatdir, tili, lek, yarqiroq.
Unda na Haq atri, na iz bor, ajab,
Bulbashar1, Shis2dan-da qilgay ko’p talab.
Unga shayton ko’rinishdan or qilar,
O’zni abdoldan-da ortiqroq bilar.
Ul o’g’irlab qancha darvishlar gapin,
O’zni kimdir deb mudom anglar tag’in.
Boyazidni so’zida aybdor atar,
Ko’nglidan, hatto, Yazid3 qilgay hazar. 2275
Benasib ko’k ne’matindan, benavo,
Unga Haq ko’rmas suyakni ham ravo.
Deydi: “Dasturxon tinimsiz yozaman,
Haqqa noibman, xalifazodaman!
Marhabo, ey, soddadillar, keb qoling,
Hech atalmish ne’matimdan yeb qoling!”.
Ertadan va’da qilar har erta-kech,
Ertasi, ammo, uning kelmaydi hech.
Vaqt kerakdir, odamiy zot sirri to
Oshkor bo’lguncha ko’pu kam aro. 2280
Ganjli tan devori ostinda nihon
YO ilon, ajdar, chumoliga makon?
Hech vaqo yo’qligi ma’lum bo’lsa gar,
Tolib umri kechdi, bor deb ne samar?
————————
1 – Bulbashar – Odam Ato
2 – Shis – Shis payg’ambar. Odam Ato va Momo Havoning o’g’li. Izoh, 166-b
3 – Yazid – Yazid binni Muoviya (646-683), ummaviylarning ikkinchi xalifasi, Muhammad (s.a.v)ning nevaralari Husayn ibn Ali uning farmoni bilan Karbalo dashtida o’ldirilgan.
BA’ZAN, MURID SOXTA DA’VOGARGA E’TIQOD BOFLASHI, SHU E’TIQODI TUFAYLI SHAYXI TUSHIDA HAM KO’RMAYDIGAN MAQOMGA YETISHI, SUV, OLOV UNGA ZARAR
YETKAZMAY, SHAYXIGA ZARAR YETKAZISHI VA BUNDAYLAR JUDA KAMLIGI BAYONI

Kam erur tolib, yo’li nurlik agar,
Unga yolg’on e’tiqod bergan samar.
Yetgay ul manzilga, aylab pok niyat,
Garchi jon deb bilgani bo’lgay jasad.
Qibla izlaydi yarim tunlar aro,
Qiblasin topmas, namozdir, lek, ravo. 2285
Bor erur tolibda jonga tashnalik,
Oshkor bizlarda nonga tashnalik.
Ne uchun tolibday etgaymiz nihon?
Soxta nomus deb berarmiz nega jon?

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish