Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


SAHROYI ARAB XOTININI SABRGA CHORLAGANI, UNGA SABR VA QASHSHOQLIK FAZILATLARINI BAYON ETGANI



Download 0,59 Mb.
bet16/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
SAHROYI ARAB XOTININI SABRGA CHORLAGANI, UNGA SABR VA QASHSHOQLIK FAZILATLARINI BAYON ETGANI
Er dedi: “Naf deb qilarsan e’tiroz,
Umrimizning ko’pi ketmish, qoldi oz.
Ko’pu kam tiyrak nazarlardan yiroq,
Seldayin ikkovi ham o’tgay, biroq.
Xoh tiniq bo’lsin u sel, xoh loyqa ul,
Qo’y, agar turmas kutib bir joyda ul. 2290
Ushbu olam ichra ne jonzotki bor,
Xush yashar, o’ng-so’lga qilmay e’tibor.
Qumri Haqqa shox uza shukr aylagay,
Tun uchun xo’rak o’ziga g’amlagay.
Haqqa bulbul so’ylagay hamdu sano:
“Rizq umidin bori senda ey, Panoh!”1
Mujdaga do’ndirdi lochin shoh qo’lin,
Har o’limtikdan yiroq aylab yo’lin.
Pashshadan tortib, shuningdek, toki fil
Bil, “iyolullohu haq ne’ma-l-mu’il”.2 2295
Dilda ne qayg’u-alam topmish qaror,
Bug’ va yel changi erur, ne bizda bor.
G’am o’roq yanglig’ o’rar bardoshimiz,
“Undog’u bundoq” erur vasvosimiz.
Bil, azob, g’amlar – o’limning porasi,
Bo’l yiroq undan, topilsa chorasi!
Gar ajal qismiga bo’lsang sen qaram,
Anglagin, boshdan to’kilgay Kulli ham.
Qilsa gar lazzat, ajal qismi ato,
Kullni ham lazzatli aylaydi Xudo. 2300
Dard ajaldan elchidir, ey, xiyra jon!
Elchidan burdirma yuz sen hech qachon!
O’lgay achchiq, kim yashar lazzat aro,
Tanga kim tiz cho’ksa, ul jondan judo.
Keltirib qo’ylarni sahrodan shu on,
Qay biri semiz, so’yilgay begumon.
Tun tugab, tong otdi, ey, dilga yaqin!
Aytasan tokaygacha zar cho’pchagin?
Erdi oz yoshlikda sendan har talab,
Zar eding sen, so’ngra bo’lding zartalab. 2305
Bog’ eding sermeva, qolding berivoj,
Ayt, pishar chog’ aynidingmi noiloj?
Gar desang, mevangda bo’lsin totu ta’m,
Misli arqon, qo’ymasin ortga qadam.
Juft erursan, bo’l sifatda menga yor,
Maslahat birlan topar har ish baror.
Juft erur ne, keltirar butkul samar,
Juft etik, tufliga solgin sen nazar.
Ikki kavshing bittasi gar kelsa tor,
Ikkisi ham bermagaydir senga kor. 2310
Juft etik katta-kichik, ayt, qayda bor?
Hech bo’larmi sheru bo’ri juftu yor?
Teva uzra ikki qop nobop turar,
Gar biri bo’sh, bittasi to’la ular.
Men dadil borsam qanoatga tomon,
Sen nechun yurding qabohatga tomon?”.
Tonggacha o’zdan qonib, oqlab o’zin,
Er xotinga so’ylamishdir shul yo’sin.
———————————
1 – “Agar sizlar Ollohga chindan tavakkul qilganingizda, Olloh taolo, xuddi, ertalab och ketib, kechqurun to’q qaytgan qushlarga rizq bergandek, sizga ham rizq ato etardi”. (Hadis).
2 – “Iyollullohi haq ne’ma-l-mu’il” – “Barcha yaralmish Ollohning oilasidir. Olloh taologa bandalar ichida sevimlisi oila a’zolariga manfaati ko’p tegadigan kishidir”. (Hadis).
Erda o’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Ollohning zimmasidadir. U Zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda bordir”. (Qur’oni karim, «Hud» surasi, 6-oyat).
XOTINNING: “O’Z YO’LING VA O’Z MAQOMINGDAN OSHIRIB GAPIRMA, YA’NI, “LIMA TAQULUNA MO LO TAF’ALUNA?”1 GAPLARING ROST, AMMO, SEN UMID VA ISHONCH
MAQOMIDA EMASSAN. MAQOMING VA XULQINGDAN OSHIRIB SO’ZLASH SENGA ZARAR KELTIRADI, YA’NI, “KABURA MAQTAN INDALLOHA”2DIR” — DEB ERIGA NASIHAT QILGANI

So’ng xotin bong urdi: “Ey, or aylamas!
Menga hech afsunlaring kor aylamas. 2315
Behuda da’voyu da’vat aylama,
Safsata kibru g’ururdan so’ylama!
Tumtaroq so’z-la bitarmi ish-amal?
Boq ishing, holingga, endi sal uyal!
Yo’q gadoning kibriday noxush, ziyon,
Qor, sovuqqa ho’l kiyim kiygansimon.
Buncha ko’p da’voyu xudbinlik o’ying?
Xuddi, o’rgimchak uyidir, boq, uying.3
Ayt, qanoat berdimi joningga nur?
Bilganing undan, faqat, bir nom erur. 2320
Dedi Payg’ambar: “Qanoat ne? Bu – ganj”,4
Farqi yo’qdir sen uchun ganj birla ranj.
Bul qanoat bo’lgusi jon ganji chin,
Ey, g’amu jon ranji, ko’p lof urmagin!
Sen meni juft bilma, ko’p qoqma qanot,5
Menga insof juftu juftmas nuqsu dod.
Bek, amirlar yo’lidan netding yurib?
Chun malax “ovlab” — havoda tig’ urib.
Bir suyak deb it bilan qilding urush,
Bir qamishday noligaysan – qorni bo’sh!6 2325
Solma menga jirkanib, so’lg’in nazar,
Toki aytmay, tomiringda ne oqar.
O’zni, ham aqlingni bilding ko’p raso,
Aqli noqis deb meni bildingmi yo?
Menga loqayd bo’riday tashlanmagin,
Aqli pastlik yaxshi aqling oridin!
Xalq uchun yo’l bo’lsa aqling begumon,
Bas, aqlmas, ul – ilon birla chayon.
Zulmu makringga Xudo bo’lsin to’siq,
Fazlu aqling yetmasin bizga to’liq! 2330
Ham ilon, ham jodugardirsan bu chog’,
Ham ilonboz, ey, arab sha’niga dog’!
Qarg’a o’z rasvolin qolsa sezib,
Qor kabi erib ketardi, g’am ezib.
Gar o’qir afsun ilonga yovsimon,
Aylar afsungarni ham afsun ilon.
Bo’lmasaydi gar ilon afsuni dom,
Hech ilon sehri uni qilgaymi rom?
Jodugar zot kasbu korin hirsidan,
Bexabar qolgay ilon afsunidan. 2335
Der ilon: “Ey, sen sehrgar, ushbu choq,
Ko’rding o’z sehring, mening sehrimga boq!
Sen meni Haq nomi birlan avrading,
Fitna-yu sharmanda qilmoq – maqsading.
Xohishingmas, aylamish Haq nomi rom,
Voy sening holingga, qilding nomni dom!
Olgusi Haq nomi o’ch adlim uchun,
Jon, tanim topshirdim ul nom deb butun.
Qirqadir jon tomiring zarbim-la yo,
YO seni menday tiqar zindon aro”. 2340
Bor dag’al gaplarni aytib shul yo’sin,
Vaysamish yosh erga tinmay ul xotin.
———————————
1-2 – “Ey mo’minlar, nega sizlar o’zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?! Sizlarning o’zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz deb) aytishlaringiz Olloh nazdida o’ta manfur (ishdir).
Qur’oni karim, «Saf» surasi, 2-3-oyatlar).

Lima taquluna mo lo taf’aluna” – “Nega sizlar o’zlaringiz qilmaydigan narsani aytursizlar?”.
Kabura maqtan indalloha” – “Ollohning nazdida o’ta manfur ishdir”.
3 – “Ollohdan o’zga “do’stlar”ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o’zi uchun) uy qurib olib, (o’sha uyidan panoh istagan) o’rgimchakka o’xshaydi. Albatta uylarning eng nimjoni o’rgimchak uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (o’rgimchak uyasi ojiz butlardan panoh istamagan bo’lur edilar). (Qur’oni karim, «Ankabut» surasi, 41-oyat).

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish