Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha



Download 0,59 Mb.
bet17/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
4 – “Qanoat ado bo’lmaydigan xazinadir”. (Hadis).
5 – Ikki kaptar qo’shilganda azbaroyi shodlik va sarxushlikdan emas, aslida bir-birini ushlab qolish maqsadida qanot qoqmog’iga ishora.
6 – “Mo’min misoli bir burg’udir, uning ichida bo’shliq bo’lmasa, chiroyli sado bermaydi”. (Hadis).
ERNING XOTINIGA: “QASHSHOQLARGA PAST NAZAR, HAQ ISHIGA SHUBHA BILAN QARAMA, OJIZ FIKR, XOM XAYOLLARINGGA BERILIB QASHSHOQLIK VA QASHSHOQLARGA TA’NA
QILMAGIN” — DEB NASIHAT QILGANI

Dedi: “Sen xotinmi yo g’amxona, sil?
Yo’qchilik – faxrim manim,1 tekkizma til.
Xuddi, bosh uzra kulohday molu zar,
Kim panoh bilgay kulohni, kal ular.
Jingalak ham ko’p qalin, kim sochi gar,
Boshidan uchsa kulohi, xush yoqar.
Haqqa yor ko’rguvchiga monand agar,
Bil, yalang’och yaxshi, berk bo’lsa nazar. 2345
Qulfurushlar qulni taqdim etsa gar,
Ayb yopgich to’nni ul quldan yechar.
Aybi bo’lsa, qandoq uryon aylagay?
To’n bilan, aksincha, avrab-aldagay.
Deydi: “Bul yaxshi-yomondan or qilar,
To’nni yechmoqlikka sendan tortinar”.
Xoja boshdan to oyoq aybga botar,
Moli bor, butkul uning aybin yopar.
Ta’madin aybin ko’rolmas ta’magir,
Ta’masi ham dilga sarpo, pardadir.2 2350
Aytsa so’z kon zarri yanglig’ gar gado,
Moli yo’l topmas biror do’kon aro.
Senga yo’l bo’lsin u darvishlik qadar,
Solma darvishlar tomon so’lg’in nazar.
Mulku mol tashvishi yo’q darvishda hech,
Zuljalol bergusi rizqin erta-kech.
Haq erur Odil, adolat kimda jam,
Hech qachon aylarmi bedilga sitam?3
Kimgadir aylaydi noz-ne’mat ato,
Kim birovni yondirar otash aro. 2355
Yondirar gulxanda, kim ikki jahon
Xoliqi Haqqa agar qilgay gumon.
Ayt, “faqirlik faxri”masmi Haqqa yor?
Ne latofat, izzat-ikrom unda bor!
Sen laqab qo’yding iching-etingni yeb,
Yorni ham, morlarni ham ovlovchi deb.
Men tishin uzgum, ilon tutsam agar,
Boshga to keltirmasin zarbi zarar.
Bil, ilonning joniga tishdir g’anim,
Yovni do’st aylar manim bul qilganim. 2360
Ta’madan hargiz qidirmasman fusun,
Ta’ma boshin men bukib ketgum butun.
Qilmadim xalqdan tama’, asra Xudo!
Bor qanoat olami ko’nglim aro.
Olmurut ustinda ne ko’rsang bu on,
Pastga tushgin, qolmasin to bir gumon.4
Tushganingda aylanar bosh, ko’z tinib,
Aylanar uy demagil, sen aylanib.
—————————
1 – “Qashshoqlik faxrimdir va men u bilan faxrlanaman”. (Hadis).
2 – “Ilm va mol-dunyo hamma aybni berkitar, nodonlik va qashshoqlik har qanday aybni ko’rsatar”. (Hadis).
3 – “Bu (azob) o’zlaringiz qilgan gunohlaringiz sabablidir. Albatta Olloh (O’z) qullariga zulm qilguvchi emasdir”. (Qur’oni karim, «Ol-i-Imron» surasi, 182-oyat).
4 – Bir rivoyatga ishora: Bir xotin olmurut ustiga chiqib, patda turgan eriga: “Yoningdagi xotin kim? Nega u bilan o’pishasan?” – deb dod-voy soladi. Keyin erini daraxtga chiqarib, o’zi o’ynashi bilan aysh qiladi. Eri dod-voy solsa, aybni daraxtga to’nkaydi.
HAR KIMNING HARAKATI UNING EGALLAGAN O’RNIGA QARAB BELGILANISHI VA HAR KIMNI O’Z VUJUDI DOIRASIDA KO’RISHI. YASHIL SHISHA QUYOSHNI YASHIL, QIZIL SHISHA
QIZIL RANGDA KO’RSATADI, SHISHALARNING RANGI YO’QOLGACH, OQARADI. BOSHQA BARCHA SHISHALARDAN U ROSTGO’YROQ BO’LISHI VA IMOM SANALISHI BAYONIDA

Duch kelib Ahmadga dedi Bu Jahl:1
“Hoshimiylar naqshisan yashnoq, razil”. 2365
Dedi Ahmad unga: “Ne aytding, bu – rost,
Rost gaping, sen garchi oshirding biroz.
Uchratib, so’ng dedi Siddiq:2 “Ey, quyosh!
Sen na sharqiysan, na g’arbiy, egma bosh!”.
Dedi Ahmad: “Ey, aziz, rost so’ylading,
Arzimas dunyoga bandi bo’lmading”.
Bunda borlar so’rdi: “Ey, mumtozu nob,
Ikki zid gapga nechun bir xil javob?”
Dedi: “Men sayqal berilgan ko’zguman,
Turku hind ko’rgay o’zin bul ko’zgudan”. 2370
Ey, xotin, sen ta’magir deb qilma pand
Bo’l zaif da’volaringdan sal baland.
Ta’maga monand u, lek, rahmat erur,
Ta’ma bor joyda nechuk ne’mat kelur?
Ko’r sinab xorlikda o’zni ikki kun,
Faqr aro boylikni xush ko’rmoq uchun.
Qil sabr, ham kelmasin xorlik malol,
Har faqirga shon bag’ishlar Zuljalol.
Burma aft, tashla nazar, minglarcha jon
Botdi bol ummoniga, sabr aylabon. 2375
Boq, o’shal minglab taxir jonlar tomon,
Gulshakarlar ichra ungay gulsimon.
Ey, darig’, jonimda gar sen jo eding,
Bunda ko’nglim sharhidan paydo eding.
Ushbu so’z jon ko’ksidan sutdir laziz,
Chiqmagay sog’guvchi yo surguvchisiz.
Kimki tinglab ushbu so’zni, xush bilar,
Gar o’likdir, voizu biyron qilar.
Bo’lsa tinglovchi umidvor, bemalol
So’ylagay yuz tilda darhol gungu lol. 2380
Qo’ysa nomahram eshigimdan qadam,
Bor haram ahli yuzin to’sgay shu dam.
Kirsa eshikdar biror mahram, yaqin,
Yuz yashirganlar ochar yuz pardasin.
Neki bor, afzal, chiroylik ko’rsatar,
Qay nigoh bo’lgay basir, ko’rguvchi gar.
Chang sadosi bo’lsa xoh past, xoh baland,
Kar quloqlarni sira aylarmi band?
Mushkni Haq bekorga xushbo’y qilmagan,
His qilolmas hidni hech hid bilmagan. 2385
Haq yaratmish yer bilan osmonni hur,
Haq taratmish ul aro otash va nur.
Haq yaratmish yerni yer nasli uchun,
Haq yaratmish ko’kni ko’k ahli uchun.
Yov erur har dam balandga pastu xor,
Har makonning o’z talabgor ahli bor.
Ey, tuban, yuksakni hech ko’rdingmi ep?
Ko’r uchun ziynatlanib, berdingmi zeb?
Garchi men dunyoni durga to’ldiray,
Gar buyurmas senga, qayga bosh uray? 2390
Ey, xotin, yo bexatar yo’l tanlagin,
Topmasang yo’l, kel, meni tark aylagin.
Xushlamam, yaxshi-yomon qilsa talash,
Dilni, hatto, g’ash qilar sulhu yarash.
Jim turishga topmasang bir zum sabot,
Xonadoning tark etarman shul zahot”.
—————————-
1 – Bu Jahl – Abu Jahl, ya’ni, Jaholat otasi. Muhammad (s.a.v)ning ashaddiy dushmanlaridan. 624 yilda Badr jangida qatl etilgan.
2 – Siddiq – Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu kahhofa ibn Omir (571-634), islomda “xulafoi roshidin” (“to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar”), “choryorlar” deb atalgan dastlabki to’rt xalifadan birinchisi, Muhammad (s.a.v)ning eng yaqin safdoshi, qaynotalari.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish